Ta'lim nazorati
Ir al canal en Telegram
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Mostrar más2025 año en números

112 228
Suscriptores
-35724 horas
-1 6297 días
-6 85030 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari texnikumdagi muallim va ustalarning malakasini, jamiyatdagi mavqeini oshirish boʻyicha ham yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, maktabdagi kabi texnikumlarning oʻqituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.
Shu bilan birga, texnikum direktori va oʻrinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam boʻlmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qoʻshimcha 20 foiz ustama toʻlanadi.
Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.
Har yili 500 nafar muallim ilgʻor xorijiy taʼlim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻtgan hafta imzolangan Prezident qaroriga muvofiq, maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.
Ular 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishi va kasbiy qiziqishi boʻyicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yoʻnaltiradi.
Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga oʻtib, maktabda oʻqish fikridan qaytgan yoshlar ham taʼlimni texnikumda davom ettirishi mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga oʻqitiladi.
“Yangi tashabbuslarimizdan maqsad nima? Har bir bolani kasb-hunar orqali daromadli qilsak, barcha oilalarning roʻzgʻori but boʻladi, mahallalarda tinchlik hukm suradi”,– dedi Prezident. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
Muloqotda dual taʼlim bilan qamrov 5 barobar oshirilishi taʼkidlandi.
Hamkor korxonalarni ragʻbatlantirish maqsadida ularga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit ajratilib, dual taʼlim orqali ishlayotgan oʻquvchilar boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlov ikki barobar qisqartiriladi.
Ayni paytda yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish, xorijiy investorlar bilan erkin muloqot qilish uchun chet tillarini oʻqitish juda muhimligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra koʻpaytiriladi.
Umuman, kelgusi yildan yangi raqamli platforma ishga tushiriladi.
Unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy koʻnikmalari haqidagi barcha maʼlumotlar nafaqat oʻzimizning, balki xorijiy ish beruvchilar uchun ham ochiq-oshkora boʻladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, ularning eng ilgʻor kasbiy taʼlim dasturlari joriy qilinishi belgilandi.
Bundan tashqari, kasbiy koʻnikmasi bor istalgan talabgor ushbu texnikumlarda xorijiy davlatlarning malakani baholash tizimi orqali imtihondan oʻtib, xalqaro sertifikat olishi mumkin boʻladi.
Joriy oʻquv yilidan Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BITEK” xalqaro dasturi boshlandi. Bu orqali yoshlar xalqaro standartlar asosida turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot, qurilish, logistika, elektrotexnika, energetika, mashinasozlik, biotexnologiya, kreativ iqtisodiyot kabi yoʻnalishlarda talab yuqori kasblarni egallaydi.
Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi.
Korxonalar bilan aniq loyihalari boʻlgan texnikumlar oʻrtasida zamonaviy ustaxonalarni barpo qilish boʻyicha tanlov oʻtkaziladi. Tanlov gʻoliblariga ustaxona uchun zamonaviy uskuna va jihozlar, sport anjomlari olib beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
“Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki boʻladi”,– dedi davlatimiz rahbari. Iqtisodiyotimizga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yoʻnalishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelyapti, minglab korxonalar ishga tushyapti. Shuning oʻzidan yiliga 250-300 ming atrofida yuqori daromadli ish oʻrinlari paydo boʻlyapti. Bu joylar, eng avvalo, yoshlarimiz ishli boʻlishi uchun qoʻshimcha imkoniyat. Lekin ular zamonaviy texnologiya va xorijiy tillarni bilishi, kasbiy koʻnikma va malakaga ega boʻlishi zarurligi taʼkidlandi. 2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatish yili boʻlishi qayd etildi. Shu maqsadda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil qilinmoqda. Ushbu agentlik va hokimlarning asosiy vazifasi barcha 598 ta texnikumga yangi muhit olib kirish va xalqaro standartlarni joriy qilishdan iborat boʻladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
Har yili oʻn minglab maktab oʻquvchilari xorijiy til va fanlar boʻyicha xalqaro sertifikatlar olyapti.
Masalan, 2016-yilgacha jami 2 ming nafar maktab oʻquvchisi sertifikat olgan edi. Oʻtgan yili birgina xorijiy tillarning oʻzidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro sertifikatga ega boʻldi.
Endi bunday sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.
«Bugungi tadbirimizda oʻzi yosh boʻlishiga qaramasdan, yuzlab oʻgʻil-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti. Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan boʻlgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlogʻidagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda. Yoki Oksford universiteti doktoranti Nodira Nabiyeva eshitish qobiliyatini yoʻqotgan oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrgatish boʻyicha innovatsion metodika yaratdi. Germaniya va AQSHdagi oliygohlarning professor-oʻqituvchilari bu metodikadan foydalanayotgani bizni quvontiradi. Eng katta niyatim, maqsadim – taʼlim va yana bir bor taʼlimga eʼtibor berib, bunday isteʼdodli va fidoyi yosh oʻqituvchilarimiz safini kengaytirish. Buning uchun har qanday sharoitlarni yaratib berishga tayyorman»,– dedi Prezident. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”,– dedi Prezident. Hozirda maktablarda 6,5 million o‘quvchi ta’lim olyapti. Bu yil maktablarni 400 mingga yaqin o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, 1-sinflarga 720 ming bola qabul qilindi. Shu bois, so‘nggi sakkiz yilda 500 ga yaqin yangi maktablar qurilgani, mavjudlarining kengaygani hisobiga 1 million o‘quvchi o‘rni yaratildi. Xususiy maktablarga katta sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugun 200 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz xususiy maktablarda o‘qiyapti. Maktab ta’limida yana bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi. Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi. O‘qishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib o‘tiladi. Bir so‘z bilan aytganda, maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz bog‘cha tarbiyachilari uchun muhim yangilikni aytdi.
Hozirda 7 mingdan ortiq davlat bog‘chalarida 120 mingga yaqin pedagoglar bo‘lgani bilan ularning atigi 34 foizi oliy ma’lumotga ega. Lekin hozirda tarbiyachilarning maktab o‘qituvchilari kabi toifa olishi uchun oliygoh diplomi talab etiladi. Shu sababli oliy ma’lumotli bilan o‘rta ma’lumotli tarbiyachining oyligida farq bor.
Shu bois, davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi.
Yana bir yangilik. Xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil qilinib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.
Eng muhimi, yangi metodikalarni o‘rganish uchun bu maskanlarning eshigi xususiy bog‘cha tarbiyachilariga ham doimo ochiq bo‘ladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Bugun magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berish uchun ariza berishning oxirgi kuni
Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan. Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi.
🎓Buning uchun:
Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi.
Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.
15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. Ma’lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy.
Bunda filologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun sertifikat darajasi kamida C1, boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun esa B2 bo‘lishi kerak.
❓Kechki yoki masofaviy ta’lim shaklida o’qiyotgan xotin-qizlarning ham kontrakti to’lab beriladimi?
📑Prezidentning «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni 3-bandining «b» kichik bandi birinchi xatboshisi, «Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida» 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qarori 3-bandining «b» kichik bandi ikkinchi xatboshisi hamda Vazirlar Mahkamasining «Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorlariga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.
Amaldagi qonunchilikda xotin-qizlar magistratura bosqichining aynan kunduzgi ta’lim shakliga kirsagina kontrakti to‘lab beriladi, degan qoidalar mavjud emas. Umumiy magistratura deyilgani uchun kechki va masofaviy shakllariga kirganda ham qoplanishi kerakligi aytilgan.
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga tashrif buyuradi hamda oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.
Tadbirda davlatimiz rahbari taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi hamda taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchi va murabbiylarni yanada qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.
Tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi faoliyati tartibga solindi
Prezident qarori (PQ–275-son, 08.09.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
📙 Agentlik o'rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
✅ Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi, jumladan:
🔹 ta'lim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;
🔹 ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o'rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so'rovnomalar o'tkazish.
🏛 Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga!
✅Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
❗️Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
01:08
Video unavailableShow in Telegram
📣Yil o'qituvchisi ko'rik tanlovining 1-bosqich g'oliblari malaka sinovlari natijasiga ko'ra aniqlanadi
❗️Sovrin jamg'armasi 576 mln 800 ming so‘mlik “Yil oʻqituvchisi” koʻrik tanlovining birinchi bosqichi gʻoliblari 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka sinovlari natijasida aniqlanadi.
Tanlovda oliy yoki birinchi malaka toifasiga hamda kamida 5-yillik ped stajga ega, asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan fan yoki boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin.
👇Attestatsiyadan yuqori natija bilan o‘tgan pedagoglarga:
➖“Yil o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etish imkoniyati;
➖Maoshga 2 yil davomida 70% qo‘shimcha to‘lov (86 ball va undan yuqori natijaga erishganlar);
➖5 yillik malaka toifasi beriladi.
🗓 Malaka sinovlarida ishtirok etish uchun hujjatlar 1-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Test jarayonlari esa oktabr–noyabr oylarida o’tkaziladi.
➡️Tanlovning o'tkazilish tartibi bilan batafsil bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin: https://talimxabarlari.uz/44851/
📌 Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bajarib, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin:
Barcha fanlar bo'yicha diagnostik testlar ketma-ketlikda joylab borilmoqda.O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
IMG_9594.MP423.63 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📊 O‘zbekistonda ta’lim sohasida 20,5 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyul oylarida ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 20,5 trln so‘mni tashkil etgan.
📌Ushbu ko‘rsatkich mamlakatda ko‘rsatilgan umumiy bozor xizmatlari tarkibida 3,8 foizlik ulushni egallagan. Taqqoslash uchun, 2024-yilning shu davrida ta’lim xizmatlarining umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 3,9 foiz bo‘lgan edi.
Ta’lim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 46,4 % ni tashkil etgan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
01:04
Video unavailableShow in Telegram
UDEA’da Induction Week! 🎉
Yangi talabalar kampus hayoti, professorlar va kelajakdagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Endi esa sizni ham ulkan imkoniyatlar kutmoqda:
✅ Agrobankdan 4 yillik to‘liq grant
✅ Haq to‘lanadigan amaliyot
✅ Coventry universitetidan Britaniya diplomi
✅ Bitirgach ish bilan ta’minlanish kafolati
Talabalarimizga katta omad tilaymiz!
Siz esa shoshiling so‘nggi grant o‘rinlari qolmoqda! Ro‘yxatdan o‘tish uchun link
🎓 UDEA – Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!
Batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning:
📞 +998 78 888 08 00
📧 info@udea.uz
📍 Boshliq ko‘chasi 3, Toshkent
Ziyoxonov v2 Convert.mp413.97 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Bugun matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni
Ushbu fanlardan test sinovlari uchun ro’yxatga olish jarayonlari kecha yakunlandi.
💳Bugun to’lov qilishning oxirgi kuni.
Test sinovlari 4-5-oktyabr kunlari bo’lib o’tsa, natijalar 3-noyabr kuni e’lon qilinadi.
❗️Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
📌Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
🗓 Talabgorlar sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun 20-avgustdan boshlab, dekabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun 10-noyabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
✔️ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
00:35
Video unavailableShow in Telegram
🎓 Филиал «Российский государственный педагогический университет имени А.И. Герцена» в городе Ташкент, приглашает молодых людей, интересующихся сферой педагогики, в свои ряды.
Данный ВУЗ был создан Постановлением Президента Республики Узбекистан от 08.10.2020 года № ПП-4857.
📚 В настоящее время продолжается дополнительный набор на программы бакалавриата.
Сроки подачи документов до 20 сентября 2025 года.
🗂 Необходимые документы (в электронном виде):
1. Фото (как на паспорт) 2. Сканер паспорта/ID-карты и прописки 3. Нотариально заверенный перевод паспорта/ID-карты и прописки на русский язык 4. Аттестат / диплом с оценками 5. Нотариально заверенный перевод аттестата / диплома с оценками на русский язык👉 ПОДАТЬ ДОКУМЕНТЫ
Если вы уже проходили вступительные испытания, у вас есть возможность пересдать экзамены(будет зачтен лучший результат). В случае, если вы не планируете пересдачу, будут учтены ранее полученные результаты.📞 Контакты для подробной информации: @herzenpriem2025 @herzen_Aziz @herzen_consultant
IMG_5941.MP412.85 MB
⚡️Asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi 17-25-sentyabr kunlari o‘tkaziladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 02-35-2939-sonli xati bilan 2025-2026-o‘quv yilida Asosiy olimpiadaning maktab bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda muddatlari hududlarga yuborildi.
🗓 17 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning birinchi (maktab) bosqichi joriy yilning 17-25-sentyabr kunlari tashkil etiladi.
Olimpiada o'tkaziladigan joy va muddatlari bo'yicha barcha o'quvchilar olimpiadadan kamida 3 kun oldin (e'lonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoqlar va telegram guruhlarga e'lon joylashtirish, fan o'qituvchilari tomonidan mashg'ulotlar vaqtida, umumiy saflanishda og'zaki e'lon qilish va boshqalar) xabardor qilinishi lozim.
🔰 Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
💻 Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Fan olimpiadalari markazining axborot tizimiga joylashtirilishi shart.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Olimpiada maktab bosqichi 2025-2026.pdf6.50 KB
⚡️ “ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi
📑 Toshkent shahrida «ToshTech” texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–274-son, 11.09.2025-y.) qabul qilindi.
Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.
2025/2026-oʻquv yilidan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 1-yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.
2026/2027-oʻquv yilidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayoni yoʻlga qoʻyiladi.
2027/2028-oʻquv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlari joriy etiladi.
🎓 Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.
2029/2030-oʻquv yiligacha oʻqishga qabul qilingan talabalar toʻliq davlat granti asosida oʻqitiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Bugun matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun ro'yxatga olishning oxirgi kuni
💴To'lovlarni esa ertaga, 13-sentyabrgacha amalga oshirish lozim.
Test sinovlari 4-5-oktyabr kunlari bo'lib o'tsa, natijalar 3-noyabr kuni e'lon qilinadi.
❗️Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
📌Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
🗓 Talabgorlar sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun 20-avgustdan boshlab, dekabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun 10-noyabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
✔️ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
