es
Feedback
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

Ir al canal en Telegram

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuzinstagram.com/xushnudbekyoutube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevx.com/xushnudbecktiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
629 021
Suscriptores
-46724 horas
+6 5897 días
-7 67630 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich Guliston shahar hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari edi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 2
Photo unavailableShow in Telegram
☪️ O’zbekistondagi barcha masjidlarda yomg’ir so’rab, istisqo namozi o’qiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan 28-noyabr kuni juma namozidan keyin yurtimizdagi barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab, jamoat bilan ikki rakat istisqo namozi o‘qiladi. Shuningdek: ➖ viloyatlar, tuman-shaharlar markaziy masjidlari va ziyoratgohlarda jonliqlar so‘yilib, yordamga muhtoj oilalar, yetim-yesirlar, beva-bechoralar, miskinlar, boquvchisini yo‘qotgan keksalarga tarqatiladi; ➖ O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari ustoz va talabalari tomonidan Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” asari 28-noyabr kuni juma namoziga qadar xatmi kutub qilinadi; ➖ Makka va Madinada umra ziyoratida bo‘lib turgan ellikboshi imom-domlalarimizga esa Harami sharifda o‘z guruhlari ishtirokida istisqo namozini o‘qishlari tavsiya etildi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 40
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi uchun bitta davlat bilan muzokaralarni yakunlash qoldi Prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili Azizbek Urunovning ma'lum qilishicha, o‘tgan hafta bu borada 🇷🇺Rossiya bilan muzokaralar deyarli yakunlangan. Asosiy masalalar hal etilgan, texnik holatlar qolgan, xolos. Shunday qilib, barcha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash uchun faqat 🇹🇼Xitoy Taypeyi bilan kelishish qoldi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 3
Maxsus komissiyaga 2026-yil 1-martga qadar quyidagi vakolatlar berildi: 🔹 tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta’minoti va boshqa sohalarda cheklovlarni joriy qilish; 🔹 transport vositalari harakatini cheklash, jumladan: ➖ Toshkent shahrida yuk tashish avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash amaliyotini yo‘lga qo‘yish; ➖ avtotransport vositalarining, shu jumladan davlat raqamiga mos ravishda toq va juft sanalarda harakatlanishni cheklash amaliyotini joriy qilish (elektromobillar bundan mustasno); ➖ harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadigan avtotransport vositalari turlari, ko‘chalar va boshqa hududlarni belgilash; 🔹 atmosfera havosi sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxonalar va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatish; 🔹 Toshkent shahridan boshqa hududlarga ko‘chirilishi majburiy bo‘lgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilash; 🔹 sanoat korxonalari uchun tashlanmalarning ruxsat etilgan miqdorini belgilash va ushbu talabni buzgan sanoat korxonalari faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha belgilangan tartibda chora ko‘rish; 🔹 qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilish, shu jumladan qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni o‘rnatish va boshqa talablar; 🔹 davlat organlari va tashkilotlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini ekologik talablarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida muvofiqlashtirish; 🔹 oqar suv (daryo, kanal, ariq) obyektlarida suv obyektlari qirg‘oq muhofaza mintaqa zonalarida qurilishni taqiqlash va ekologik vaziyatni yaxshilash bilan bog‘liq boshqa vakolatlar. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 1
Maxsus komissiya bir hafta muddatda Toshkent shahrida qurilish uchun ajratilgan 500 m2 va undan ortiq maydonlarda quyidagi talablar asosida kompleks tekshiruv ishlarini amalga oshiradi: ➖umumiy maydonining 25 foizi ko‘kalamzorlashtirilgani; ➖qurilish maydonlarida suv purkagichlar o‘rnatilgani; ➖qurilish maydonlarining kirish-chiqish yo‘laklarida avtotransport vositalari g‘ildiraklarini yuvish hovuzlarining barpo etilgani; ➖qurilish materiallari va maishiy chiqindilarni tashishda transport vositalarining brezent yoki PVX qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan yopilgan tarzda harakatlanishi; ➖qurilish maydonining chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmayotgani. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 2
Kecha tunda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi issiqxonalarga reydlar uyushtirildi Reydlar davomida ekologik me’yorlarni buzayotgan, jumladan, shina, bitum, mazut, ishlatilgan avtomobil moyi plyonka, rezina, jun tolasi va boshqalarni yoqayotgan issiqxonalar aniqlanib, ularga tegishli choralar ko’rildi. Bu kabi reydlar davom etadi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
IMG_1901.MP412.89 MB
❗️Issiqxonalarga gaz beriladi, shundan so‘ng shina, mazut, bitum kabi mahsulotlar yoqqan issiqxonalar jazolanadi Farmonga ko‘ra, Energetika vazirligi bir hafta muddatda Toshkent shahri va unga tutash bo‘lgan hududlardagi barcha issiqxona obyektlariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini tashkil etadi va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berilishini ta’minlaydi. Ammo o‘z navbatida, shundan keyin ham qoidalarni buzgan issiqxonalar jazolanadi. Ekologiya qo‘mitasi bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritadi: ➖ maydoni 200 m2 va undan yuqori bo‘lgan issiqxonalarda chang-gaz tozalash uskunalari nosoz ishlashi yoki mavjud bo‘lmaganligi uchun ma’muriy jarimalar miqdorlarini yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga 5 baravarga va jismoniy shaxslarga 3 baravarga oshirish; ➖ maydoni 200 m2 va undan yuqori bo‘lgan issiqxonalarda yoqilg‘i moddalar, material va chiqindilar (shina, bitum, mazut, ishlatilgan avtomobil moyi plyonka, rezina, jun tolasi va boshqalar) yoqilgani aniqlanganda isitish qozonxonasini davlat foydasiga musodara qilishni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni joriy etish. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
❗️Havo tozalagichlar uchun boj bekor bo‘ldi Prezident farmoniga binoan, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kod 8509 80) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi. Shuningdek, maxsus laboratoriya uchun uskunalar va boshqa jihozlar, avtomatlashgan kichik stansiyalar (TIF TN kodi 9027), tashlamalarning avtomatik monitoring stansiyalari (TIF TN kodi 9027), avtomatik kuzatuv lostlari (TIF TN kodi 9027), chang-gaz tozalash uskunalari (TIF TN kodi 8421), lokal suv tozalash inshootlari (TIF TN kodi 8421) ham bojdan ozod etiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 2
⚡️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 3
Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Administratsiya hamda aloqador idoralar rahbariyati ishtirokida Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi kunlarda kuzatilayotgan havo ifloslanishi darajasi chuqur tashvish uyg‘otayotgani, poytaxt aholisini haqli ravishda xavotirga solayotgani, bu holat tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab etayotgani qayd etildi. Yig‘ilishda o‘rnatilgan me’yorlar buzilgan hollarda havoni ifloslantirayotgan ishlab chiqarishlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlandi. Odamlar salomatligi haqida gap ketganda, murosaga o‘rin yo‘qligi va bu tamoyil davlat uchun ham, biznes uchun ham birdek amal qilishi kerakligi qayd etildi. Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilishga qo‘yiladigan talablarni qat’iylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish va havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu chora-tadbirlar yaqin orada davlatimiz rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan Prezident Farmoni loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 1
Sudyalarni lavozimga tayinlash tartibi o’zgaradi Prezident farmoni bilan, Sudyalar oliy kengashining qonunchilikka sudyaning almashtirilmasligiga oid tamoyilni kiritish boʻyicha quyidagi takliflariga rozilik berildi: ➖ sudyalarni navbatdagi oʻn yillik muddatga tayinlash (saylash) tartibini bekor qilib, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibini belgilash; ➖ tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni aniq mezonlarga koʻra sudyalar orasida ochiq tanlov asosida tanlash tartibini oʻrnatish; ➖ sudyaning kasbiy faoliyatini baholashda “halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “odob qoidalariga rioya etish” talablarining aniq mezonlarini qonun darajasida belgilash. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 3
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Allamjonov Komil Ismoilovich maslahatchi-vakil – Prezidenti Administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi. Shu bilan birga, u Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 3
Photo unavailableShow in Telegram
♟Jahon kubogidagi tarixiy o‘yinlar oldidan Uzchess Pro obunasi uchun 30% chegirma e’lon qilindi! Ayni kunlarda O‘zbekiston shaxmat tarixidagi eng muhim voqealar roʻy bermoqda. Javohir Sindarov Jahon kubogi finalida kuchli raqib — xitoylik Vey I bilan kuch sinashmoqda. Final gʻalabasi unga talabgorlar turniriga yoʻllanma bilan birga Jahon kubogini ham olib keladi. Bugungi birinchi bahsda Javohir oq donalarda durang oʻynadi. Muhimligi jihatidan finaldan kam bo‘lmagan yana bir bahsda Nodirbek Yakubbayev 3-o‘rin uchun kurashmoqda. Agar Yakubbayev yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, Nomzodlar turnirida ikki nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi. Hozircha Andrey Yesipenko bilan birinchi bahsda teng pozitsiya boʻlib turibdi. Shu munosabat bilan Uzchess’dan Uzchess Pro obunasiga 30% chegirma e’lon qilindi! 🔹 Promokod: NOMZODLAR2026 🔹 Amal qilish muddati: 26-noyabr, soat 23:59 gacha UzChess YouTube kanaliga obuna bo‘ling va tarixiy o‘yinlarni toʻgʻridan toʻgʻri efirda tomosha qiling! UzChess YouTube kanalida bugungi bahslar uchun jonli efir havolasi: 📹 https://www.youtube.com/live/mlw3M5EkfKU?si=emp-DtFIJMC_HB-t Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 1
Photo unavailableShow in Telegram
🚍 Guliston shahrida to‘liq ekologik toza avtobuslar qatnay boshladi Sirdaryo viloyati markaziga 52 dona YUTONG rusumli avtobus olib kelindi. Joriy yil boshidan shaharga olib kelingan avtobuslarning umumiy soni 72 taga yetdi. Mazkur avtobuslar shahar ichidagi 7 ta yo‘nalishda brutto-shartnomasi asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Natijada shahardagi jamoat transporti harakat tarkibini to‘liq ekologik toza avtobuslar bilan yangilashga erishildi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 5
Hakamlik sudi sudyasi qamoqqa olindi Davlat xavfsizlik xizmati xabar berishicha, hakamlik sudi sudyasi o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga mavsumiy ishchi sifatida yuborishga kelishib, 15 000 dollar talab qiladi. U ishni tezroq bitirib berish uchun oldindan 4 100 dollarni “avans” tariqasida oladi. Ammo, bergan va’dasini ustidan chiqa olmagach, muqaddam olgan pul mablag‘idan bir qismini qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
⚖️ Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 5
Photo unavailableShow in Telegram
Javohir Sindarov o’zbek derbisida g’alaba qozonib, Nomzodlar turniriga yo’llanma olgan ilk o’zbek shaxmatchisiga aylandi. U Jahon kubogi finalida xitoylik Vey I bilan kuch sinashadi. Yarim finalda mag’lub bo’lgan hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyevda ham Nomzodlar turniriga chiqish uchun imkoniyat bor. U 3-o’rin uchun bahsda rossiyalik Andrey Yesipenko bilan o’ynaydi. Agar g’alaba qozonsa, unda Nomzodlar turnirida ikki nafar o’zbek shaxmatchisi ishtirok etishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 7
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga Serjio Gor hamda Saida Mirziyoyeva hamraislik qiladi AQShning Toshkentdagi elchixonasining ma’lum qilishicha, yangi tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining hamraisi sifatida AQSh tomonidan Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili, Elchi Serjio Gor hamraislik qiladi. Avvalroq O’zbekiston tomonidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrais bo’lishi e’lon qilingan edi.
“Kengash AQSH va O‘zbekistonning investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, AQSH texnologiyalari va iste’dodlari uchun yuqori rivojlanayotgan sohalarni, ayniqsa IT va raqamli innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish; va AQSH eksportchilari uchun teng raqobat muhitini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi”, — deyiladi AQSh elchixonasi xabarida.
Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda ushbu Kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan quyidagi masalalarni ishlab chiqish ustuvor hisoblanishi belgilangan edi:
(a) strategik biznes tashabbuslar,
yirik investitsiya va savdo loyihalari ishlab chiqilishi va kelishilishini
muvofiqlashtirish, shuningdek, ular amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish; (b) O‘zbekistonga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish uchun
maxsus investitsiya fondini yaratish,
yirik investorlar sifatida Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC)ni va O‘zbekiston tomonidan ham investorlarni belgilash, shuningdek,
muhim infratuzilmaviy va strategik loyihalarni moliyalashtirish
va xatarlarni taqsimlash uchun yirik moliya institutlarini (YTTB, XMK, OTB) jalb qilish; (v) 
tarif stavkalarini o‘zaro pasaytirish
masalalari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish; (g) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rezidentlari bo‘lgan kompaniyalar
mahsulotlari va xizmatlarini tizimli ravishda ilgari surish;
(d) mamlakatning investitsiya portfelini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
valyuta zaxirasining bir qismini va boshqa aktivlarini diversifikatsiyalash
bo‘yicha takliflar kiritish.
👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
01:27
Video unavailableShow in Telegram
❗️Toshkentda 2 ta reduktor ichiga yashirilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi Bojxona qo’mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, 31 yoshli taksi haydovchisi 2 dona avtoehtiyot qismni Rossiyadan 200 dollar evaziga O’zbekistonga olib kelib bergan. Shuningdek, yana bir fuqaro 150 ming so’m evaziga reduktorlarni “Navoiy” bojxona postidan olib o’tib berishga rozi bo’lgan. Bojxona postidagi tekshiruvlarda ehtiyot qismlar ichida 5 kg og’irlikdagi klefedron sintetik giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo’lgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, giyohvandlik vositasini Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 2 nafar shaxsga eltib berishi kerak bo’lgan kuryer ham qo’lga olingan. Ta’kidlanishicha, taksist ham, reduktorlarni bojxonadan olib o’tib bergan kishi va kuryer ham ehtiyot qismlar ichiga giyohvandlik vositasi yashirilganini bilmagan. Bojxona qo’mitasi fuqarolardan bojxona postlari orqali o’zgalarning yuklarini olib o’tib bermaslikni so’ramoqda. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
IMG_0586.MP47.64 MB
star reaction 4
Photo unavailableShow in Telegram
“Neftchi” — chempion! Farg‘ona jamoasi muxlislarini 24 yil kutilgan chempionlik bilan tabriklayman! 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 60
1-dekabrdan boshlab AI-80 benzini sotuvi to‘xtatiladi Prezidentning 18-noyabrdagi qaroriga binoan, aholini sifatli va ekologik toza yoqilgʻi bilan taʼminlagan holda AI-80 benzinini AYQShlarda sotishni oldini olish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi. Shuningdek, ushbu qaror asosida, yana bir qator choralar belgilanmoqda: ➖respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika bogʻlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi; ➖qurilish uchun ajratilgan obyektlarda qurilish boshlanishidan oldin quruvchi tashkilotlar tomonidan fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar oʻrnatiladi; ➖Toshkent shahar oʻrmon xoʻjaligini tashkil etiladi; ➖poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi; ➖Tig‘iz vaqtlarda shaharda yuk mashinalari harakati cheklanadi; ➖Binolarni loyihalashda shamol yo‘nalishi va tezligini inobatga olish talabi qo‘yiladi; ➖Daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesish yoki kesmaslik haqidagi qarorlar kollegial ovoz berish orqali qabul qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
star reaction 2