es
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

Ir al canal en Telegram

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
18 872
Suscriptores
-3624 horas
-2067 días
-59530 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
TerDU professorlari fikrlari – mahalliy matbuotda! “Bugunning gapi” ruknida TerDU professori, siyosiy fanlar nomzodi Hakim Rasulovning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlar va mintaqaviy hamkorlik haqidagi qisqa tahliliy maqolasi chop etildi. Surxon tongi— PDF Muallif global beqarorliklar fonida Markaziy Osiyoda shakllanayotgan tinchlik, o‘zaro ishonch va integratsiya jarayonlarining ahamiyatini ta’kidlaydi. O‘zbekistonning mintaqada faol siyosiy pozitsiyasi hamkorlikni mustahkamlab, yangi siyosiy qiyofa shakllanishiga xizmat qilayotgani qayd etiladi. Hakim Rasulovga ko‘ra, umumiy tarix va qadriyatlar mintaqaviy integratsiyaning asosiy poydevori bo‘lib, hamkorlik — kelajak muvaffaqiyatining eng muhim kafolatidir.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
star reaction 3👏 11 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Eng faol yil talabasi” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 27-q/q, Madaniyat vazirligi 01-17-15-q/q, Yoshlar ishlari agentligi 01-07/21-q/q, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi q-q-03-03, Fanlar akademiyasining 2/5-sonli 2024-yil 25-iyuldagi qoʻshma qarorlari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-oktabrdagi 2/61-08-3101-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida “Eng faol yil talabasi” tanlovi doirasida Termiz davlat universiteti bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tashkiliy ishchi guruh a'zolari tomonidan 7 ta nominatsiya bo'yicha fakultetlarda g'olib bo'lgan 76 nafar talabalarning hujjatlari ko'rib chiqildi. Nominatsiyalar bo‘yicha 1-2-3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyatining faxriy yorlig‘i hamda pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi. Batafsil havola: www.tersu.uz/announcements/view/935
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
10👍 7🎉 2👏 1
#ichki_turizm Ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasiga asosan har oyning bir shanbasi yoki yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida belgilangan. Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlarni hamrohligida viloyatimizning qadimiy va bebaho tarixiy maskanlari boylab sayohatlar uyushtirishmoqda. “Yosh arxeologlar” to'garagi a'zolari va 1-kurs talabalari “Sulton Saodat” majmuasi, “Qirqqiz” qalasi hamda Al Hakim At-Termiziy ziyoratgohiga tashrif buyurishib, ushbu yodgorliklarning tarixiy ahamiyati, meʼmoriy uslubi, ular bilan bogʻliq afsona va rivoyatlar hamda ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 11 6
TerDUda talabalarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda. Termiz davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli, foydali va qiziqarli o‘tkazishga qaratilgan tashabbuslar izchil ravishda kengaymoqda. Shulardan biri — fakultetlar kesimida o‘tkazilayotgan “Osh chempionati” ayniqsa talaba-qizlarimizning kelajakda mustahkam oila qurishiga tayyorgarlik ko‘rishida muhim o‘rin tutmoqda. Mazkur chempionatda qizlarimiz nafaqat palov pishirish bo‘yicha mahoratini namoyish etmoqda, balki jamoaviy ishlash, mas’uliyat, oila qadriyatlariga hurmat kabi fazilatlarni ham o‘zida mustahkamlamoqda. Tadbir doirasidagi sport musobaqalari esa talaba-qizlarimizning kundalik hayotida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, faol va ijobiy kayfiyatda bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Fayzli dasturxonga tortilgan palovning mazasi va ko‘rinishini baholagan ustozlarimizning iliq fikr-mulohazalari qizlarimizga qo‘shimcha ruh va ishonch baxsh etmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 23 17🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
📣 DIQQAT E'LON! 📌 Termiz davlat universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga 2026-yil uchun talabgorlarni qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari boshlandi 🗓 Imtihon o‘tkaziladigan fanlar nomi, sana, xona va vaqti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.👇🏻 🔗 Batafsil 📝 Talabgorlar uchun: Imtihonlarga kelganingizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni (pasport yoki ID karta) o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang. 🗓 Barcha mutaxassisliklar bo‘yicha imtihon va suhbatlar universitetning axborot texnologiyalari fakulteti binosida belgilangan sanalarda o‘tkaziladi. 📍 Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko'chasi, 43-uy.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 10 5🤔 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#№57 #Himoya_2025 DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI Termiz davlat universiteti "Ingliz tili o`qitish metodikasi" kafedrasi katta o`qituvchisi Mardonova Ra`no Ochildiyevna Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda  "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik"  ixtisosligidan  “Ingliz va o‘zbek tillarida epitetning leksik-semantik hamda leksikografik xususiyatlari”  mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Universitet jamoasi nomidan Ra'no Ochildiyevnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 32 16👏 11🔥 4🎉 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
9.62 MB
👍 10🔥 1
O‘zbek filologiyasi fakulteti faoliyati bo‘yicha tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi Bugun rektorimiz O‘zbek filologiyasi fakultetida bo‘lib, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv moddiy-texnik baza bilan tanishdi hamda fakultet faoliyatini atroflicha muhokama qilishga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi. Tadbirda prorektorlar, boshqarma boshliqlari, fakultet dekanlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Yig‘ilishning asosiy maqsadi — fakultetning ilmiy salohiyati, o‘quv jarayonlari, talabalar bilan ishlash, xalqaro hamkorlik, KPI natijalari va tashabbuskorlik darajasini amaliy tahlil qilish hamda keyingi vazifalarni belgilashdan iborat bo‘ldi. A.Toshqulov ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha e’tirozlarni bildirar ekan, mavjud natijalar fakultet imkoniyatlari va bugungi tezkor davr talablariga mutlaqo mos kelmasligini misollar asosida ta’kidlab o‘tdi. Jumladan: — Kafedralardagi ilmiy ishlar samaradorligi va KPI natijalarining pastligi; — Scopus maqolalari, patentlar, xalqaro loyihalarda ishtirok etish ko‘rsatkichlarining yetarli emasligi; — O‘quv jarayoni monitoringi va HEMISdagi kamchiliklar; — Tadbirkorlik, tashabbuskorlik va yoshlar bilan ishlashda sustkashlik; — Ijodkor talabalar salohiyatini namoyish etuvchi loyihalarning kamligi; — TTJlarda navbatchilikda mas’uliyatning yetishmasligi; — Kafedralarda yangilanish, zamonaviy kontent va metodik ta’minot muammolari. Yakunda bir oy muddatda fakultet oldidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ma’lumot uchun, joriy yil yakuniga qadar har bir fakultetda shunday tanqidiy-tahliliy yig‘ilishlar bosqichma-bosqich o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 30 19👏 4🔥 3
00:37
Video unavailableShow in Telegram
🏛TERDU TALABASI OSIYO CHEMPIONATI FINALIDA! 🔸Qadrli ustozlar, aziz talabalar! 🇹🇯Ayni damda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tayotgan 17–18 yoshlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogida universitetimiz faxri, iqtidorli talabamiz Ergashev Sanjar yuksak mahorat ko‘rsatib, Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi! Bir ozdan so‘ng u hal qiluvchi final bahsiga chiqadi. Keling, barchamiz Sanjarni qo‘llab-quvvatlaylik  unga g‘alaba sari ilhom baxsh etaylik! ▶️Final bahsini quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
3.20 MB
👍 44🎉 10 4🔥 3
Surxondaryo viloyati hokimi Krasnoyarsk o‘lkasi delegatsiyasini qabul qildi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik ikki davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchli munosabatlari tufayli izchil mustahkamlanib bormoqda. Bu jarayon hududlararo hamkorlik formatlarida ham yanada faol rivojlanmoqda. Joriy yil oktyabr oyida o‘tkazilgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashining ikkinchi majlisida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Krasnoyarsk o‘lkasi hukumati o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolangani buning yaqqol namunasidir. Mazkur hamkorlik doirasida bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Krasnoyarsk o‘lkasining sanoat va savdo vaziri Maksim Yermakov, qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Voropayev boshchiligidagi rasmiy delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaldagi holati va uni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama etildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy munosabatlar, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or tajriba almashish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Mostrar todo...
👍 15 4🔥 2👏 1
#konferensiya YASHIL IQTISODIYOT VA MUQOBIL ENERGETIKA — BUGUNNING ENG MUHIM TALABI Bugungi kunda dunyo miqyosida iqtisodiyot va energetika sohalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Masalan, oddiy bir quyosh panelining o‘zi bugun bir xonadonning yillik elektr xarajatlarini ikki barobarga kamaytirishi, chiqindilarni qayta ishlash esa yuzlab yangi ish o‘rinlarini yaratishi mumkin. E’tiborlisi, yashil iqtisodiyotga o‘tish nafaqat tabiatni asrash, balki kundalik hayotimizni yanada qulay, tejamkor va xavfsiz qilishga xizmat qiladi. Demak, zamon talabi sifatida hayotiy ehtiyojlar bizdan yashil iqtisodiyot va yashil energetika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Shu kabi dolzarb masalalardan kelib chiqqan holda, bugun Termiz davlat universitetida bir-birini mantiqan to‘ldiruvchi va umumiy maqsadga qaratilgan ikki yirik tadbir — “O‘zbekistonning janubiy hududlarida muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishning ustuvor masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani hamda “Yashil iqtisodiyot: xalqaro tajribalar, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Har ikki anjumanning yagona maqsad — mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta’minlash, energiya manbalaridan samarali foydalanish va ekologik xavfsiz iqtisodiy tizim yaratishga qaratilgani ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligini yanada yaqqol namoyon etadi. Muqobil energiya manbalari haqidagi respublika anjumani amaliyot, texnologik yondashuvlar va innovatsion ishlanmalarni muhokama qilar ekan, xalqaro konferensiya esa ushbu jarayonlarni dunyo tajribalari, ilmiy yondashuvlar va global tendensiyalar bilan boyitib bormoqda. TerDU rektori har ikki anjumanda ishtirok etib, sohaning mamlakat taraqqiyoti va jahon rivojlanish trendlarida tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini alohida qayd etdi. Jumladan, bu muammolarni hal etishda ilm-fan, innovatiya va ilmiy hamkorlikning o‘rni beqiyos ekani, ilmiy muloqot maydonlari faqat nazariy xulosalar berish bilan cheklanmay, hududlar iqtisodiyotiga ham aniq amaliy samara olib kelishi zarurligini ta’kidladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 13 8🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
TERDUDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA OID BILIMLAR BELLASHUVI O‘TKAZILADI Termiz davlat universiteti rektorining 2025-yil 19-noyabrdagi 213-U-son buyrug‘iga muvofiq, “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi tashkil etiladi. 📚 Bellashuv: 📅 2025-yil 24-noyabr 📍 TerDU Yuridik fakulteti 🔹 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda. 🔹 Bellashuv nizomi va hakamlar hay’ati tarkibi buyrug‘ning tegishli ilovalariga muvofiq tasdiqlandi. ✅ Mazkur tadbir orqali talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini mustahkamlashlari, huquqiy madaniyatlarini yanada rivojlantirishlari ko‘zda tutilgan.
Mostrar todo...
8👍 6🔥 1🎉 1
TerDUda “Rus xalq ijodi – ma’naviy meros durdonalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Termiz davlat universitetida rus xalqining boy madaniy merosi va ijodiy an’analariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirning faxriy mehmoni — Rus madaniyat markazi raisi Nina Aleksandrovna Fedorova ishtirokchilarga o‘zining qimmatli fikrlari, boy tajribasi hamda madaniy merosga oid qiziqarli ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur uchrashuv o‘quvchi-yoshlarda turli xalqlarga hurmat, madaniy bag‘rikenglik, do‘stlik, san’at va ijodga muhabbat kabi fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirib, millatlararo do‘stlik va ma’naviy hamjihatlik g‘oyalarini chuqurlashtirdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
18👍 12🔥 9👏 7🎉 3🫡 3🤔 1
Surxondaryo viloyati Talabalar ligasi – QVZ musobaqasi yakunlandi! Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi – QVZ” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda hududimizning faol, iqtidorli va zukko yoshlaridan iborat jamoalar o‘zaro bilim, topqirlik va hazil-mutoyiba bilan bellashishdi. 🏆 Natijalar quyidagicha: 🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti 🥈 2-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti 🥉 3-o‘rin — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 🟢Musobaqa jarayonida ishtirokchilar nafaqat o‘z mahoratlarini namoyish etdilar, balki muloqot, do‘stlik va ijodkorlik muhitini yaratishga ham hissa qo‘shdilar. 🟢 Ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, ijodiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini oshirishga xizmat qiladi. 🎉 G‘olib jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 12👏 8 5🔥 4🎉 1
00:49
Video unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦 TerDUda “O‘zbekistonning janubiy hududlarida muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishning ustuvor masalalari” nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_8925.MP439.06 MB
👍 11🔥 2 1👏 1🎉 1
00:46
Video unavailableShow in Telegram
#no_comment “Yashil iqtisodiyot: xalqaro tajribalar, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlanish arafasida...
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_0112.MP436.64 MB
👍 9🔥 3👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#№56 #Himoya_2025 ✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI Termiz davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi tayanch doktoranti Hayitova Shohida Erkin qizi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligidan “Parents/ota-ona konseptini ifodalovchi leksik birliklarning chogʻishtirma tadqiqi (Ingliz va oʻzbek tillari misolida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Universitet jamoasi nomidan Shohida Erkin qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 42 11🔥 8
01:02
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_8899.MP422.50 MB
👍 10 5🔥 1
Dissertatsiya himoyasi — ilmiy izlanishlar samarasi! 🟢Termiz davlat universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalar beruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🟢 Yig‘ilishda TerDU rektori, mazkur ilmiy kengash raisi Abduqodir Toshqulov hamda ilmiy kengash a'zolari ishtirok etdi. 🟢Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Dilfuza Ismoilova “Sog‘liqni saqlash tizimida rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi. 🎉 Tadqiqotchini ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 43 14🔥 5👏 5
14:11
Video unavailableShow in Telegram
#OAV TerDU professor-o‘qituvchilari "Munavvar kun" dasturi mehmoni bo‘lishdi
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
MUNAVVAR KUN 20 11 2025 YIL 2.mp4215.91 MB
9👏 7🔥 6🤔 1