"El-yurt umidi" Foundation
Ir al canal en Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
Mostrar más2025 año en números

33 587
Suscriptores
-3424 horas
-527 días
-13630 días
Archivo de publicaciones
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakili Malayziyadagi xalqaro forumda soʻzga chiqdi
Malayziyada dunyodagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va tashkilotlarni oʻzida jamlagan mintaqaning eng yirik taʼlim tadbirlaridan biri — “Festival of Ideas 2025” boʻlib oʻtmoqda.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining strategik rejalashtirish va loyihalar boshqarmasi boshligʻi Elbek Iskandarov taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan “Partnerships and Scholarships Forum” sessiyasida maʼruza bilan ishtirok etdi. U jamgʻarmaning vazifasi va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari haqida soʻzlab, uning inson kapitalini rivojlantirish va yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishdagi milliy platforma sifatidagi ahamiyatini alohida taʼkidladi. Elbek Iskandarov jamgʻarmaning dunyoning yetakchi universitetlarida taʼlim olish, maqsadli stajirovkalar, ilmiy-taʼlim loyihalarini rivojlantirishni qamrab olgan dasturlari haqida taqdimot qildi. Putrajaya “Festival of Ideas 2025” forumi taʼlim, fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ochiq xalqaro muloqotning timsoli boʻldi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakilining ushbu nufuzli tadbirda ishtiroki Oʻzbekistonning global akademik makonda oʻz oʻrnini mustahkamlash va taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi intilishini yana bir namoyon etdi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👍 12❤ 7👏 6🔥 2🎉 1👌 1
#Stipendiatlar_hayotidan
Malayziyada “El-yurt umidi” stipendiatlari Xalqaro madaniyatlar haftaligida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi
Malayziyaning Malaya universitetida oʻtkazilgan Xalqaro madaniyatlar haftaligida oʻnlab mamlakatlardan kelgan talabalar oʻz milliy anʼanalari, milliy taomlari va turmush tarzini taqdimot qildi.
Oʻzbekiston jamoasi tarkibida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari — Shahrinabonu Narzullayeva, Husan Boymurodov, Jaloliddin Patxiddinov, Malohat Patxiddinova, Gulida Olimjonova va Jamshid Rabbimovlar oʻzbek madaniyatining boyligini, milliy taomlarni va mehmondoʻstlikni namoyish etishdi. Yoshlar oʻz taqdimotlarida Samarqandda oʻtkazilayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi sessiyasi haqida soʻzlab, Oʻzbekistonning xalqaro gumanitar va madaniy tashabbuslardagi oʻrni tobora kuchayib borayotganini taʼkidlashdi. Tanlov yakunida Oʻzbekiston jamoasi 30 dan ortiq davlatni ortda qoldirib, “Eng kreativ menyu” nominatsiyasida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Bu gʻalaba oʻzbekistonlik talabalar isteʼdodining eʼtirofi, Oʻzbekiston yoshlari jahon maydonida oʻzlarini ishonch bilan namoyon etayotgani, mamlakatni zamonaviy, ochiq va ijodkor, boy madaniyatga ega davlat sifatida tanitayotganining yana bir isboti boʻldi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
🔥 12❤ 8🎉 4👍 2🤩 2😍 1💯 1
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” stipendiati Nyu-Yorkdagi xalqaro anjumanda tadqiqotini taqdim etdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Ahmadbek Baxtiyorov Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan ICBMEIS-2025 – Biznes, menejment, iqtisodiyot va axborot tizimlari boʻyicha xalqaro ilmiy anjumanda maʼruza qildi.
Ahmadbek oʻzining “Amaliyotda innovatsion menejment: Walmart va Microsoft misolida tahliliy tizim” nomli tadqiqotida dunyoning yirik korporatsiyalari boshqaruvda innovatsion yondashuvlarni qanday qoʻllayotganini tahlil qildi. U Walmart va Microsoft misolida raqamli transformatsiya va masʼuliyatli innovatsiyalar kompaniyalarga barqarorlik, raqobatbardoshlik va ijtimoiy yoʻnaltirilganlikni saqlab qolishda qanday yordam berayotganini koʻrsatib berdi. Ushbu ish anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi, chunki uning xulosalari rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ham amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot innovatsion menejment tamoyillari yangi biznes modellarini joriy etish, samaradorlikni oshirish va barqaror tadbirkorlikni rivojlantirishga qanday hissa qoʻshishi mumkinligini namoyish etadi. Ahmadbek Baxtiyorov hozirda Buyuk Britaniyaning Exeter universitetida Biznes va menejment boʻyicha magistratura dasturida tahsil olmoqda. Uning taʼkidlashicha, bunday xalqaro anjumanlarda ishtirok etish nafaqat ilmiy aloqalarni mustahkamlaydi, balki turli mamlakatlar olimlari va amaliyotchilari oʻrtasida gʻoyalar almashinuvi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👍 11❤ 5🔥 5👏 3⚡ 1🤩 1👌 1💯 1
#ElYurtUmidiSuccessStory
Diyora Daminova: Kelajakdagi rejalarim — mustaqil O‘zbekistonning birinchi ayol kosmonavti bo‘lishdir
Diyora Daminova ilk bor tungi osmonga qaraganida, shunchaki yulduzlarni emas, balki oʻz maqsadini koʻrdi. Bugun u “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Kolorado Boulder universitetida (AQSh) aerokosmik muhandislik ixtisosligi (qoʻshimcha mutaxassisligi — informatika) boʻyicha 4-kurs talabasi.
Shu bilan birga, Diyora Integratsiyalashgan oʻqitish laboratoriyasida ishlab, muhandislik loyihalarida yordam bermoqda va qimmatli amaliy tajriba toʻplamoqda. U mustaqil Oʻzbekistonning birinchi ayol kosmonavti boʻlish orzusi sari dadil qadam tashlamoqda. UniSatdan sayyoralararo loyihalarga Uning yoʻli UniSat dasturining birinchi guruhida ishtirok etishdan boshlandi. U yerda qizlar nanosunʼiy yoʻldoshlarni loyihalashtirdi va stratosferaga uchirdi. “Oʻshanda men hayotimni koinot va muhandislik bilan bogʻlashni istashimni ilk bor angladim”, — deydi Diyora. UniSat uning uchun nafaqat taʼlim maydoni, balki hayotiy poydevor boʻldi. U yerda ustozlar, doʻstlar orttirdi va oʻzbekistonlik qizlar hamda ayollar ilm-fan olamini oʻzgartira olishiga ishonch hosil qildi. Bugun Diyora UniSatga mentor sifatida qaytib, yangi ishtirokchilarga oʻz salohiyatini namoyon etishga va oʻz kuchlariga ishonishga koʻmaklashmoqda. Kelajak texnologiyalari uning qoʻlida Diyora aerokosmik muhandislik fakultetida tahsil olmoqda. Uning qiziqishi dasturlash, robototexnika va koinotni uygʻunlashtirishga qaratilgan. AQSH Milliy Standartlar va Texnologiyalar Institutida (NIST) u kvant hisoblash loyihalari ustida ishlab, maʼlumotlarni himoya qilish tizimlarini joriy etmoqda va butun dunyo olimlari foydalanadigan ilmiy veb-ilovalarni boshqarishda qatnashmoqda. ASEN Senior Design dasturi doirasida u Oy issiqxonalarini avtomatlashtirish uchun sunʼiy intellekt algoritmlari qoʻllaniladigan kosmik kemalarni boshqarish tizimini ishlab chiqishda qatnashmoqda. Integratsiyalashgan taʼlim laboratoriyasida (ITLL) Diyora talabalarga muhandislik prototiplarini yaratishda yordam berib, 3D bosma, lazerli kesish va CAD-loyihalashni oʻrgatmoqda. Aerokosmik mexanika tadqiqot markazida (MORIS) ishlab, u murakkab ilmiy dasturiy taʼminot uchun grafik interfeys yaratdi va aerokosmik simulyatsiyalarni optimallashtirish uchun mashinali oʻrganishni joriy etdi. “Menga gʻoyalarni parvoz qiluvchi prototiplarga aylantirish yoqadi — sunʼiy yoʻldoshlardan tortib algoritmlargacha“, deydi u. Missiya — ilhomlantirish va yaratish Diyora insonning Yerdan tashqarida qanday yashashi va ishlashi mumkinligini oʻrganadigan termodinamika va bioaeronavtika fanlariga qiziqadi. U allaqachon oʻz tadqiqotlarini olib bormoqda va bir kun kelib koinotda tajribalar oʻtkazishni orzu qilmoqda. “Men O‘zbekistonga shon-shuhrat olib kelib, xotin-qizlar mehnat, o‘ziga ishonch va orzulari orqali yulduzlarga erishishga qodir ekanligini koʻrsatmoqchiman!“ — deydi u. Yangi avlod ovozi Diyora Daminovaning hikoyasi qatʼiyat, ilhom va oʻziga boʻlgan ishonch kuchi haqidadir. U Sharq va Gʻarbni, texnologiya va insonparvarlikni, orzu va harakatni uygʻunlashtiradigan oʻzbekistonlik tadqiqotchilarning yangi avlodining bir qismidir. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Diyora kabi yosh yetakchilarni qoʻllab-quvvatlayotgani bilan faxrlanadi. Ularning yutuqlari ochiq qalb va kuchli iroda bilan intilsangiz, yulduzlar ham chegaramas ekanini isbotlamoqda.Читать на русском 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 26🔥 12👍 10🤩 2😍 1
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” stipendiati Malayziyada oʻtkazilgan xalqaro anjumanda oʻz taqdimoti bilan qatnashdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Ravshanbek Rahmatullayev Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan AMVIP 2025 — Applied Mechanics and Vibration in Practice (“Amaliy mexanika va amaliyotdagi tebranish”) nomli xalqaro anjumanda oʻz taqdimoti bilan qatnashdi.
Ravshanbek Rahmatullayevning “Sunʼiy neyron tarmoqlari arxitekturalari yordamida turli quyosh nurlanishi darajalarida fotoelektrik chiqishni bashorat qilish va samaradorligini tahlil etish” mavzusidagi tadqiqoti sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllab, quyosh panellarining turli xil quyosh nurlanishi sharoitlaridagi samaradorligini oʻrganishga bagʻishlangan. U oʻz tadqiqot ishida u MATLAB/Simulink simulyatsiyalari va real dunyo maʼlumotlari yordamida quyosh panellari (PV modullari) samaradorligiga harorat koeffitsiyenti, soya, quvvat prognozi va taklif etilgan yechimlarning taʼsirini tasdiqlash boʻyicha muhim natijalarni taqdim etdi. Muallif, shuningdek, “yashil” energetikani rivojlantirish va barqaror energiya manbalariga oʻtish nuqtai nazaridan dolzarb boʻlgan ularning samaradorligini oshirish boʻyicha yangi yechimlarni taklif etgan. AMVIP 2025 anjumani butun dunyo boʻylab yetakchi olimlarni bir joyga toʻpladi. Tadbir UCSI universiteti negizida Malayziya materiallar, tebranishlar va izolyatsiya boʻyicha mutaxassislar uyushmasi (AMVIP) tomonidan uyushtirildi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 13🔥 7👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇸 Uzbekistan Startup Founders Meetup — Vashington 2025
AQShda o‘z mahsulotingizni yaratayotgan o‘zbekistonlik startap asoschisimisiz? 🚀
Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan vakillari bilan O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida o‘tkaziladigan ochiq muloqotda ishtirok eting.
Uchrashuv davomida hukumat xorijdagi o‘zbekistonlik startap asoschilarini qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi, shuningdek, AQShdagi hamjamiyat O‘zbekistondagi yosh innovatorlarni tarbiyalashga qanday hissa qo‘sha olishi mumkinligi muhokama qilinadi.
🔹Sana: 7-noyabr
🔹 Vaqt: 16:00 – 19:00
📍 Manzil: O‘zbekiston elchixonasi, Vashington, AQSh
Joylar soni cheklangan — suhbatda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting:
👉Ro‘yxatdan o‘tish havolasi
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 12👍 3😍 1
00:31
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
video_2025-11-04_09-26-09.mp459.37 MB
❤ 11🔥 3🤩 2👍 1👏 1
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” stipendiati xalqaro ilmiy-akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish jarayonlarida ishtirok etmoqda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Swansea universiteti (Buyuk Britaniya) magistratura bitiruvchisi, Samarqand davlat universiteti oʻqituvchisi Munis Xamidov Isroilda boʻlib oʻtgan “Yevrosiyo va Bolqon davlatlari” IV xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
Forum sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashning yangi yondashuvlarini, ularning fan, iqtisodiyot va xavfsizlik rivojlanishiga taʼsirini muhokama qilish uchun yetakchi mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun hamkorlikni rivojlantirish uchun platformaga aylandi. Konferensiya doirasida Munis Xamidov universitet delegatsiyasi aʼzosi sifatida ilmiy markazlar va texnologiya kompaniyalari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi. Muzokaralar natijasida, xususan, kiberxavfsizlik sohasida dunyo yetakchilaridan biri hisoblangan Checkpoint kompaniyasi bilan qoʻshma tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, Isroil Milliy startap markazi koʻmagida Samarqand davlat universitetining sunʼiy intellekt texnologiyalari va raqamli yechimlarni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyihalariga sarmoya kiritish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi. Munis Xamidovning taʼkidlashicha, bunday tadbirlarda ishtirok etish bilim almashish bilan bir qatorda tadqiqotchilar oʻrtasida xalqaro hamkorlik tarmogʻini shakllantirish yoʻlidagi muhim qadamdir.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
🔥 9❤ 5👍 3👏 2
01:28
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda #Islohotlarga_daxldorman
Behzod Xolmurodov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Dreksel universiteti (AQSH) bitiruvchisi:
— Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻqishim va men ishlagan kompaniya haqida gapirganimdan soʻng, davlatimiz rahbari Oʻzbekistonga qaytganimda, qayerda ishlamoqchiligimni soʻradilar. Menda oʻsha paytda uchta taklif bor edi: Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Energetika vazirligi va Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligidan. Lekin aynan qaysi sohada meni foydam koʻproq tegishini bilmaganimni aytganimda, “Geologiya sohasida sen bizga juda koʻp yordam bera olasan”, deb Prezidentimiz maslahat berdilar. Shu holat ularni nafaqat davlatimiz rahbari, balki ustozim sifatida koʻrishga yordam berdi. Hozirda geologiya sohasida oʻz bilimlarimni orttirib, Vatanimizga xizmat qilishga bel bogʻlaganman.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_8890.MOV17.60 MB
❤ 16👍 7💯 4🤩 2
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Shanxayda Oʻzbek tili bayrami kunida ishtirok etishdi
Oʻzbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasida Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Bayram Xitoyning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar va vatandoshlarni bir joyga jamladi. Ishtirokchilar qatorida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari ham faol qatnashdilar. Tadbir milliy madaniyat va oʻziga xoslikka boʻlgan ehtiromning yorqin ramziga aylandi. Unda ona tili — xalq qalbining ajralmas qismi haqida sheʼrlar oʻqildi, qoʻshiqlar kuylandi va samimiy soʻzlar aytildi. Yosh vatandoshlarimiz oʻz hikoyalari va ilhomlantiruvchi nutqlari bilan oʻrtoqlashdilar. Ular tilni avlodlar oʻrtasidagi koʻprik, millat mustaqilligi va madaniy qudratining jonli timsoli sifatida taʼrifladilar.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 13🔥 7🎉 5👍 2✍ 1
"El-yurt umidi" jamg‘armasi rahbariyati Yaponiyaning bir qator yetakchi universitetlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Oʻzbekiston — Yaponiya oliygohlari rektorlarining V forumi doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi rahbariyati Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari — Nagoya universiteti, Tsukuba universiteti va Tokio metropoliten universiteti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xususan, Nagoya universiteti prezidenti, doktor Naoshi Sugiyama bilan uchrashuvda tomonlar kadrlar tayyorlash, akademik almashinuvlar va qoʻshma ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Oʻzbekistonlik talabalar va yosh tadqiqotchilarni magistratura va PhD dasturlariga jalb etish, shuningdek, innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi davlat xizmatchilari hamda mutaxassislar uchun stajirovka dasturlarini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Nagoya universiteti prezidenti Oʻzbekistonda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, hamkorlikni rivojlantirishga faol koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi. Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tayyorlashga kelishib oldilar. Bundan tashqari, forum doirasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi rahbariyati Yaponiyaning innovatsion tadqiqot markazlaridan biri, tabiiy fanlar, taʼlim va raqamli texnologiyalar sohasidagi yutuqlari bilan tanilgan Tsukuba universiteti vakillari hamda muhandislik, urbanistika va ekologiya sohalarida yetakchi oʻrinlarni egallab turgan Tokio metropoliten universiteti rahbariyati bilan uchrashdi. Tomonlar Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasida inson kapitalini rivojlantirish va texnologiyalarni oʻzlashtirish maqsadida qoʻshma magistratura va doktorantura dasturlari, akademik almashinuvlar va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 13👏 6⚡ 1👍 1
01:22
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda #Islohotlarga_daxldorman
Behzod Xolmurodov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Dreksel universiteti (AQSH) bitiruvchisi:
Xalqimizda “Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom ber” deyiladi. Biz “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari sifatida xalqimizning ishonchini oqlashimiz kerak. Xorijda oʻqigan paytimizda ham, Oʻzbekistonga qaytib, mehnat qilayotganimizda ham bu masʼuliyatni boʻynimizga olamiz. Oddiy bir shifokor, haydovchi…toʻlagan soliqlari hisobiga oʻqiganmiz, endilikda oʻz mehnatimiz, olib kiradigan yangiliklarimiz orqali ularning hayotlarini yengillashtirib, munosib sharoitlar yaratib berishimiz kerak. Toʻgʻri, moliyachilar, masalan, mablagʻ ajratishi mumkin ,ammo loyihalarni hayotga injenerlar tatbiq etadi. Shuning uchun ham chin dildan ushbu sohada faoliyat yuritib, insonlarga sharoit yaratish uchun xizmat qilmoqchiman.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_8889.MOV16.42 MB
👍 10❤ 7😍 3💯 2
#ElYurtUmidiSuccessStory
“El-yurt umidi” stipendiati Sidney universitetida yilning eng yaxshi mentori deb topildi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Sidney universitetida magistratura bosqichida tahsil olayotgan Kilichbek Davronov “Postgraduate Peer Mentor of the Year — 2025” mukofotiga sazovor boʻldi.
Universitet bu mukofot bilan har yili yangi kelgan talabalarga akademik va madaniy muhitga moslashishda koʻmaklashib, yetakchilik fazilatlarini, tashabbuskorlikni va jamoani jipslashtirishni namoyon etgan talabalarni taqdirlaydi. Kilichbek uch bosqichli tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, universitetning murabbiylik (mentorlik) dasturiga taklif etildi. U bir semestr davomida nafaqat oʻnlab mahalliy va xorijiy talabalarga muvaffaqiyatli moslashishga yordam berdi, balki talabalar oʻrtasidagi muloqotni rivojlantirish va mentorlik dasturini takomillashtirish boʻyicha oʻz gʻoyalarini ham ilgari surdi. Tanlov finalida u turli mamlakatlardan boʻlgan ishtirokchilarni ortda qoldirib, yil gʻolibi deb eʼtirof etildi hamda 2026-yil uchun mentorlar yetakchisi (Lead Mentor) lavozimiga tayinlandi. Bu esa unga universitet maʼmuriyati darajasida talabalar manfaatlarini ifoda etish va strategik tashabbuslarda ishtirok etish imkonini beradi. Kilichbekning hikoyasi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlarining yuqori professionallik va yetakchilikni namoyish etib, xalqaro maydonda Oʻzbekistonni munosib tarzda tanitayotganining yana bir yorqin misolidir.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👏 40❤ 26🔥 11👍 3🎉 2⚡ 1🤩 1
01:50
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda #Islohotlarga_daxldorman
Behzod Xolmurodov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Dreksel universiteti (AQSH) bitiruvchisi:
— Muhandislik bugungi kunda eng chegara bilmaydigan va kelajagi xatar ostida boʻlmagan sohalardan biridir. Sunʼiy intellekt juda koʻp sohalarni oʻrnini bosishi mumkin, lekin muhandislar qiladigan ishni AI tizimlari qila olmaydi, deb oʻylayman.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_8886.MOV21.93 MB
❤ 9🔥 8🤩 2
Photo unavailableShow in Telegram
UNESCO Ecological Capital – madaniy merosning ekologik “himoyachisi”
Iqlim inqiroziga qarshi birgalikda samarali kurashish ham dolzarb masaladir.
Oʻrtacha haroratning sezilarli darajada koʻtarilishi, muzliklarning erishi, choʻllanish, tuproq qatlamlari yemirilishi, urbanizatsiya jarayonlari madaniy meros obyektlarining holatiga jiddiy taʼsir oʻtkazmoqda.
YUNESKOning bosh konferensiyasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri – “YUNESKO ekologik poytaxti” (UNESCO Ecological Capital) dasturidir.
Ushbu tashabbus “yashil” dasturlarni samarali amalga oshirayotgan shaharlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari YUNESKO Ijroiya Kengashining “Globallashuv va iqlim oʻzgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish taklifini bildirildi.
Mazkur masala boʻyicha Xiva shahrida iqlim oʻzgarishi sharoitida madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro simpozium oʻtkazish taklif etildi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👍 9❤ 6🔥 2😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ayollar liderligi akademiyasi — tenglik va taraqqiyot yoʻlida
Prezident Sh.Mirziyoyevning yana bir muhim tashabbusi — Xotin-qizlar yetakchiligi boʻyicha YUNESKO akademiyasini tashkil etish boʻldi.
Akademiyaning tashkil etilishi fan, madaniyat, taʼlim va boshqaruv sohalarida ayollarning salohiyatini oshirish, ularning xalqaro maydondagi faolligini kengaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, tashabbus doirasida Samarqandda barcha qitʼalarning mashhur tadqiqotchilari, sanʼat namoyandalari, pedagog va ixtirochi xotin-qizlarning Taʼlim, madaniyat va fan sohasidagi global forumini oʻtkazish taklif etildi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 15🔥 5🤩 3
Photo unavailableShow in Telegram
YUNESKO sessiyasida dezinformatsiya xavfiga alohida eʼtibor qaratildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida YUNESKOning mediasavodxonlikni rivojlantirish boʻyicha global strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.
Shuningdek, yosh avlodning eng yaxshi ijodiy ishlari, multimedia gʻoyalarini oʻzaro almashish uchun Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini oʻtkazish tashabbusi qayd etildi.
Virtual makonda noxolis axborotlarni tarqatish, jamoatchilik fikrini chalgʻitish, diskriminatsiyaga qarshi birgalikda samarali choralar koʻrish jiddiy zaruratga aylanmoqda, deya taʼkidladi Sh.Mirziyoyev.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 9👍 7👌 5
