JizPI online | rasmiy kanal
Ir al canal en Telegram
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uz • telegram.me/jizpi_online • instagram.com/jizpiuz • facebook.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:
Mostrar más2025 año en números

8 181
Suscriptores
-324 horas
-437 días
-4330 días
Archivo de publicaciones
“Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmonining 1-ilovasi 29.3-bandida mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-dekabr kuni Jizzax politexnika institutiga biriktirilgan Sharof Rashidov tumanidagi “Toqchilik” mahallasida mahalla faollari ishtirokida uyushmagan yoshlar o‘rtasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida giyohvandlikning inson hayoti, salomatligi, oilaviy munosabatlar va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan jiddiy zararli oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga mazkur illatning oldini olish, yoshlar ongida ogohlik va mas’uliyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash borasida olib borilayotgan davlat siyosati, milliy strategiyalar, zamonaviy texnologiyalar yordamida narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham fikr yuritildi. Yoshlar giyohvand moddalarni internet orqali tarqatish xavfi va yoshlarni jalb etish usullari borasidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Sog‘lom fikr – sog‘lom hayot!” tamoyili asosida yashash, giyohvandlikka qarshi kurashda faol bo‘lish, atrofdagilar orasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish tavsiya etildi.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 4👍 2❤ 1
Zakovat intellektual o‘yinining navbatdagi soni o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan 4-sonli talabalar turar joyida navbatdagi Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarining bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etib, savol-javoblar orqali intelektual bilimlarini yanada mustahkamlashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇1-o‘rin – “Zukkolar” jamoasi; 🥈2-o‘rin – “Avitsenna” jamoasi; 🥉3-o‘rin – “Temuriylar” jamoasi. Zakovat o‘yinlari talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, keng fikrlashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davom ettiriladi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 7🔥 2❤ 1
“Milliy tarix va qadriyatlar — bugungi tarbiyaning mustahkam poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakultetida “Milliy tarix va qadriyatlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv davomida talabalar milliy merosimizning tarbiyaviy ahamiyati, qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, tarixiy xotiraning yoshlar dunyoqarashini shakllantirishdagi roli haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Tadbir yoshlarning vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’naviy immunitetini mustahkamlashga xizmat qildi. Davra suhbatida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Xoshim Xidirov, Jizzax viloyati Yoshlar Ittifoqi kengashi vakili Jabborova Shoxista hamda Orziqulovna Gulbahor ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari orqali talabalar bilan fikr almashdilar.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 5❤ 3🔥 2⚡ 1
Qurilish muhandisligi fakultetida “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida tadbir o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakultetida “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar va jamoatchilik o‘rtasida giyohvandlikning zararli oqibatlari, uning inson salomatligiga va jamiyat hayotiga yetkazadigan xavflari haqida keng va asosli tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida giyohvandlikka olib keluvchi omillar, uning ijtimoiy-psixologik ta’siri, yoshlarni bu illatdan asrashning samarali yo‘llari, profilaktik ongni kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan videorolik namoyish etildi. Mazkur ma’rifiy uchrashuv talabalarda hushyorlik, mas’uliyat va sog‘lom hayotga intilish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 4👍 3❤ 2
“Madhiyam – faxrim mening” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutida “Madhiyam – faxrim mening” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yaratilish tarixi, undagi ma’naviy mazmun, Vatan ravnaqi va xalqimiz g‘ururini aks ettiruvchi g‘oyalar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Uchrashuv davomida Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi B. Rashidova hamda fakultet tyutori D. Jovliyeva tomonidan madhiyaning mazmuni, uning har bir satrida mujassam bo‘lgan vatanparvarlik, birlik va yurtga muhabbat tuyg‘ulari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, davlat ramzlaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyati, yoshlar ongida milliy o‘zlikni mustahkamlash masalalari yoritib berildi. Tadbir yakunida talaba-yoshlar tomonidan Davlat madhiyasi barchamizni yagona maqsad – Vatan ravnaqi yo‘lida birlashtiruvchi muqaddas qo‘shiq ekani ta’kidlandi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4❤ 1🔥 1
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Talaba-yoshlar ishtirokida Zafarobod tumanidagi jazoni ijro etish manzil-koloniyasiga tashrif tashkil etildi
Fotogaleriya: 👉 https://t.me/jizpi_online/50431 Batafsil: 👉 https://t.me/jizpi_online/50441@jizpiuz | @jizpi_online
20.70 MB
🔥 5👍 4❤ 1
#sport #Rektor_kubogi
“Rektor kubogi” sport musobaqalari natijalari ma’lum bo‘ldi
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Jizzax politexnika instituti Jismoniy tarbiya kafedrasi hamda “JizPI” sport klubi hamkorligida professor-o‘qituvchilar va institut xodimlari o‘rtasida “Sportga vaqt ajratgan – sog‘ligini saqlagan” shiori ostida an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida shaxmat va shashka yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, quyidagi natijalar qayd etildi. Shaxmat (erkaklar): 🥇I o‘rin – Shertoyloqov G‘ayrat, Energetika muhandisligi fakulteti; 🥈II o‘rin – Abduraximov Abdulaziz, Rektorat jamoasi; 🥉III o‘rin – Abbazov Ilhom, Sanoat texnologiyalari fakulteti. Shashka (erkaklar): 🥇I o‘rin – Matniyazov Bakdurdi, Qurilish muhandisligi fakulteti; 🥈II o‘rin – Umirzoqov Azamat, Rektorat jamoasi; 🥉III o‘rin – Sharopov Bobir, Sanoat texnologiyalari fakulteti. Musobaqalarda faol ishtirok etgan barcha jamoalarga minnatdorchilik bildiriladi.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 4❤ 2👍 2
Repost from TgId: 1153504957
03:24
Video unavailableShow in Telegram
📣 EЪLON!
Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jizzax viloyat hokimligi bilan xamkorlikda axoli oʻrtasida kibergigiyenani shakllantirish hamda kiberixujumlarga boʻlgan koʻnikmalarni oshirish maqsadida TANLOV eʼlon qiladi.
—————————————-
📣 ЭЪЛОН!
Жиззах вилоят Ички ишлар бошқармаси Жиззах вилоят ҳокимлиги билан хамкорликда ахоли ўртасида кибергигиенани шакллантириш ҳамда киберихужумларга бўлган кўникмаларни ошириш мақсадида ТАНЛОВ эълон қилади.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
KIBER tanlov 2025 tg.mp433.48 MB
🔥 3
“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida hokimiyat binosiga tashrif o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari Jizzax viloyati hokimiyati binosiga tashrif buyurib, mahalliy boshqaruv tizimining ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida talabalarga hokimiyatning kundalik faoliyati, qabul jarayonlari, aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida amaliy ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda mutaxassislar yoshlarning savollariga batafsil javob berib, mahalliy boshqaruv organlarining jamiyat hayotidagi roli, jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish mexanizmlari hamda fuqarolik faolligining ahamiyatini tushuntirib o‘tishdi. Talabalar hokimiyat tizimidagi ochiqlik, shaffoflik va xizmat ko‘rsatish tamoyillarini joyiga borib o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur tashrif yoshlar uchun muhim tajriba bo‘lib, ularda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, mahalliy boshqaruv faoliyatiga nisbatan chuqurroq tasavvur hosil qilish va jamiyat hayotidagi jarayonlarni ongli ravishda baholashga xizmat qildi.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 4❤ 1
“Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida xabardor qilish maqsadida navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlik va psixotrop moddalarining salbiy ta’siri, ularning yoshlar hayoti, kelajagi hamda jamiyat xavfsizligiga yetkazadigan zararli oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish, ularni zararli illatlardan himoya qilish va sog‘lom jamiyat qurishga hissa qo‘shishdir.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli talabalar va bitiruvchilar! Obuda Universiteti (Budapesht, Vengriya) bilan magistratura dasturi uchun tanlov boshlandi
Jizzax politexnika instituti va Obuda Universiteti (Budapesht, Vengriya) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida 2026–2027 o‘quv yili uchun quyidagi magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qilinadi. 🎓 Taklif etilayotgan magistratura yo‘nalishlari: 🔹Geoinformatika — (min. 15 o‘quvchi); 🔹Mashinasozlik muhandisligi — (min. 10 o‘quvchi); 🔹Mexatronika muhandisligi — (min. 1 o‘quvchi); 🔹Biznes rivojlanish va marketing — (min. 6 o‘quvchi); 🔹Elektr muhandisligi — (min. 6 o‘quvchi) 🔹Kompyuter fanlari muhandisligi — (min. 1 o‘quvchi); 🔹Biznes informatika — (min. 1 o‘quvchi); 🔹Ma’lumotlar fanlari (Data Science) — (min. 1 o‘quvchi); 🔹Kiberxavfsizlik muhandisligi — (min. 1 o‘quvchi); 🔹Amaliy matematika — (min. 1 o‘quvchi). ✅ Talablar: 🔘 O‘qishni xohlovchilar o‘z oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi lozim. 🔘 Murojaat muddati: ertaga. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot: 97 315 25 07 Registrator ofisi: xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘yicha menejer.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 4👍 2❤ 1
#sport #Rektor_kubogi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida kurash bo‘yicha bellashuvlar qizg‘in tarzda davom etmoqda.
@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 4🔥 2⚡ 1👏 1
“Madhiyam – faxrim mening” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutida “Madhiyam – faxrim mening” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova ochib berib, Davlat madhiyasining mustaqillik, milliy birlik va vatanparvarlik timsoli sifatidagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Tadbirda Jizzax viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriy kengash raisi, zaxiradagi podpolkovnik R. Jakbarov ham ishtirok etib, yoshlarni Vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati va fidoyilik ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidladi. U Davlat madhiyasiga hurmat har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini alohida qayd etdi. Tadbirning badiiy qismida iqtidorli talabalar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar, she’rlar va sahna chiqishlari namoyish etilib, ishtirokchilarda yuksak faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 3🔥 3
Jizzax akkumulyator zavodida institut kafedrasining filiali ochildi (2-qism)
“Jizzax akkumulyator zavodi” AJ bazasida tashkil etilgan Jizzax politexnika instituti “Kimyo muhandisligi” kafedrasi filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi filialda “Kimyo muhandisligi”, “Metallurgiya muhandisligi”, “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishlari hamda “Kelajak akkumulyator ishlab chiqarish muhandisligi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Ushbu filial zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, filial talaba-yoshlar uchun real ishlab chiqarish muhitida bilim va ko‘nikma olish uchun mustahkam platforma bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur hamkorlik yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda muhim qadam ekanini ta’kidlashdi. Institut amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, talabalar uchun amaliy bilim va tajriba imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 8❤ 3🔥 2🎉 1
Jizzax akkumulyator zavodida institut kafedrasining filiali ochildi (1-qism)
@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 4🔥 4👍 3🎉 1
Jizzax akkumulyator zavodida institut kafedrasining filiali ochildi (2-qism)
“Jizzax akkumulyator zavodi” AJ bazasida tashkil etilgan Jizzax politexnika instituti “Kimyo muhandisligi” kafedrasi filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi filialda “Kimyo muhandisligi”, “Metallurgiya muhandisligi”, “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishlari hamda “Kelajak akkumulyator ishlab chiqarish muhandisligi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Ushbu filial zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, filial talaba-yoshlar uchun real ishlab chiqarish muhitida bilim va ko‘nikma olish uchun mustahkam platforma bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur hamkorlik yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda muhim qadam ekanini ta’kidlashdi. Institut amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, talabalar uchun amaliy bilim va tajriba imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 11-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
Bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar yo‘q.
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
🎉 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Grant
📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda
⏳Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2026-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti).
➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 200 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.
🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109534
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 3🔥 3
#sport #Talabalar_ligasi
🏓 Jizzax politexnika institutida badminton musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 5❤ 2🔥 2🎉 1
“Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida profilaktik tadbir o'tkazildi
Jizzax politexnika instituti Energetika muhandisligi fakultetida “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova ochib berdi. Unda narkolog shifokor S. Safarova, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati, jamiyat va oila hayotiga yetkazadigan jiddiy salbiy oqibatlari, shuningdek, psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash masalalari keng yoritildi. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yot g‘oyalarga qarshi immunitetni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berildi hamda giyohvandlikka qarshi kurashishda barchaning mas’uliyati muhim ekani alohida qayd etildi.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 4
