CHDPU | Rasmiy kanal
Ir al canal en Telegram
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali. http://fb.com/tvchdpi2017 http://instagram.com/tvchdpu Murojaat uchun: Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Mostrar más2025 año en números

11 037
Suscriptores
-1124 horas
-677 días
-13430 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda
#PR_reyting
👍 Fizika kafedrasi katta o'qituvchisi Shokir BERDIYEVning “Farzandingizni antennaga aylantirmang!" nomli maqolasi "Sog‘lom avlod" gazetasining soglom.uz elektron platrofmasida yoritildi.
👉 Maqola bilan tanishing
👇Universitet Axborot xizmati
👍 9🔥 5❤ 4💯 3🤩 1👌 1
#ma'rifiy_suhbat
Qaynonani «ona»ga, kelinni «qiz»ga «aylantiruvchi» «sehrli» Universitet
Mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy ishlanmalari, innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Ayol-qizlarning ilm olishi, ularni kasb-hunarga o'qitish hamda bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish ustuvor yo'nalishlardan biriga aylandi.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashabbusi bilan talaba-kelin va ularning qaynonalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Bayram arafasida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda qaynonalar o‘z talaba-kelinlariga, universitet jamoasiga samimiy tilaklarini bildirdi. Talaba-kelinlar ham qaynonalariga "Aziz qaynonam" ramziy nishoni hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
«Qizlarning ilmli bo'lishini rag'batlantirish uzoqni ko'zlab bosilgan muhim qadamdir. Bugungi talaba qiz ertangi kunda o'z sohasining etuk mutaxassisi bo'lishi bilan birga, ilmli, intellektual salohiyatli, keng dunyoqarashga ega farzandni tarbiyalaydigan ona ham bo'ladi. Ma'rifatli ayol o'z sohasida ham, oilada ham kelajakka daxldor to'g'ri qaror qabul qilinishiga munosib hissa qo'shadi», dedi CHDPU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Gulnora Norqo‘ziyeva.
Tadbir ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashdi. Hurmat va mehr-oqibat ruhida samimiy muloqot oilada talaba-kelinlarning o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
👇Universitet Axborot xizmati
қ3.MOV2.41 MB
қ1.MOV1.84 MB
қ2.MOV2.07 MB
❤ 5👏 5🤣 4🔥 3👍 2🥰 2👌 1😍 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
#chdpu_kitob
Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Alisher NARMANOVning "Xalq og‘zaki poetik ijodidan foydalanib bolalar nutqini shakllantirishning nazariy-pedagogik konsepsiyasi" nomli monografiyasi nashr etildi
👍 ❤️ 📩 #kitob #книга #book
👍 14❤ 8🔥 3👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda
#PR_reyting
👍 Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Aziz SHADIYEVning "Fan va yurt uchun yangi sahifa" nomli maqolasi «Nұrlы jol» gazetasida chop etildi.
👉 Maqola bilan tanishing
👇Universitet Axborot xizmati
🔥 9👍 7❤ 3🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
#taʼziya
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Registrator offisi Xizmat ko'rsatish bo'limi (Front Office) menejeri Mumin Nazarovga akasi
Abduvahob otaning
vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.
@tvchdpi2017
❤ 4😢 3
01:07
Video unavailableShow in Telegram
#tengdoshmiz
25-dekabr kuni ilk “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” nomli 3D to‘liq metrajli multfilmning premyerasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda! Bayramga ajoyib sovg‘a!
Multfilm ijodkorlarining orasida CHDPU bitiruvchisi borligi yana ham quvonarli! Demak, boramiz, ko‘ramiz, fikrimizni aytamiz.
▫️ @tvchdpi2017
IMG_3082.MP423.49 MB
👏 8❤ 6👍 3🔥 1👌 1😍 1
#ijod
⛷ Bizning bayramona Yakshanba dasturimiz: Ijodkorlik, zavqlanish va birdamlik
👍👍 @tvchdpi2017
6.09 KB
❤ 6🤔 4👍 2🥰 1🤗 1
Photo unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda
#PR_reyting
👍 Fakultetlararo rus tili kafedrasi o‘qituvchisi Sayyora ARZIMOVAning «Sun’iy intellekt: xavfmi yoki imkoniyat?» nomli maqolasi «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida yoritildi.
👉 Maqola bilan tanishing
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 13👍 5🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
#2026CHDPU_bilan_birgamiz
Qorboboning tashrifi Kutubxonadan boshlandi. Talabalarimiz kabi ma’rifatli Qorboboga o‘xshadi. Kuzatamiz!
✅ @tvchdpi2017
🤣 28❤ 5🔥 2🎉 2😍 2🥴 1🐳 1
#Ilm_innovatsiya
Universitetda oliy attestatsiya komissiyasi raisi bilan uchrashuv tashkil etildi
Bugun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Tadjiyevich Yusupov Chirchiq davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi va universitetning ilmiy izlanuvchilari va tadqiqotchilari bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Muloqot davomida mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, yosh olimlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, dissertatsiyalar mazmunan boy, dolzarb va amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarurligi haqida fikrlar bildirildi.
Savol-javob ruhida o‘tgan ochiq muloqot tadqiqotchilar uchun juda manfaatli bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga atroflicha javob oldilar. Uchrashuv ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi muhim tadbir sifatida baholandi.
👇Universitet Axborot xizmati
👍 6❤ 4
Photo unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda
#PR_reyting
👍 Geografiya kafedrasi o'qituvchisi Jamshid ALIMKULOVning “Kelajak o‘qituvchisi: ta’lim muhiti va talabalarning kasbiy kompetentsiyalari" nomli maqolasi "Xalq so‘zi" gazetasining elektron platrofmasida yoritildi.
👉 Maqola bilan tanishing
👇Universitet Axborot xizmati
👍 11🔥 3🙏 2❤ 1⚡ 1🤩 1👌 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
👍 Yoshlar akademiyasi lideri tashabbusi bilan “Talaba – talabaga ustoz” tamoyili asosida ilmiy tadqiqot mavzulari taqdim etilmoqda!
👌Akademiya qoshida “Talaba tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash va mentorlik asosida kelajak o‘qituvchilarini tayyorlash akademiyasi” o’z faoliyatini boshladi.
📌 Siz uchun 4 ta platforma asosida zamonaviy, dolzarb va amaliy tadqiqot yo‘nalishlari taklif etiladi.
✅️Har bir platforma — tajriba, hamkorlik va ilmiy o‘sish uchun yangi imkoniyat!
✨ “O‘rgatar ekanmiz — o‘rganamiz!”
Ariza qoldirish uchun link
❤ 11👍 4🔥 3⚡ 2👎 1🥰 1🙏 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
#chdpu_kitob
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Yaroslav GOLOVKOning "English Linguistics" nomli darsligi nashr etildi
👍 ❤️ 📩 #kitob #книга #book
❤ 26🔥 18👍 13👏 8⚡ 3🐳 2🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
#2026CHDPU_bilan_birgamiz
🥺 Izohlarsiz! Без комментарий! No comment!
✅ @tvchdpi2017
🥰 8🔥 6❤ 3😍 2🤗 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Sport
«Pedagog» FJ chempion bo‘lish imkoniyati bormi? Albatta bor!
17-dekabr kuni soat 20:30 da «Pedagog» futbol jamoamiz ⚽️ HAVAS Media Futbol Ligasi yarim finalida azaliy raqibi «Sergeli» jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. CHDPU futbol fanatlarini taklif qilib qolamiz!
📍STADION
👍 12🏆 7❤ 2⚡ 2🤝 2🤗 2🔥 1
#Konferensiya
Inklyuziv ta'lim uchun strategik maqsadlar: muloqot, tajriba va natijalar tahlili
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi tomonidan “Inklyuziv ta’lim: dialog, tahlil va tajriba” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Batafsil saytda…
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 6👍 2🤩 1
#pedagogikDiplomatiya
Xalqaro hamkorlikdagi yangi loyihalar
Ayni kunlarda Nemis tili kafedrasi mudiri, dotsent Zayniddin Sanakulov Indoneziyaning Malang davlat universitetida xizmat safarida bo‘lib, dars mashg‘ulotlari va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.
Safar doirasida Malang davlat universitetida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida:
✅ mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar,
✅ ChDPUning xalqaro maydondagi o‘rni va yutuqlari,
✅ Nemis tili kafedrasining xorijiy, xususan Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi,
✅ talabalar hayoti va o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqotlar davomida xalqaro talabalar almashinuvi, qo‘shma loyihalar va akademik dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilandi.
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 6🔥 5👏 5👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli talabalar, chegirmali chiptalar allaqachon sotuvda!
«Uzbekistan Airways» qishki ta’til oldidan talabalar uchun chegirma e’lon qildi
Aviakompaniya oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50% chegirma e’lon qildi.
❗️Chegirma davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.
50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.
👍👍 @tvchdpi2017
❤ 9🔥 2👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
#KelajakO‘qituvchisi
‼️ Universitet o‘qituvchisi — Besh million sun'iy intellekt yetakchilari safida
Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Jahongirmirzo Abdurasulov Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkil etilgan “Birh million prompter” xalqaro ta’lim loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Ushbu loyihaning “Sun’iy intellekt muhandisligi” dasturini muvaffaqiyatli yakunladi.
“Sun’iy intellekt muhandisligi” dasturi Loyiha — bu sun’iy intellekt va prompt muhandisligi ko‘nikmalarini ommaga yetkazishni maqsad qilgan ulkan tashabbusdir.
Kelajak o‘qituvchisi va olimi Jahongirmirzo Abdurasulov loyiha ko‘magida SI tushunchalari, Generative SI va samarali prompt yozish bo‘yicha amaliy bilimlarni egalladi.
👍👍 @tvchdpi2017
🤩 13👍 11❤ 6🔥 5⚡ 4👌 2🥰 1👏 1🎉 1🐳 1🤗 1
Photo unavailableShow in Telegram
#KelajakO‘qituvchisi
‼️ Universitet o‘qituvchisi — Besh million sun'iy intellekt yetakchilari safida
Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Jahongirmirzo Abdurasulov Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkil etilgan “Bir million prompter” xalqaro ta’lim loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Five Million Promters — bu sun’iy intellekt va prompt muhandisligi ko‘nikmalarini ommaga yetkazishni maqsad qilgan ulkan tashabbusdir.
Kelajak o‘qituvchisi va olimi Jahongirmirzo Abdurasulov loyiha ko‘magida SI tushunchalari, Generative SI va samarali prompt yozish bo‘yicha amaliy bilimlarni egalladi.
👇Universitet Axborot xizmati
