Edu.uz
Ir al canal en Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Mostrar más2025 año en números

130 685
Suscriptores
-13524 horas
-1 0747 días
-3 36730 días
Archivo de publicaciones
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Prezidentlari O‘zbekiston Prezidenti bilan birgalikda Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdilar.
—
Президенты Азербайджана, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана вместе с Президентом Узбекистана посетили Центр исламской цивилизации в городе Ташкенте.
#Mirziyoyev #sammit #Maslahatuchrashuvi #markaz
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 13👍 8
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
—
В резиденции «Куксарой» состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Таджикистан Эмомали Рахмона.
#Mirziyoyev #uchrashuv #Tojikiston #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 12👍 2
00:51
Video unavailableShow in Telegram
“Kelajak soati” loyihasi chorloviga qo‘shiling!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan “Kelajak soati” loyihasi tomonidan respublika bo‘ylab ijodiy chorlov (chellenj) e’lon qilindi.
Oliy ta’lim tashkilotlari, texnikumlar, akademik litseylarda tahsil olayotgan talaba-yoshlar va o‘quvchilarni ushbu chorlovda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Ishtirok shartlari:
✅Vatanimizning muqaddas ramzi — O‘zbekiston bayrog‘i aks etgan kreativ video yoki fotolaringizni ijtimoiy tarmoq sahifalaringizga joylashtiring.
✅Videolarda “Kelajak soati” loyihasining ijtimoiy tarmoq sahifalarini belgilash, shuningdek #kelajaksoati ва #bayroq34K heshteglaridan foydalanishni unutmang.
Eng yaxshi ijodiy ishlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Tanlov 25-noyabrga qadar davom etadi.
Vatanimiz bayrog‘i mangu baland hilpirasin!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
bayroq tg.mp431.80 MB
❤ 8👍 5🔥 3🤩 2😱 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Президентом Кыргызской Республики Садыром Жапаровым, прибывшим в нашу страну для участия в седьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии.
#Mirziyoyev #uchrashuv #Qirgiziston #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 10👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#BeshTashabbusOlimpiadasi
#Guliston_2025
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning final bosqichi – Gulistonda!
Joriy yilning 17–20-noyabr kunlari Guliston davlat universiteti hamda Guliston shahridagi boshqa oliy ta’lim muassasalari va markaziy sport maydonlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqalar davomida butun respublika bo‘ylab saralangan iqtidorli talabalar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
📍 Manzil: Guliston shahri, Guliston davlat universiteti va markaziy sport maydonlari
📅 Sana: 17–20-noyabr
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 9👍 3
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Президентом Азербайджанской Республики Ильхамом Алиевым, прибывшим в нашу страну для участия в седьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии.
#Mirziyoyev #uchrashuv #Ozarbayjon #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 8❤ 4
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro xitoy tili konferensiyasida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya "2025 World Chinese Language Conference" tadbirining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tadbirda Xitoy Bosh vaziri o'rinbosari Ding Suyesyang, Xitoy ta’lim vaziri Xuay Szinpin, Ozarbayjon, Gruziya, Tailand, Moldova, Gana va Venesuela kabi 10 dan ortiq mamlakatlar ta’lim vazirlari, shuningdek, Kambodja, Saudiya Arabistoni, Kipr, Kuba, Braziliya va boshqa mamlakatlardan ta’lim vazirlari o‘rinbosarlari hamda dunyoning 160 dan ortiq mamlakatidan jami 2000 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Tadbirda Hilola Umarova o‘z nutqida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik, birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar hamda ikki tomonlama aloqalarning kundan-kunga rivojlanib borayotgani haqida so‘z yuritdi.Konferensiya doirasida Xitoydagi qator ta’lim sohasidagi davlat idoralari va tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 16👍 3
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
—
Под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева состоялось второе заседание Высшего Межгосударственного совета.
#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #Oliykengash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 14👍 2
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ko‘ksaroyda Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi.
—
В "Куксарое" начались переговоры Президентов Казахстана и Узбекистана в расширенном составе.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 13❤ 5
Xalqaro anjumanda til va adabiyotning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Navoiy davlat universitetida “O‘zbekistonning ko‘p madaniyatli muhitida til va adabiyotni o‘qitishda innovatsion va raqamli texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi professor-o‘qituvchilari, shuningdek Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlardan tilshunoslar, adabiyotshunoslar, pedagoglar hamda yosh olimlar ishtirok etdi.
Anjumanda zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish, innovatsion pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida ma’ruzalar tinglandi, fikr almashuvlar va mavzuga doir muhokamalar o‘tkazildi. Anjuman yakuni bo‘yicha 100 dan ortiq mahalliy, shuningdek 20 ga yaqin xorijiy tadqiqotchilarning ilmiy maqolalari jamlanadigan ilmiy to‘plam chop etilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 15👍 4
01:19
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasidan
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
11.00.Макола.mp47.04 MB
❤ 10👍 1
Ta’lim muassasalarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlari muhokama qilindi
Prezidentning 316-sonli qaroriga muvofiq, o‘quvchilarni erta yoshdan kasb tanlashga yo‘naltirish hamda ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlarini ishlab chiqish masalasi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ishchi guruh tarkibi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi hamda tegishli o‘quv yurtlari mutaxassislaridan iborat.
Yig‘ilishda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, mahalliy amaliyotni tahlil qilish va samarali yondashuvlarni birlashtirish orqali ta’lim tashkilotlarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 10👍 4
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
—
В международном аэропорту «Ташкент-Хумо» состоялась торжественная церемония встречи Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева, прибывшего в нашу страну с государственным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #marosim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 13❤ 2
#Barkamol_avlod #Dzyudo
“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi
Joriy yilning 11–14-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida dzyudo yo‘nalishi bo‘yicha “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘tkazildi.
Jami 11 ta jamoa, qariyb 200 nafarga yaqin yosh dzyudochilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
✅Akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasidagi murosasiz kurashda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
🥇-oʻrin Toshkent shahri
🥈-oʻrin Qashqadaryo viloyati
🥉-oʻrin Buxoro viloyati
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Final00.mp411.97 MB
❤ 11👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi
Hukumat qarori (717-son, 11.11.2025-y.) bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Ko‘krak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1-mayga qadar taqdim etiladi.
Ko‘krak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 14👍 3🔥 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
—
15-16 ноября в городе Ташкенте под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева пройдет седьмая Консультативная встреча глав государств Центральной Азии.
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Maslahatuchrashuvi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 12👍 7
01:41
Video unavailableShow in Telegram
“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida xalqaro anjuman va sport musobaqalari o‘tkazildi
BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, 16-noyabr — “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan O‘zbekistonda “Bag‘rikenglik haftaligi” boshlandi.
Haftalik doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik — jamiyat barqarorligi garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Qozog‘iston, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, pravoslav va protestant jamoalari vakillari ishtirok etdi. Ma’ruzalar davomida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida akademiya tomonidan o‘tkazilgan “Diniy bag‘rikenglik — tinchlik va taraqqiyot asosi” insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Shuningdek, turli diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida “O‘zbekiston — bag‘rikeng diyor” shiori ostida mini-futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka va “Zakovat” intellektual musobaqalaridan iborat “Bag‘rikenglik kubogi” sport festivali o‘tkazildi. G‘olib jamoa va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bag'rikenglik.mp439.91 MB
👏 12❤ 3
#Taqdirlash #Evrika_tanlov
“Evrika” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
12-noyabr kuni “Renessans” kino uyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Ilm-fan targ‘ibot markazi, O‘zbekiston ekologik partiyasi hamda “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida “Evrika” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirni O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov ochib berdi.
Marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tanlovda 5 ta nominatsiya bo‘yicha 20 nafar g‘olib aniqlanib, ularga pul mukofotlari, statuetkalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 8👍 7🔥 3
“El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan yosh mutaxassislarni tayyorlashda yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi
13-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari S. Rajabov “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari Sh. Daminov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularni davlat boshqaruvi va iqtisodiyot sohalarida faol ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar yaratish haqida so‘z bordi.
Tomonlar bitiruvchi va stipendiantlarni davlat muassasalarida amaliyot va stajirovkalarga joylashtirish, shuningdek, “Internship Program” dasturini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildilar.
Kelgusida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida amaliyot o‘tashlari bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 7👍 3🔥 1
Repost from "El-yurt umidi" Foundation
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi.
❓Stipendiyalar qaysi taʻlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi?
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi:
➖bakalavriatda — 3-4 yilga qadar;
➖magistratura (ordinatura) — 1-2 yilga qadar;
➖doktorantura (aspirantura) — 3-4 yilga qadar.
❗️Boshqaruv kengashi qarori bilan: ayrim rivojlangan davlatlar taʼlim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari tayyorlov kursi va bakalavriatda oʻqishning umumiy muddati 4 yildan oshmasligi sharti bilan Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin.
Asos: https://lex.uz/ru/docs/-7520218#-7524372
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 4👍 2
