UzReport.news
Ir al canal en Telegram
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Mostrar más2025 año en números

26 311
Suscriptores
-1324 horas
-1187 días
-59930 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Prezidenti oʻz nutqida Turkmanistonni doimiy betaraflikning 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, ushbu qutlugʻ sana Turkmanistonning dunyoning barcha mamlakatlari bilan tinch, ishonchli, doʻstona va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doimo sodiq boʻlib kelayotganini oʻzida mujassam etishini qayd etdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-barqaror-rivojlanishni-ta-minlash-uchun-tinchlik-va-ishonchni-musta
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 44❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/axborot-texnologiyalari-sohasida-davlat-nazorati-tizimi-takomillashtiriladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 51❤ 13🔥 12
00:49
Video unavailableShow in Telegram
Gazlashtirilmagan hududlarda imtiyozli elektr tariflari joriy etilishi mumkin
O‘zbekistonda gazlashtirilmagan hududlardagi hovlilar va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p xonadonli uylar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflarni joriy etish bo‘yicha hisob-kitoblarga asoslangan takliflar ishlab chiqildi.
Qayd etilishicha, energiya iste’moli madaniyatini oshirish va elektrlashtirish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan hamda gaz tarmoqlariga ulanmagan xonadonlarga oylik iste’mol hajmi asosida:
isitish mavsumida — 2000 kVt/soatgacha,
isitish mavsumidan tashqari — 1000 kVt/soatgacha,
amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgacha chegirma qo‘llash taklif etilmoqda.
Energetika vaziriga ko‘ra, imtiyoz kelgusi yildan amaliyotga joriy etilishi mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
video_2025-12-12_11-59-38.mp44.12 MB
🔥 5❤ 2👍 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaga yana 2,3 milliard yevro ajratadi
Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukraina "Ukraina" dasturi doirasida 2,3 milliard yevro miqdoridagi oltinchi transhni olish talablarini bajarganini e'lon qildi. Mablag'lar, boshqa narsalar qatori, mamlakatning makromoliyaviy barqarorligini mustahkamlashga mo'ljallangan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-kengashi-ukrainaga-yana-2-3-milliard-yevro-ajratadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
00:29
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-ashxoboddagi-betaraflik-monumenti-poyiga-gul-qo-ydi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
video_2025-12-12_11-24-26.mp428.19 MB
👍 64❤ 15🔥 9
Photo unavailableShow in Telegram
JCh-2026 chiptalari uchun arizalar qabuli boshlandi
11-dekabrdan futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar sotuvining navbatdagi – tasodifiy tanlov bosqichi boshlandi. Bunda chipta sotib olishni xohlovchilar FIFA rasmiy platformasi orqali ariza yuborishi talab etiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/jch-2026-chiptalari-uchun-arizalar-qabuli-boshlandi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Zelenskiy: Saylovlarni o'tkazish uchun sulh shart
Ukrainada prezidentlik saylovlari, agar ovoz berish muddati davomida sulh amal qilsa, o'tkazilishi mumkin, dedi Vladimir Zelenskiy. "Amerika buni Rossiya tomoni bilan muhokama qilishi kerak", deb ta'kidladi u.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-saylovlarni-otkazish-uchun-sulh-shart
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
04:21
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
Toshkent_shahrida_27_kgdan_ziyod_giyohvandlik_vositalari_muomaladan.mp414.94 MB
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qatʼiy intilishni tasdiqladilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi eʼlon qilinganining 30 yilligi, ushbu muhim sanaga bagʻishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilingani bilan samimiy tabrikladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 28❤ 19🔥 14
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari muzokara oʻtkazdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston yetakchisini tarixiy sana – doimiy betaraflikning o‘ttiz yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda ushbu muhim voqeaga bag‘ishlab ertaga o‘tkaziladigan xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 44🔥 25❤ 13
Photo unavailableShow in Telegram
Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 11-dekabrdagi yig‘ilishi yakunlari:
⏺ Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
⏺ Inflyatsiya pasayishda davom etmoqda: noyabrda umumiy inflyatsiya yillik — 7,5%, bazaviy inflyatsiya — 6,3%.
⏺ 2025-yil yakuniga inflyatsiya prognozi 7,3% ga pasaytirildi.
⏺ 2026-yil inflyatsiya prognozi 6,5% atrofida.
⏺ Iqtisodiy o‘sish yuqori: yil yakuni bo‘yicha 7–7,5% kutilmoqda.
⏺ Taklif omillari bo‘yicha xatarlar saqlanmoqda (oziq-ovqat taklifi, transport narxlari va tartibga solinadigan narxlar indeksatsiyasi).
⏺ Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar pasayishi fonida real foiz stavkalari yuqori bo‘lib, milliy valyutada jamg‘armalar o‘smoqda.
⏺ Moliyaviy inklyuzivlik oshishi sababli chakana kreditlash yuqori sur’atda davom etmoqda va bu kelgusida inflyatsion bosimni kuchaytirishi mumkin.
⏺ Pul-kredit sharoitlari inflyatsiyaning pasayish trayektoriyasiga erishish maqsadida qat’iy darajada saqlanadi; zaruratga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
⏺ Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026-yil 28-yanvar kuniga belgilangan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti Ashxoboddagi xalqaro forumda ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga joʻnab ketdi.
12-dekabr kuni davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi eʼlon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 54🔥 34❤ 28
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari birgalikda daraxt ekdilar
Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Koʻksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik hamda sherikchilikni mustahkamlashga, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga oʻzaro qatʼiy intilishning ramzi sifatida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya birgalikda Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
video_2025-12-11_18-50-36.mp452.72 MB
👍 22❤ 19🔥 10
00:22
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari Qoʻshma bayonot imzoladilar
Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya Qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-paragvay-prezidentlari-qo-shma-bayonot-imzoladilar
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
video_2025-12-11_18-45-30.mp430.78 MB
👍 46🔥 17❤ 16
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston – Paragvay munosabatlari yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi
Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.
Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Batafsil 👉https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-paragvay-munosabatlari-yangi-taraqqiyot-bosqichiga-ko-tarildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 44
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda
Qayd etilishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani sababli zarur choralar ko‘rilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-metan-zapravkalar-faoliyatiga-vaqtincha-cheklov-kiritilmoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎 8😁 2
