CHDPU | Rasmiy kanal
Ir al canal en Telegram
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali. http://fb.com/tvchdpi2017 http://instagram.com/tvchdpu Murojaat uchun: Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Mostrar más2025 año en números

11 037
Suscriptores
-1124 horas
-677 días
-13430 días
Archivo de publicaciones
#Kengash
Raqamli ta’lim muhiti: Pedagogika fakultetida sifatli ta’lim uchun yangi imkoniyatlar
1-dekabr kuni rektor G‘ofurjon Muxamedov rahbarligida universitet Kengashining kengaytirilgan sayyor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda Kengash a’zolari, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar, bo‘lim rahbarlari ishtirokida Pedagogika fakultetining kasbga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida kelajak o‘qituvchilarini tayyorlash tajribasi va istiqbollari muhokama qilindi.
Batafsil 😳Universitet saytida
Universitet Axborot xizmati
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⭐️ Ijtimoiy faollik sizga nima beradi?
4-dekabr soat 15:30 da ZIYO FEST doirasida Jo’raqulova Marjona tomonidan ijtimoiy faollik bo‘yicha ochiq sessiya o‘tkaziladi. Ishtirokchilar ijtimoiy faoliyat, yoshlar ishtiroki va shaxsiy rivojlanish yo‘llari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
💡 Tadbir ishtirokchilarga ijtimoiy faollikni oshirish, o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Batafsil 😳https://t.me/Ziyoforum/4244
Universitet Axborot xizmati
Repost from TgId: 2009016809
Photo unavailableShow in Telegram
#rektor_murojaati
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori Muxamedov G‘ofurjon Isroilovichning murojaati
Qadrli talabalar, hurmatli ota-onalar, mo‘tabar ustozlar va universitetimiz jamoasi!
Bugungi tezkor va murakkab zamonda yoshlarimizning ongiga, qalbiga tahdid solayotgan eng xavfli illatlardan biri – bu giyohvandlik balosidir. Afsuski, bu jinoyat va illat jamiyatning turli qatlamlariga singib borishga urinmoqda. Bizning asosiy vazifamiz — yoshlarni bu balodan asrash, ularni to‘g‘ri hayot yo‘liga yetaklash, ertangi kun uchun mas’uliyat hissini kuchaytirishdir.
Aziz talabalar!
Siz — yurtimizning ertangi kuni, jamiyatning eng faol va kuchli qanotisiz. Sizning sog‘lig‘ingiz, ma’naviyati-yu, kelajagingiz biz uchun bebaho qadriyatdir. Bu baloga “qiziqish” yoki “sinab ko‘rish” oqibatida butun umr afsus-nadomatga aylanib qolishi mumkinligini hech qachon unutmang.
Giyohvand moddalar – bu hayotning mazmunini o‘g‘irlaydigan, orzu va maqsadlarni yemiradigan zahardir. O‘zingizni, oilangizni, kelajagingizni asrang!
Muhtaram ustozlar!
Universitetimizda har bir dars, har bir tarbiyaviy suhbat, har bir uchrashuv orqali yoshlarning ma’naviy olamini to‘g‘ri shakllantirish sizning ulkan mehnatingiz va fidoyiligingizga tayanadi. Talabalarni hayotga tayyorlashda, ularni zararli odatlardan ogoh etishda sizning rolingiz beqiyos. Har bir talabaning taqdiri biz uchun mas’uliyatdir — uni birgalikda asraylik.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizning tarbiyasi va ruhiy holati bilan doimiy qiziqib, ularni tinglab, qo‘llab-quvvatlab borish — eng muhim vazifamizdir. Ular bilan ochiq suhbatlar qiling, ishonchli muhit yarating. Mehr va e’tibor — ko‘plab muammolarning oldini oladi.
Bugun biz bir jamoamiz. Maqsadimiz bir — yoshlarimizni sog‘lom, ma’rifatli, ongli va mas’uliyatli qilib tarbiyalash. Giyohvandlikka qarshi murosasiz bo‘laylik! Narkojinoyatchilikka qarshi kurashda faollik ko‘rsatib, huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqindan hamkorlik qilaylik.
Unutmang, Chirchiq davlat pedagogika universitetining har bir talabasi — bizning farzandimiz! Ularning har biri sog‘lom hayot tarzini tanlashi, ertangi kunni yorqin qilishga intilishi bizning hamjihat sa’y-harakatlarimizga bog‘liq.
Keling birlashaylik! Sog‘lom ta’lim muhitini yaratish va yoshlarni zararlı illatlardan asrash yo‘lida birga harakat qilaylik.O‘zbekistonning ertangi porloq kelajagi — bugungi ogohligimizdadir!
Bizni kuzatishda davom eting:🌐Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi axborot xizmati: 🌐Telegram|🌐Instagram|▶️Youtube
#Rektor
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi G‘ofurjon Muxamedov 2-dekabr kuni yoshlar bilan muloqot qildi. Ochiq suhbat tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etildi.
Muloqotda universitet rahbari ta’limga oid innovatsion ishlanmalar, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt yoshlarning istiqbolli kelajagini hal qiluvchi ahamiyatga egaligini alohida ta’kidladi.
“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berilganligini, “Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi” tashkil etilishini bildirdi.
Mamlakat bo‘ylab “Yosh kitobxon”, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam”, “Raqamli avlod qizlari”, “Kelajak liderlari” kabi tanlov, dastur va loyihalar amaldaligini qayd etdi. Universitetda “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yoshlar orqali yaratilayotganligini aytdi.
"Mamlakatimiz yoshlari uchun tashkil etilayotgan loyihalarda faol bo‘lishingizni so‘rab qolaman. Yoshlarimizning ilmiy va ijtimoiy faolligi mamlakat rivoji uchun muhim qadam hisoblanadi”, — dedi Rektor.Talabalar o‘z yutuqlari, muammolari va kelajak rejalari haqida erkin fikr bildirdi. Talabalarning taklif va savollari batafsil muhokama qilindi. Universitetimiz rahbari yoshlarning takliflarini ma’qullab, ularni har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi. Uchrashuv doirasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga maxsus guvohnomalar topshirildi. 👇Universitet Axborot xizmati
🥱 1
#Rektor
Rektor: Eng yaxshi kitobxon va sun’iy intellekt modelini yaratgan talabaga elektromobil berardik, agar...
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi G‘ofurjon Muxamedov 2-dekabr kuni yoshlar bilan muloqot qildi. Ochiq suhbat tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etildi.
Muloqotda universitet rahbari ta’limga oid innovatsion ishlanmalar, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt yoshlarning istiqbolli kelajagini hal qiluvchi ahamiyatga egaligini alohida ta’kidladi.
“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berilganligini, “Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi” tashkil etilishini bildirdi.
Mamlakat bo‘ylab “Yosh kitobxon”, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam”, “Raqamli avlod qizlari”, “Kelajak liderlari” kabi tanlov, dastur va loyihalar amaldaligini qayd etdi. Universitetda “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yoshlar orqali yaratilayotganligini aytdi.
"Mamlakatimiz yoshlari uchun tashkil etilayotgan loyihalarda faol bo‘lishingizni so‘rab qolaman. Taqdirlashning moliyaviy chegaralari bo‘lmaganida eng yaxshi kitobxon va sun’iy intellekt modelini yaratgan talabaga elektromobil bergan bo‘lardik”, — dedi Rektor.Talabalar o‘z yutuqlari, muammolari va kelajak rejalari haqida erkin fikr bildirdi. Talabalarning taklif va savollari batafsil muhokama qilindi. Universitetimiz rahbari yoshlarning takliflarini ma’qullab, ularni har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi. Uchrashuv doirasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga maxsus guvohnomalar topshirildi. 👇Universitet Axborot xizmati
#Rektor #Sport
Rektor yuksak natijalari bilan g‘urur bag‘ishlagan sportchi talaba-qizlarni olqishladi
"Sport mamlakatimizda, uning ta’limi esa universitetimizda drayver yo‘nalishga aylandi. Sizlar erishgan yorqin g‘alabalar yoshlarimizga, fakultet jamoasiga kuch-qudrat berdi. Butun jamoamizni g‘ururlantirdi, yanada birlashtirdi. Rahmat qizlarim!" dedi Rektor.Batafsil 😳Universitet saytida Universitet Axborot xizmati
❤ 5
#Ilm_innovatsiya
Universitet Kengashining 2025/2026 - o'quv yilining navbatdagi yig‘ilishida Kengash raisi, universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarni tabrikladi va kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Otajonova Dildor Baxtiyarovna — Filologiya fanlari doktori DSc,
Narimbayeva Lola Kuzibayevna — dotsent ilmiy unvoni,
Tojiboyeva Gulmira Rifovna — dotsent ilmiy unvoni.
🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
❤ 5👏 5👍 2🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#EYUFMUN_2025
📣📣 Call for Applications
❓What happens when the next generation of leaders meets the technologies that are redefining our world?
“El-Yurt Umidi” Foundation and IT Park Uzbekistan invites young thinkers, innovators, and emerging diplomats to step onto a global stage where AI, governance, and human potential converge.
We are excited to open applications for EYUFMUN-2025 CONFERENCE “AI for Public Good: Modernizing the State Through Talent, Technology, and Zero Bureaucracy” — a forum where bright minds will debate how artificial intelligence can serve the public good and transform the state of tomorrow.
Delegates will address some of the most pressing questions of the digital century: ➖How can AI make governments more transparent, efficient, and human-oriented? ➖What soft-skills are required from public leaders during the age of digital transformation? ➖How can states eliminate excessive bureaucracy and guarantee equal access to services? ➖What ethical and legal frameworks are needed to protect digital rights? ➖How can technology accelerate sustainable development?This conference aims to bring together young leaders ready to propose bold, evidence-based ideas for a smarter and fairer public sector.
Applications are welcome from: ✔️ university students in Uzbekistan; ✔️ active young citizens engaged in public policy, technology, or global affairs; ✔️ fellows and scholars of the “El-Yurt Umidi” Foundation; ✔️ emerging professionals in AI, GovTech, and related fields.Working language: English. Registration is conducted online via the official 🖥 application form. 🗓 Deadline: December 14 (23:59), 2025 🔗 Website: Eyuf.uz 🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
#EYUFMUN_2025
📣📣 Call for Applications
❓What happens when the next generation of leaders meets the technologies that are redefining our world?
“El-Yurt Umidi” Foundation and IT Park Uzbekistan invites young thinkers, innovators, and emerging diplomats to step onto a global stage where AI, governance, and human potential converge.
We are excited to open applications for EYUFMUN-2025 CONFERENCE “AI for Public Good: Modernizing the State Through Talent, Technology, and Zero Bureaucracy” — a forum where bright minds will debate how artificial intelligence can serve the public good and transform the state of tomorrow.
Delegates will address some of the most pressing questions of the digital century: ➖How can AI make governments more transparent, efficient, and human-oriented? ➖What soft-skills are required from public leaders during the age of digital transformation? ➖How can states eliminate excessive bureaucracy and guarantee equal access to services? ➖What ethical and legal frameworks are needed to protect digital rights? ➖How can technology accelerate sustainable development?This conference aims to bring together young leaders ready to propose bold, evidence-based ideas for a smarter and fairer public sector.
Applications are welcome from: ✔️ university students in Uzbekistan; ✔️ active young citizens engaged in public policy, technology, or global affairs; ✔️ fellows and scholars of the “El-Yurt Umidi” Foundation; ✔️ emerging professionals in AI, GovTech, and related fields.Working language: English. Registration is conducted online via the official 🖥 application form. 🗓 Deadline: December 14 (23:59), 2025 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O'zbekiston bo'ylab 8 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturini boshlanmoqda
IT Park Uzbekistan mamlakatning bir nechta hududlarida yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini boshlayotganini ma’lum qiladi. Dastur quyidagi hududlarda amalga oshiriladi:
✔️Toshkent viloyati
✔️Samarqand viloyati
✔️Buxoro viloyati
✔️Qashqadaryo viloyati
✔️Surxondaryo viloyati
✔️Sirdaryo viloyati
✔️Namangan viloyati
✔️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kimlar qatnashishi mumkin?
➖Oliy ta’lim muassasalari talabalari
➖ IT o‘quv markazi tinglovchilari
➖IT kompaniyalari mutaxassislari
➖Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar
Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi, istaganlar virtual tarzda ham ishtirok etishlari mumkin.Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? 💡 Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar 💡 Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar 💡 Mahorat darslari 💡 Jamoa bo‘lib ish yuritish 💡 MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar 💡 Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish ➡️ Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish havolasi: startupbase.uz 🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
❤ 2
#iftixor
🤾♂️ Gandbol bo‘yicha U-19 O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Tailandda o‘tgan TROPHY kubogining Osiyo bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi!
Quvonarlisi, CHDPU Jismoniy madaniyat fakulteti kechki ta’lim 25/1-guruh talabasi Abdullayeva Muxtora Olimjon qizi ham asosiy tarkibda qatnashdi💫
😳 Muxtorani ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz va kelgusidagi sport faoliyatiga ulkan yutuqlar tilaymiz!
🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
👍 8❤ 5👏 2👎 1
#nishonlaymiz
🇺🇿🇺🇿 1-dekabr – Qaraqalpaq tili kúni
Búgin Qaraqalpaq tili mámleketlik statusına iye bolǵanına 36 jıl boldı. 1989-jıl 1-dekabr qaraqalpaq tiliniń táǵdirinde jańasha dáwirdi ashqan kún sıpatında tariyxqa mórlengen.
___
🇺🇿🇺🇿1-dekabr – Qoraqalpoq tili kuni
Bugun Qoraqalpoq tili davlat maqomiga ega bo‘lganiga 36 yil to‘ldi. 1989-yil 1-dekabr Qoraqalpoq tilining taqdirida yangicha davrni ochgan kun sifatida tarixga muhrlangan.
👍 ❤️ 📩 #nishonlaymiz #празднуем #celebrating
❤ 17👍 7🔥 5😍 3🥰 2
Photo unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda
#PR_reyting
👍 O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsentisi Arofat MO‘YDINOVAning “O‘zbek adabiyotida muvashshahchilik an’anasi” sarlavhali maqolasi “Ma’rifat” gazetasida chop etildi.
👉 Maqola bilan tanishing
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 5👍 3
04:40
Video unavailableShow in Telegram
#Intervyu
Chirchiq davlat pedagogika universitetining eng katta xazinasi uning talabalaridir. Universitet rahbariyati zamonaviy ta’limning moddiy bazasini yaratishda dadil odimlamoqda. Rossiyaning Tomsk politexnika universiteti Kimyo va biokimyo texnologiyalari bo‘yicha tadqiqot maktabi rahbari, professor Marina Trusova Axborot xizmatiga bergan intervyusida shular haqida to‘xtalib o‘tdi.
🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
томск.mp4285.43 MB
❤ 8👍 3👌 3🤩 1🤝 1
Repost from TgId: 2009016809
🎉 Rektor Kubogi — QVZ Final bosqichi bo‘lib o‘tdi! 🎭🔥
Bugungi tantanali Finalga ChDPU Rektori G‘.I. Muxamedov tashrif buyurib, QVZ finalini shaxsan ochib berdi va quvnoq hamda zukko yoshlarimizga a’lo kayfiyat ulashdi.
Rektorimiz jamoalarga keyingi ijodiy ishlarida ulkan omad tilab, Finalga yanada ruh va ko‘tarinkilik bag‘ishladi! 🙌🔥
QVZ sahnasiga talabalari bilan birgalikda chiqib, tyutorlar ham faol rol o‘ynadi.
Hamma jamoalar bir-biridan qolishmagan holda sahnaga chiqib, zor-zor hazillarni namoyish etib, finalda ajoyib bellashuv olib bordilar. 😄🔥
📰CHDPU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axborot xizmati tomonidan yoritildi.
Telegram ✈️ Instagram 📷
❤ 12🔥 2🥱 2
#Marifat_maydoni
Chirchiq davlat pedagogika universitetida "Ma‘rifat maydoni" respublika ko'rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet bosqichlaridan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o'zaro 3 ta shart asosida bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko'ra Gumanitar fanlar fakultetining "Hurriyat" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda mazkur tanlovning hududiy bosqichida qatnashish uchun yo'llanmaga ega bo‘ldi.
Fakultetimiz jamoasini g'alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz. Hududiy bosqichda universitet sharafini munosib himoya qilishiga ishonamiz.
A'zo bo'ling👇 Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:Instagram | Fecebook | Telegram | YouTube
❤ 9👍 1
🗓27.11.2025
Chirchiq davlat pedagogika universitetida xalqaro ta’lim va do‘stlik kuni! 🌐✨
“Internationalisation Of Fully Residential Schools Young Leaders To Uzbekistan” loyihasi doirasida Malayziyadan 40 nafar iqtidorli o‘quvchi va ularning ustozlari mehmon bo‘ldi.
📌Akademik litseyda ingliz tilida biologiya, kimyo va matematika fanlaridan zamonaviy ochiq darslar,
📌Tabiiy fanlar fakultetida laboratoriya, issiqxona va muzeyga sayohat,
📌San’atshunoslik fakulteti “Galleriya”sida talabalarimiz ijodi bilan tanishuv,
📌Turizm fakultetida esa sertifikatlar topshirish marosimi va kelgusidagi hamkorlik rejalarini belgilash bo‘lib o‘tdi.
Bu uchrashuv Chirchiq davlat pedagogika universitetining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi! 🚀📚🤝
👾 Mobilograf: Karimjonov Vohidjon Zohidjon ogli
IMG_0432.MP459.60 MB
IMG_0433.MP440.06 MB
⚡ 5❤ 4🔥 4👍 3😎 2🎉 1😍 1
Repost from Edu.uz
🎓 Kompyuteringiz bor va qisqa muddat ichida yuqori daromadli kasblar egasi bo'lishni xohlaysizmi?
🚀 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” grant dasturi siz uchun katta imkoniyatni taqdim etmoqda!
📌 Dastur quyidagi yo‘nalishlarda bepul, masofadan ta’lim beradi:
🔹 3D Modellashtirish 🔹 VFX Compositing 🔹 Animatsiya 🔹 O‘yin dizayni va GameDev asoslari 🔹 Digital Art 🔹 FX Simulation 🔹 Cinema 4D 🔹 Unreal Engine✨ Sizni nimalar kutmoqda? ✅ Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlar ✅ Yetakchi mutaxassislar bilan amaliy mashg‘ulotlar ✅ Netvorking va daromadli kasb egasi bo‘lish imkoniyati 📍Ta’lim shakli: oflayn + onlayn (Toshkent shahrida) ⏳ Davomiyligi: 6 oy 💡O‘z orzuyingizdagi kasbni tanlang va yangi imkoniyatlar eshigini oching! ❗️Shoshiling joylar cheklangan 👉 Ariza topshirish: CreativeTech.uz
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 2
Repost from TgId: 2009016809
00:46
Video unavailableShow in Telegram
🔥😄 Eng qiziqarli lahzalar yaqin!
🎭 29-noyabr, soat 13:00 QVZ — CHDPU REKTOR KUBOGI FINAL O‘YINI!
📍 Manzil: Turizm fakulteti (Rektorat binosi) — Faollar zali
🎟 Biletlar: +998 99 649 16 17☎️
📰CHDPU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axborot xizmati tomonidan yoritildi.
Telegram ✈️ Instagram 📷
IMG_2493.MP437.28 MB
❤ 6🔥 4👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Eng_faol_yil_talabasi_2025
Chirchiq davlat pedagogika universitetida o'tkazilgan "Eng faol yil talabasi - 2025" respublika ko'rik tanlovining universitet bosqichi natijalari bilan tanishing:
"Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi":1-o'rin. Normurodov Shaxzod Sharof o‘g‘li - Tabiiy fanlar fakulteti 3-bosqich 2-o'rin. To‘ychiyeva Zulfizar Baxodir qizi - Maktabgacha va boshlang'ich ta 'lim fakulteti 3-bosqich 3-o'rin. Ismatova Iroda Qurbonmurod qizi - Gumanitar fanlar fakulteti 3-bosqich
"Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi":1-o'rin. Xusanov Jamoliddin Shaxobiddin o‘g‘li - Gumanitar fanlar fakulteti 3-bosqich 2-o'rin. Turg‘unboyeva Parvina Ashiroy qizi - Turizm fakulteti 4-bosqich 3-o'rin. To‘xtamurodov Abdulloh Avaz oʻgʻli - Pedagogika fakulteti 3-bosqich
"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi":1-o'rin. Janiqulov Islombek Baxtiyor o‘g‘li - Gumanitar fanlar fakulteti 3-bosqich 2-o'rin. Sirojiddinov Odiljon Ilhomjon - Pedagogika fakulteti 4-bosqich 3-o'rin. Xusanov Nodirjon San’atjon o‘g‘li - Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich
"Yilning eng faol sportchi talabasi":1-o'rin. Yoʻldoshboyeva Zulfiya Ravshan qizi - Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich 2-o'rin. Ilyosboyev Sirojiddin Baxtiyor o‘g‘li - Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-bosqich 3-o'rin.Anorboyeva Maftuna Bahodir qizi - Gumanitar fanlar fakulteti 3-bosqich
"Yilning eng faol iqtidorli talabasi":1-o'rin. Qurbonmurodova Sevara Saʼdulla qizi - Sanʼatshunoslik fakulteti 3-bosqich 2-o'rin. Sayfiddinova Nasiba Seydrahim qizi - Gumanitar fanlar fakulteti 4-bosqich
"Yilning eng faol ijodkor talabasi":1-o'rin. Oljayeva Nurgul Tulebay qizi - Gumanitar fanlar fakulteti 3-bosqich 2-o'rin. Begmatova Zarnigor Ilyosjon qizi - San'atshunoslik fakulteti 3-bosqich 3-o'rin. Kalmirzayeva Ro'za Begali qizi - Maktabgacha va boshlang'ich ta 'lim fakulteti 3-bosqich
"Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar o'rtasida):2-o'rin. Ismonova Oqibat Valiyevna - Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich 2-o'rin. Husanova Shahzoda Alisher qizi - San'atshunoslik fakulteti 2-bosqich 2-o'rin. Ro‘zimova Muxlisa Odilbek qizi - Gumanitar fanlar fakulteti 🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
❤ 7👏 5👍 2🤔 1
