en
Feedback
UzReport.news

UzReport.news

Open in Telegram

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
26 304
Subscribers
-1324 hours
-1187 days
-59930 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonning qator hududlaridagi metan zapravkalar ish soatiga cheklov kiritildi: ➖ Toshkent shahridagi 78 ta metan zapravka ishi soat 06:00 dan 23:00 gacha; ➖ Andijon viloyatidagi 143 ta metan zapravka ishi soat 05:00 dan 17:00 gacha; ➖ Namangan viloyatidagi 134 ta metan zapravka ishi soat 05:00 dan 17:00 gacha; ➖ Farg‘ona viloyatidagi 173 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha; ➖ Qoraqalpog‘istondagi 124 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha; ➖ Sirdaryo viloyatidagi 53 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha; ➖ Navoiy viloyatidagi 51 ta metan zapravka soat 06:00 dan 19:00 gacha; ➖ Xorazm viloyatidagi 94 ta metan zapravka soat 05:00 dan 17:00 gacha; ➖ Surxondaryo viloyatidagi 106 ta metan zapravka soat 06:00 dan 17:00 gacha. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Paralimpiya sport turlari yana-da rivojlantiriladi Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan paralimpiya sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalarini shakllantirishning bir qancha yangi tartibi joriy etiladi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/paralimpiya-sport-turlari-yana-da-rivojlantiriladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Yevropa Komissiyasi rahbari Trampni Yevropa demokratiyasiga aralashmaslikka chaqirdi Yevropa Komissiyasi prezidenti fon der Leyen Trampning Yevropa sivilizatsiyasining yaqinlashib kelayotgan tanazzulga uchrashi va Yevropaning "zaif" rahbarlari haqidagi gaplarini tanqid qildi. U Qo'shma Shtatlarni birlashgan Yevropani himoya qilish uchun birgalikda ishlashga chaqirdi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-komissiyasi-rahbari-trampni-yevropa-demokratiyasiga-aralashmaslikka-chaqirdi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
1🔥 1
01:28
Video unavailableShow in Telegram
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi 11-dekabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi Uchtepa tumani bo‘limida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Unda tumandagi barcha davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi. Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
Aholi_va_qishloq_xo‘jaligini_ro‘yxatga_olish_bo‘yicha_o‘quv_seminari.mp42.74 MB
00:35
Video unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari Ashxoboddagi xalqaro forumda so‘zga chiqdi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
reels_sammit_tg_new.mp433.15 MB
👍 38
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi. Oʻzbekiston Prezidenti oʻz nutqida Turkmanistonni doimiy betaraflikning 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, ushbu qutlugʻ sana Turkmanistonning dunyoning barcha mamlakatlari bilan tinch, ishonchli, doʻstona va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doimo sodiq boʻlib kelayotganini oʻzida mujassam etishini qayd etdi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-barqaror-rivojlanishni-ta-minlash-uchun-tinchlik-va-ishonchni-musta Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 44 1
Photo unavailableShow in Telegram
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi “Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/axborot-texnologiyalari-sohasida-davlat-nazorati-tizimi-takomillashtiriladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 51 13🔥 12
00:49
Video unavailableShow in Telegram
Gazlashtirilmagan hududlarda imtiyozli elektr tariflari joriy etilishi mumkin O‘zbekistonda gazlashtirilmagan hududlardagi hovlilar va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p xonadonli uylar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflarni joriy etish bo‘yicha hisob-kitoblarga asoslangan takliflar ishlab chiqildi. Qayd etilishicha, energiya iste’moli madaniyatini oshirish va elektrlashtirish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan hamda gaz tarmoqlariga ulanmagan xonadonlarga oylik iste’mol hajmi asosida: isitish mavsumida — 2000 kVt/soatgacha, isitish mavsumidan tashqari — 1000 kVt/soatgacha, amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgacha chegirma qo‘llash taklif etilmoqda. Energetika vaziriga ko‘ra, imtiyoz kelgusi yildan amaliyotga joriy etilishi mumkin. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
video_2025-12-12_11-59-38.mp44.12 MB
🔥 5 2👍 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaga yana 2,3 milliard yevro ajratadi Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukraina "Ukraina" dasturi doirasida 2,3 milliard yevro miqdoridagi oltinchi transhni olish talablarini bajarganini e'lon qildi. Mablag'lar, boshqa narsalar qatori, mamlakatning makromoliyaviy barqarorligini mustahkamlashga mo'ljallangan. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-kengashi-ukrainaga-yana-2-3-milliard-yevro-ajratadi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Ashxobodda Xalqaro tinchlik va ishonch yili, Xalqaro betaraflik kuni va Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 56🔥 45 21
00:29
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-ashxoboddagi-betaraflik-monumenti-poyiga-gul-qo-ydi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
video_2025-12-12_11-24-26.mp428.19 MB
👍 64 15🔥 9
Photo unavailableShow in Telegram
JCh-2026 chiptalari uchun arizalar qabuli boshlandi 11-dekabrdan futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar sotuvining navbatdagi – tasodifiy tanlov bosqichi boshlandi. Bunda chipta sotib olishni xohlovchilar FIFA rasmiy platformasi orqali ariza yuborishi talab etiladi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/jch-2026-chiptalari-uchun-arizalar-qabuli-boshlandi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Zelenskiy: Saylovlarni o'tkazish uchun sulh shart Ukrainada prezidentlik saylovlari, agar ovoz berish muddati davomida sulh amal qilsa, o'tkazilishi mumkin, dedi Vladimir Zelenskiy. "Amerika buni Rossiya tomoni bilan muhokama qilishi kerak", deb ta'kidladi u. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-saylovlarni-otkazish-uchun-sulh-shart Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
1
04:21
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent shahrida 27 kgdan ziyod giyohvandlik vositalari muomaladan olib qo‘yildi Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
Toshkent_shahrida_27_kgdan_ziyod_giyohvandlik_vositalari_muomaladan.mp414.94 MB
👍 3
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Dunyoga mashhur poygachi Sharl Lekler Toshkentga keldi Monakolik poygachi bugun poytaxtda bo‘lib o‘tadigan FIA Awards taqdirlash marosimida ishtirok etadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
IMG_5749.MP421.62 MB
🔥 4 3👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qatʼiy intilishni tasdiqladilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi eʼlon qilinganining 30 yilligi, ushbu muhim sanaga bagʻishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilingani bilan samimiy tabrikladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 28 19🔥 14
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari muzokara oʻtkazdilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari Turkmaniston yetakchisini tarixiy sana – doimiy betaraflikning o‘ttiz yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda ushbu muhim voqeaga bag‘ishlab ertaga o‘tkaziladigan xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 44🔥 25 13
Photo unavailableShow in Telegram
Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 11-dekabrdagi yig‘ilishi yakunlari: ⏺ Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. ⏺ Inflyatsiya pasayishda davom etmoqda: noyabrda umumiy inflyatsiya yillik — 7,5%, bazaviy inflyatsiya — 6,3%. ⏺ 2025-yil yakuniga inflyatsiya prognozi 7,3% ga pasaytirildi. ⏺ 2026-yil inflyatsiya prognozi 6,5% atrofida. ⏺ Iqtisodiy o‘sish yuqori: yil yakuni bo‘yicha 7–7,5% kutilmoqda. ⏺ Taklif omillari bo‘yicha xatarlar saqlanmoqda (oziq-ovqat taklifi, transport narxlari va tartibga solinadigan narxlar indeksatsiyasi). ⏺ Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar pasayishi fonida real foiz stavkalari yuqori bo‘lib, milliy valyutada jamg‘armalar o‘smoqda. ⏺ Moliyaviy inklyuzivlik oshishi sababli chakana kreditlash yuqori sur’atda davom etmoqda va bu kelgusida inflyatsion bosimni kuchaytirishi mumkin. ⏺ Pul-kredit sharoitlari inflyatsiyaning pasayish trayektoriyasiga erishish maqsadida qat’iy darajada saqlanadi; zaruratga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. ⏺ Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026-yil 28-yanvar kuniga belgilangan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti Ashxoboddagi xalqaro forumda ishtirok etadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga joʻnab ketdi. 12-dekabr kuni davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi eʼlon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi. Tashrif davomida Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
👍 54🔥 34 28
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari birgalikda daraxt ekdilar Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Koʻksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik hamda sherikchilikni mustahkamlashga, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga oʻzaro qatʼiy intilishning ramzi sifatida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya birgalikda Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Show all...
video_2025-12-11_18-50-36.mp452.72 MB
👍 22 19🔥 10