es
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

Ir al canal en Telegram

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
18 892
Suscriptores
-3624 horas
-2067 días
-59530 días
Archivo de publicaciones
🟢Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavalludining 75 yilligi tadbirlari doirasida Surxon vohasiga tashrif buyurgan taniqli yozuvchi va shoirlar Termiz davlat universitetida ham bo‘lishdi. 🟢Jarayonda talaba-yoshlarimiz uchun “Bahorni quvib” badiiy filmining premyerasi hamda ijodkorlar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Erkin A’zam va film rejissyori Jahongir Qosimov bilan bo‘lgan suhbatlarda filmni suratga olishdagi qiziqarli onlar esga olindi. 🟢Uchrashuv ijodiy atmosfera, ochiq muloqot va o‘ziga xos fikrlar almashinuvi bilan yanada boyidi. Talabalar filmni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. 🟢Shubhasiz, bunday uchrashuvlar yoshlarda adabiyot va san’atga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytiradi, ijodiy tafakkurni rivojlantiradi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 9 5👏 2
01:02
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
11.35 MB
🔥 6 2
Yana bir xush xabar. “Islohotlar bilimdoni” respublika tanlovida tyutorimiz 1-o‘rin! 🟢Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan bir necha yillardan beri muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovi ta’lim muassasalari pedagoglari va talabalari uchun muhim ijodiy-ma’rifiy maydonga aylangan. 🟢Quvonch bilan ta’kidlaymizki, ushbu nufuzli tanlovning “Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasida Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti tyutori Nazarov Jamshid Xoliyorovich ishtirok etib, Hakamlar hay’ati tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🟢Bu yuksak natija — nafaqat fakultet, balki butun TerDU jamoasi uchun katta faxr va g‘ururdir. Jamshid Xoliyorovichning yoshlar bilan ishlashdagi namunali tajribasi, fidoyiligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatli mehnati munosib e’tirof etildi. TerDU jamoasi nomidan Jamshid Nazarovni chin dildan tabriklaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 68 19👏 7🔥 6🎉 4🫡 1
🟢O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavalludining 75 yilligi munosabati bilan vohamizda bo‘lib turgan taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, kinorejissyorlar hamda san’at ahli TerDU kampusida. 🟢Mehmonlar A.Toshqulov hamrohligida talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart- sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ilm, sportda bo‘y ko‘rsatayotgan muvaffaqiyatlar qatori tadqiqotlar izlanishlar olib borib uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 23 10🔥 3👏 1
Termizda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning 75-yillik yubileyi nishonlandi Bugundan Surxon vohasida yana bir muhim adabiyot bayram boshlandi — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, elimiz qalbidan joy olgan adib, taniqli dramaturg va ssenarist, jamoat arbobi, Surxondaryoning ulug‘ farzandi Erkin A’zam 75 yoshni qarshi oldi. Termiz shahrida adibning yubileyiga bag‘ishlangan tantanali madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos va betakror namoyandalaridan biri — Erkin A’zamni 75-yillik yubileyi bilan voha ahli nomidan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda yozuvchi va jamoat arbobi Murod Muhammad Do‘st, rejissyor Jahongir Qosimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qulman Ochil, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi tadqiqotchisi Ikrom Choriyev, shoir va nosir Eshqobil Shukur, adabiyotshunos Olimjon Davlatov, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, shoir va yozuvchi G‘ayrat Majid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Olim Toshboyev hamda adabiyot va san’at sohasining ko‘plab vakillari, atoqli adibning yaqinlari va kitobxonlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida Erkin A’zamning asarlaridan parchalar o‘qib eshittirildi, uning ijodi asosida yaratilgan filmlar namoyish etildi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Erkin A’zam hozirda "Tafakkur" jurnali bosh muharriri sifatida faoliyat yuritmoqda. Ma’lumot o‘rnida, yaqinda Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning 75-yillik tavalludi ham keng nishonlangan edi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Mostrar todo...
👍 17 13👏 4🔥 2🎉 1
👍 8 2
🏛TERDU FAXRI – YANGI ZAFAR! 🟢Yana bir bor TerDU nomi yuksak minbarlardan jarangladi! 🟢"Milliy kompozitorlar" Respublika ko‘rik-tanlovida Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi, iste’dodli bastakor Farhodjon Nazarov o‘zining mahorati, san’atga sadoqati va yuksak ijodiy maqsadlari bilan “Yakkaxon sozanda yoki kamer ansambl uchun asarlar” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🟢Bu yutuq — nafaqat ustozimizning, balki butun TerDU jamoasining g‘ururi, universitetimizning ijodiy salohiyati va ilmiy maktabining navbatdagi g‘alabasidir. 🟢TerDU jamoasi nomidan ustozimiz Farhodjon Nazarovni chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 23 18👏 4🔥 1
04:50
Video unavailableShow in Telegram
O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam tavalludining 75 yilligiga bag'ishlanadi...
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
364.41 MB
👍 13 5🔥 5👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz vohadoshlar va adabiyot ixlosmandlari, qadrli yoshlar! Bugun soat 11:00 da Termiz shahridagi San’at saroyida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning 75 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tadi. ​Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, kinorejissyorlar hamda san’at ahli ishtirok etadi. ​Ushbu ma’naviy, o‘ziga xos badiiy kechaga barchani taklif etamiz.
Mostrar todo...
👍 15 12🔥 1👏 1
03:07
Video unavailableShow in Telegram
Bugun TerDU sport hayotida tarixiy kun — voha sport ixlosmandlari uchun yangi sahifa ochildi. Universitetimizda Futzal klubi tashkil etildi!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_4299.MP4148.42 MB
👍 21 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
🏛Hurmatli ustozlar, aziz talabalar! 🟢Joriy yilning 28-noyabr kuni soat 11:00 da Termiz shahridagi San’at saroyida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavalludining 75-yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tadi. Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olim hamda kinorejissyorlar ishtirok etadi. Shu kuni soat 16:00 da Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti faollar zalida Erkin A’zam ssenariysi asosida suratga olingan “Bahorni quvib” kinofilmining premerasi namoyish etiladi. 🟢Barchangizni tadbirlarga taklif etamiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 29 7🎉 3🔥 1👏 1
🏛TerDU delegatsiyasi Qozog‘istonda xalqaro ilmiy maydonda ishtirok etmoqda. Ayni kunlarda Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib, xalqaro hamkorlikning navbatdagi yirik loyihasida faol ishtirok etmoqda. Ular Akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti ва Termiz davlat universiteti ҳамкорлигида tashkil etilgan “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida elektron o‘quv vositalaridan foydalanish orqali filolog mutaxassislarni tayyorlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. Konferensiya doirasida professor-o‘qituvchilar: — zamonaviy filologiya ta’limida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi, — elektron o‘quv dasturlarining yangi avlodi, — filolog mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion yondashuvlar kabi dolzarb yo‘nalishlarda ma’ruzalar taqdim etmoqda. Bundan tashqari, delegatsiya Qozog‘istonning nufuzli ta’lim markazlaridan biri — Markaziy Osiyo innovatsiyalar universitetida stajirovka o‘tash jarayonida bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish ustida ish olib bormoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 13 9🔥 3👏 1🎉 1
02:43
Video unavailableShow in Telegram
🟢“Talabalarimiz uchun manfaatli bo‘lgan tavsiyalar — tengdoshlari talqinida.”
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_9805.MOV55.09 MB
10🔥 7🫡 3👍 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣DIQQAT E'LON! 🟢 “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” 🟢Termiz davlat universiteti 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida talabalar, magistrlar, tayanch doktorantlar va tadqiqotchilar oʻrtasida ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov nizomi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting! 🔗Batafsil Tanlovga marhamat!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
4👍 4👏 2
01:00
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_9049.MP411.72 MB
👍 6 1🔥 1
TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🟢Unda prorektorlar, boshqarma va bo‘lim mudirlari, shuningdek kun tartibidagi masalalarga mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar. 🟢Yig‘ilish davomida universitet faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha axborotlar tinglanib, bajarilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi. Majlisda quyidagi masalalar yuzasidan masʼullarning axboroti eshitildi: 🟢Yozuvchi Erkin A’zam tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish; 🟢Termiz tumanidagi o‘quv-tajriba xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati; 🟢Kuz–qish mavsumida isitish tizimlarining to‘g‘ri ekspluatatsiyasi; 🟢Talabalar turar joylarida kapital ta’mir jarayonlari; 🟢Ta’mirdan chiqqan TTJlarga talabalarni joylashtirish ishlari; 🟢 Ijara xonadonlari bilan ishlash tizimi; 🟢Ijro intizomi; 🟢Kontrakt tushumlari dinamikasi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga topshiriqlar berilib, amalga oshirilayotgan ishlarga yanada jadallik bag‘ishlash vazifasi qo‘yildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
star reaction 1👍 16 15🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
#elon 🌟 Qadrli Surxondaryo viloyati ahli! Soliq qo‘mitasi Sizlarni «Mening solig'im - yurtim iqboli» aksiyasida faol ishtirok etishga chorlaydi. Aksiya ertaga, 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 📍 Manzil - Termiz shahri, San’at saroyi ⏰ Boshlanish vaqti - 16:00 💥 Bu muhim tadbir yoshlar, tadbirkorlar va soliqlar haqida yanada ko‘proq ma’lumot olishni istaganlar uchun qiziqarli bo‘lishi aniq. 🎁 Albatta, faol ishtirokchilar uchun esdalik sovg‘alar ham bisyor! 🇺🇿 Keling, soliq madaniyatini birgalikda yuksaltiraylik! __________ #объявление 🌟 Жители Сурхандарьинской области от мала до велика! Приглашаем вас принять активное участие в акции «Мои налоги — процветание моей страны». Акция пройдет завтра, 27 ноября. 📍 Место - Дворец искусств в городе Термез. ⏰ Начало - 16:00. 💥 Будет интересно молодежи, предпринимателям и всем, кто хочет знать больше о налогах. 🎁 Да, активных участников ждут памятные подарки! 🇺🇿 Давайте вместе повышать налоговую культуру! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Mostrar todo...
4👍 1
🟢TerDUda “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o'tkazildi 🟢Termiz davlat universitetida “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlar bellashuvi tashkil etildi. Bellashuvda fakultetlar jamoalari ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Aqliy bellashuv yakunlariga ko‘ra: 🥇1-o‘rin — “Yuridik” fakulteti jamoasi 🥈2-o‘rin — “Tarix” fakulteti jamoasi 🥉3-o‘rin — “Yoshlar ittifoqi” jamoasi 🟢G‘olib jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbir yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish, halollik tamoyillarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
15👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#TerDU #IELTS 🛑 IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan talabalar diqqatiga!🗣️ 🔹 Termiz davlat universiteti, Xorijiy filologiya fakulteti talabasi, IELTS 8.0 (Speaking 8.0) sohibasi Muqaddas Hamidova tomonidan IELTS bo‘yicha maxsus workshop tashkil etilmoqda. — IELTS Speaking 8.02025 Malaysia Winter Exchange Program ishtirokchisi 🇲🇾 — 2025 China Summer Exchange Program ishtirokchisi 🇨🇳 🔰 Workshop davomida IELTS imtihonining barcha bo‘limlari bo‘yicha samarali yo‘l bilan natija beruvchi strategiyalar, amaliy tajribalar va real imtihon asosidagi maslahatlar taqdim etiladi. 🔰 Shuningdek, Xitoy va Malayziya almashinuv dasturlari haqida ham ma’lumot beriladi. 🔰 Workshop yakunida talabalar uchun puxta ishlab chiqilgan IELTS kursi haqida ham batafsil ma’lumot beriladi. 28-noyabr kuni, soat 11:30 da, Axborot Texnologiya fakulteti binosi, 105-xonada sizni kutib qolamiz! https://t.me/ieltswithmukaddas Workshop to’liq ingliz tilida bo’lib o’tadi!
Mostrar todo...
24👍 11🔥 5👏 1
🏛TerDU professor-o‘qituvchilari Qirg‘izistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida 🟢Ayni kunlarda Termiz davlat universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari QS reytingida 316-o‘rinni egallagan O‘sh davlat universiteti Filologiya fakultetida ma’ruza mashg‘ulotlari hamda seminar-treninglar o‘tkazmoqda.
Tashrif davomida: 🟢Professor-o‘qituvchilarimiz mazkur nufuzli universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun maxsus ma’ruzalar tashkil etdilar. 🟢Kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir vazifalar belgilab olindi. 🟢Oliy ta’lim jarayonini tashkil etish borasidagi ilg‘or tajribalar, dars jarayonlari va ilmiy muhit bilan yaqindan tanishildi. 🟢O‘sh davlat universiteti va Termiz davlat universiteti o‘rtasida filologiya yo‘nalishlarida talabalarning o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvlarga erishildi.
Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy salohiyat va o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
13👍 4