Sevgi She'rlari
Ir al canal en Telegram
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Mostrar más2025 año en números

12 724
Suscriptores
-1524 horas
-1587 días
-36430 días
Archivo de publicaciones
00:46
Video unavailableShow in Telegram
ONASI BORNING
G‘amim bisyor desa,ishonmang,
Baxti bordir onasi borning,
Hech yo‘qsa bir inson oldida,
Qadri bordir onasi borning.
Yo‘llariga mushtoq qarovchi,
Horib kelsa boshin silovchi,
Non so‘rasa, jonin beruvchi
Mardi bordir onasi borning.
Bo‘lsa hamki uyda,ko‘chada,
Turfa taom yutsa nechada,
Dasturxonning bitta burchida
O‘rni bordir onasi borning.
To‘lsa, to‘lar to‘kilmas sira,
Qoqilsa ham, yiqilmas sira,
Dunyolardan o‘kinmas sira,
Sabri bordir onasi borning
Umr -g‘amgoh,ming tashvish o‘tar,
Goh yutkazar, gohida yutar,
Boshin qo‘ysa,dardin aritar
Ko‘ksi bordir onasi borning.
G‘arib emas, nochor emas u,
Shahanshohdir, malikadir u,
Mushtiparin ko‘nglida mangu
Taxti bordir onasi borning.
G‘amgusordir mehribon ona,
Sadoqatda tanho, yagona,
Yaratgandan cheksiz shukrona
Qarzi bordir onasi borning.
G‘amim bisyor desa,ishonmang,
Baxti bordir onasi borning,
Hech o‘ylanmay jonini berar
Mardi bordir onasi borning!..
© Farida Yunusova
Yaqinlarga Ulashing.. 🌸
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
oQJme1hRmIL9ELGBimxQ0VBwiDfQABhDXEk23H.mp43.86 MB
❤ 13🥰 5👍 4😍 2🕊 1
00:12
Video unavailableShow in Telegram
#Бисмиллах
Duoi salomlari ila tonglarga fayz baxsh etgan YAXSHILARIM!
ASSALOMU ALAYKUM !!! 🫶
⛅️ Fayzli shanba tongi muborak bo‘lsin!!!
Yangi kun barchamiz uchun xayrli, xush diydor va xush xabarlarga boy bo‘lsin.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
4.56 MB
❤ 7👍 6🥰 4😍 4💋 1
00:10
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
20 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
10.60 MB
❤ 8👍 7🥰 4😍 2
00:57
Video unavailableShow in Telegram
XAYRLI TUN AZIZLARIM!❄️
✨🌙Bugungi neʼmatlar uchun shukrlar boʻlsin!
Yoʻl qoʻygan xato, kamchiliklarimizni
Alloh Oʻzi kechirsin!
Ertangi kunga barchamizni sogʻ-omon yetkazsin!
✨TUNINGIZ OSUDA OʻTSIN
Yaxshi dam oling aziz
ZAMONDOSHIM!
Ertagacha HAYR.
ALLOHNING panoxiga
topshirdim.
Bizlardan uzoqlashmang!
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
8.90 MB
❤ 8👍 6🥰 5😍 5
00:07
Video unavailableShow in Telegram
Diydordir g‘animat.
Umrimiz oqguvchi,o‘xshar daryoga,
Inson nima uchun kelar dunyoga,
Aldanib qolmasin,hech kim ro‘yoga,
Diydordir g‘animat,diydor g‘animat.
Vaqt chopib o‘tadi,topib bo‘lmaydi,
Diydorni qadrini kimlar bilmaydi,
Yo‘lini intizor kutsa kelmaydi,
Diydordir g‘animat,diydor g‘animat.
Yaqinlarin borib,to‘ysa diydorga,
Hech bir qalb qolmasin,kutib ozorga
Vaqtni topib bo‘lmas oltinu zarga,
Diydordir g‘animat,diydor g‘animat.
Qanchalar insonlar,kutib yashaydi,
Sog‘inch iztirobin yutib yashaydi,
Og‘rig‘i jonidan,o‘tib yashaydi,
Diydordir g‘animat,diydor g‘animat.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
SaveVid_Net_AQOacXgewmXmrIHkXrx0nrtNgCzkOhMuoC9vE_q5zUrZsxWd2PkGq.mp41.94 MB
❤ 9👍 7🥰 5
Photo unavailableShow in Telegram
SIKITKA 25 MINGDAN
ZAKAZLARNI QABUL QILISHNI BOSHLADIK📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣
+998912929030 💋💋
BIZNING LOYIHAMIZ ORQALI YAQINLARINGIZNI HURSAND QILING XIZMAT NARXIMIZ CHEGIRMADA 25 MING SÒM
MUROJAT UCHUN👇
@Dil_ishorim_admin
BIZDA AVIDOLI TABRIK 25 MING😘😘😘
VIDIYOLLI TABRIK 40 MING
CHETGA TABRIK 35 MING
BIZDA BARCHASI UZGACHA BULADI👇👇👇👇👇👇
https://t.me/dil_isxorim_5
@Dil_ishorim_admin
+998912929030 👍👍👍👍
❤ 6👍 6🥰 6😍 3
MEN UCHUN ASRASIN SIZNI XUDOYIM!
Qadri togʻdan baland aziz insonim,
Bir so'zli, ahdiga sodiq sultonim.
Taqdir nasib etgan oliy in'omim,
Men uchun asrasin sizni Xudoyim.
Koʻnglingizga koʻnib ko'ngil berganman,
Siz deb ota uydan kechib kelganman.
Yuragim xoqoni-begim deganman
Men uchun asrasin sizni Xudoyim.
Chin mo'min xislatli, iymoni oʻktam,
Jufti halolimsiz savlati koʻrkam.
O'zidan o'tinib so'rayman har dam,
Men uchun asrasin sizni Xudoyim.
Sizsiz hech halovat bilmas yuragim,
Sizsiz keraklarim ichra keragim.
Xudoyimdan bitta duo-tilagim
Men uchun asrasin sizni Xudoyim.
Yoningizda yashay mehrga to'yib,
Nikoh-la bog'langan baxt hissin tuyib.
Meni avaylangiz gulim deb suyib,
Men uchun asrasin sizni Xudoyim.
Qimmatsiz dunyoning zebu-zaridan,
Avaylaysiz meni yot nazaridan.
Neki yomonliklar bo'lsa baridan,
Men uchun asrasin sizni Xudoyim.
Dard-alam ko'rmang hech ko'nglingiz to'lib,
Yarashar yursangiz baxtiyor,kulib
Duolar qilaman yoringiz bo'lib,
Men uchun asrasin sizni Xudoyim.
Ikki dunyoda ham bo'laylik birga,
Sevaman, bermayman jannatda xurga.
Borligʻimni koʻmib har on shukurga,
Men uchun asrasin sizni Xudoyim.
✍AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 13👍 8😍 6🥰 2
Ishing bo'lganmi!
Yolg'onchilik senga bitta hunarday
Xiyonat kundalik ishing bo'lganmi
Sizni sevaman deb yurgan paytlaring
Zahirada boshqa kishing bo'lganmi
Qo'llaring bo'ynimda chirmashgan ilon
Bug'ib qo'yding axir bunchalar yomon
Shunda ham begona quchoqlar hamon
Uyquda eng shirin tushing bo'lganmi
Gulim degan edim jonu dilimdan
Sensiz bu hayotim og'ir o'limdan
Bag'rimni tilkalab, tutib qo'limdan
Shunchalar zaharli nishing bo'lganmi
Azoblar borimni ketganda talab
Yarim jon bo'lmoqni qoldim uddalab
Xasta yuragimni burda burdalab
Eng qattiq temirdan tishing bo'lganmi
Manosiz hayotim ishqing tark etgan
Qolgan azoblaring o'lguncha yetgan
Gullagan bahorim kuydirib ketgan
Qahraton qarida qishing bo'lganmi
Bir nafas soyamda aylading hordiq
Shu damda borimni qilibman tortiq
Meni sevaman deb, mendan ham ortiq
Zahirada boshqa kishing bo'lganmi.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 01.04.2025 yil.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 13🥰 9👍 6😍 3
💔Bilib sevdim💔
Qirmiz rangli atirgulning tikonida,
Yuragimni chok-chokini tilib sevdim.
Muhabbatni oʻyin boʻlgan zamonida,
Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim!
Zorlanibman, rangi roʻyim aylab somon,
Baxtdan kulmay, oʻz ustimdan kulib sevdim.
Zerikkanda yoʻl olib-la oʻzga tomon,
Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim!
Olislasang, firoq oʻti qiynasa gar,
Sabo misol chor tarafga yelib sevdim.
Tili boʻlsa aytsin ana sirdosh bashar,
Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim!
Boʻlmasang ham, dunyoning qay chekkasida?
Borligingga shukronalar qilib sevdim.
Qolarman deb iztiroblar oʻlkasida,
Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim!
Ha shundayin devonaxoʻl oshiq boʻlib,
Toʻlib sevdim, soʻlib sevdim, oʻlib sevdim.
Ham bilagʻon, ham bilimdon moshigʻ boʻlib,
Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim!
Bilmaganman desam yolgʻon boʻlar garchi,
Boshim, ishqning sirtmogʻiga ilib sevdim.
Hatto oʻzing bilmagansan, balki... balki?
Men-chi ? Mendan ketishingni bilib sevdim!!!
✍ Mumtozbegim
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 16😍 6🥰 5👍 2👏 1😁 1
00:16
Video unavailableShow in Telegram
🕌 JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🕋 🌙 🤲
🌙 Eng yaqin insonim kirib kelgan “Juma” kuni muborak bo‘lsin.
Bu kunda barcha duo qiluvchilarning duolari ijobat bo‘lsin. Qalblarimizni o‘zining muhabbati bilan shod aylasin!
❗️Yaqinlaringizni birinchi bo‘lib tabriklash esdan chiqmasin👇
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
4.22 MB
❤ 9😍 8👍 4🥰 1
00:10
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
19 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
10.60 MB
👍 7❤ 4🥰 4😍 3
00:46
Video unavailableShow in Telegram
#ЭРТАГА_ЖУМА
🌙XAYRLI TUN
✨Men uchun qadri baland qadrdonim.
✨Allohim umrimizni ziyoda, yuzimizni yorug‘.
✨Qalbimizni keng, qadrimizni baland.
✨Ishlarimizni barorini, oxiratimizni esa saodatli қилсин.🤲
Juma oqshomingiz xayrli bo‘lsin shirin tushlar ko‘ring 💫
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
8.90 MB
❤ 10🥰 9😍 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
❤️Chin muhabbat qalbning shunday joyida bo'ladiki
na ayta olasan na kecha olasan.❤️
Xayrli oqshom yaxshi insonlarim...
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
😍 9❤ 7👍 7🥰 4
00:58
Video unavailableShow in Telegram
Китобга шунчалик қизиқасизми, китобни ҳаётга боғлашни ҳоҳлайсизми?
Сиз бир пайтни ўзида турли диний ва дунёвий маълумотлар эгаллашни ҳоҳлайсизми, уни устига шеърият жону дилингизми?
унда бу канал айнан сиз учун.
Китоб ихлосмандлари учун канал
Обуна бўлинг
👇
https://t.me/+paVv0rjRBTY4NzJi17.79 MB
❤ 14😍 5👍 3🥰 3
Канални кўриш
Обуна бўлиш
Photo unavailableShow in Telegram
She'riyatga oshiq yoqadi bizga🫠
Har nedan ko'ngilga ishonch olamiz,
Bir tomchi e'tibor kifoya bizga.
Sevgi izhoridan mudom tonamiz
She'riyatga oshiq yoqadi bizga...
Quyosh chiqqanidan to kun botguncha,
Dillarimiz asir shirin so'zlarga.
She'rlarga oshiqmiz to koʻz yumguncha
She'riyatga oshiq yoqadi bizga...
Kimlardur gullarga burkansam deydi,
Kim yallo qiladi toʻyib libosga.
Bizga bir tinchlovchi,shoir boʻlsaydi
She'riyatga oshiq yoqadi bizga...
Netay ahir shoir ahlimiz bizlar,
Sizni ham koʻmamiz shirin so'zlarga
Ovozimiz ila quvongan koʻzlar,
She'riyatga oshiq yoqadi bizga...🫠
Sobirjanova Izzatoy ✍
18.12.2025
👍 13❤ 12🥰 6
Ko'zimga qarolmaysiz!
Kechib bizday boladan
Endi hol so'rolmaysiz
Yillar o'tsa oradan
Ko'zimga qarolmaysiz
O'shal kun o'shal payti
Kelmang uzrlar aytib
Ishoning boshqa qaytib
Ko'zimga qarolmaysiz
Sevgandim jonim qadar
Ko'z tegdimi yo nazar
Vijdoniz bo'lsa agar
Ko'zimga qarolmaysiz
Kelmang egik bosh bilan
Yurak to'la tosh bilan
Ko'zingizda yosh bilan
Ko'zimga qarolmaysiz
Siz begona, siz birov
Jonimga tushgan qirov
Hohlang o'ynayman garov
Ko'zimga qarolmaysiz
Endi afsus befoyda
O'zgarib ketgan qoida
Duch kelsak biror joyda
Ko'zimga qarolmaysiz
Ko'ksimga nishlar qadab
Ketgansiz telba atab
Xiyonatingiz sabab
Ko'zimga qarolmaysiz
Bo'ldi bas, olmang xabar
Yashay sizdan bexabar
Balki qiyomat qadar
Ko'zimga qarolmaysiz.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 12.02.2025 yil.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
😍 10❤ 7👍 7🥰 3
00:31
Video unavailableShow in Telegram
SaveVid_Net_AQPJhaQJ0_abXAYBXJaQYGSGoewHLrc_iuSa_MZK5_ZMjXgFnz9.mp45.33 MB
❤ 7👍 6🥰 6😍 3
❄️❄️OMON BO‘LING MUSOFIRLAR❄️❄️
Taslim bo‘lmang sog‘inchlarning zorlariga,
O‘lja bo‘lmang, qiyinchilik dorlariga,
Parvo qilmang sochingizning qorlariga,
Alloh sizni asrab yursin, musofirlar.
Ilon do‘stlar yo‘l olmasin qo‘yningizga,
Tuhmat so‘zlar osilmasin bo‘yningizga,
Sog‘ salomat qayting aziz uyingizga,
Alloh sizni asrab yursin musofirlar.
Kasofatlar yo‘lamasin yoningizga,
Nomard do‘stlar o‘ch bo‘lmasin noningizga,
Har xil dardlar xavf solmasin joningizga,
Alloh sizni asrab yursin musofirlar.
Qahraton qish yanog‘ingiz so‘ldirmasin,
Ko‘ksingizni g‘uborlarga to‘ldirmasin,
Hech biringiz o‘zga yurtda o‘ldirmasin,
Alloh sizni asrab yursin musofirlar.
Maktuba SHAYDO
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 15👍 5🥰 4😍 4
00:06
Video unavailableShow in Telegram
Birinchi qor muborak❄️
Bizlarni sogʻintirgan
Hammamiz orzu qilgan
Bizni rosa kuttirgan
Birinchi qor muborak
Quvonch kirdi koʻzlarimga
Qon yugurdi yuzlarimga
Barcha yaqin doʻstlarimga
Birinchi qor muborak
Keling bugun yigʻilaylik
Qor ustida toʻplanaylik
Deb tabriklab qoʻyaylik
Birinchi qor muborak
✍ Asmus
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
SaveVid_Net_AQMmXUhqCqjbKY0eZMppZnXX0a7D7wUegMnjSPxJaYzICRFYhqmJZx64a9qKC.mp46.32 KB
👍 9❤ 8😍 4🥰 3
SHUNCHAKI SЕVDIM
Ta’rifingiz so‘zlashga
mening so‘zim yetmaydi,
Vaslingizni ko‘zlashga
afsus ko‘zim yetmaydi,
Sizdek qizga yetishga
mening o‘zim yetmaydi,
Xafa bo‘lmang ranjimang,
sevdim sizni shunchaki,
Qarashingiz muloyim,
so‘zlaringiz mayindir,
Mening qismatim xarob,
taqdiringiz tayindir,
Vaslingizdan men uchun
hijroningiz shirindir,
Xafa bo‘lmang ranjimang
sevdim sizni shunchaki.
O‘tsangiz ifor sochib
xo‘rsinar ko‘ksimda jon,
Olislardan boqaman
ma’yusgina siz tomon,
Talab qilmayman sizdan
hech nimani hech qachon,
Xafa bo‘lmang ranjimang
sevdim sizni shunchaki.
Men shunchaki soyaman
zarra qadrim yo‘q meni,
Qalbim so‘ngan olovdir,
nazdim singan o‘q meni,
Sochingiz tolasidan
armonlarim ko‘p meni,
Xafa bo‘lmang ranjimang
sevdim sizni shunchaki.
Bahorlarim kuz misol
yozlarim o‘xshar qishga,
Siz shunchalar malaksiz
kirmaysiz hatto tushga,
Xijolatman hattoki
sizni orzu qilishga,
Xafa bo‘lmang ranjimang
sevdim sizni shunchaki.
Xurshid Karim
17.12.2025
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 10🥰 7👍 5😍 2
