es
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

Ir al canal en Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
130 731
Suscriptores
-13524 horas
-1 1407 días
-3 41530 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
Geosiyosiy hamkorlikning yangi arxitekturasi: Toshkent va Vashington munosabatlari strategik yuksalish pallasida Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yangi bosqichga chiqmoqda. Yaqinda tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga ikki tomondan kimlar rahbarlik qilishi ma’lum bo‘ldi: 🇺🇸 AQSH tomonidan: Prezident Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili — Serjio Gor. 🇺🇿 O‘zbekiston tomonidan: Prezident Administratsiyasi rahbari — Saida Mirziyoyeva.
AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik endi shunchaki qog‘ozdagi kelishuv emas, balki ikki tomonlama yuqori boshqaruv ostidagi aniq mexanizmga aylanmoqda.
Prezidentimizning noyabrdagi AQSH safari o‘z mevasini bermoqda: maqsad — Amerika texnologiyalari va investitsiyalarini O‘zbekistonga olib kirish.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
14
Fan va taʼlim integratsiyasi: samarali amaliyot Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti huzuridagi ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriya talabalarning real texnologik jarayonlarda ishtirok etishini taʼminlamoqda.
Bu yerda qovun, qizilcha, xurmo, sabzi kabi xom ashyolardan tabiiy sukat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jarayonlarga 30 dan ortiq talabaning jalb etilgani ularning texnologik tajribasini chuqurlashtirmoqda. Mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda xorijiy hamkorlarning ham eʼtiborini tortayotgani ilmiy ishlanmalar iqtisodiy samaradorligini koʻrsatadi.
Biologik tadqiqotlar markazida esa umumiy qiymati 2 milliard 624 million soʻmlik xalqaro va davlat dasturlari doirasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
BIOTEXNOLOGIYA.mp446.49 MB
11👍 3
#psixologlar_kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, psixolog olimlar va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi D. Solixo‘jayeva ham so‘zga chiqdi. Anjumanda yoshlar ruhiyati, raqamli makonning psixologik ta’siri, oilaviy tarbiya muhiti, o‘smirlar xulqi va psixoprofilaktikaning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi. Konferensiyada ta’lim muassasalarida psixologik xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
14👍 7🤔 1
Sirdaryoda texnikum o‘quvchilarini bandligini ta’minlashda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi Xovos tuman 1-son politexnikumida yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mebelchilik, metallga ishlov berish va tikuvchilik yo‘nalishlarida korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Korxonalarda o‘quvchilar ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirib, ham ishlab, ham daromad topishmoqda. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104491 #Kasbiy_taʼlim #Dual_taʼlim #Yoshlar_bandligi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
7👍 7👏 1
Vazir OTM psixologlari bilan davra suhbati o‘tkazdi 2025-yil 21-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim muassasalari psixologlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda talabalarning psixologik barqarorligi va psixologik xizmat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Dastavval vazir 22-noyabr — Psixologlar kuni bilan yig‘ilganlarni tabriklab, ularning zahmatli mehnati yoshlarimizning jamiyatda o‘zligini kashf etishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Muloqotda respublikamiznimg 135 ta oliy ta’lim tashkilotida 93 nafar psixolog faoliyat yuritayotgani, biroq ayrim ta’lim muassasalarida talabalar bilan individual hamda tizimli ishlash borasida kuchliroq choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104459
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
15👍 5
Vaziri OTM psixologlari bilan davra suhbati o‘tkazdi 2025-yil 21-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim muassasalari psixologlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda talabalarning psixologik barqarorligi va psixologik xizmat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Dastavval vazir 22-noyabr — Psixologlar kuni bilan yig‘ilganlarni tabriklab, ularning zahmatli mehnati yoshlarimizning jamiyatda o‘zligini kashf etishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Muloqotda respublikamiznimg 135 ta oliy ta’lim tashkilotida 93 nafar psixolog faoliyat yuritayotgani, biroq ayrim ta’lim muassasalarida talabalar bilan individual hamda tizimli ishlash borasida kuchliroq choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104459
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonning 6 ta universiteti fanlararo tadqiqotlar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 talik reytingiga kirdi 2025-yil 20-noyabr kuni Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi tomonidan “Interdisciplinary Science Rankings 2026” — fanlararo ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingi e’lon qilindi. Ushbu baholashda 94 mamlakatdan 1 267 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning 34 ta oliy ta’lim tashkiloti reytingga kiritilgan bo‘lib, ularning 6 tasi eng yaxshi 500 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi, qolganlari esa “reporter” – nomzod maqomida qayd etildi. Jumladan: 🏛 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 150-o‘rin; 🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 201–250-o‘rin; 🏛 O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti — 301–350-o‘rinlar; 🏛 Toshkent davlat transport universiteti — 351–400-o‘rin. Mazkur natijalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida fanlararo ilmiy izlanishlar, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish borasida izchil taraqqiyot kuzatilayotganini ko‘rsatadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
👏 22 15👍 5🤔 1🎉 1
01:12
Video unavailableShow in Telegram
ESLATMA! O‘zbekistonda ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi 2025-yil 25–26-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magi bilan Toshkent shahrida xalqaro nufuzli reyting agentligi Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi. Tadbirga Central Asian University mezbonlik qiladi. Forum “Imkoniyatlarni kengaytirish: oliy ta’limda global ko‘priklarni qurish” mavzusida o‘tkazilib, u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda Yevroosiyo bo‘ylab O‘zbekiston universitetlarining xalqaro nufuzini oshirish masalalariga bag‘ishlanadi. Tadbirda Markaziy Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalardan 300 dan ortiq akademik rahbarlar, siyosatchilar va innovatsion g‘oya mualliflari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ikki kun davomida ma’ruza, strategik munozara va mahorat darslari orqali oliy ta’lim tizimining kelajagi hamda global hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qiladilar. 👉 Batafsil: https://portal.qshesummits.com/event/eurasiaforum2025/home Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📞 71 200 05 22, 71 208 12 34
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
IMG_2780.MOV54.03 MB
17👍 4😱 1
Irrigatsiya universiteti magistranti MDH yoshlari tanlovining final bosqichi g‘olibi bo‘ldi 20–21-noyabr kunlari Qozog‘istonning poytaxti Astana shahrida MDHga a’zo davlatlarning xalqaro yoshlar loyihasining xalqaro final bosqichi — “MDH uchun 100 g‘oya” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq yoshlar o‘z loyihalarini taqdim etdilar. Mazkur tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti magistranti, Yoshlar akademiyasining universitet lideri No‘monjon Ibrohimov “Boyqush” loyihasi bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
star reaction 3 28👏 12🔥 7👍 6🎉 5
Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumida taʼlim infratuzilmasini yangilash jarayonlari oʻrganildi 20-noyabr kuni Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi tashrif buyurgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov taʼlim jarayonining sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi infratuzilmaviy yangilanishlar, oʻquv binolari va amaliy tayyorgarlik tizimidagi oʻzgarishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida texnikum hududida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari, ustaxona va oʻquv xonalarining zamonaviy talablarga moslashtirilishi hamda oʻquvchilar uchun yaratilayotgan amaliy sharoitlar boʻyicha mutasaddilarning maʼlumotlari tinglandi. Uchrashuv davomida kasbiy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, amaliy mashgʻulotlarni ishlab chiqarish talablari bilan uygʻunlashtirish va malaka talablarini aniq belgilovchi oʻquv-amaliy mexanizmlarni joriy etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
12👍 7🔥 2👏 1
Repost from TgId: 1257775199
Photo unavailableShow in Telegram
#Barkamol_avlod_2025 #Badminton Sirdaryo viloyatida Badminton sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining Badminton yo‘nalishi bo‘yicha respublika final bosqichi 25–28-noyabr kunlari Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi. Musobaqada mamlakatning turli hududlaridan kelgan sportchi o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘z mahoratlarini namoyish etadi. Musobaqa o‘tkaziladigan joy: Guliston shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/sBx5KnbZSRc3H9fZ7 Musobaqa davomida yoshlar sport mahorati, intilishi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi namoyon bo‘ladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
😎 Telegram |😎 Instagram |😎 Facebook |▶️ YouTube |🌐Sayt
Mostrar todo...
👍 10 4
Photo unavailableShow in Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣ 🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔠 tinglab tushunish; 🔠 o‘qish; 🔠 grammatika; 🔠 yozish; 🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. ➡️Mazkur imtihon uchun talabgorlar 27-noyabr 10:00 ga qadar ro‘yxatga olinadi. ✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz Imtihon 28-noyabr kuni respublikamizning 9 ta hududida o‘tkaziladi va natijalar 2 ish kunida e’lon qilinadi. 📍Imtihonlar o‘tkaziladigan 9 ta hudud ro‘yxati: ➡️USTIGA BOSING ➡️ iTEP diagnostik test: 👉 https://www.iteptest.com/preview Murojaat uchun: 📞 (95) 515-68-68
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
6👍 6🎉 1
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka qarshi xalqaro anjuman oʻtkazildi 21-noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” loyihasi doirasida “Jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning oʻrni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayziyeva, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva, Oʻzbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Ozoda Islomova ishtirok etib, gender tengligi, ayollarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash va xotin-qizlarning huquqiy himoyasi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104132
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
15👍 5👏 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
#dayjest #qalqon_faoliyati
Oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati davom etmoqda
🔵Guliston davlat universiteti; 🔵Samarqand davlat pedagogika instituti; 🔵Guliston davlat pedagogika instituti; 🔵TATU Samarqand filiali; 🔵Andijon davlat pedagogika instituti; 🔵Milliy estrada san’ati instituti; 🔵Farg‘ona davlat universiteti; 🔵Sharda universiteti; 🔵O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali; 🔵Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti; 🔵TDIU Samarqand filiali; 🔵O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali; 🔵Olmaliq davlat texnika instituti; 🔵Buxoro davlat texnika universiteti; 🔵Samarqand iqtisodiyot va servis instituti; 🔵Namangan davlat pedagogika instituti; 🔵Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti; 🔵Jizzax politexnika instituti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
7👍 1
Repost from TgId: 1618469023
Photo unavailableShow in Telegram
📣 DIQQAT! "INNOVATOR" jurnaliga 2026-yil uchun obuna mavsumi boshlandi!
“INNOVATOR” JURNALI – mamlakatimizdagi innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar, innovatsion ekotizimdagi yutuqlar va zamonaviy startaplarni yoritishga ixtisoslashtirilgan birinchi va yagona ilmiy-ommabop nashr.
⚡️Maqsadimiz: O‘zbekistondagi innovatsion muhitni rivojlantirishda yoshlarning ilm-fan yutuqlari, kreativ g‘oyalarini ommalashtirish, innovatsion salohiyatini oshirish, tijoratlashtirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi zamonaviy yangiliklar bilan jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishdan iborat. ✍️Asosiy yo‘nalishlari: ✔️ startaperlar, yosh ixtirochilar, talabalar va yosh olimlarning yutuqlarini targ‘ib qilish; ✔️ biznes-inkubator va akselerator dasturlari, texnoparklar hamda innovatsion markazlar faoliyati va imkoniyatlari haqida ma’lumot berish; ✔️ yangi texnologiyalar, raqamli yechimlar, biotexnologiya, sun’iy intellekt, yashil energetika, agroenergetika, muhandislik, robototexnika va dronlar bo‘yicha axborot taqdim etish; ✔️ ilmiy-amaliy hamda innovatsion loyihalar, tadqiqotlar va ishlanmalarni yoritish. 🚀 Yangi bilimlar olish, texnologiya va innovatsiyalardan xabardor bo‘lishni istaysizmi? Unda "INNOVATOR" jurnaliga obuna bo‘lishni unitmang! ❗️Obuna indeksi-1394 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱
Mostrar todo...
11🔥 2👍 1
Toshkentda O‘zbekiston–Ozarbayjon yoshlar konferensiyasi o‘tkazildi 20-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston va Ozarbayjon yoshlarining do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan konferensiya tashkil etildi. Tadbirda Ozarbayjondan tashrif buyurgan “Yosh islohotchilar” jamoat birlashmasi vakillari ishtirok etdi. Anjuman davomida ta’lim almashinuvi, madaniy hamkorlik, yoshlar diplomatiyasi, qo‘shma loyihalarni samarali yo‘lga qo‘yish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida fikr almashildi. Qayd etilganidek, konferensiya ikki davlat yoshlarining do‘stlik rishtalarini mustahkamlash hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
15👍 5🔥 2👏 1🤔 1
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring! Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi. 📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Mostrar todo...
6
Markaziy tashkilotlar
Vazirliklar
Hokimliklar
Qo‘mitalar
Agentliklar
Inspeksiyalar
Markazlar
Boshqa tashkilotlar
Aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalar
Banklar va sug‘urta kompaniyalari
Uyushmalar
Sport federatsiyalari
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilik_yangiliklari ❗️Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi: 🔹 safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi; 🔸“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali: ✔️avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lab beriladi; ✔️kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim; ✔️ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
5👍 4🔥 2
01:45
Video unavailableShow in Telegram
#Besh_tashabbus #yakun #video Gulistonda oʻtgan “Besh tashabbus” olimpiadasi ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi taqdirlash marosimidan Sport musobaqalarining barcha natijalari bu yerda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
Besh_tashabbus.mp430.17 MB
5🔥 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
📢 ERASMUS+ MILLIY AXBOROT KUNI BO‘LIB O‘TADI! Erasmus+ dasturining eng yirik yillik tadbirlaridan biri — Erasmus+ National Information Day 2025 shu yil 11-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi! Bu tadbir O‘zbekiston OTMlari, xalqaro tashkilotlar, Yevropa Ittifoqi davlatlari elchixonalari va ta’lim sohasidagi ekspertlarni bir joyga jamlab, yangi Call-2026 uchun eng muhim yangiliklar bilan tanishtiradi. 🗓 Sana: 11-dekabr 2025-yil 🎙 Format: oflayn 🫥 Nima kutishingiz mumkin?
🔹 Erasmus+ 2026 Call bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlar 🔹 CBHE, ICM, Erasmus Mundus, Jean Monnet va boshqa yo‘nalishlar haqida batafsil tushuntirishlar 🔹 Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston rasmiylarining ochilish nutqlari 🔹 Muvaffaqiyatli loyihalar ko‘rgazmasi – Projects Fair 🔹 Tarmoq yaratish (networking), savol-javoblar va amaliy tavsiyalar 🔹 Yangi loyihalar yozishni rejalashtirayotgan jamoalar uchun qo‘llab-quvvatlash
Batafsil 👈 🔁 English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
4👍 2