NamDU Registrator Ofis
Ir al canal en Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
Mostrar más2025 año en números

11 823
Suscriptores
-5224 horas
-2457 días
-92030 días
Archivo de publicaciones
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 2
⚡️2026-yilgi fizika, tarix va biologiyadan milliy sertifikat sinovlariga ro‘yxatdan o‘tish bugun yakunlanadi
2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi.
2026-yilda biologiya, fizika va tarix fanlaridan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish joriy yil 26-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. To‘lovlar esa 27-dekabrga qadar davom etadi.
Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
2026 yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda 2026 yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili", deb e’lon qilindi.
❤ 4👍 4🔥 1
Repost from TgId: 2329295246
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi
Bugun 26-dekabr haftaning Juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇧🇬Bolgariya – Otalar kuni.
🇳🇦Namibiya – Oila kuni.
🇸🇧Solomon orollari – Minnatdorchilik kuni.
#muhim_voqealar
🔹1530 – Zahiriddin Muhammad Bobur vafot etdi.
🔹1792 – Ingliz kashfiyotchisi Charlz Babbage hisoblash mashinasini ixtiro qildi.
🔹1989 – Olot tumani tashkil etilgan.
🔹1991 – O‘zbekiston va Avstraliya davlatlari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
🔹2013 – O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tasdiqlandi.
#tavalludlar
🔹1716 – Tomas Grey – ingliz shoiri.
🔹1893 – Mao Szedun – Xitoy sotsialistik inqilobi dohiysi.
🔹1928 – Abdulahad Muhammadjonov – sharqshunos va arxeolog olim, O‘zFA akademigi, tarix fanlari doktori, professor.
🔹1963 – Baxtiyor To‘rayev – teatr rassomi, O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi.
🔹1986 – Ugo Loris – fransuz futbolchisi, darvozabon, jahon chempioni.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 3👍 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
#yil_talabasi2025
🗣“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi davom etmoqda
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining navbatdagi nominatsiyalari bo‘yicha yakuniy bosqich davom etdi.
💬“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: Muradulloeva Sevinch Samarqand davlat chet tillari universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Usmonov Jamshidbek Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi;
🥉3-o‘rin: Arolova Zarina Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi;
💬“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: Murodxonov Muhammadnur Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Israilov Baxodir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Qurbonov Abdulaziz Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabasi;
💬“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: G‘oyibnazarov Sardorxon Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Bekmurodova Laylo Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi;
🥉3-o‘rin: Babaeva Sabinabonu Toshkent davlat transport universiteti talabasi;
💬“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: Eshimova Shaxzoda Qarshi davlat universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Yunusova Samia O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Botirova Farangiz Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi;
💬“Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: Madaminov Abdulloh Farg‘ona davlat universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Tursunpulatova Malika Namangan davlat universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Usmonova Dilshoda Andijon davlat pedagogika universiteti talabasi;
➡️Qolgan nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari ertaga baholanishi rejalashtirilgan.
☑️G‘oliblar tantanali taqdirlash marosimida maxsus statuetka, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 15, 10 va 8 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🌟 “Yilning eng faol talabasi – 2025” tanlovi – bu bilim, tashabbus, ijtimoiy mas’uliyat va vatanparvarlikni o‘zida mujassam etgan yoshlarni e’tirof etish maydonidir.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
👍 10❤ 5
Repost from Edu.uz
08:28
Video unavailableShow in Telegram
#brifing
2025-yil davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalarga bag‘ishlangan brifing
👉 Matn shaklida o‘qish.
🎞 YouTube'da ko‘rish
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1.Brifing Ful hd.mp434.59 MB
❤ 3👍 3
Repost from TgId: 1491446374
Хемис тизими админлари диққатига!!!
✅ Хемис тизимига киритилган талабалар рўйхатини инвентаризациядан ўтказиш режалаштирилган.
❗️Шунинг учун тизимнинг эндиги чиқариладиган янги версиясида (1.4.5) "Бошқа" статусда турган талабаларни тизимдан олиб ташлаш учун Ўчириш функцияси очилади.
🙏 Хемис админларидан, тизимга киритилган аммо гуруҳга бириктирилмаган ва ҳозирги кунда талаба ҳисобланмаган шахслар рўйхатини аниқлаштириш ҳамда тизимдан ўчиришларини сўраймиз.
#ХЕМИС #Талаба
Хемис жамоаси
❤ 2👍 2
❗️Ilmiy himoyada muhim besh oʻzgarish
Ilm yoʻlidagi qogʻozbozlik va sunʼiy toʻsiqlardan charchaganlar uchun jiddiy yangilik bor.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri ilmiy darajalar (PhD va DSc) himoyasi jarayonini soddalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni ma’lum qildi. Ayni paytda bu oʻzgarishlar muhokama jarayonida.
Agar ular tasdiqlansa, ilmiy tizimda chinakamiga siljish yuz beradi. Xoʻsh, nimalar oʻzgarishi mumkin?
1️⃣ Avtoreferat tarixga aylanadimi?
Taklif: Avtoreferat yozish va chop qilishni bekor qilish.
Izoh: Yuzlab nusxada kitobcha chiqarish va tarqatish majburiyati yoʻqolishi mumkin.
2️⃣ “Yetakchi tashkilot” toʻsigʻi olib tashlanadi
Taklif: Yetakchi tashkilotdan oʻtishni bekor qilish.
Izoh: Koʻpincha shunchaki rasmiyatchilik va vaqt choʻzishdan iborat boʻlgan, tadqiqotchining asabini yeydigan yana bir bosqich qisqaradi.
3️⃣ Kengash tuzish erkinligi
Taklif: Bir martalik ilmiy kengash tuzish vakolatini universitet va institutlarning oʻziga berish.
Izoh: Bu akademik mustaqillik sari katta qadam. OAKning ruxsatini kutib oylab vaqt yoʻqotishlarga chek qoʻyiladi.
4️⃣ Byulletenda eʼlon qilish shart emas
Taklif: OAK byulletenida mavzu eʼlon qilishni bekor qilish.
Izoh: Mavzu tasdiqlangach, uning “Byulleten” jurnalida chiqishini kutish – yana bir byurokratik toʻsiq edi.
5️⃣ OAK roʻyxati bekor qilinadi
Taklif: OAKning nashrlar roʻyxatini bekor qilish.
Izoh: Bu eng katta oʻzgarishlardan biri boʻlishi mumkin. Endi maqola qayerda chiqishi kerakligini “OAK roʻyxati” emas, ilmiy kengashning oʻzi belgilaydi.
@namdu309
👍 15❤ 4
03:01
Video unavailableShow in Telegram
PhD va DSc himoya jarayonlariga oid muhim o'zgarishlar
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
IMG_2217.MP415.81 MB
❤ 10👍 2
KUN TARIXI
Bugun 25-dekabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Sovg‘alar ulashish kuni.
🇲🇿Mozambik – Oila kuni.
🇮🇳Hindiston – Yaxshi boshqaruv kuni.
#muhim_voqealar
🔹1759 – Sank-Peterburgda Yozef Braun qattiq simobni olishga muvaffaq bo‘ldi.
🔹1968 – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani va Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani tashkil etildi.
🔹1993 – Rossiyaning amaldagi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
#tavalludlar
🔹1909 – Komil Yashin – atoqli adib va dramaturg, jamoat arbobi.
🔹1916 – Ibrohim Hamroyev – kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1923 – Zohidjon Obidov – o‘zbek shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
🔹1954 – Enni Lennoks – shotlandiyalik qo‘shiqchi, “Eurythmics” dueti aʼzosi, “Oskar”, “Oltin globus” va to‘rtta “Gremmy” sovrindori.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 1
❗️RASMAN: Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo'ladi
Prezident farmoniga ko'ra, quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
➖ 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;
➖ 2026-yilda:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma;
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba.
Demak, quyidagi kunlarda rasman dam olish bo'ladi:
✅ 31-dekabr (chorshanba);
✅ 1-yanvar (payshanba);
✅ 2-yanvar (juma);
✅ 3-yanvar (shanba);
✅ 4-yanvar (yakshanba).
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 8🎉 2❤ 1
Repost from Edu.uz
01:11
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!📺 Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar. Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”. 🇺🇿Shuningdek, onlayn translyasiya Prezidentning rasmiy sahifalarida: 🌍 Veb-sayt: www.president.uz 📱 Facebook: fb.com/Mirziyoyev 📱 Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh 📺 YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
MUROJAATNOMA__2025__UZB__NEW_tg.mp42.83 MB
❤ 3👍 2
❓Grantda o‘qiydigan talaba kredit (qarzdorlik) fanlarga tushib qolsa, keyingi oylar stipendiya berilmaydimi?✅ JAVOB: Amaldagi Nizomga ko‘ra, agar talabaning fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi yoki undan ortig‘i “qoniqarli” baho (71 balldan kam, ya’ni 3 baho va undan past) bo‘lsa, keyingi o‘quv semestri davomida stipendiya tayinlanmaydi. Misol uchun, agar bir semestrda 7 ta fan o‘qigan bo‘lsangiz va shundan 3 ta yoki undan ko‘p fandan 3 baho olsangiz, sizga keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi. ❗️Biroq quyidagi talabalarga fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼi nazar belgilangan tartibdagi stipendiya saqlab qolinadi: 🔹 to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar; 🔹 ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar; 🔹 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 6👍 1
Repost from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️ Таълим ташкилотларида ижтимоий жиҳатдан хавфли аҳволда бўлган болалар учун қўшимча квота ажратилади✅ Фармонга кўра, ижтимоий жиҳатдан хавфли аҳволда бўлган болалар айрим белгиланган таълим ташкилотларига Болалар масалалари бўйича туман (шаҳар) комиссияси қарорига кўра, Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигининг йўлланмасига мувофиқ жойлаштирилиши мумкин. ⛔️ Бунда йўлланма асосида юбориладиган ижтимоий жиҳатдан хавфли аҳволда бўлган болалар таълим ташкилотларига бепул асосда, синовлар ва қўшимча имтиҳонларсиз қабул қилинади. ⏳ Шунингдек, ҳар ўқув йили якунида вазирлик ва идоралар томонидан тасарруфидаги таълим ташкилотларининг қабул квотасини тасдиқлашда ижтимоий жиҳатдан хавфли аҳволда бўлган болалар учун 5 фоизгача қўшимча квота ажратилади. 🏛 Болалар масалалари бўйича миллий комиссия зиммасига қуйидаги қўшимча функциялар юкланади: 🔸 болаларни зўравонликнинг барча шаклларидан ҳимоя қилиш фаолиятини амалга оширувчи давлат органлари ва ташкилотлари, шунингдек, Болалар масалалари бўйича ҳудудий комиссиялар томонидан кўрилаётган чораларнинг натижадорлигини ўрганиш; 🔸 қўшимча квота асосида таълим ташкилотларига қабул қилинган ижтимоий жиҳатдан хавфли аҳволда бўлган болаларнинг хулқ-атвори ва ўзлаштиришини таҳлил қилиш. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
❤ 2👍 1
Repost from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️ Олий таълим ташкилотларини комплекс давлат аккредитациясидан ўтказишда баҳолаш мезонлари тасдиқландиАдлия вазирлиги Олий таълим ташкилотларини комплекс давлат аккредитациясидан ўтказишда баҳолаш мезонлари бўйича индикаторларни давлат рўйхатидан ўтказди (рўйхат рақами: 3732-сон, 23.12.2025 й.). 🔰 “Таълим тўғрисида”ги Қонуннинг 58-моддасига кўра, олий таълимни амалга оширувчи давлат ва нодавлат таълим ташкилотлари давлат таълим стандартлари, давлат таълим талаблари ва таълим дастурларига мувофиқлик жиҳатдан комплекс давлат аккредитациясидан ўтказилади. 📝 Мазкур идоравий ҳужжат билан 8 та йўналиш доирасидаги 47 та мезон бўйича олий таълим ташкилотларини комплекс давлат аккредитациясидан ўтказишда фойдаланиладиган 271 та индикатор белгиланмоқда. ✔️ Унга кўра, 19 та (7 %) мажбурий индикаторлар (индексацияланган маълумотлар базаларидан фойдаланиш имкониятининг мавжудлиги, антиплагиат тизими жорий этилганлиги ва б.) ҳамда 252 та (93 %) умумий индикаторлар (натижаларга эришган тюторларнинг рағбатлантириб борилганлиги, талабаларнинг стартап лойиҳалари ва рационализаторлик ғоялари учун танловларнинг ташкил этилганлиги ва б.) мавжуд бўлиб, “мувофиқ” ёки “мувофиқ эмас” тарзида баҳоланади. 🗒 Бунда: ▪️ 50 % гача индикаторлар «мувофиқ» деб баҳоланса – мезон “мувофиқ эмас”; ▪️ 50 % дан 70 % гача индикаторлар «мувофиқ» деб баҳоланса – мезон “қисман мувофиқ”; ▪️ 70 % ва ундан ортиқ индикаторлар «мувофиқ» деб баҳоланса – мезон “мувофиқ” деб топилади. ✅ Мажбурий индикатор “мувофиқ эмас” деб баҳоланса, умумий натижадан қатъи назар, мезон “мувофиқ эмас” деб топилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
❤ 1👍 1
01:22
Video unavailableShow in Telegram
📌 GPA qanday hisoblanadi?
GPA (Grade Point Average) – bu o‘rtacha baho ko‘rsatkichi bo‘lib, u talabalar bilim darajasini baholash uchun ishlatiladi. O‘zbekiston universitetlarida GPA odatda 4 yoki 5 ballik tizim asosida hisoblanadi.
✅ GPA hisoblash formulasi: GPA = (Baholar × Kredit soati) / Jami kredit soati 💎Misol: Agar talaba 3 ta fan o‘qigan bo‘lsa: • Matematika – Baho: 4.0, Kredit: 3 • Fizika – Baho: 3.0, Kredit: 2 • Ingliz tili – Baho: 3.5, Kredit: 3 ➡️GPA = (4.0×3 + 3.0×2 + 3.5×3) ÷ (3+2+3) = 3.56 ⚠️ Muhim: ➡️ Davlat universitetlarida 100 ballik yoki 5 ballik tizim ishlatilishi mumkin, va bu 4 ballik GPA tizimiga aylantiriladi. ➡️ Xususiy universitetlarda esa xalqaro GPA tizimi ishlatilishi mumkin.@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
hlEde567dW7qaQ7.20 MB
👍 3❤ 1
