es
Feedback
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

Ir al canal en Telegram
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
56 112
Suscriptores
Sin datos24 horas
+2227 días
+1 35330 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
‼️ Kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ssuda ajratiladi.
✅ Talabgor o ‘zining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi. 💰Zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda ssuda beriladi. ⏱️ Ssuda 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga foizsiz ajratiladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qarori. 🌟 Foydali ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
16👍 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Adliya_sarhisob Oltmishvoylar, yetmishvoylar, egizaklar
*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
👍 7 3🔥 1
“Kitob tajribasi” amalga oshirilmoqda. 🔸Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyat Kitob tuman davlat xizmatlari markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha amaliy yordam berilmoqda. 🔹Bundan koʻzlangan asosiy maqsad davlat xizmatlari markazlari faoliyatida tezkorlik va natijadorlikni oshirish, sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.
Kitob tajribasi”da erishilgan yutuqlar kelgusida respublika boʻylab ommalashtirilishi rejalashtirilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
👍 6 3
#BilasizmiVakolatli organlarning tegishli davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilgan ma’muriy hujjatlari ustidan shikoyat yo‘llash tartibidan xabardormisiz? ✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi. 🏛 Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. ⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: Ariza tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida (qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan hollarda, arizani ko‘rib chiqish muddati ariza tushgan kundan boshlab bir oy muddatda). 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig’im undirilmaydi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ–188-son “Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
8👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
🔒 O‘zingiz tanlagan firma nomini qanday qilib vaqtincha band qilish mumkinligini bilasizmi?
📍Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga yoqqan firma nomini vaqtincha band qilishlari mumkin. 🔎 Buning uchun new.birdarcha.uz platformasi orqali yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, tanlangan nomni 60 kun davomida zaxiraga olish xizmatidan foydalaniladi. Bu imkoniyat hujjatlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida firma nomining saqlanib turishini ta’minlaydi. 🗓 Ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni 💰 To‘lov – BHMning 50 foizi 📍 Vakolatli organ – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
4👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi
⁉️Qanday holatlarda nikohdan ajratish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan amalga oshiriladi?
📑 Oila kodeksiga asosan quyidagi holatlarda nikohdan ajratish FHDY organlarida amalga oshiriladi: 1️⃣ voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o‘zaro rozi bo‘lsalar; 2️⃣ er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa; 3️⃣ er-xotindan biri muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa; 4️⃣ er-xotindan biri sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa. 🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
12👍 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#BilasizmiO‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibidan xabardormisiz? 💠Akademiyaga o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadilar. ✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi. 🏛 Vakolatli organ: Futbol akademiyalaridagi qabul komissiyalari. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.Arizani ko'rib chiqish muddati: 4 ish kuni. 🟡Xizmat natijasi bo'yicha hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 🗓Arizalar har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar qabul qilinadi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
9👍 3
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Elektron raqamli imzoyingiz bormi? Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
IMG_2113.MP416.79 MB
👍 8 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq so'nggi yangiliklardan xabardormisiz? 📑 2025-yil 13-yanvar kuni "Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida"gi Qonun qabul qilindi. ✅ “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagi holatlar natijasida tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarsa, ular qayta davlat ro'yxatidan o'tishda davlat bojidan ozod qilinadi: 1️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tuzilganda; 2️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tugatilganda; 3️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning chegaralari o'zgarganda; 4️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning bo'ysunuvi o'zgarganda. 🔅Foydali ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
10👍 5🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi ⚡️ Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olsangiz nafaqat imtihon topshirish, balki o‘qish xarajatlaringiz ham qoplab berilishidan xabardormisiz? 🔸Murojaatlar qabul qilinadi: - davlat xizmatlari markazlari; - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali. 👫Ariza beruvchilar toifasi: imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar. 🏢Vakolatli organ: Yoshlar ishlari agentligi. 📝Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: - imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi; - maxsus sertifikat; - o‘quv markazi va arizachi o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma nusxasi. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bepul. 📆Eslatma: kompensatsiya to‘lovini olish uchun maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida murojaat qilish lozim. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
13👍 4
00:36
Video unavailableShow in Telegram
Sudlanmaganlik bo'yicha ma'lumotnoma olganmisiz? Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
IMG_2114.MP412.89 MB
👍 5 3
#Bilasizmi Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi. 👫Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxs. 🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. 💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi. 💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Yig‘im undirilmaydi. 🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni. ⏳Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
8👍 2
#Bilasizmi 📃Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma 🔹Litsenziya nomi: Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma 👫Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxslar 🏢Litsenziyalovchi organ(lar): Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida 💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari. 📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 10 kun. 📆Litsenziyaning amal qilish muddati: 3 yil Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 86-son qarori Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
15👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
✅ Ma'lumotlarni yangilash — ishonchli biznes garovi!
O‘zgarishlarni vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazing va ortiqcha muammolarni oldini oling. Quyidagi holatlarda yuridik shaxsni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish shart: 🔁 Manzil o‘zgarganmi? 🔁 Firma nomi, ustav fondi yoki tashkiliy-huquqiy shakl o‘zgardimi? 🔁 Muassislar yoki ulardagi ulushlar yangilandi, qo‘shildi yoki chiqarildimi? 🔁 Kompaniyangiz boshqa tashkilot bilan qo‘shildimi, ajraldimi yoki qayta tuzildimi? 🟢 Bunday o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lsa, yuridik shaxsni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy hisoblanadi. 🖥 Bu jarayonni onlayn tarzda, soddalashtirilgan shaklda "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirish mumkin. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
9👍 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ❓Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish tartibidan xabardormisiz? 🗓Xususiy notarial idora tashkil etilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida adliya organlari bu haqida xabardor qilinishi lozim. ✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi. 🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 2 ish kuni. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
15👍 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi
⁉️ Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish, ya'ni tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?
1️⃣ Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 176-moddasiga asosan quyidagi harakatlar ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi: 🔸 tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish; 🔸 ushbu harakatni ancha miqdordagi, ko'p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish. 2️⃣ Jinoyat kodeksining 188-moddasiga asosan: 🔹 tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.
Eslatma: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
9👍 6🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
‼️Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 🏢 Vakolatli organ: Turizm qo‘mitasi. 💵 Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi: toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln so‘m; 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln so‘m; 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 25 mln so‘m; 3, 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorida belgilangan miqdorlarda. ❗️Eslatma: subsidiya 2026-yil 31-dekabrga qadar ajratiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
11🔥 4👍 2
✅Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Toshkent shahrining Bektemir va Mirobod tumanlarida bo'ldi. 🔸Vazir o‘rinbosari o'rganish davomida Bektemir tumanida yangi qurilayotgan adliya binosining qurilish ishlari sifati, loyiha talablariga rioya qilinishi holatlari bilan tanishdi. Yangi bino foydalanishga topshirilgach, adliya bo‘limlari faoliyati yanada samarali, fuqarolar uchun qulay bo'ladi. 🔹Shuningdek, Mirobod tuman davlat xizmatlari markazi binosini zamonaviy talablarga mos keladigan, fuqarolarga qulay sharoitlar yaratilgan holatga keltirish rejalashtirilgan hujjat loyihalari o‘rganildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
20👍 8🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi
⁉️Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlardan xabardormisiz?
📄 Oila kodeksining 16-moddasiga asosan quyidagi shaxslar o'rtasida nikoh tuzishga yo'l qo'yilmaydi: 🔹 loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida; 🔸 nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida; 🔹 loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar. 🌟 Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
14👍 5🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi? 🔑 ERI parolingizni unutdingizmi? Uni tiklash juda oson! Agar siz elektron raqamli imzo (ERI) kalitingiz parolini unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, xavotir olmang — uni bir necha bosqichda tiklashingiz mumkin! 💡 📲 1-qadam: https://e-imzo.soliq.uz/ saytiga kiring. 🖱 2-qadam: O‘ng tomondagi menyudan "ERI parolni olish" tugmasini tanlang. 🧩 3-qadam: Chiqqan oynada rasmda ko‘rsatilgan tasdiqlovchi kodni kiriting. 📂 4-qadam: Parolni tiklamoqchi bo‘lgan ERI kalitingizni yana bir bor tanlang va "Parolni olish" tugmasini bosing. 📩 TAYYOR! Parol sizning ERI kalitingiz bilan bog‘langan telefon raqamingizga SMS orqali yuboriladi. ⏱️ Butun jarayon atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, qog‘ozbozliksiz va navbatsiz! 🔁 Do‘stlaringiz bilan ulashing — ERI parolini tiklash mumkin! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Mostrar todo...
14👍 6🔥 2