Edu.uz
Ir al canal en Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Mostrar más2025 año en números

130 657
Suscriptores
-13524 horas
-1 0747 días
-3 36730 días
Archivo de publicaciones
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi, el-yurtimiz salomatligi posbonlari bo‘lgan barcha shifokor va hamshiralar, soha mutaxassislariga o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
“Bugun soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab yangi tashabbuslarni sizlar bilan muhokama qilib olamiz. Zamonaviy tibbiyotni farmatsevtikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bundan buyon ushbu bayramni “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” deb nishonlasak, o‘ylaymanki, sizlar buni qo‘llab-quvvatlaysizlar! Bularning barchasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ko‘proq izlanish, ilg‘or davolash va profilaktika usullarini egallashda katta rag‘bat, kuch-g‘ayrat beradi deb ishonaman!”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
❤ 14👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
🩺 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi
Prezidentning tegishli farmoniga asosan tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi fidokorona mehnati uchun bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.Jumlada, oliy ta’lim muassasalari orasida quyidagi professor-o‘qituvchilar e’tirof etildi: I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan 🟢Gadayev Abdigaffar — Toshkent davlat tibbiyot universiteti, oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professori 🟢Kabulov Mels — Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori II daraja “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan 🟢Nurova Zamira Annakulovna — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri “Shuhrat” medali bilan 🟢Turayev Bobur Batir o‘g‘li — Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi, kardioxirurgiya bo‘limi kardiojarrohi. Ularning mehnati yurtimizda tibbiy ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun munosib e’tirof etildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 7👍 5🔥 1
01:08
Video unavailableShow in Telegram
Kelajak muhandislari uchun yangi imkoniyat! Tashkent Tech’da bepul tayyorlov kurslari boshlandi
O‘zbekistonda tashkil etilgan yangi texnika universiteti — Tashkent Tech barcha abituriyentlarni maxsus tayyorlov kurslari (Foundation)ga taklif qiladi!
Tashkent Tech universiteti jahonning ilg‘or standartlariga asoslangan va innovatsion ta’lim asosida kelajak muhandislarini tayyorlashga yo‘naltirilgan davlat oliygohi hisoblanadi.
Tayyorlov kurslarida o‘qish mutlaqo BEPUL!
🕓 Kurslar kimlar uchun?
✅ 11-sinf o‘quvchilari;
✅ Akademik litseylarning 2-kurs o‘quvchilari;
✅ Oʻqishga kirish istagida bo‘lgan barcha abituriyentlar.
🕓 Darslar qaysi vaqtlarda oʻtkaziladi?
✅ Maktab darslaridan bo‘sh vaqtlarda;
✅ Kunning ikkinchi yarmida;
✅ Haftasiga 3 marotaba.
🕓 Kurslarda nimalar oʻrgatiladi?
✅ Matematika, fizika va ingliz tili fanlari;
✅ Muhandislik va robototexnikaga oid master-klasslar;
✅ Shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qiziqarli mashg‘ulotlar.
📌 Tayyorlov kurslariga arizalar qabuli davom etmoqda. Shoshiling – joylar soni chegaralangan!
📄 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori
👉🏻 Ariza topshirish | Batafsil | Telegram kanal
📞 +998 77 288-82-82
✏️ @tashtech_uni
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_5126.MP45.50 MB
👍 7❤ 5
Repost from TgId: 2361373932
Photo unavailableShow in Telegram
Sunʼiy intellekt orqali kelajak sari
✅Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida onlayn ochiq muloqot oʻtkazadi.
Ochiq muloqotda:
➡️“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi transformatsiyasi; ➡️aileaders.uz platformasida roʻyxatdan oʻtish ketma-ketligi; ➡️Loyiha doirasidagi tanlovlar tartibi; ➡️Savol-javoblar boʻlib oʻtadi.📈Sana: 11-noyabr; ⏰Soat: 09:45. ❗️Jonli efir aileaders.uz telegram kanali hamda Raqamli texnalogiyalar vazirligining rasmiy youtube kanali va facebook sahifasida boʻlib oʻtadi. ⚜️Ochiq muloqotda ishtirok eting va sun’iy intellekt sohasida bepul ta’lim olish imkoniyati bilan tanishing! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
❤ 9🔥 5👍 1🥰 1🎉 1
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari universitet faoliyati bilan tanishib, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlariga davlat mukofotlarini topshiradi hamda ular bilan tizimdagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni muhokama qiladi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев сегодня посетит Ташкентский государственный медицинский университет.
Глава государства ознакомится с деятельностью университета, вручит государственные награды работникам сферы здравоохранения и фармацевтики, а также обсудит с ними результативность реформ в системе и приоритетные задачи на следующий год.
Facebook|Instagram|X
👍 14❤ 9
03:16
Video unavailableShow in Telegram
#fan_biznes #innovatsion_gʻoya
Talaba ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi yoshlar uchun “Geoment Abakus” interaktiv qurilma loyihasini taqdim etdi
Bu loyiha haqida videolavhada batafsil ma’lumot beriladi. Mazkur ishlanma “O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari” loyihasi doirasida ilgari surilgan.
🔗 Boshqa innovatsion g‘oyalar taqdimoti — bu yerda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
O'zbek olimlari 2.mp453.53 MB
❤ 13👍 4🔥 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление Президента Республики Узбекистан работникам сферы здравоохранения
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 23👍 7🔥 3👏 1
#Yashil_makon
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik jamoasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida o‘tkazilgan ekologik hasharda faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida asosiy yo‘l bo‘yida 1800 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, shuningdek, atrof-hudud maishiy chiqindilardan tozalandi.
Mazkur ezgu tashabbus nafaqat hududni obodonlashtirish, balki ekologik muhitni yaxshilash, tabiatga e’tibor va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
13.10 MB
👍 24❤ 15😁 4👏 2🔥 1
#Yashil_makon
“Yashil makon” loyihasi doirasida: vazirlik jamoasi ekologik hasharda faol ishtirok etdi
Bugun Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli hashar o‘tkazildi. Tadbir davomida asosiy yo‘l yoqalarida 1800 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ekologik tashabbus erta tongdan xodimlarning faolligi va uyushqoqligi bilan boshlandi. Hashar jarayonida nafaqat yangi daraxtlar ekildi, balki mavjud yashil hududlar chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirildi. Shuningdek, avval ekilgan daraxtlarga parvarish ishlari olib borildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 17👍 13😱 2🔥 1
Ijro intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi
7-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ijro intizomini mustahkamlash, jumladan “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar ijrosining 10 oylik faoliyat tahliliga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vazirlik tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. O‘qish onlayn va oflayn shaklda tashkil qilindi.
Tadbir davomida ijro intizomini kuchaytirish, vazifalarni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish, ijro samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100520
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 19👍 7😁 2🔥 1🎉 1
02:00
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi O‘zbekiston–AQSH hamkorligida yangi sahifa ochdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSH poytaxti Vashingtonga amaliy tashrifi O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va manfaatga asoslangan strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.
Tashrif davomida iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va texnologik sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuv va kelishuvlar bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari tashrif doirasida AQSH Eksport-import banki rahbari Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek, “General Motors International” kompaniyasi global ijrochi direktori Shilpan Amin hamda AQSH savdo vaziri Xovard Latnik bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Ishbilarmonlar bilan davra suhbati yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH savdo vaziri Xovard Latnik ishtirokida bir qator ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi va “C5+1” formatidagi sammitda ishtirok etdi. Sammitda davlatimiz rahbari Donald Trampni “tinchlik prezidenti” deb atab, uning xalqaro barqarorlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi yakunida O‘zbekiston–AQSH hamkorligi yangi loyiha va tashabbuslar bilan boyidi, tomonlar o‘zaro strategik sheriklikni chuqurlashtirishga qat’iy ishonchini bildirdilar.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
61.47 MB
❤ 11👍 6
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish va kasbiy ta’lim yo‘nalishida qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi
7-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Gyote instituti direktori Anna Bernsmayer hamda Institutning Sharqiy va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha til bo‘limi rahbari Tanya Olbrix bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’lim muassasalarini darslik va texnik vositalar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, turizm va mehmonxona xo‘jaligi texnikumlari bilan hamkorlikda Germaniyada o‘tkazilgan amaliyotlar natijalari ham ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100512
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 10👍 6👏 1
11:56
Video unavailableShow in Telegram
#fan_biznes #innovatsion_gʻoya
Talaba shifoxonadagi muammoga innovatsion yechim topdi
Turin politexnika universiteti magistri Asadbek O‘rinov shifoxonalarda soatlab navbat kutish muammosini hal etishga qaratilgan “Body Tester” nomli innovatsion ishlanmasini taqdim etdi. U bu loyihasi haqida videolavhada batafsil ma’lumot beradi.
Mazkur ishlanma “O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari” loyihasi doirasida ilgari surilgan. Loyiha Savdo-sanoat palatasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — fan va biznes o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashishdir.
🔗 Boshqa innovatsion g‘oyalar taqdimoti — bu yerda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Olimlar.mp461.48 MB
❤ 14👍 4
Repost from TgId: 1935048753
Photo unavailableShow in Telegram
#IlmStart_Marafoni
🔺“Ilm-Start” marafonida ishtirok etyapsizmi?
Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Parvoz” loyihasi tomonidan startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ilm-Start” marafoni o‘tkazilmoqda.
Marafon davomida siz startap yaratish, jamoa shakllantirish, innovatsion fikrlash, investor jalb etish va muvaffaqiyat sari yo‘l ochuvchi amaliy bilimlarni bepul o‘rganasiz.
🗒 Marafon speakerlari:
1. Olimjon To‘ychiyev — O‘zbekistonlik texnolog va jamoat arbobi, Turin politexnika universiteti rektori Dars mavzusi: “Texnoparklar, universitetlar va davlat: innovatsion loyihalar uchun yagona ekotizim qurish”; 2. Asadbek Urunov — Founder of Cosmos Innovation, “Mard o‘g‘lon” mukofoti sovrindori, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohibi Dars mavzusi: “Kuchli jamoa tuzish va startap yaratishda jamoaning o‘rni”; 3. Azizbek Ilkhamov — Innovatsion rivojlanish agentligi, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Dars mavzusi: “Startap ekotizimidagi yangiliklar”; 4. Akbarxon Sobirxonov — Yoshlar akademiyasi rahbari Dars mavzusi: “O‘zbekiston innovatsion taraqqiyotida talabalarning o‘rni: yangi imkoniyatlar va chaqiriqlar”; 5. Bobir Zokirov — Biznesmen, innovator Dars mavzusi: “Global Business Startup”; 6. Abdulaziz Yakubov — “Yoshlar Ventures” rahbari Dars mavzusi: “Venchur fondlardan investitsiya jalb qilish”; 7. Barnoxon Artikxodjayeva — BMT Taraqqiyot dasturi “Startup Tashabbuslar” loyihasi treneri Dars mavzusi: “Ilmiy loyihalarni startapga aylantirish”; 8. Xulkar Atayeva — Innovatsion rivojlanish agentligi bosh mutaxassisi Dars mavzusi: “Ijtimoiy tarmoqlar orqali brendga maqsadli auditoriyani jalb qilish”; 9. Shahzod Umrzoqov — “TASS Vision” startap kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Dars mavzusi: Startap loyihalar doirasida yaratilgan mahsulot hamda ishlanmalarni xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda eksportni yo'lga qo'yish.🗓 Marafon sanalari: 10–17-noyabr. 🎤 Format: Onlayn. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: @ilm_start_marafon_bot 🚀 Endi sizning navbatingiz — g‘oyangizni kuchaytiring, jamoangizni shakllantiring va uni parvoz ettiring!
❤ 7👍 4
Oʻzbekiston va Sloveniya oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarmoqda
Samarqand shahrida oʻtayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qongʻirotboy Sharipov Sloveniya Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat kotibi Yure Gashparich bilan uchrashdi.
Tomonlar oʻrtasida “Oliy taʼlim va fan sohasida hamkorlik toʻgʻrisida” anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat universitetlar va ilmiy markazlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, qoʻshma anjuman va seminarlar tashkil etish imkonini beradi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100399
#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #vazir #UNESCO #memorandum #Sloveniya
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 10❤ 2👏 1
Kasbiy ta’lim sohasida Xitoy bilan hamkorlik kengaymoqda
Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurib, Pekin va Gansu viloyatlari bilan kasbiy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.
Delegatsiya “Belt and Road” doirasidagi CACIE 2025 xalqaro ta’lim konferensiyasida ishtirok etib, kasbiy ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish, qo‘shma ta’lim markazlarini tashkil etish va WorldSkills Asia doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Tashrif davomida boshqarma, Sunmaker Training instituti va CIIC International Education Technology (Beijing) Co., Ltd. o‘rtasida raqamli kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida 12 yo‘nalish bo‘yicha raqamli o‘quv resurslari yaratish, onlayn va oflayn treninglar tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, delegatsiya Gansu viloyatidagi kasb-hunar kollejlarining ilg‘or tajribasini o‘rganib, uni mahalliy ta’lim tizimida qo‘llashni maqsad qilmoqda.
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim #memorandum
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 10👍 6😁 1
Madaniy merosni barqaror asrash hamda tarixiy inshootlarga iqlim o‘zgarishining ta’siri masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
YUNESKO Bosh Konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir madaniy merosni barqaror asrash, bu jarayonda zamonaviy yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va jamoatchilik ishtirokining o‘rnini yoritishga bag‘ishlandi. Shuningdek, tarixiy inshootlarga iqlim o‘zgarishining ta’siri masalalari muhokama qilindi.
Seminarda 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy olimlar, mutaxassislar va talabalar ishtirok etdi.
Ilmiy seminar doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil etildi:
🔹Barqaror materiallar va an’anaviy texnikalar — tarixiy shahar tuzilmalari va me’moriy meros obyektlarini asrash masalalari muhokama qilindi. 🔸Meros va iqlim o‘zgarishi — iqlim o‘zgarishining yodgorliklarga ta’siri va qadimiy me’moriy yechimlarning zamonaviy ahamiyati tahlil qilindi. 🔹Meros barqarorligi uchun raqamli texnologiyalar — 3D modellashtirish, raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar taqdim etildi. 🔸Shahar merosi va barqaror rivojlanish — Samarqandning moddiy va nomoddiy merosini asrash hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
“O‘tmishni_asrab,_kelajakni_barpo_etish”_xalqaro_seminari_mini.mp427.65 MB
👍 12❤ 6🔥 1👏 1
#dayjest
Oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhi bilan birgalikda vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda
🔵Samarqand davlat universiteti; 🔵Termiz davlat universiteti; 🔵O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali; 🔵Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali; 🔵Toshkent kimyo-texnologiya instituti; 🔵Namangan davlat pedagogika instituti; 🔵Fan va texnologiyalar universiteti; 🔵Toshkent davlat transport universiteti; 🔵Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti; 🔵Guliston davlat pedagogika instituti; 🔵Turan xalqaro universiteti; 🔵Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti; 🔵Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; 🔵Urganch innovatsion universiteti; 🔵Guliston davlat pedagogika instituti; 🔵Olmaliq davlat texnika instituti; 🔵Geologiya fanlari universiteti; 🔵Guliston davlat universiteti; 🔵Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; 🔵Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_9852.MP426.29 MB
IMG_9854.MP416.42 MB
IMG_9851.MP427.44 MB
IMG_9855.MP425.55 MB
❤ 12👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Ekotargʻibot_2025
10-noyabr – O‘zbekistonda ko‘chib yuruvchi hayvonlar kuni!
Mamlakatimizda 10-noyabr ko‘chib yuruvchi hayvonlar kuni sifatida 2013-yildan buyon nishonlab kelinadi. Mazkur sana yovvoyi hayvonlar, xususan, sayohatchi turlarni asrash, ularning tabiiy yashash muhitini muhofaza qilishga qaratilgan.
Sana munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida “Ko‘chib yuruvchi hayvonlar kuni” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, master-klasslar va ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100288
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 13🔥 5👍 2🤩 2
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в саммите лидеров стран Центральной Азии и США в формате «C5+1».
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #AQSH
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 7👍 4
