NamDU Registrator Ofis
Ir al canal en Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
Mostrar más2025 año en números

11 782
Suscriptores
-2824 horas
-2207 días
-92430 días
Archivo de publicaciones
00:30
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi
⚠️ Soxta qo‘ng‘iroqlarga javob bermang!
📵 Nomaʼlum yoki shubhali raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroqlarga javob bermang. Firibgarlar yaqinlaringiz, bank yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar nomidan chiqib, shaxsiy maʼlumot yoki pul so‘rashadi.
✅ Nima qilish kerak...
➡️Qo‘ng‘iroq shubhali bo‘lsa – javob bermang yoki uzing.
➡️Agar yaqinlaringiz yordam so‘rayotgandek ko‘rinsa – ularni alohida telefonidan qayta qo‘ng‘iroq qilib tekshiring.
➡️SMS-kod, karta maʼlumotlari yoki shaxsiy maʼlumotlarni hech qachon bermang.
➡️Shubhali qo‘ng‘iroqni bloklab, bank yoki 102 ga xabar bering.
🔒 Oilangiz va moliyaviy xavfsizligingizni himoya qiling – ehtiyot bo‘ling va boshqalarni ham ogohlantiring.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Дедушка Уз 30 (1).mp4156.08 MB
👍 3❤ 2
KUN TARIXI
Bugun 12-noyabr, haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Butunjahon pnevmoniyaga qarshi kurash kuni.
🇮🇩Indoneziya – Salomatlik kuni.
🇮🇸Islandiya, 🇳🇴Norvegiya, 🇫🇮Finlyandiya, 🇪🇪Estoniya – Otalar kuni.
🇹🇱Sharqiy Timor – Yoshlar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1902 – Enriko Karuzo dunyoda birinchi bo‘lib 1 million nusxadan ortiq sotilgan plastinkani yozib tugatdi.
🔹1910 – birinchi kinotryuk – kaskadyor yonayotgan havo sharidan Gudzonga sakraydi.
🔹1927 – O‘zbekistonda Ipakchilik inistitutiga asos solindi.
🔹2015 – “Che” telekanalining efirga uzatilishi boshlandi.
#tavalludlar
🔹1833 – Aleksandr Borodin – bastakor va kimyogar olim.
🔹1840 – Rene Roden Fransua Ogyust – fransuz haykaltaroshi.
🔹1934 – Baba – braziliyalik futbolchi, ikki karra jahon chempioni
🔹1937 – Zohid Haqnazarov – o‘zbek dirijyori, O‘zbekiston xalq artisti
🔹1982 – Enn Xetuey – amerikalik kinoaktrisa.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 8👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish 15-noyabrgacha davom etadi!
🎓 Oliy ta’lim tashkilotining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari my.edu.uz platformasi orqali O'zbekiston Respublikasi prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining Respublika bosqichiga ariza topshirishlari mumkin.
🖥 Buning uchun my.edu.uz portaliga kiriladi, “Davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish” xizmati (bakalavr yoki magistratura yo‘nalishi bo‘yicha) tanlanadi hamda tegishli portfolio ma'lumotlarini to'ldirgan holda ariza yuboriladi.
🗓 Arizalar 15-noyabr (shu kuni ham) qabul qilinadi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 5👍 3
10.00.01.pdf1.36 KB
10.00.02.pdf1.20 KB
10.00.11.pdf1.43 KB
03.00.08.pdf1.26 KB
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish.pdf3.05 KB
❤ 3👍 2
Repost from TgId: 1261615922
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish.pdf3.05 KB
Repost from TgId: 1261615922
❕❕❕
👍 Namangan davlat universitetida 8-noyabr va
11-noyabr kunlari o'tkazilgan quyidagi fanlardan malakaviy imtihonlar natijalari e'lon qilinmoqda:
✔️ 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi;
✔️ 10.00.01 – O’zbek tili;
✔️ 10.00.02 – O’zbek adabiyoti;
✔️ 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi;
✔️ Ilmiy unvon oluvchi talabgorlar uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustivorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo’nalishlari.
🟢Asosiy ish joyi Namangan davlat universiteti bo'lmagan 8-noyabr va 11-noyabr kunlari o'tkazilgan malakaviy imtihonlarda qatnashib, muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar (To'lov qilib, to'lov qog'ozini yuborganlar bundan istisno) 2025-yil 15-noyabr kuniga qadar har bir topshirgan malakaviy imtihon fani uchun 4001 1086 0144 0170 9410 0350 004 hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 % (206 ming so'm) miqdorida to'lov amalga oshirishlari kerak. To'lov qog'ozini quyidagi havola orqali ism, familya va topshirilgan fan nomlarini yozib yuborishingiz so'raladi: https://forms.gle/vvjfbUTGG9nrubuy8
💠 15-noyabr kuniga qadar to'lovni amalga oshirib, to'lov qog'ozini yuborgan talabgorlarga guvohnoma tayyorlanadi.
❤ 2👍 2
01:05
Video unavailableShow in Telegram
O‘qishni tamomlayapsiz… daromadga ega bo‘lishni istaysiz? G‘oya bor-u, sarmoya yo‘q. Siz albatta borishingiz kerak bo‘lgan manzil bu Namangan davlat universiteti Registrator ofisi "Kelajakka qadam" markazi.
🎥Negaligini video orqali bilib olishingiz mumkin
@namdu309
1.qwer.mp44.29 MB
❤ 5👍 4
DIQQAT EʼLON!!!
Namangan davlat universiteti huzuridagi OMKPRQTMda dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul bo‘lmoqda:
1. Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 13.822.600 so‘m.
2. Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.382.000 so‘m.
3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7.888.000 so‘m.
4. Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.888.000 so‘m.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 4👍 3
"KELAJAKKA QADAM" dasturi doirasida universitet bitiruvchilari uchun kredit mahsulotlari:
1⃣ "Kelajakka birinchi qadam"
Ijtimoiy soliq to'lab, o'zini-o'zi band qilgan bitiruvchilar uchun
• Kredit summasi - 10 mln. so'mgacha
• Foiz stavkasi - 21%
• Kredit muddati - 18 oygacha
• Imtiyozli davr - 3 oygacha
❗️Sug'urta polisi uchun to'lov kredit summasidan chegirib qolinadi
2⃣ "Kelajak uchun start"
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun
• Kredit summasi - 300 mln. so'mgacha
• Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4%
• Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha)
• Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha)
❗️Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi;
❗️Garov ta'minoti talab etiladi (50 mln. so'mgacha - sug'urta polisi asosida);
❗️Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi kerak;
❗️Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi
3⃣ "Yorqin kelajak sari"
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun
• Kredit summasi - 1 mlrd. so'mgacha
• Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4%
• Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha)
• Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha)
❗️ Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi
Garov ta'minoti talab etiladi
❗️ Kamida 4 ta ish o'rni yaratilishi zarur
❗️Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi kerak
❗️Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi
Biznes g'oyasi borlar💡 va kredit olish istagidagilar 💰"Kelajakka qadam" markaziga yoki oliy ta'lim tashkiloti mas'ul xodimiga murojaat qilishlari mumkin.
@namdu309
❤ 4👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati
🎤 Ilm – mol-dunyodan afzal, chunki u seni himoya qiladi.
🪶 Ibn Sino
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 7❤ 3🔥 2
01:17
Video unavailableShow in Telegram
Endi talabalarning aqlli yordamchisi bor!
HEMIS AI — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish tavsiyalarini my.hemis.uz orqali taqdim etadi.
➖GPA tahlili — o‘zlashtirish darajasini tahlil qilib, rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
➖Davomat tahlili — darslarga qatnashish holatini baholab, kechikish sabablarini aniqlaydi.
➖Dars jadvali tahlili — mashg‘ulotlar samaradorligini tahlil qilib, o‘quv jarayonini optimallashtiradi.
➖Tavsiyaviy kurslar — talabaning qiziqishlari va natijalariga mos Coursera kurslarini taklif etadi.
➖Plagiat tekshiruvi — mustaqil ishlarning asl nusxada bo‘lishini ta’minlaydi.
➖Moliyaviy holat tahlili — shartnoma, stipendiya va grantlar bo‘yicha tahlilni taqdim etadi.
➖HEMIS Chatbot AI — foydalanuvchi so‘rovlariga tezkor javob beradi.
my.hemis.uz platformasiga kirib, o‘quv natijalaringizni tahlil qiling
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
HEMIS AI+TGlow.mp439.44 MB
❤ 1👍 1🔥 1
KUN TARIXI
Bugun 11-noyabr, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Butunjahon Savdo kuni.
🌏Xalqaro energiyani tejash kuni.
🌏Xalqaro fitnes kuni.
🇺🇿O‘zbekiston – Kasaba uyushmalari kuni.
🇨🇳Xitoy – Turmush qurmaganlar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1918 – Birinchi jahon urushi tugadi.
🔹1930 – Leo Silard va Albert Eynshteyn muzlatgich uchun patent olishdi.
🔹1983 – Kompyuter virusi paydo bo‘ldi.
🔹2011 – “The Elder Scrolls V: Skyrim” video o‘yini chiqdi.
#tavalludlar
🔹1821 – Feodor Dostoyevskiy – buyuk rus yozuvchisi.
🔹1919 – Hamidulla Ikromov – teatr rassomi, O‘zbekiston xalq rassomi.
🔹 1960 – Zulxumor Mo‘minova – kino va dublyaj aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1962 – Demi Mur – amerikalik kinoaktrisa.
🔹1974 – Leonardo Di Kaprio – amerikalik aktyor va rejissyor.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
🔥 5❤ 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati
🎤 Odob – yoshlarning ko‘rki.
🪶 Alisher Navoiy
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 8❤ 3👏 2🎉 2🥰 1
KUN TARIXI
Bugun 10-noyabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌍Butunjahon yoshlar kuni.
🌍Xalqaro buxgalterlar kuni.
🌍Butunjahon sifat kuni.
🇰🇬Qirg‘iziston – Yoshlar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1885 – Gottlieb Daymler motorli velosipedni sinovdan o‘tkazdi.
🔹1945 – Jahon Demokratik Yoshlar Federatsiyasi (WFDY) tashkil etildi.
🔹1968 – “Zond-6” avtomatik stansiyasi Oy tomon uchirildi.
🔹1983 – Fred Koen kompyuter xavfsizligi bo‘yicha seminarda birinchi kompyuter virusini taqdim etdi.
#tavalludlar
🔹1483 – Martin Lyuter – nasroniy ilohiyotchisi, Germaniyadagi islohotlar yetakchisi.
🔹1759 – Fridrix Shiller – nemis shoiri, dramaturg, tarixchi, san’at nazariyotchisi.
🔹1896 – Obid Jalilov – O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1958 – Elmira Bositxonova – o‘zbek shifokori, davlat arbobi va siyosatchi.
🔹1975 – Tina Kandelaki – rus jurnalisti va teleboshlovchi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 5🔥 2👍 1
01:49
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda
“O‘zbekiston24” telekanalining “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni Namangan viloyatidagi samarali natijalari tahlil qilindi.
Ko‘rsatuvda Namangan davlat universiteti professori, xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati Narimon Dehqonov fikr-mulohazalarini bildirdi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
29.79 MB
👍 6❤ 1🕊 1
❗️Davlat tibbiyot muassasalarida ishlayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yaxshi yangilik
2026-yil 1-yanvardan boshlab ularga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar beriladi:
➖ davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga bir yilda bir marotaba bepul yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatiladi;
➖ davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga bir yilda bir marotaba respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi;
➖ barcha turdagi davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori ikki barobar kamaytiriladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 8❤ 5
