NamDU Registrator Ofis
Ir al canal en Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
Mostrar más2025 año en números

11 782
Suscriptores
-2824 horas
-2207 días
-92430 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi?
Mahalliy hokimliklar talaba-qizlarning kontraktini to‘lab beradi
Prezidentning 05.03.2021 yildagi PQ-5020-sonli qaroriga muvofiq:
Har yili hokimliklar tomonidan o‘qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt summasini to‘lab beriadi.
Qaysi toifadagi talaba-qizlar?
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;
➖ yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
➖ boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
❗️Shu toifaga kirsa ham, lekin:
➖ ikkinchi mutaxassislikda;
➖ O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 3❤ 1
#Dars_jadvali_sirtqi
Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti 60420100-Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun 1-yarim yillik dars jadvali
O‘quv jarayoni 17-noyabr kuni boshlanadi.
O‘quv jarayoni Namangan shahri, Boborahim Mashrab ko‘chasi, 5-uy manzilida joylashgan universitet binosida olib boriladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Dars jadvali sirtqi yangi.xls0.76 KB
👍 3❤ 1
📌 Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
— 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirilgan muddatlargacha);
Xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Namangan davlat universiteti Registrator ofisidan yangi loyiha:
Hurmatli talaba!
“Oliy ta’lim svetofori” qoidalariga amal qiling!
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 18🔥 2
⚡️Darsga kelmagan “akademik qarzdor talaba”ning kursdan qoldirilish tartibi
(kredit-modul tizimi boʻyicha)
✅ 1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan;
✅ 1 kredit 30 soatga teng;
✅ 1 ta fanning 6 krediti 180 soat;
✅ 180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.
Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni, 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 3👍 2
KUN TARIXI
Bugun 17-noyabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Butunjahon faylasuflar kuni.
🌏Xalqaro talabalar kuni.
🌏Chekishdan voz kechish kuni.
🌏Butunjahon surunkali obstruktiv o‘pka kasalligiga qarshi kurash kuni.
🌏Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1757 – Sankt-Peterburgda Badiiy akademiya (bugungi Rossiya Badiiy akademiyasi) tashkil etildi.
🔹1804 – Qozon va Xarkovda universitetlar tashkil etildi.
🔹2000 – Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yillik yubileyi tantanali nishonlandi. Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi.
🔹2019 – Xitoyda Covid-19 bilan kasallangan birinchi odam aniqlandi.
#tavalludlar
🔹1906 – Soichiro Xonda – yaponiyalik dizayner va ixtirochi, ishbilarmon, Honda asoschisi.
🔹1947 – Otaxon Ollaberganov – teatr rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
🔹1966 – Sofi Marso – fransuz kino aktrisasi va rejissyori.
🔹1968 – Robin Li – xitoylik tadbirkor, Baidu internet qidiruv tizimi asoschisi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
🔥 4❤ 3👍 2
01:38
Video unavailableShow in Telegram
Namangan ko‘rinishi — animatsion talqinda.
Sun’iy intellekt imkoniyatlarini did bilan uyg‘unlashtirgan namanganlik tajribali tasvirchi va montajchi Nozimjon Hodjiyev “Gullar shahri – Namangan”ni noodatiy animatsion ko‘rinishda taqdim etdi.
Ushbu chellenj tomoshabinga quvonch, ijodkorlarga esa yangi ilhom beradi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
IMG_7512.MP48.62 MB
👍 15🔥 4❤ 1🥰 1👏 1🎉 1😇 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎓17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin!
🏛 Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi sizlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, o‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar, so‘nmas kuch-g‘ayrat, ilhom, yorqin xotiralar, omad va zafarlar tilab qoladi!
🗣Talabalik – oltin davringiz ma’no va mazmunga to‘la bo'lsin!🇺🇿O‘zbekistonga kerakli kadr bo‘lib yetishish uchun o‘qishdan tolmang! Hammasi o‘z qo‘lingizda! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 23❤ 10🔥 4🎉 1💯 1
02:23
Video unavailableShow in Telegram
Mahmud Toir — “Qardoshlar”
#yakdilmintaqa
IMG_1384.MP451.48 MB
👍 5❤ 4
05:24
Video unavailableShow in Telegram
📹To‘lagan kontraktingizdan 12 foizini qaytarib olishingiz mumkin!
To‘langan kontraktdan 12 foiz daromad solig‘ini kimlar va qanday qilib qaytarib olish bo‘yicha ushbu videolavhada batafsil tushuntirilgan.
Super-kontrakt to'laganlar ham huddi shunday 12% soliq yig'imini qaytarib olish huquqiga egalar!
@namdu309
Kontraktdan 12 foizini qaytarib olish.mp415.72 MB
👍 6❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
#GPA #Kreditmodul
❓❓❓GPA nima? U qanday hisoblanadi?
Hozirgi paytda Respublika oliy ta’lim muassasalarining deyarli barchasida ta'lim jarayonlari kredit-modul tizimi asosida olib borilayotganligi sababli talabalar GPA tushunchasining nima ekanligini juda yaxshi bilishi kerak.
GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
GPA = (K1*U1+K2*U2+K3*U3…+Kn*Un) / (K1+K2+K3…+Kn)
Bunda:
👇👇👇
K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan baho.
❗️❗️❗️Eslatib o‘tamiz:
Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. OTM talabalarni kursdan kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunda GPA ko‘rsatkichi 2,4 — 3,0 oralig‘ida bo‘lishi talab etiladi. GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta o‘qish uchun tegishli kursda qoldiriladi.
@namdu309
❤ 1👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#so'ragan_edingiz
Namangan davlat universiteti fakultetlarida o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlari haqida ma'lumot
Sirtqi ta'lim shakli uchun o'quv jarayoni hamda aloqa xati olish yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.
@namdu309
👍 4❤ 1
KUN TARIXI
Bugun 16-noyabr, haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Xalqaro bag‘rikenglik kuni.
🌏Butunjahon amaliy qo‘l mehnati kuni.
🇺🇦Ukraina – Radio, televideniye va aloqa xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1921 – Moskvada Oliy adabiyot va san’at instituti ochildi.
🔹1945 – BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKO tashkil etildi.
🔹2000 – Marg‘ilonda buyuk fiqh olimi Imom Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi tantanali nishonlandi.
🔹2011 – Toshkent shahrida “Ma’rifat markazi” majmuasi ochildi.
#tavalludlar
🔹1803 – Uilyam Toms – ingliz adabiyotshunosi va yozuvchisi, folklor atamasini kiritgan.
🔹1922 – Joze Saramago – Portugaliyalik adib, Nobel mukofoti sohibi
🔹1947 – Abdulaziz Komilov – davlat va jamoat arbobi.
🔹1994 – Bobo-Usmon Baturov – o‘zbek bokschisi, Jahon chempionati bronza medali sovrindori, Osiyo o‘yinlari chempioni.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 5👍 4
❓Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?
✅ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.
➖ o‘z xohishiga ko‘ra;
➖ o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
➖ oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;
➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);
➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);
➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
➖ talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;
➖ vafot etganligi sababli.
Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.
@namdu309
❤ 9👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ?
Kontrakt toʻlovining 12%ni qaytarib olishda 26 yosh chegarasi bekor qilingan.
✅ Professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritilgan.
Avvalgi tartibda, ota-onalar oʻzlarining 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul toʻlaganda, toʻlangan qismidan 12 foizlik daromad soligʻi hisoblanmas edi va qaytarib berilar edi. Endi bu yosh bu yosh chegarasi bekor qilindi.
@namdu309
👍 5❤ 3
❗️Bakalavriat talabalari uchun nomli davlat stipendiyalari soni 13 ta
📋 Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
➖ pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy;
➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;
➖ texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;
➖ tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;
➖ gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;
➖ tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;
➖ tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;
➖ kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;
➖ jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;
➖ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;
➖ Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
➖ barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.
✔️Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor.
Ushbu xabarni iqtidorli talabalarga tezda yuboring!
👉 @namdu309
❤ 5👍 2🔥 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi?
Namangan davlat universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida “Registrator ofis” faoliyat yuritmoqda.
Bu markazda 70ga yaqin turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.
📚 Talabalar uchun imkoniyatlar:
➖O‘qish jarayoniga oid hujjatlarni tez va qulay olish
➖Akademik maʼlumotnomalar rasmiylashtirish
➖Talabalik guvohnomasi, kontrakt shartnomalari, ariza va so‘rovnomalar bilan ishlash
➖Bitiruvchilar uchun diplom ilovalarini olishda ko‘mak
➖O‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan boshqa hujjatlar va boshqa xizmatlar koʼrsatiladi.
✅ Ofis registrator talabalarning vaqtini tejash va barcha xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni maqsad qiladi.
✈️Telegram: @Namdu_murojaat
☎️ Call-markaz: +998692395006
@namdu309
❤ 8👍 1
KUN TARIXI
Bugun 15-noyabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Butunjahon chiqindini qayta ishlash kuni.
🇰🇿Qozog‘iston – Buxgalterlar kuni.
🇱🇰Shri-Lanka – Daraxt ekish kuni.
🇯🇵Yaponiya – Bolalar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1887 – Karl Gessner o‘zi ixtiro qilgan ruxli batareya uchun patent oldi.
🔹1896 – Toshkentda "Mehnatsevarlar uyi" ochildi.
🔹1906 – Qo‘qon shahrida Turkiston o‘lkasidagi birinchi fond birjasi - Qo‘qon birja qo‘mitasi ochildi.
🔹1955 – Sankt-Peterburgda metropoliten ishga tushdi.
🔹2003 – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik” partiyasi ta’sis etildi
#tavalludlar
🔹1887 – Marianna Mur – amerikalik modernist shoira.
🔹1915 – Konstantin Simonov – rus yozuvchisi va jamoat arbobi
🔹1961 – Nasiba Abdullayeva – o‘zbek xonandasi, O‘zbekiston xalq artisti
🔹1973 – Muhammadqodir Abdullayev – bokschi, Olimpiada va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 4❤ 2🔥 2👏 1
⚡️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasi: 2025-yil uchun 2-ochiq stipеndiya tanlovi eʼlon qilindi!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.
Hujjatlar maxsus onlayn platforma orqali 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Tanlovga oid maʼlumotlarni tashkilotning rasmiy veb-sayt orqali kuzatib borishingiz mumkin.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 5👍 1
03:29
Video unavailableShow in Telegram
Intervyu 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi chop etildi
#14nov
Narimon Dehqonov - Namangan davlat universiteti professori
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
IMG_7096.MP476.19 MB
👍 13❤ 3👏 1
