ru
Feedback
Sevgi She'rlari

Sevgi She'rlari

Открыть в Telegram

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
12 724
Подписчики
-1524 часа
-1587 дней
-36430 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
Men uchun shu qadar muhimsan bilsang, Hayotda borliging umid baxt berar. Hotirjam bo‘laman yonimda bo‘lsang, Sen borsan dunyoda yashagim kelar. Qiynamas yolg‘izlik qiynamas firoq, Qo‘rqmayman tanimni bosmaydi titroq, Meni tushunasan o‘zimdan ko‘proq, Sen borsan dunyoda yashagim kelar. Qayg‘ular eshigin qo‘yganman yopib, G‘amlar yetolmaydi ortimdan chopib, Ertangi kunimga o‘zda kuch topib, Sen borsan dunyoda yashagim kelar. Dardimga davodir har bitta so‘zing, Zulmatim yorishar kulganda yuzing Quvonchim o‘zinsan ishonchim o‘zing, Sen borsan dunyoda yashagim kelar. Sen sabab to‘xtadi ko‘zimdan namlar, To‘kisman bilinmas mendagi kamlar, Nolimay kunimga tutmay motamlar, Sen borsan dunyoda yashagim kelar. Muallif: Komila Qiz.✍ Muallif huquqi himoyalangan. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
🥰 9 8😍 4👍 2👌 1
00:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
ONASI BORNING G‘amim bisyor desa,ishonmang, Baxti bordir onasi borning, Hech yo‘qsa bir inson oldida, Qadri bordir onasi borning. Yo‘llariga mushtoq qarovchi, Horib kelsa boshin silovchi, Non so‘rasa, jonin beruvchi Mardi bordir onasi borning. Bo‘lsa hamki uyda,ko‘chada, Turfa taom yutsa nechada, Dasturxonning bitta burchida O‘rni bordir onasi borning. To‘lsa, to‘lar to‘kilmas sira, Qoqilsa ham, yiqilmas sira, Dunyolardan o‘kinmas sira, Sabri bordir onasi borning Umr -g‘amgoh,ming tashvish o‘tar, Goh yutkazar, gohida yutar, Boshin qo‘ysa,dardin aritar Ko‘ksi bordir onasi borning. G‘arib emas, nochor emas u, Shahanshohdir, malikadir u, Mushtiparin ko‘nglida mangu Taxti bordir onasi borning. G‘amgusordir mehribon ona, Sadoqatda tanho, yagona, Yaratgandan cheksiz shukrona Qarzi bordir onasi borning. G‘amim bisyor desa,ishonmang, Baxti bordir onasi borning, Hech o‘ylanmay jonini berar Mardi bordir onasi borning!.. © Farida Yunusova Yaqinlarga Ulashing.. 🌸 Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
oQJme1hRmIL9ELGBimxQ0VBwiDfQABhDXEk23H.mp43.86 MB
13🥰 5👍 4😍 2🕊 1
00:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Бисмиллах Duoi salomlari ila tonglarga fayz baxsh etgan YAXSHILARIM!      ASSALOMU ALAYKUM !!! 🫶 ⛅️ Fayzli shanba tongi muborak bo‘lsin!!! Yangi kun barchamiz uchun xayrli, xush diydor va xush xabarlarga boy bo‘lsin. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
4.56 MB
7👍 6🥰 4😍 4💋 1
00:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun 20 - D E K A B R 🎉 🎁 Tavallud ayyomingiz 🎈 muborak boʻlsin! 🎊 🎁 Umringiz uzoq, 🎈 rizqingiz butun boʻlsin! 🎁 Oilangiz baxtiga doimo, 🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Показать все...
10.60 MB
8👍 7🥰 4😍 2
00:57
Видео недоступноПоказать в Telegram
XAYRLI TUN AZIZLARIM!❄️ ✨🌙Bugungi neʼmatlar uchun shukrlar boʻlsin! Yoʻl qoʻygan xato, kamchiliklarimizni Alloh Oʻzi kechirsin! Ertangi kunga barchamizni sogʻ-omon yetkazsin! ✨TUNINGIZ OSUDA OʻTSIN Yaxshi dam oling aziz ZAMONDOSHIM! Ertagacha HAYR. ALLOHNING panoxiga topshirdim. Bizlardan uzoqlashmang! Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
8.90 MB
8👍 6🥰 5😍 5
00:07
Видео недоступноПоказать в Telegram
Diydordir g‘animat. Umrimiz oqguvchi,o‘xshar daryoga, Inson nima uchun kelar dunyoga, Aldanib qolmasin,hech kim ro‘yoga, Diydordir g‘animat,diydor g‘animat. Vaqt chopib o‘tadi,topib bo‘lmaydi, Diydorni qadrini kimlar bilmaydi, Yo‘lini intizor kutsa kelmaydi, Diydordir g‘animat,diydor g‘animat. Yaqinlarin borib,to‘ysa diydorga, Hech bir qalb qolmasin,kutib ozorga Vaqtni topib bo‘lmas oltinu zarga, Diydordir g‘animat,diydor g‘animat. Qanchalar insonlar,kutib yashaydi, Sog‘inch iztirobin yutib yashaydi, Og‘rig‘i jonidan,o‘tib yashaydi, Diydordir g‘animat,diydor g‘animat. Telegram.me/Sherlari_Sevgi ☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
Показать все...
SaveVid_Net_AQOacXgewmXmrIHkXrx0nrtNgCzkOhMuoC9vE_q5zUrZsxWd2PkGq.mp41.94 MB
9👍 7🥰 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
SIKITKA 25 MINGDAN ZAKAZLARNI QABUL QILISHNI BOSHLADIK📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣 +998912929030 💋💋 BIZNING LOYIHAMIZ ORQALI YAQINLARINGIZNI HURSAND QILING XIZMAT NARXIMIZ CHEGIRMADA 25 MING SÒM MUROJAT UCHUN👇 @Dil_ishorim_admin BIZDA AVIDOLI TABRIK 25 MING😘😘😘 VIDIYOLLI TABRIK 40 MING CHETGA TABRIK 35 MING BIZDA BARCHASI UZGACHA BULADI👇👇👇👇👇👇 https://t.me/dil_isxorim_5 @Dil_ishorim_admin +998912929030 👍👍👍👍
Показать все...
6👍 6🥰 6😍 3
MEN UCHUN ASRASIN SIZNI XUDOYIM! Qadri togʻdan baland aziz insonim, Bir so'zli, ahdiga sodiq sultonim. Taqdir  nasib etgan oliy in'omim, Men uchun asrasin sizni Xudoyim. Koʻnglingizga koʻnib ko'ngil berganman, Siz deb ota uydan kechib kelganman. Yuragim xoqoni-begim deganman Men uchun asrasin sizni Xudoyim. Chin mo'min xislatli, iymoni oʻktam, Jufti halolimsiz savlati koʻrkam. O'zidan o'tinib so'rayman har dam, Men uchun asrasin sizni Xudoyim. Sizsiz hech halovat bilmas yuragim, Sizsiz keraklarim ichra keragim. Xudoyimdan bitta duo-tilagim Men uchun asrasin sizni Xudoyim. Yoningizda yashay mehrga to'yib, Nikoh-la bog'langan baxt hissin tuyib. Meni avaylangiz gulim deb suyib, Men uchun asrasin sizni Xudoyim. Qimmatsiz dunyoning zebu-zaridan, Avaylaysiz meni yot nazaridan. Neki yomonliklar bo'lsa baridan, Men uchun asrasin sizni Xudoyim. Dard-alam ko'rmang hech ko'nglingiz to'lib, Yarashar yursangiz baxtiyor,kulib Duolar qilaman yoringiz bo'lib, Men uchun asrasin sizni Xudoyim. Ikki dunyoda ham bo'laylik birga, Sevaman, bermayman jannatda xurga. Borligʻimni koʻmib har on shukurga, Men uchun asrasin sizni Xudoyim. ✍AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
13👍 8😍 6🥰 2
Ishing bo'lganmi! Yolg'onchilik senga bitta hunarday Xiyonat kundalik ishing bo'lganmi Sizni sevaman deb yurgan paytlaring Zahirada boshqa kishing bo'lganmi Qo'llaring bo'ynimda chirmashgan ilon Bug'ib qo'yding axir bunchalar yomon Shunda ham begona quchoqlar hamon Uyquda eng shirin tushing bo'lganmi Gulim degan edim jonu dilimdan Sensiz bu hayotim og'ir o'limdan Bag'rimni tilkalab, tutib qo'limdan Shunchalar zaharli nishing bo'lganmi Azoblar borimni ketganda talab Yarim jon bo'lmoqni qoldim uddalab Xasta yuragimni burda burdalab Eng qattiq temirdan tishing bo'lganmi Manosiz hayotim ishqing tark etgan Qolgan azoblaring o'lguncha yetgan Gullagan bahorim kuydirib ketgan Qahraton qarida qishing bo'lganmi Bir nafas soyamda aylading hordiq Shu damda borimni qilibman tortiq Meni sevaman deb, mendan ham ortiq Zahirada boshqa kishing bo'lganmi. +998906783795 +998996683795. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Mo'min. 01.04.2025 yil. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
13🥰 9👍 6😍 3
💔Bilib sevdim💔 Qirmiz rangli atirgulning tikonida, Yuragimni chok-chokini tilib sevdim. Muhabbatni oʻyin boʻlgan zamonida, Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim! Zorlanibman, rangi roʻyim aylab somon, Baxtdan kulmay, oʻz ustimdan kulib sevdim. Zerikkanda yoʻl olib-la oʻzga tomon, Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim! Olislasang, firoq oʻti qiynasa gar, Sabo misol chor tarafga yelib sevdim. Tili boʻlsa aytsin ana sirdosh bashar, Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim! Boʻlmasang ham, dunyoning qay chekkasida? Borligingga shukronalar qilib sevdim. Qolarman deb iztiroblar oʻlkasida, Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim! Ha shundayin devonaxoʻl oshiq boʻlib, Toʻlib sevdim, soʻlib sevdim, oʻlib sevdim. Ham bilagʻon, ham bilimdon moshigʻ boʻlib, Bir kun mendan ketishingni bilib sevdim! Bilmaganman desam yolgʻon boʻlar garchi, Boshim, ishqning sirtmogʻiga ilib sevdim. Hatto oʻzing bilmagansan, balki... balki? Men-chi ? Mendan ketishingni bilib sevdim!!! ✍ Mumtozbegim Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
16😍 6🥰 5👍 2👏 1😁 1
00:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
🕌 JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🕋 🌙 🤲 🌙 Eng yaqin insonim kirib kelgan “Juma” kuni muborak bo‘lsin. Bu kunda barcha duo qiluvchilarning duolari ijobat bo‘lsin. Qalblarimizni o‘zining muhabbati bilan shod aylasin! ❗️Yaqinlaringizni birinchi bo‘lib tabriklash esdan chiqmasin👇 Telegram.me/Sherlari_Sevgi ☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
Показать все...
4.22 MB
9😍 8👍 4🥰 1
00:10
Видео недоступноПоказать в Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun 19 - D E K A B R 🎉 🎁 Tavallud ayyomingiz 🎈 muborak boʻlsin! 🎊 🎁 Umringiz uzoq, 🎈 rizqingiz butun boʻlsin! 🎁 Oilangiz baxtiga doimo, 🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Показать все...
10.60 MB
👍 7 4🥰 4😍 3
00:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
#ЭРТАГА_ЖУМА           🌙XAYRLI TUN ✨Men uchun qadri baland qadrdonim. ✨Allohim umrimizni ziyoda, yuzimizni yorug‘. ✨Qalbimizni keng, qadrimizni baland. ✨Ishlarimizni barorini, oxiratimizni esa saodatli қилсин.🤲 Juma oqshomingiz xayrli bo‘lsin shirin tushlar ko‘ring 💫 Telegram.me/Sherlari_Sevgi ☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
Показать все...
8.90 MB
10🥰 9😍 4👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
❤️Chin muhabbat qalbning shunday joyida bo'ladiki na ayta olasan na kecha olasan.❤️ Xayrli oqshom yaxshi insonlarim... Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
😍 9 7👍 7🥰 4
00:58
Видео недоступноПоказать в Telegram
Китобга шунчалик қизиқасизми, китобни ҳаётга боғлашни ҳоҳлайсизми? Сиз бир пайтни ўзида турли диний ва дунёвий маълумотлар эгаллашни ҳоҳлайсизми, уни устига шеърият жону дилингизми? унда бу канал айнан сиз учун. Китоб ихлосмандлари учун канал Обуна бўлинг👇 https://t.me/+paVv0rjRBTY4NzJi
Показать все...
17.79 MB
14😍 5👍 3🥰 3
Канални кўриш
Обуна бўлиш
Фото недоступноПоказать в Telegram
She'riyatga oshiq yoqadi bizga🫠 Har nedan ko'ngilga ishonch olamiz, Bir tomchi e'tibor kifoya bizga. Sevgi izhoridan mudom tonamiz She'riyatga oshiq yoqadi bizga... Quyosh chiqqanidan to kun botguncha, Dillarimiz asir shirin so'zlarga. She'rlarga oshiqmiz to koʻz yumguncha She'riyatga oshiq yoqadi bizga... Kimlardur gullarga burkansam deydi, Kim yallo qiladi toʻyib libosga. Bizga bir tinchlovchi,shoir boʻlsaydi She'riyatga oshiq yoqadi bizga... Netay ahir shoir ahlimiz bizlar, Sizni ham koʻmamiz shirin so'zlarga Ovozimiz ila quvongan koʻzlar, She'riyatga oshiq yoqadi bizga...🫠 Sobirjanova Izzatoy ✍ 18.12.2025
Показать все...
👍 13 12🥰 6
Ko'zimga qarolmaysiz! Kechib bizday boladan Endi hol so'rolmaysiz Yillar o'tsa oradan Ko'zimga qarolmaysiz O'shal kun o'shal payti Kelmang uzrlar aytib Ishoning boshqa qaytib Ko'zimga qarolmaysiz Sevgandim jonim qadar Ko'z tegdimi yo nazar Vijdoniz bo'lsa agar Ko'zimga qarolmaysiz Kelmang egik bosh bilan Yurak to'la tosh bilan Ko'zingizda yosh bilan Ko'zimga qarolmaysiz Siz begona, siz birov Jonimga tushgan qirov Hohlang o'ynayman garov Ko'zimga qarolmaysiz Endi afsus befoyda O'zgarib ketgan qoida Duch kelsak biror joyda Ko'zimga qarolmaysiz Ko'ksimga nishlar qadab Ketgansiz telba atab Xiyonatingiz sabab Ko'zimga qarolmaysiz Bo'ldi bas, olmang xabar Yashay sizdan bexabar Balki qiyomat qadar Ko'zimga qarolmaysiz. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Mo'min. 12.02.2025 yil. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
😍 10 7👍 7🥰 3
00:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
SaveVid_Net_AQPJhaQJ0_abXAYBXJaQYGSGoewHLrc_iuSa_MZK5_ZMjXgFnz9.mp45.33 MB
7👍 6🥰 6😍 3
❄️❄️OMON BO‘LING MUSOFIRLAR❄️❄️ Taslim bo‘lmang sog‘inchlarning zorlariga, O‘lja bo‘lmang, qiyinchilik dorlariga, Parvo qilmang sochingizning qorlariga, Alloh sizni asrab yursin, musofirlar. Ilon do‘stlar yo‘l olmasin qo‘yningizga, Tuhmat so‘zlar osilmasin bo‘yningizga, Sog‘ salomat qayting aziz uyingizga, Alloh sizni asrab yursin musofirlar. Kasofatlar yo‘lamasin yoningizga, Nomard do‘stlar o‘ch bo‘lmasin noningizga, Har xil dardlar xavf solmasin joningizga, Alloh sizni asrab yursin musofirlar. Qahraton qish yanog‘ingiz so‘ldirmasin, Ko‘ksingizni g‘uborlarga to‘ldirmasin, Hech biringiz o‘zga yurtda o‘ldirmasin, Alloh sizni asrab yursin musofirlar. Maktuba SHAYDO Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
15👍 5🥰 4😍 4
00:06
Видео недоступноПоказать в Telegram
Birinchi qor muborak❄️ Bizlarni sogʻintirgan Hammamiz orzu qilgan Bizni rosa kuttirgan Birinchi qor muborak Quvonch kirdi koʻzlarimga Qon yugurdi yuzlarimga Barcha yaqin doʻstlarimga Birinchi qor muborak Keling bugun yigʻilaylik Qor ustida toʻplanaylik Deb tabriklab qoʻyaylik Birinchi qor muborak ✍ Asmus Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Показать все...
SaveVid_Net_AQMmXUhqCqjbKY0eZMppZnXX0a7D7wUegMnjSPxJaYzICRFYhqmJZx64a9qKC.mp46.32 KB
👍 9 8😍 4🥰 3