A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
Ir al canal en Telegram
Facebook https://www.facebook.com/avloniy.uz Website http://avloniy.uz/ YouTube https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA Қайта тайёрлов: https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot
Mostrar más2025 año en números

151 802
Suscriptores
-64124 horas
-3 4207 días
-11 86830 días
Archivo de publicaciones
Repost from TgId: 1355283201
01:41
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyatida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi.
2025-yil 6-oktabr kuni Surxondaryo viloyatidagi umumiy oʻrta ta'lim maktablarida ijtimoiy fan o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish va o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
32.53 MB
❤ 10👍 6🔥 1
👍A.Avloniy nomidagi institut masʼuli va hududlardan saralab olingan fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Francophonia til markazida malaka oshirmoqda
✅Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va A.Avloniy nomidagi institut hamkorligida fransuz tili o‘qituvchilari uchun Fransiyaning Nitsa shahridagi Francophonia til markazida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining mentorlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Bunda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutning fransuz tili metodisti hamda hududlardan saralab olingan salohiyatli, ilg‘or va tajribali fransuz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.
📇Kurslarda:
💬 “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” uchun metodik materiallar ishlab chiqilmoqda;
💬 dars samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘rganilmoqda;
💬xorijiy ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, respublika ta‘lim tizimida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.
✅ O‘qituvchilarimiz nazariy bilim bilan birga, amaliy mashg‘ulotlarda ham faol ishtirok etib, darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi metodik usullarni o‘zlashtirishmoqda.
🔺Ushbu malaka oshirish kurslari o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va ijodkorlik salohiyatini yanada rivojlantirish, fransuz tili ta‘limini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 27👍 7
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#xalqaro_forum
Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi yakunlandi
✅ Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova forumdagi ishtiroki uchun mehmon davlatlar vakillariga katta minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekistondagi asosiy ta’lim islohotlari, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikdagi mustahkam aloqalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Forumda so‘z olgan Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) ta’lim sohasi vakillari tadbirda ko‘zda tutilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
➖ Yalpi majlisda hamkor vazirlik va tashkilotlar rahbarlari forumning ahamiyati hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr bildirar ekan, O‘zbekistonda ta’lim transformatsiyasi va unda xalqaro aloqalarning o‘rnini yuqori baholadi.
👉 Ma’lumot uchun: forumda BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori Sabina Maxl, Jahon bankining Markaziy Osiyodagi inson taraqqiyoti bo‘yicha dastur menejeri Tazin Fasih, Osiyo Taraqqiyot Banki Mintaqaviy ofis direktori Kanokpan Lao-Araya, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Maykl Xolgeyt, “Cambridge University Press & Assessment” Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo‘yicha loyiha koordinatori Stiv King, Marshall Cavendish Education tashkilotining bosh direktori o‘rinbosari Hayri Abdulla Sallehuddin hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.
✍️ Bugun kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv seminar tadbirlarida qatnashadi. Jarayonlar Nukus shahridagi Prezident maktabida tashkil etiladi.
❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❤ 10👍 1
✅✅✅✅
👍Ozarbayjondagi o‘quvlar doirasida A.Avloniy nomidagi institut prorektori Sherzod Radjabov boshchiligidagi masʼullar Ozarbayjon Respublikasi Fuzuliy shahar Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘ldilar.
✅Maktabda ta‘lim jarayoni, o‘quvchilarning faolligi hamda ularning ijodiy ishlari bilan tanishdilar. Maktabdagi o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishlari, orzu va intilishlari haqida fikrlarini tingladilar.
💬Shuningdek, maktab qurilishiga oid videorolik namoyishida Fuzuliy shahrida amalga oshirilayotgan qayta tiklash va ta‘lim sohasidagi islohotlar haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘ldilar.
💬Ushbu uchrashuvlar ikki davlatning taʼlim sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashda ilg‘or tajribalarni almashish va o‘quvchilarda STEAM yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 12👍 12🔥 1🎉 1
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
✅✅✅✅
#xalqaro_forum
🔴 “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi davom etmoqda.
👉 Bugun kunning ikkinchi yarmida forum ishtirokchilari turli guruhlarga bo‘lingan holda seminar tadbirlarida qatnashdi.
🔰 Ishtirokchi davlatlarning o‘zaro tanishtiruv bo‘yicha badiiy chiqishlari, milly taomlarni tayyorlash jarayonlari, turistik manzillarga qilingan sayohatlar barchada birdek manzur bo‘ldi.
➖ Shuningdek, hududda tashkil etilgan qoraqalpoq milliy sanʼati namunalari hamda etnografik badiiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
👉 Ertaga Forumning asosiy tadbirlari Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❤ 14👍 4
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
00:43
Video unavailableShow in Telegram
#Xorijiy_ekspertlar_fikri
#Xalqaro_forum
Steve King,
Cambridge Assessment tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha rahbari:
➖ Mazkur forum Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun bir joyga to‘planishga zamin yaratdi. Bu yerda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston vakillari bilan birga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan ham ishtirokchilar bor.
Ta’kidlash joiz, ushbu tadbir jamoalarning birlashib, ta’lim sohasidagi muammolar, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit bilan bog‘liq masalalar haqida muloqot qilishlari uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi.
O‘z navbatida xalqaro hamkorlik, o‘zaro anglashuv va fikr almashish orqali masalalarni hal qilish va yaxshi natijalarga erishish mumkin, deb hisoblayman.
#Nukus
#Markaziy_Osiyo_pedagoglari
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
STIFF_SD___NEW_.mp426.71 MB
❤ 12👍 1
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#xalqaro_forum
#1_kun
✅ Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 5-6 oktabr kunlari Nukus shahrida “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" shiori ostida Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.
📍 Unda Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) ta’lim vazirliklari, xususan Ozarbayjon va Turkiya davlatlari ta’lim tizimi xodimlari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.
👉 Mehmonlar forum doirasida dastlab Chimboy tumanidagi Amfiteatrda tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. Qoraqalpoq milliy taomlari hamda xalq sanʼati namunalaridan bahramand bo‘lishdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❤ 13👍 2
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
00:50
Video unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️
#Anons
😜Markaziy Osiyo ta'lim tizimi vakillari Nukusda uchrashadi — Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi tashkil etilmoqda!
⏰ Vaqti: 2025-yil 5–6-oktabr, 2025-yil✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan ushbu forumda Markaziy Osiyo davlatlari ta'lim tizimi vakillari, pedagoglar, xorijiy hamkorlar va xalqaro ekspertlar qatnashadi.
➖ Unda innovatsion metodlar va o‘qitish texnologiyalari, raqamli ta’lim imkoniyatlari hamda ekologik tarbiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
FINAL_FORUM_UZ+++.mp495.74 MB
❤ 22👍 2
Mostrar todo...
❤ 18👍 4🔥 3🎉 1
✅✅✅✅
👍Bugun Respublika bo‘yicha 2025-2026-o‘quv yilidagi “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi.
🔺2025-yil 4-oktyabr kuni boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi jami 293 ta tayanch maktablarda 10 ming nafardan ortiq yetakchi o‘qituvchilar, shu jumladan, Toshkent shahridagi 12 ta tayanch maktablarda 326 nafar yetakchi o‘qituvchilar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri o‘tkazildi.
🏦Mazkur treninglar quyidagi:
💬Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va natijalari;
💬Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash xalqaro dasturi hamda PIRLS tadqiqoti natijalari tahlili;
💬O‘zbekistonning PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotida ishtiroki, o‘qish savodxonligi bo‘yicha baholash mezonlari kabi mavzularda olib borildi.
✅Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi ushbu dastlabki trening mashg‘uloti yetakchi o‘qituvchilarning umumta’lim maktablarida KRK va KRS tadbirlarini samarali tashkil qilishda xalqaro tajriba va Prezident maktablari amaliyoti tatbiqi, kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun faollashtiruvchi mashqlar (Energizers/Warm-ups) va tinchlantiruvchi mashqlar (Calm-down activities)dan foydalanish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 21👍 3
✅✅✅✅
👍Ozarbayjondagi malaka oshirish kurslari davom etmoqda
✔️Kursning to‘rtinchi kunida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti masʼullari uchun Arduino platasidan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
🔺Ular C++ dasturlash tilida kod yozib, sxemalarga ulash orqali turli amaliy topshiriqlarni bajardilar.
✔️Bu dars orqali nazariy bilimlar amaliyot bilan uyg‘unlashib, ishtirokchilar muhandislik va dasturlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlamoqdalar.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 15👍 5🔥 1
✅✅✅✅
👍Ozarbayjondagi malaka oshirish kursining uchinchi kuni davom etmoqda
✔️Kursning uchinchi kunida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti prorektori Sherzod Radjabov boshchiligidagi masʼullar Baku Yevropa litseyi STEAM markaziga tashrif buyurdilar.
💬Uchrashuv davomida mehmonlarga markazning faoliyati, o‘quvchilarning loyihalari va qo‘llanilayotgan innovatsion ta’lim metodlari haqida ma’lumot berildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 26👍 13🔥 2
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
00:50
Video unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️
#Anons
😜Markaziy Osiyo ta'lim tizimi vakillari Nukusda uchrashadi — Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi tashkil etilmoqda!
⏰ Vaqti: 2025-yil 5–6-oktabr, 2025-yil✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan ushbu forumda Markaziy Osiyo davlatlari ta'lim tizimi vakillari, pedagoglar, xorijiy hamkorlar va xalqaro ekspertlar qatnashadi.
➖ Unda innovatsion metodlar va o‘qitish texnologiyalari, raqamli ta’lim imkoniyatlari hamda ekologik tarbiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
FINAL_FORUM_UZ+++.mp495.74 MB
❤ 16🔥 4
✅✅✅✅
👍A.Avloniy nomidagi institutda 3-bosqich tayanch doktorantlar dissertatsiya ishlarining kafedra muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
✅Unda 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan ikki nafar izlanuvchilarning dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.
Gulchehra Rahmonovaning “O‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini PISA dasturi talablari asosida rivojlantirish metodikasi” hamda Erdavlet Jumanovning “Psixolog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (maktab amaliyotchi psixologlari misolida)” mavzusidagi PhD ilmiy darajasiga oid tadqiqotlari muhokamadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari kafedra a‘zolari tomonidan ijobiy baholanib, tavsiyalar berildi hamda navbatdagi bosqichga yo‘naltirildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 22👍 12🔥 3
✨✨✨✨
👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti masʼullari Ozarbayjondagi STEAM Taʼlim Markazida malaka oshirmoqda
✔️Mazkur o‘quv kurslari 5 kunlik dastur asosida tashkil etilgan bo‘lib, dastur davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, loyiha asosida o‘qitish (PBL), raqamli vositalar, muhandislik va san’at integratsiyasi, shuningdek, innovatsion fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar o‘rganiladi.
💬Kursning ilk kunida dastur doirasida “Studio Makers”larni tashkil etish, yaʼni ta‘lim muassasalarida meyker-makonlarni yaratishni nazarda tutuvchi metodologiyani joriy etish, amaliy faoliyat, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi hamda muhandislik va konstruktorlik tafakkurini rivojlantirish borasida yangicha bilim, ko‘nikmaga ega bo‘lmoqdalar.
✅Shuningdek, tanqidiy tafakkur va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, STEAM yondashuvini kasbiy ta‘limga tatbiq etish hamda masofaviy ta‘limda zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish kabi yo‘nalishlarni o‘rganmoqdalar.
💬Ushbu hamkorlik institutda STEAM ta‘limini rivojlantirish va sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 21👍 16🔥 1
✅✅✅✅
👍Institutda oktyabr oyida 25 ta guruhda 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi
✅Bu oyda jami 750 nafar o‘qituvchi-pedagoglar 18 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 soatlik malaka oshirish kurslarida yangi bilim ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
💬Shuningdek, alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalar uchun maktab va maktab-internatlar tarbiyachilari va texnologiya fan o‘qituvchilari uchun ham malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 18👍 8🔥 3
✨✨✨✨
👍PhD Ilmiy daraja olgan izlanuvchilarga diplomlari topshirildi
A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning avgust oyidagi yig‘ilishida Nasiba Nasriddinova va Umida Boyzaqovalar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
✅Ilmiy izlanuvchilarga Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining qarori bilan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasi diplomi tasdiqlandi.
🤝Diplomlar institut rektori Abduvali Ismailov tomonidan òz egalariga topshirildi.
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 59👍 25🔥 5🤩 1
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
01:15
Video unavailableShow in Telegram
#Ustozga_ehtirom
#Qahramonlar
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Agrobankdan yangi loyiha — “Qahramonlar”
➖ Loyihaning ilk qahramoni - namanganlik Nigora Qo‘chqorova 22 yildan beri ona tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda.🔰 2016-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning metodik tavsiyalari bugun butun respublikada keng qo‘llanmoqda. 🌐 BATAFSIL Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
IMG_0041.MP426.26 MB
❤ 23👍 5
00:09
Video unavailableShow in Telegram
🌺Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli o‘qituvchilar!
🌟Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda o‘z hayotini dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasbga bag‘ishlab kelayotgan barcha ustozlarni “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
⭐Kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodga ta‘lim va tarbiya berishdek mas‘uliyatli hamda sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, kuch va g‘ayrat tilaymiz!
⭐️Sizning har bir buyuklarimiz ortidagi mashaqqatli mehnatingiz taqsinga sazovardir!
🌸Aziz ustozlar!
Doimo sog‘-omon, hurmat va izzatda bo‘ling, qadrli ustoz va murabbiylar!
🔄Ustozlik maqomi hamisha bugungidek sarbaland, bayram boqiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
A.Avloniy nomidagi institut jamoasi
tabrik1.mp443.79 MB
👍 26❤ 24🔥 5
Repost from TgId: 1297184524
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Siz azizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugun yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimiga, ustoz va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Jamiyatimizda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri tobora ortib, maqomi yanada mustahkamlanmoqda. Bu esa Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasidir.
Prezidentimizning shu yilning sentabr oyida ustozlar bilan qilgan muloqotida ham siz azizlar uchun yangi imtiyozlar va yangiliklar e'lon qilindi. Bu tarixiy yangiliklar va o‘zgarishlarga esa pedagoglarimiz doimo fidoyilik va yuksak mas’uliyat bilan javob berib kelmoqda.
Aziz pedagoglar!
Sizlar — jamiyatimizning tayanchi, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalovchi ulug‘ zotlarsiz. Sizning mehringiz va saboqlaringiz tufayli yoshlarimiz barkamol inson, Vatanimizga sadoqatli farzand bo‘lib ulg‘aymoqda.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy yutuqlar, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari
❤ 34👍 17🔥 11
