es
Feedback
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

Ir al canal en Telegram
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
152 281
Suscriptores
-42424 horas
-3 1237 días
-10 42030 días
Archivo de publicaciones
#malaka_oshirish 🔺Bugun dekabr oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurs tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. 💬Bunda o‘qituvchilarning kurs davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari baholandi. ✅Yakuniy attestatsiya test, loyiha ishi va mikrodars taqdimoti shaklida olib borildi. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
22👍 11🤩 2
Photo unavailableShow in Telegram
💨 Tashabbus yo‘llab, muvaffaqiyatga erishing 🗣Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi qizg‘in pallaga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 iyuldagi Farmoniga muvofiq barcha jarayonlar ishonchli va tizimli tashkil etilgan. Xususan, One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishning ahamiyati shundaki, tashabbus egasining mualliflik huquqi ta’minlanadi. 🔝Forumda g‘olib deb topilgan loyihalar:
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi; ⏺ moliyalashtiriladi va tijoratlashtiriladi; ⏺ butun respublikada joriy qilinadi.
✍️Tashabbus mualliflari:
⏺ o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺ istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kiritiladi; ⏺ 10 - 50 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Forumga tashabbuslar yo‘llash davom etmoqda. Hech bir fikr e’tibordan chetda qolmaydi. Forumda qatnashing. 🇺🇿 To‘liq matn: asdr.gov.uz 🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺 💨 Проявите инициативу и добейтесь успеха 🗣Форум перспективных инициатив «Келажак учун» вступил в активную фазу. В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 14 июля 2025 года все процессы форума надежно и системно организованы. В частности, важность регистрации через One ID заключается в защите авторских прав инициатора. 🔝Проекты, признанные победителями форума:
⏺будут представлены Президенту Республики Узбекистан; ⏺получат финансирование и будут коммерциализированы; ⏺будут внедрены по всей республике.
✍️Авторы инициатив:
⏺получат возможность реализовать свой потенциал; ⏺будут включены в перечень перспективных кадров; ⏺будут награждены денежными премиями в размере от 10 до 50 миллионов сумов.
Подача инициатив на форум продолжается. Ни одна идея не останется без внимания. Принимайте участие в форуме. 🇺🇿 Полный текст: asdr.gov.uz 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
32👍 4🎉 3
Repost from TgId: 3167553228
02:00
Video unavailableShow in Telegram
Bugun "Jadidlar izidan" Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirladik Bu yil ikkinchi marta o‘tkazilayotgan tadbirda yurtimizning eng faol, eng intiluvchan yoshlari o‘zaro kuch sinashdi. G‘oliblar Germaniyaga ta‘lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. O‘tgan yili bu tanlovga 360 ming o‘quvchi ariza topshirgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 656 ming nafardan ortiqni tashkil etildi. Shuning o‘zi ham tanlovga bo‘lgan qiziqishning oshib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Final bosqichi qatnashchilari bilan ochiq muloqotda ham men ishtirokchi o‘quvchilarning naqadar teran fikrli, zukko ekanligiga yana bir amin bo‘ldim. Ular tom ma‘noda yurtimizning kelajagi, Jadid bobolarimizning izdoshlari ekanliklarini namoyon etishmoqda. Barcha g‘oliblarni yana bir bor samimiy tabriklayman! Kelgusi ishlaringizda ham muvaffaqiyat yor bo‘lsin! E’zoza Karimova
Mostrar todo...
Jadidlar Monitorga_2.mp449.56 MB
33👍 12🤩 2
#Taqdimotlar 🗣Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Yillik sarhisob" tadbiri davom etmoqda. 💬Bugun ishtirokchi hudud masʼul rahbarlari tomonidan soha faoliyati natijadorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan taqdimot tadbirlari oʻtkazilmoqda. 🖥Bunda hududiy boʻlinmalar, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbarlari tomonidan oʻz faoliyat yoʻnalishlariga doir 2025-yil sarhisobi va 2026-yilning eng ustuvor vazifalari xususida atroflicha maʼlumot beriladi. 💬Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik markaziy apparati masʼul xodimlari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari qatnashmoqda. 📱Maʼlumot uchun: jarayonlar Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
28👍 13🔥 5🎉 2
Repost from TgId: 1297184524
Photo unavailableShow in Telegram
Xushxabar! Yana bir o‘quvchimiz Harvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga kirdi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi! Dilafro‘z 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Ayni damda u Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. Uning yutuqlari talaygina. SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja olgan. Shuningdek, u maktabdagi eko-qo‘mita sardori, Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi ikki karra qatnashchisi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim-finalisti, Harvardning HPAIR konferensiyasiga qabul qilingan, Technovation Girls xalqaro tanlovining o‘quvchilar vakili va UNESCO tomonidan tashkillangan “Be an explorer” tanlovi finalisti. Yodingizda bo‘lsa Dilafro‘z “Raqamli avlod qizlari” loyiha tanlovida o‘zining “EcoHelp” deb atalgan loyihasi bilan faol ishtirok etgan edi. Mana bu videoda u va boshqa qizlarimiz haqida ma’lumot bergan edik. U loyihasida bugungi kundagi eng katta muammolardan bo‘lgan chiqindi masalasini hal etishga qaratilgan, bu orqali faol fuqarolarni rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan ilova ishlab chiqqan edi. Ko‘rib turganingizdek Dilafro‘z davlatimizda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalana olgan hamda tinimsiz mehnatlari evaziga mana shu darajaga erishgan. Ayni vaqtda Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Asilbek Ashurov, Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova va boshqa yoshlarimiz ham Harvard universitetida tahsil olmoqda. Davlatimiz rahbarining ta’limdagi islohotlari mevasini beryapti: mana shunday yutuqlar, natijalar orqali. Dilafro‘zni yana bir bor tabriklayman, ota-onasi, ustozlariga ham tashakkur. Yutuqlaring bardavom bo‘lsin, qizim! Hamisha yurtimiz sha’nini yuksaklarga ko‘tar, xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqla! @hilola_umarova
Mostrar todo...
👍 105 46🔥 14
00:41
Video unavailableShow in Telegram
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Hududiy bo’linmalar va 208 ta tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari uchun o‘tkazilgan "Yillik sarhisob" tadbiri doirasidagi o‘quv seminar jarayonlaridan video lavha. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
final.mp479.76 MB
19👍 8🔥 3
✅✅✅✅ 💬Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan vazirlik hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etilgan seminarning o‘quv mashg‘ulotlari A.Avloniy nomidagi institutda olib borildi. ✅Unda hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari, “Kelajak" markazlari, Pedagogik mahorat markazlari masʼullari hamda vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar. ✅Seminar mashg‘ulotlari vazirlik va institut masʼullari tomonidan olib borildi. 🗣O‘quv seminarida: 💬 maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taʼlim sifati va samaradorligini oshirishning zamonaviy yechimlari; 💬 pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish; 💬byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va smeta harajatlarini to‘g‘ri shakllantirish; 💬“Kelajak" markazlari tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Shuningdek, seminarda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar hamda muammoli vaziyatlarga yechimlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
16👍 10
✅✅✅✅ ✅ Xabar qilinganidek, bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan vazirlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida oʻquv seminari ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi. ➖ Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova sohaga doir islohotlarni amalga oshirishda tizim masʼullarining oʻrni va vazifalari haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi. ✍️ Shuningdek, joriy yilda erishilgan yutuqlar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar ijrosini izchil tashkil etishda tizimdagi har bir rahbar va xodimlarning fidoyiligi muhim ekanligini taʼkidlab oʻtdi.Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova 2025-yilda yoʻlga qoʻyilgan ishlar hamda mavjud imkoniyatlar haqida tahliliy maʼlumot berdi. Xususan, yangi tashkil etilgan “Kelajak markazlari”ning asosiy vazifalari hamda hududiy markazlar faoliyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. 🔹 Tadbir doirasida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbarlarining hisobotlari hamda sohani rivojlantirishga doir takliflari tinglandi. 👉 Ma’lumot uchun: bugun kunning ikkinchi yarmida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻquv seminarining asosiy mashgʻulotlari tashkil etiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Mostrar todo...
17👍 11
Photo unavailableShow in Telegram
✅✅✅✅ #Live 🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan vazirlik hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘quv seminarining ochilish marosimi boshlandi. 🔰 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, A. Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti, tizim tashkilotlar va hududiy bo'linmalar, 208 ta tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari rahbarlari qatnashmoqda. Bizni kuzating Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Mostrar todo...
18👍 10🎉 1
Repost from TgId: 3167553228
Yangi yil arafasida mas’ullar bilan tizimda qilingan ishlarni tahlil qilish, kelgusidagi maqsadlarni belgilab olish an’anasi ko’pdan beri bor. Shu maqsadda ayni damda vazirlikning hududiy bo’linmalari mas’ullari poytaxtda yig’ilishdi. Ular ishtirokida seminarlar va taqdimotlar ham rejalashtirilgan. Bugun mazkur tadbirlar doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazida bo‘ldik. Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mas’ullar bilan muassasa faoliyati bilan tanishibgina qolmay, ularning fikr-mulohazalariga ham quloq tutdik, loyiha va rejalar haqida suhbatlashdik. Ishonamanki, bu kabi uchrashuvlar tajriba almashish, yangi tashabbuslarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. E’zoza Karimova
Mostrar todo...
👍 33 21🔥 4
👍A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. 🎙Unda Mehrixon Rahmonova 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim) ixtisosligi bo‘yicha “Innovatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy potensialini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. 💬Shuningdek, Nafisa Mamaraximovaning 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim) ixtisosligi bo‘yicha “Badiiy matn asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijodiy tafakkurini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
19👍 13🔥 5
04:03
Video unavailableShow in Telegram
#tinglovchi_fikri ❓Malaka oshirish kurslarida tinglovchilar qanday bilim va tajribalarga ega bo‘lmoqda? ❓Yakuniy sinovdagi taqdimot mavzusining dolzarbligi nimada? 🎙Navbatdagi lavhada kurs tinglovchilarining fikrlari bilan qiziqdik. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
Final.mp4298.76 MB
12👍 5🔥 2
02:07
Video unavailableShow in Telegram
#Konferensiya Zamonaviy ta’limning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
🎙Bu to‘g‘rida OAVlarda: 💬 O‘zbekiston 24 💬UZA 💬Ma’rifat
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
final.mp4155.42 MB
17👍 3🔥 2🎉 1
Repost from TgId: 3167553228
Bugun nufuzli va xalqaro mintaqaviy olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ustozlarini taqdirladik. Endigina 16-18 yoshni qarshi olayotgan o‘g‘il-qizlarning bunday katta yutuqlarini ko‘rib, Vatanimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Ular ilm ortidan milliarder bo‘lish mumkinligini isbotlashdi. Umuman, bu yil terma jamoamiz o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd qildi — xalqaro olimpiadalarda joriy yil davomida jami 210 ta medal qo‘lga kiritildi. Bularning barchasi Davlatimiz rahbarining ta’limga qaratayotgan e’tibori natijasidir. Fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan, bilim bilan katta marralarni zabt etgan o‘quvchilarimiz, bu yo‘lda ularni qo‘llab-quvvatlagan ota-onalari hamda ustozlarini yana bir bor tabriklayman. Sizlar O‘zbekistonning yangi tarixini yozmoqdasiz! Muvaffaqiyat va zafar hamisha yor bo‘lsin! E’zoza Karimova
Mostrar todo...
👍 48 34🤩 5🔥 2
05:39
Video unavailableShow in Telegram
"Buvim bobomning qo'lyozmalarini 35 yil saqlaganlar" - Gavhar Zokirova Abdulla Avloniyning evarasi, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova bobosi va Jadidlar faoliyati haqida oʻz mulohazalari bilan boʻlishdi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
54.46 MB
33👍 16🔥 8🎉 3🤩 1
#kelajak_soati 👍Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi ✅Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ishtirok etib, jadid bobolarimiz hayoti, ma‘rifiy qarashlari va ularning milliy taraqqiyot yo‘lidagi fidokorona faoliyatiga bag‘ishlangan dars mashg‘ulotini o‘tkazdilar. 💬O‘quvchilarga jadidchilik harakatining mazmun-mohiyati, A.Avloniy va uning zamondoshlari tomonidan ilgari surilgan ta‘lim-tarbiya g‘oyalari bugungi yoshlar tafakkuri bilan bog‘lab tushuntirildi. Bu esa o‘quvchilarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash hamda kelajak oldidagi mas‘uliyat hissini yanada oshirishga undaydi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
23👍 12🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
🥇Eng nufuzli xalqaro olimpiadalar tarixida yangi rekord — 13 ta medal ✅ 2025-yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar qator xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi. Xususan: 📍 Birlashgan Arab amirliklarida 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush; 📍 Avstraliyada 105 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza; 📍 Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza; 📍 Parij shahrida 96 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro Fizika olimpiadasida — 2 ta bronza medallari sohibi bo‘ldi. JONLI EFIR Bizni kuzating Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Mostrar todo...
26👍 13🔥 1🎉 1
#konferensiya Konferensiya quyidagi sho‘balarda o‘z faoliyatini davom ettirdi: 💬Zamonaviy boshqaruv strategiyalari va istiqbollari 💬Uzluksiz ta’limning pedagogik-psixologik yondashuvlari 💬 Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitishda integratsiya va innovatsiyalar 💬Ta’limda raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari 💬Boshlang‘ich ta’lim va tillarni o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari 💬 Ta’limda ilg‘or g‘oyalar implementatsiyasi. Shoʻbalarda xorijiy ekspert va olimlar, pedagoglar va soha xodimlari, yetakchi olimlar, yosh tadqiqotchilar, hududiy pedagogik mahorat markazlari mutaxassislari, ishtirok etmoqda. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Mostrar todo...
16👍 11🔥 4🎉 1