Yoshlar ishlari agentligi
Ir al canal en Telegram
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Mostrar más2025 año en números

247 273
Suscriptores
-91324 horas
-6 7657 días
-36 02130 días
Archivo de publicaciones
🇺🇿O‘zbek shaxmatidagi tarixiy natija!
Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan “FIDE Jahon kubogi 2025” musobaqasida dunyoning 89 mamlakatidan 206 nafar kuchli shaxmatchilar qatorida hamyurtlarimiz ham ishtirok etmoqda. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi esa 2 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Bugun esa o‘zbek shaxmati uchun unutilmas kun bo‘ldi. Javohir Sindorov tay-brekda Xose Martinezni mag‘lub etib, Jahon kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.
Bu natija o‘zbek shaxmati tarixida ilk bor kuzatilmoqda. Ikki nafar hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev va Javohir Sindorov yarim finalda o‘zaro bahs olib boradi. Demak, Jahon kubogi finalida 100% o‘zbek shaxmatchisi ishtirok etadi.
👏Shaxmatchilarimizga omad tilaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Bugungi g’alabaning ahamiyati haqida fikrlarim!
4.94 KB
🇺🇿Ayni vaqtda davlatimiz rahbari raisligida mahallalarda aholi daromadini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar va 2026-yildagi vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Prezidentimiz kelgusi yil uchun asosiy yo‘nalishlarni belgilab berdi. 2026-yilda 675 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Bu yo‘nalish aholi bandligi va daromadlarini oshirishda asosiy omil bo‘ladi.
2026-yildagi eng katta yangilik — mahallalar infratuzilmasiga 20 trillion so‘m viloyatlarning o‘ziga beriladi. Sohil va yo‘l bo‘yida servisni rivojlantirish uchun 500 ta mahalla tanlandi. Tuman banklari esa ushbu hududlarda kamida 5 ta ish o‘rni yaratadigan loyihalarga 1 mlrd so‘mgacha kredit ajratadi.
Kelasi yilda 50 ta “mikrosanoat markazi” ishga tushiriladi, 1,5 mingta kichik sanoat loyihasi amalga oshiriladi va 10 ming nafar aholi ish bilan ta’minlanadi. Bu markazlar infratuzilmasi uchun 200 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Har bir viloyatda kamida 5 tadan Tomorqa maktabi ochilib, ijaraga yer olganlarga serdaromad ekin ekish o‘rgatiladi. Mahsulotlarni kafolatli sotish uchun “Eksportchi kooperativlari” tashkil etiladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 56🎉 12⚡ 5😍 1
Brayl Lego loyihasi bolalarga ilhom bag‘ishlamoqda
Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan bolalar va yoshlar uchun inklyuziv ta’lim, teng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
✅Mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan “Brayl Lego” loyihasining birinchi taqdimoti o‘tkazildi.
Toshkent shahar 77-sonli “Nurli maskan” internati vakillari hamrohligida 50 nafar ko‘zi ojiz bola tadbirda ishtirok etdi. Tadbir davomida har bir bolaga maxsus Brayl alifbosi tushirilgan Lego o‘yinchoqlari topshirildi.
Ushbu o‘yinchoqlar bolalarning mustaqil o‘rganishi, tasavvuri va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 53👍 16⚡ 11🔥 3👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yosh kontent yaratuvchilar va jurnalistlar diqqatiga!
Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikrini eshitish va muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot yosh kontent yaratuvchilar va jurnalistlar ishtirokida tashkil etiladi.
💬“Yoshlarni eshitamiz” shiori ostida o‘tadigan ushbu muloqot 21-noyabr kuni soat 15:00 da poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida boshlanadi.
Muloqot barcha uchun ochiq. Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tib, oflayn va onlayn ishtirok etish mumkin.
🔹Ro‘yxatdan o‘ting va takliflaringizni “Yoshlar murojaati” boti orqali jo‘nating. Har bir taklif va tashabbus biz uchun muhim.
Manzil: Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyi
#YoshlarbilanMuloqot
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 50👍 24❤🔥 9👏 7🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
🚀 Vodiy yoshlari uchun yana bir imkoniyat!
Yoshlar Ventures vodiylik startapchi yoshlar uchun investor oldida pitch qilish bo‘yicha maxsus master klass tashkil etmoqda.
Bu yerda siz nafaqat bilim olasiz, balki real tajriba, ekspertlar maslahati va yangi tanishuvlar orqali startapingizni keyingi bosqichga olib chiqishingiz mumkin.
Ishtirokchilarni nimalar kutadi:
• Investorlar oldida samarali pitch qilish bo‘yicha amaliy bilimlar;
• Real vaziyatlarda ishlash uchun jamoaviy workshoplar;
• Ekspertlar va boshqa startapchilar bilan networking;
• Coffee & pizza break — norasmiy do‘stona muloqot;
✔️ Ro‘yxatdan o‘tish:
📍 Manzil: Andijon viloyati, CoFound Startup Studio
🕓 Vaqt: 21-noyabr, 09:00–15:00
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 39👍 18🔥 16⚡ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Erta tongdan gazeta o‘qish kunni bilim va xabardorlik bilan boshlashga yordam beradi.
🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasini yangi soni bilan tanishing
🟢17-noyabr — yoshlarning kuch va bilim bayrami;
🟢Harbiylar mahallasi;
🟢Biznes sari 10 qadam;
🟢BMT amaliyot dasturi;
🟢Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar #Liderlik #Rivojlanish
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 36👍 20🎉 8🕊 5⚡ 3
“Inson faxri” milliy mukofoti o‘z egalariga topshirildi
⚡️Bugun poytaxtimizdagi Forumlar saroyida birinchi marotaba taqdim etilayotgan “Inson faxri” milliy mukofoti — yurtimizda ezgulik, mehr-shafqat, jasorat va fidoyilikni o‘z hayotida namoyon etgan insonlarga topshirildi.
Yurtimizning turli hududlarida, turli kasblarda mehnat qilayotgan, bir qarashda oddiy ko‘ringan, ammo jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shayotgan insonlar bu mukofotning bosh qahramonlariga aylandilar.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev “Noyob iste’dod” nominatsiyasi g‘olibi — “TECNAS” IT jamoasiga “Inson faxri” milliy mukofoti topshirdi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 62👍 32🎉 9👌 3🏆 3
Repost from Alisher Sadullaev
00:59
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿18-noyabr — Davlat bayrog‘imiz qabul qilingan kun muborak!
Davlatimiz bayrog‘i — bu xalq irodasining, davlat mustaqilligining oliy ramzi, tashqi siyosatdagi qat’iyatimiz va ichki islohotlardagi yorqin maqsadlarimizning timsolidir.
⚡️Yuksaklarda hilpirayotgan bayrog‘imiz xalqimizning matonati, qat’iyati va yengilmas irodasining timsoli bo‘lib, doimo bizga kuch bag‘ishlab tursin!
@alisher_sadullaev
Bayroq video TG.mp431.98 MB
❤ 41⚡ 27🔥 11🎉 10❤🔥 5
02:01
Video unavailableShow in Telegram
Millat g‘ururi — Vatan bayrog‘i!
🇺🇿Bayrog‘imiz — mustaqil davlatchiligimizning yorqin timsoli, xalqimizning orzu-umidlari va g‘ururidir. U har bir yurtdoshimizda faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.
Unda milliy-tarixiy an’analarimiz, boy madaniyatimiz hamda poklik, donishmandlik, mardlik, shon-sharaf va sadoqat kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar o‘z ifodasini topgan.
Jonajon O‘zbekistonimiz qaddi doim baland bo‘lsin! Bayrog‘imiz hamisha yuksak cho‘qqilarda hilpirasin!
#Bayroq
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
rolik_bayroq_tg_new.mp473.57 MB
👏 33👍 24❤ 21🎉 6😍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”
Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning boy tarixi, jasorati va ezgu intilishlarini mujassam etgan muqaddas ramzdir. U har bir yurtdoshimizga Vatanimizga bo‘lgan mehr, g‘urur va sadoqat tuyg‘usini his ettiradi.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bayrog‘imiz yurtimiz osmonida baland hilpirab, xalqimizga tinchlik va farovonlik olib kelsin!
#Bayroq
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
“Rivojlan” — xotin-qizlar uchun 8 haftalik ta’lim dasturi boshlandi
👩💼Respublika bo‘ylab saralangan 200 nafar talaba-qiz “Qizlar ovozi” klubi a’zolari va volontyorlari uchun tashkil etilgan “Rivojlan” dasturida ishtirok etmoqda.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 53⚡ 38❤🔥 15🔥 15🎉 9
01:43
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”
Toshkent viloyati yoshlaridan yangi chellenj!
⚡️18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Nurafshon shahrida birlashgan bayroqdor yoshlar, viloyatning barcha hududlari bo‘ylab ramziy yurishni boshladi.
#Bayroq
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Bayroq tuzatilgani tg.mp421.73 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🎓Hurmatli talabalar!
Sizlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Talabalik — bu faqat auditoriya va imtihonlar emas. Bu yangi g‘oyalar tug‘iladigan, orzular shakllanadigan, kelajak poydevori quriladigan eng sermazmun davrdir. Sizning izlanishlaringiz, dadilligingiz va ilmga bo‘lgan intilingingiz yurtimiz taraqqiyotining eng muhim kuchi hisoblanadi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
00:58
Video unavailableShow in Telegram
#YoshlarInside
🇺🇿Davlatimiz rahbarining yoshlarga bo‘lgan e’tibori natijasida mamlakatimizda yoshlar siyosati uchun mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Ilk bor poytaxtimizning Chilonzor yo‘nalishidagi uzunligi 80 metrli, 4 ta vagondan iborat metro poyezdi jadid bobolarimiz va yoshlar uchun eng foydali bo‘lgan loyihalarning vizual suratlari bilan bezatildi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
4-son TG.mp422.60 MB
👍 58❤ 29⚡ 8👏 5😍 2
Photo unavailableShow in Telegram
👥15– noyabr sanasidan “Bolalar harakati sardorlari” saylovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi.
🇺🇿Sardorlar saylovining mahalla bosqichida ishtirok etish uchun quyidagi @YoshlarRegbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va ishtirok eting!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 69❤ 25👏 12⚡ 5🕊 4
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿O‘zbekiston U-17 — Jahon chempionati nimchorak finalida!
U-17 Jahon chempionati 1/16 finalida vakillarimiz Xorvatiya o‘smirlarini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Endi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi nimchorak finalda 🇮🇹Italiyaga qarshi bahs olib boradi.
👏Barakalla, yigitlar!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan 🇦🇿 Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, 🇰🇬 Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, 🇹🇯 Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
reels_ozarbayjon_tg_new_2.mp435.90 MB
reels_qirg'z_tg_new.mp426.99 MB
reels_tojik_tg_new_2.mp423.16 MB
❤ 42👍 29⚡ 13❤🔥 8👌 2
