NamDU Registrator Ofis
Ir al canal en Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
Mostrar más2025 año en números

11 823
Suscriptores
-5224 horas
-2457 días
-92030 días
Archivo de publicaciones
#Uchrashuv #Kelajakka_qadam
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida muloqotlar davom etmoqda
Namangan davlat universiteti hamda Oʻzbekiston Milliy Banki Namangan viloyat boshqarmasi bilan hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Tadbirda Registrator ofisi boshlig'i N.Dexkanov, Milliy Bank Namangan viloyati boshqarmasi «Kelajakka qadam» markazi menejeri Rahimov Muhammadnosir ishtirok etdilar.
Muloqot davomida yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Mutaxassislar ishtirokchilarga o‘z tajribalarini ulashib, amaliy maslahatlar berdilar.
Shuningdek, uchrashuvda bitiruvchi talabalarni kelgusida ish bilan taʼminlash masalalari ham alohida muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga zamonaviy rezyume tuzish, samarali suhbatdan o‘tish, amaliyot jarayonlaridan unumli foydalanish va mehnat bozoriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 5👍 3🔥 2👏 1
02:35
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | Prezidentimizning Yaponiya+Markaziy Osiyo sammitida ilgari surgan tashabbuslariga Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nodirbek Kodirov munosabati
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
munosabat.mp442.85 MB
❤ 2👍 2
❗️Talabalar bilishi kerak bo‘lgan muhim normativ-huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi aniq qonun va qarorlar asosida faoliyat yuritadi. Ushbu hujjatlarni bilish talabalarga o‘z huquq va majburiyatlarini tushunishda juda muhim. Quyida eng asosiy normativ-huquqiy hujjatlar sodda va tushunarli tarzda keltirilgan:
1️⃣ O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
Bu — mamlakatimizning asosiy qonuni. Unda:
➖ ta’lim olish huquqi;
➖ inson huquq va erkinliklari;
➖ tenglik va adolat tamoyillari belgilab berilgan.
Har bir fuqaro, jumladan talaba ham, Konstitutsiyada belgilangan huquqlarga ega.
2️⃣ "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun (23.09.2020)
Mazkur qonun ta’lim tizimining asosiy hujjati hisoblanadi. Unda:
➖ oliy ta’limga qabul qilish tartibi;
➖ ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, masofaviy);
➖ akademik mobillik;
➖ ta’lim sifati va teng imkoniyatlar belgilangan.
Talabaning ta’lim jarayonidagi huquq va majburiyatlari aynan shu qonunda mustahkamlangan.
3️⃣ Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025)
Ushbu qaror orqali:
➖ oliy ta’limga qabul qilish;
➖ o‘qishni ko‘chirish;
➖ akademik mobillik;
➖ qayta tiklash;
➖ o‘qishdan chetlashtirish tartiblari belgilangan.
Talaba boshqa OTMga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa yoki o‘qishni tiklamoqchi bo‘lsa, aynan shu hujjatga tayaniladi.
4️⃣ Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020-yildagi qarori
Bu qaror:
➖ oliy ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish;
➖ ta’lim jarayonini zamonaviylashtirishga qaratilgan.
Fanlarni kredit asosida o‘qish, qayta o‘zlashtirish va akademik yuklama shu tizim orqali tartibga solinadi.
5️⃣ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 3069-son buyrug‘i (26.09.2018)
Mazkur buyruq:
➖ talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Reyting, oraliq va yakuniy nazoratlar aynan shu hujjat asosida o‘tkaziladi.
6️⃣ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2431-son buyrug‘i (26.02.2013)
Bu buyruqda:
➖ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish;
➖ kontrakt mablag‘larini taqsimlash tartibi belgilangan.
Kontrakt summasi, imtiyozlar va to‘lov tartibi shu hujjat bilan bog‘liq.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 3👍 2
Repost from TgId: 2329295246
Photo unavailableShow in Telegram
#Kelajakka_qadam #Tadbirkorlik
«Kelajakka qadam» — tadbirkorlikka qadam qo‘yish uchun imkoniyat!
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bir nechta moliyaviy mahsulotlar taklif etiladi:
⭐️ “Kelajakka birinchi qadam” (Ijtimoiy soliq to‘lab, o‘zini-o‘zi band qilgan bitiruvchilar uchun): ➡️ Kredit summasi - 10 mln. so‘mgacha ➡️ Foiz stavkasi - 21% ➡️ Kredit muddati - 18 oygacha ➡️ Imtiyozli davr - 3 oygacha
⭐️ “Kelajak uchun start” (Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun): ➡️ Kredit summasi - 300 mln. so‘mgacha ➡️ Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4% ➡️ Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha) ➡️ Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha)
⭐️ “Yorqin kelajak sari” (Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun): ➡️ Kredit summasi - 1 mlrd. so‘mgacha ➡️ Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4% ➡️ Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha) ➡️ Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha)📎 Batafsil “Kelajakka qadam” dasturi bilan tanishish Biznes g‘oyasi borlar va kredit olish istagidagilar “Kelajakka qadam” markaziga yoki oliy ta’lim tashkiloti mas’ul xodimiga murojaat qilishlari mumkin. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 1👍 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
❗️Endilikda Hemis platformasiga qo‘yilgan baholarni dekanat yoki o‘qituvchilar o‘zgartirolmaydi! — oliy ta’lim vaziri
Agar talaba qo‘yilgan bahosidan norozi bo‘lsa, apellyatsiya beradi, uni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tahlil qilib, haqiqatdan ijobiy bo‘lsa, o‘zgartirish huquqi bor.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
IMG_5779.MP418.35 MB
👍 11❤ 1
KUN TARIXI
Bugun 24-dekabr, haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇿O‘zbekiston – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi kuni.
🇮🇳Hindiston – Milliy iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
🇺🇦Ukraina – Arxivchilar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1900 – “Искра” gazetasining birinchi soni chiqdi.
🔹1968 – Yer koinotdan suratga olindi.
🔹1993 – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
🔹2018 – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi.
#tavalludlar
🔹1856 – Tomson – ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi.
🔹 1867 – Tavfiq Fikrat – turk shoiri, ma’rifatparvar, jurnalist.
🔹1918 – Turob To‘la – shoir, dramaturg va kinodramaturg, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
🔹1922 – Po‘lat Mo‘min – O‘zbekiston xalq shoiri.
🔹1984 – Burak O‘zchivit – turkiyalik aktyor.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 1🔥 1
❓Oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan talabalar harbiy xizmatga borib kelishi mumkinmi?
✅ JAVOB: Oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi. Ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgust oylarida jalb etiladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 4❤ 2🔥 1
Repost from TgId: 1445427429
Photo unavailableShow in Telegram
Turk, nemis, ingliz va arab tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari
🇹🇷 Turk, 🇩🇪 nemis va 🇸🇦 arab tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmalarini, 🇺🇸 ingliz tilidan esa faqat gapirish ko‘nikmasini baholash yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslariga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🗓 Kurs muddati: 1 oy
⏰ Kurs uchun ajratilgan vaqt: 36 soat
📅 Boshlanish sanasi: 7-yanvar
💻 O‘tkazilish shakli: Zoom platformasi orqali jonli, masofaviy
🇺🇿 Kurs davomida tinglovchilarga: turk, nemis va arab tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmalarini, ingliz tilidan faqat gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi.
❗️ Eslatma: Mazkur kursda ishtirok etish tinglovchilarga bilim va malakalarini oshirish imkonini beradi. Biroq, ushbu kursni tamomlagan barcha tinglovchilarning tashqi ekspert sifatida jalb etilishi kafolatlanmaydi. Ekspertlarni jalb etish belgilangan talablar va ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshiriladi.
📌Quyidagi talablarga javob bergan mutaxassislar tashqi ekspert sifatida jalb etilish mumkin:
🔸 Turk, nemis, ingliz yoki arab tillaridan C1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lish;
🔸 Mazkur tillar filologiyasi yoki unga mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega pedagog bo‘lish;
🔸 Mazkur kursni muvaffaqiyatli tamomlash.
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 6-yanvarga qadar
📝 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
‼️ Diqqat: Kursda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, u tashqi ekspert sifatida jalb etilishning majburiy sharti hisoblanmaydi.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
👍 3❤ 2
Repost from Yoshlar.edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🗣Oliy ta’lim muassasalari talabalari diqqatiga!
🎤Siz o‘zingizni qiynayotgan shaxsiy muammolar, ta’lim jarayonida yuzaga kelayotgan taklif va tashabbuslar, aniqlangan kamchiliklar hamda boshqa tegishli masalalar yuzasidan murojaatlaringizni HEMIS platformasi orqali o‘z tyutoringizga bevosita yo‘llashingiz mumkin.
✅Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tezkor zaruriy choralar ko‘riladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 3👍 1
#Eslatma
⚡️ Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 1
“Professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining bo‘sh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror
Ushbu o‘zgarishlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori asosida tasdiqlanib, Adliya vazirligi tomonidan 1461-4-son (18.12.2025-y.) bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nima o‘zgardi?
Faqatgina “Professional ta’lim muassasasi (lari)” so‘zi “Kasbiy ta’lim tashkiloti (lari)” so‘ziga almashtirildi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Professional_ta’lim_muassasalari_pedagog_kadrlari_va_muhandis_pedagog.pdf8.99 KB
❤ 5👍 1
KUN TARIXI
Bugun 23-dekabr, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Butunjahon snoubord kuni
🇸🇩Sudan – Bolalar kuni.
🇮🇳Hindiston – Fermerlar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1672 – Italyan astronomi Jovanni Kassini Saturnning navbatdagi yo‘ldoshi – Reyani kashf qildi.
🔹1900 – Rejinald Fessenden dunyodagi birinchi ovozli eshittirishni amalga oshirdi.
🔹1991 – Shveytsariya Konfederatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
🔹1993 – Xalqaro Bobur jamg‘armasi tashkil etildi.
🔹1994 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
#tavalludlar
🔹1790 – Jan-Fransua Shampolyon – fransuz tarixchi sharqshunosi va lingvisti, misrshunoslik asoschisi.
🔹1920 – Asqad Muxtor – Atoqli shoir va yozuvchi.
🔹1976 – Sevarа Nazarxon – xonanda, “Nihol” mukofoti sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
🔹1978 – Samandar Hamroqulov – o‘zbek pop qo‘shiqchisi, aktyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1989 – Yulduz Rajabova – o‘zbek hamda turk film va teatr aktrisasi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 5👍 3
⚡️⚡️⚡️⭕️⭕️⭕️
Qabul kvotalaridan ortib qolgan oʻrinlar 201 ta tashkilotga qayta taqsimlandi.
Batafsil ma'lumot olishingiz uchun hujjat topshirgan tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin.
✅@scientific_servicess
Qayta taqsimot 2026.pdf1.78 MB
👍 4❤ 2
