es
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

Ir al canal en Telegram

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
112 521
Suscriptores
-16224 horas
-1 4977 días
-6 82630 días
Archivo de publicaciones
Repost from TgId: 2580660310
Photo unavailableShow in Telegram
Click eng yirik IT-amaliyotchilar qabulini boshladi! Click Internship dasturi bir vaqtning o‘zida 11 yo‘nalish bo‘yicha start oldi. Ochilgan yo‘nalishlar: Frontend, QA Automation, Data Analytics, Data Science, Product Analytics, Data Engineering, System Analytics, Agile Office, Product Management, iOS Development, Android Development Dastur 3–4-kurs talabalari va yangi mutaxassislar uchun mos. Sizni nimalar kutmoqda: • Davomiylik: 2026-yil 12-yanvar — 18-aprel • Format: Toshkentdagi Click ofisida, darsdan bo‘sh vaqtlarida • To‘lanadigan amaliyot • Click mutaxassislaridan mentorlike • Ichki tadbirlar va faoliyatlar • Dastur yakunida tavsiya xati Tanlov qanday o‘tadi? 1. Ariza topshirish — 2025-yil 17-dekabrgacha 2. Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha test topshirig‘ini bajarish 3. HR va texnik yetakchi bilan suhbat — 2025-yil 20-dekabr Arizani Click Internship Telegram-boti orqali topshirish mumkin: @click_internship_bot — yo‘nalishni tanlang va test topshirig‘ini chatning o‘zida oling.
Mostrar todo...
❗️Guruh nazoratchilari diqqatiga! Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi. 📅 Ro‘yxatdan o‘tish 11-dekabrdan 22-dekabrga qadar davom etadi. Mazkur tanlovda 2025–2026-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi. 📌Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Milliy sertifikatlar uchun ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) toifa beriladimi? 📃Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 36-bandiga muvofiq, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilari, shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (yoki avvalgi tizimda 80 ball va undan yuqori) darajadagi umumta’lim fani bo‘yicha sertifikatga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyada o‘z fanidan maksimal ball bilan baholanadi hamda ushbu fan bo‘yicha malaka sinovidan ozod etiladi. ❗️Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga, shuningdek, yuqori sinf o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan toifa berilmaydi. 📌Bunda, sertifikatga ega pedagoglar ikkinchi bosqich sinovida ishtirok etishlari majburiy hisoblanadi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
🔥 O‘zbekistondagi nufuzli universitetning talabasi bo‘lishni xohlaysizmi? Central Asian University (CAU) o‘smirlarga o‘zini anglashga va stresslarsiz to‘g‘ri yo‘nalishni tanlashga yordam beruvchi "Be Student" dasturiga start berdi. Bu dasturda siz 100 dan ortiq modullardan iborat bo‘lgan shaxsiy o‘quv rejangizni tuzasiz: • Asosiy fanlar: Kimyo, biologiya, matematika, ingliz tili; • Zamonaviy sohalar: Dizayn, sun’iy intellekt, sport, video yaratish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar. Shuningdek, bu yerda sizga karyera maslahatchisi, psixolog va kuratorlar doimiy yordam beradi. 💙 CAU kampusi – har doim tashrif buyurishga arziydigan joy: Simulyatsiya markazi, Bloomberg laboratoriyasi, sport majmualari, padel-kortlar, ijodiy studiyalar va ochiq, xalqaro muhit sizni kutmoqda. 🔥 Eng muhimi, "Be Student" dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganlar CAUga kirish imtihonlarisiz qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ladilar! Ro‘yxatdan o‘tish allaqachon boshlangan. 📞 Murojaat uchun: 71-200-05-22 / 71-208-12-34 Instagram | Telegram
Mostrar todo...
⚡️Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 🔸 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra: Imtihonning yozma qismi — 13-15-dekabr kunlari; 🎤 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 8-yanvarga qadar (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi. 🆔 Talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin. ⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. 📌Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-12-10-4 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
❗️Sessiyalar 12-yanvardan boshlanadi! 🎓Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri o‘quv jarayoni va fanlardan o‘tkaziladigan nazoratlar belgilangan grafik asosida 2026-yil 12-yanvardan boshlab tashkil etiladi. Talabalarga kuzgi semestr yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar yetkaziladi. Imtihonlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 📌Talabalar uchun qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha davom etadi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
❗️Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt shartnomasini olish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Endilikda talabalar to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun: 1️⃣ my.gov.uz da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tiladi; 2️⃣ "Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun to‘lov-kontrakt shartnomalarini olish" xizmati tanlanadi; 3️⃣ kerakli maydonlar so‘ralgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, ariza elektron tarzda yuboriladi. Yuborilgan arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va shartnoma shakllantiriladi. Shakllantirilgan to‘lov-kontrakt shartnomalarini my.gov.uz portali orqali onlayn yuklab olish imkoniyati mavjud. 📌Shuningdek, to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ham ariza yuborish mumkin. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot o‘taydi Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan o'tkazilayotgan muloqotda ma'lum qildi. Agronomlik sirlarini o‘rgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million so‘mdan pul, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya to‘lanadi. Yetarli tajriba va ko‘nikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi. Ular fermerlar faoliyatiga yangiliklarni olib kirib, sifatli urug‘ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga ko‘maklashadi. Bu ishlarni sifatli tashkil qilishi uchun ushbu yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi. Ana shunda agronomlik yoshlar o‘rtasida eng jozibador kasblardan biriga aylanishi ta’kidlandi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
❗️Attestatsiya sinovidan ozod etilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari pedagoglari 📃Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 36-bandiga muvofiq, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilari, shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (yoki avvalgi tizimda 80 ball va undan yuqori) darajadagi umumta’lim fani bo‘yicha sertifikatga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyada o‘z fanidan maksimal ball bilan baholanadi hamda ushbu fan bo‘yicha malaka sinovidan ozod etiladi. 📌Shunga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatga ega 35 nafar oʻqituvchilar roʻyxati eʼlon qilinmoqda. Ro‘yxat yuqorida👆 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
⚡️Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📆 2025-yil 11-dekabr (payshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 💳 11-dekabr kuni test sinovlari Namangan, Farg'ona, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida 1 smenada hamda Toshkent shahrida 2 smenada o‘tkaziladi. Talabgorlar binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ⚠️ 1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. 2-smena uchun kirish vaqti soat 12:30 dan 13:30 gacha. Soat 13:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon o'tkaziladigan binoga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi.
Mostrar todo...
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi 📝 2025-yil 1-3- va 8-9-noyabr kunlari ona tili (o'zbek, qorqalpoq, rus tili) va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✔️ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. ❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Malaka toifa sertifikatlarini generatsiya qilish boshlandi Malaka toifasi "2025-yil Avgust-Dekabr" mavsumi sinovlarida ishtirok etib sertifikatlarni qo'lgan kiritgan talabgorlar uchun Sertifikatlarni generatsiya qilish boshlandi. Talabgorlar sertifikatlarni "Pedagog" platformasidagi shaxsiy kabinetidan "Sertifikatlarim" bo'limidan yuklab olishi mumkin. ❗️Shaxsiy kabinetingizni tekshirib turishingizni maslahat beramiz.😊 "Yagona davlat xizmatlari" portali orqali murojaat yuborganlar esa My.gov.uz portalidan ham yuklab olishi mumkin.
"Pedagog" platformasi jamoasi barcha pedagoglarga hamisha omad tilab qoladi!!!
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi. Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam olinadi? ✈️2025-yil 8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun haftaning dushanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu sababdan, Konstitutsiya kuni arafasida quyidagi kunlar dam olinadi: ➖ 6-dekabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni; ➖7-dekabr (yakshanba) – dam olish kuni; ➖ 8-dekabr (dushanba) – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni. ➖9-dekabr (seshanba) – barchaga ish kuni. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Bugun matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni Matematika, kimyo va geografiya fanlaridan test sinovlari uchun ro’yxatga olish jarayonlari bugun 5-dekabr soat 23:59 gacha davom etadi. 💴 To'lovlarni esa ertaga 6-dekabrgacha (shu kuni ham) amalga oshirish mumkin Test sinovlari 27-28-dekabr kunlari bo’lib o’tsa, natijalar 2026-yil 28-yanvar kuni e’lon qilinadi. 📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 https://my.gov.uz/uz/service/891 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
📣 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadiHukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi. ➖ Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. ❗️2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
01:33
Video unavailableShow in Telegram
❗️Maktab, bog‘chalar qurishni moliyalashtirish mahalliy byudjetlarga o‘tkaziladi 2026-yildan akademik litseylarni saqlash hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim hamda ixtisoslashtirilgan maktablar obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va mukammal taʼmirlash xarajatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjetidan moliyalashtirishga o‘tkaziladi. Respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar viloyat byudjetlariga va Toshkent shahri shahar byudjetiga 2026-yilda 19,7 trln soʻm (shundan, aksiz soligʻi tushumlari hisobidan 3,6 trln soʻm) tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar oʻtkazib berilishi prognoz qilingan. Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
IMG_0905.MOV7.93 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi 2025-yil 23-noyabr kuni Namangan viloyatida matematika fanidan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 🗞 Eslatma: test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plangan ball asosida quyidagi tartibda sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Chet tili imtihoni (ko‘zi ojizlar) uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 🇺🇿 Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 5-dekabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 📱 Imtihon joyi va aniq vaqti ruxsatnomada ko'rsatilgan bo'lib, talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Kelgusi oʻquv yilidan maktab, texnikum va oliygohlarda oʻquvchi va talabalarga sunʼiy intellektni oʻqitish boshlanadi Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport va kosmos sohalarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Kelgusi oʻquv yilidan maktab, texnikum va oliygohlarda oʻquvchi va talabalarga sunʼiy intellektni oʻqitish boshlanadi. Buning uchun informatika oʻqituvchilari tayyorlanmoqda. Lekin faqat ularni emas, butun maktab jamoasini sunʼiy intellektdan foydalanishga oʻrgatib, oʻqituvchilarning yuklamasini kamaytirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi. Shunda oʻqituvchida oʻz ustida ishlashga koʻproq vaqt qoladi, deya taʼkidlandi yigʻilishda. Taqdimotda bu boradagi yangi yondashuvlar koʻrib chiqildi. Jumladan, maktab taʼlimi uchun sunʼiy intellektga asoslangan platformani joriy qilish taklif qilindi. Bunda oʻqituvchining virtual yordamchisi ishlab chiqiladi va platformaga integratsiya qilinadi. Ushbu yechim oʻqituvchilarga mavzuga doir maʼruza matnlari, taqdimotlar, testlar, dars rejalarini tuzish, imtihon jarayonlarini nazorat qilishda koʻmaklashadi. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...