es
Feedback
Yoshlar.edu.uz

Yoshlar.edu.uz

Ir al canal en Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
121 261
Suscriptores
-1 06624 horas
-7 0647 días
+15 67830 días
Archivo de publicaciones
✅ Viktorina ❓Media psixologiyada “ekran qaramligi” (screen addiction) nimani anglatadi?Anonymous voting
  • Faqat kinolarga qiziqishni
  • Faqat mobil o‘yinlarga moyillikni
  • Virtual muhitga ortiqcha berilib, real hayotdan uzilish holati
  • Internetdan foydalanishni taqiqlashni
0 votes
🎉 17 9😎 8🤩 4👏 2
03:01
Video unavailableShow in Telegram
💫 Korrupsiyasiz kelajak – bizning qo‘limizda! 📢 Rolikda yoshlarning halollik, adolat va mas’uliyatga chaqiruvchi fikrlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning o‘rni yoritilgan. 🎬 Ijtimoiy rolik Qo‘qon davlat universiteti talabalar mediastudiyasi a’zosi Hamidullo Talhayev tomonidan tayyorlandi. 🤝 Keling, barchamiz birgalikda korrupsiyasiz kelajak sari harakat qilaylik!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
IMG_6356.MP416.06 MB
4👍 4
03:01
Video unavailableShow in Telegram
💫 Korrupsiyasiz kelajak – bizning qo‘limizda! 📢 Rolikda yoshlarning halollik, adolat va mas’uliyatga chaqiruvchi fikrlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning o‘rni yoritilgan. 🎬 Ijtimoiy rolik Qo‘qon davlat universiteti talabalar mediastudiyasi a’zosi Hamidullo Talhayev tomonidan tayyorlandi. 🤝 Keling, barchamiz birgalikda korrupsiyasiz kelajak sari harakat qilaylik!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
IMG_6356.MP416.06 MB
3
Photo unavailableShow in Telegram
4👍 2
👉 Viktorinada ishtirok etish 👈
03:01
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda. Faqat hamjihat bo‘lib, o‘zaro hurmat, birdamlik va strategik yondashuvlarga tayanib, ezgu maqsadlarimizga erishishimiz mumkin.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
72.44 MB
6👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati 🎤 Bilim – eng katta boylik, uni o‘g‘ri ham, dushman ham olib ketolmaydi. 🪶 Ali ibn Abu Tolib
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
14👍 6🔥 5💯 5
⏳⏳⏳⏳ Bugun 17-noyabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳Butunjahon faylasuflar kuni. 🌏Xalqaro talabalar kuni. 🌏Chekishdan voz kechish kuni. 🌏Butunjahon surunkali obstruktiv o‘pka kasalligiga qarshi kurash kuni. 🌏Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar kuni. #muhim_voqealar 🔹1757 – Sankt-Peterburgda Badiiy akademiya (bugungi Rossiya Badiiy akademiyasi) tashkil etildi. 🔹1804 – Qozon va Xarkovda universitetlar tashkil etildi. 🔹2000 – Samarqandda buyuk fiqh oli­mi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yillik yubileyi tantanali nishonlandi. Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. 🔹2019 – Xitoyda Covid-19 bilan kasallangan birinchi odam aniqlandi. #tavalludlar 🔹1906 – Soichiro Xonda – yaponiyalik dizayner va ixtirochi, ishbilarmon, Honda asoschisi. 🔹1947 – Otaxon Ollaberganov – teatr rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. 🔹1966 – Sofi Marso – fransuz kino aktrisasi va rejissyori. 🔹1968 – Robin Li – xitoylik tadbirkor, Baidu internet qidiruv tizimi asoschisi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
22👍 5🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
🎓17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin! 🏛 Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi sizlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, o‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar, so‘nmas kuch-g‘ayrat, ilhom, yorqin xotiralar, omad va zafarlar tilab qoladi!
🗣Talabalik – oltin davringiz ma’no va mazmunga to‘la bo'lsin!
🇺🇿O‘zbekistonga kerakli kadr bo‘lib yetishish uchun o‘qishdan tolmang! Hammasi o‘z qo‘lingizda!
Bizni kuzating:
Instagram | YouTube | Telegram
Mostrar todo...
40🎉 27😎 10🤝 5🥰 3
00:30
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi ⚠️ Yaqingiz nomidan soxta qo‘ng‘iroqga eʼtibor bering! 📵 Soxta qo‘ng‘iroqlar firibgarning eng ko‘p ishlatiladigan usullaridan biri. Ular yaqinlaringiz rolida chiqib, pul so‘raydi, SMS-kodni yoki bank maʼlumotlarini so‘raydi. Agar shunday qo‘ng‘iroq tushsa darhol ishonmang. ✅ Nima qilish kerak? ➡️Qo‘ng‘iroq chog‘ida shoshilmang, shaxsiy maʼlumot va pul haqida gapirmang. ➡️Agar yaqinlaringiz yordam so‘rayotgandek ko‘rinmasa qo‘ng‘iroqni uzing va ularni o‘z telefonidan qayta qo‘ng‘iroq qilib tekshiring. ➡️SMS-kod, bank karta maʼlumotlari yoki PIN-kodni hech qachon bermang. ➡️Shubhali hollarda bankingizga yoki politsiyaga murojaat qiling. ➡️Qo‘ng‘iroqni qayd qilib olish va kerak bo‘lsa dalil sifatida saqlash foydali bo‘ladi. 🔒 Xavfsizlik oilangizni himoya qilishning eng muhim yo‘li. Soxta qo‘ng‘iroqlarga eʼtiborli bo‘ling va boshqalarni ogohlantiring.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
Car_UZ.mp436.89 MB
8🔥 3 2
✅ Viktorina ❓O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qachon qabul qilingan?Anonymous voting
  • 1990-yil 18-noyabr
  • 1991-yil 1-sentabr
  • 1991-yil 18-noyabr
  • 1992-yil 8-dekabr
0 votes
😎 31 21🏆 12 3🤩 3
00:50
Video unavailableShow in Telegram
🌍 Global kelajakni bugundan quramiz! 🗣Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining “Kaizen Team”, “Kaizen PRO” jamoalari hamda “Nilufar” qizlar klubi a’zolari uchun “ESG standartlari va global biznesda barqaror rivojlanish” mavzusida trening o‘tkazildi. 🌱Trening davomida talabalar global trendlar, ijtimoiy mas’uliyat, ekologik barqarorlik va zamonaviy boshqaruv standartlari haqida foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
IMG_6194.MP417.98 MB
7
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati 🎤 Ilm insonga yo‘lni ko‘rsatadi, jaholat esa yo‘ldan adashtiradi. 🪶 Imom G‘azzoliy
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
15💯 5
⏳⏳⏳⏳ Bugun 16-noyabr, haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳Xalqaro bag‘rikenglik kuni. 🌏Butunjahon amaliy qo‘l mehnati kuni. 🇺🇦Ukraina – Radio, televideniye va aloqa xodimlari kuni. #muhim_voqealar 🔹1921 – Moskvada Oliy adabiyot va san’at instituti ochildi. 🔹1945 – BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKO tashkil etildi. 🔹2000 – Marg‘ilonda buyuk fiqh olimi Imom Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi tantanali nishonlandi. 🔹2011 – Toshkent shahrida “Ma’rifat markazi” majmuasi ochildi. #tavalludlar 🔹1803 – Uilyam Toms – ingliz adabiyotshunosi va yozuvchisi, folklor atamasini kiritgan. 🔹1922 – Joze Saramago – Portugaliyalik adib, Nobel mukofoti sohibi 🔹1947 – Abdulaziz Komilov – davlat va jamoat arbobi. 🔹1994 – Bobo-Usmon Baturov – o‘zbek bokschisi, Jahon chempionati bronza medali sovrindori, Osiyo o‘yinlari chempioni.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
9👏 3👍 1
01:51
Video unavailableShow in Telegram
#xulosa_sizdan Ota-onalar ishonchini suiiste’mol qilmaylik!
Oʻzbekiston xalq artisti Saida Rametova hamda Qoʻqon davlat universiteti talabalar mediastudiyasi a’zosi Islombek Ibragimov tomonidan mazkur videorolik tayyorlandi..
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
IMG_6358.MP49.57 MB
🔥 9 6💯 3👍 1
00:30
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi 🎯 Yolg‘on lototronlarga ishonmang! 💰 So‘nggi paytlarda “siz yutdingiz”, “sovg‘a yutib oldingiz” kabi xabarlar orqali fuqarolarni aldash holatlari ko‘paymoqda. Bunday “lototronlar” aslida firibgarlikdir! 🚫 Hech qachon notanish sahifalar yoki havolalar orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang, kartangiz raqamini yubormang va SMS-kodlarni bermang. ✅ Haqiqiy tanlov va lotereyalar faqat rasmiy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi. Ishonch hosil qilmaguncha hech narsa yubormang!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
Lototron_UZ.mp440.38 MB
👍 6 4
✅ Viktorina ❓16-noyabr – YUNESKO tomonidan qanday kun sifatida e’tirof etilgan?Anonymous voting
  • Xalqaro fan kuni
  • Jahon tinchlik kuni
  • YUNESKO tashkil etilgan kun
  • Xalqaro yoshlar kuni
0 votes
18🤔 9😁 8👍 3🎉 2
02:09
Video unavailableShow in Telegram
🌿 Tabiatni asrash – bu burch, mas’uliyat va insoniylik ifodasidir! ➡️Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining Ekovolontyor yoshlari tomonidan Urgut City hududida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!” shiori ostida obodonlashtirish tadbiri o‘tkazildi. 🎥 Videorolik SamDU Urgut filiali jamoasi tomonidan tayyorlandi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
IMG_5861.MP425.03 MB
🔥 32 13👏 12💯 5🤩 3
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati 🎤 Ilmni sev, u seni abadiy yuksaltiradi. 🪶 Ibn Sino
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
32🔥 10💯 3👍 1🤩 1
⏳⏳⏳⏳ Bugun 15-noyabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Butunjahon chiqindini qayta ishlash kuni. 🇰🇿Qozog‘iston – Buxgalterlar kuni. 🇱🇰Shri-Lanka – Daraxt ekish kuni. 🇯🇵Yaponiya – Bolalar kuni. #muhim_voqealar 🔹1887 – Karl Gessner o‘zi ixtiro qilgan ruxli batareya uchun patent oldi. 🔹1896 – Toshkentda "Mehnatsevarlar uyi" ochildi. 🔹1906 – Qo‘qon shahrida Turkiston o‘lkasidagi birinchi fond birjasi - Qo‘qon birja qo‘mitasi ochildi. 🔹1955 – Sankt-Peterburgda metropoliten ishga tushdi. 🔹2003 – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik” partiyasi ta’sis etildi #tavalludlar 🔹1887 – Marianna Mur – amerikalik modernist shoira. 🔹1915 – Konstantin Simonov – rus yozuvchisi va jamoat arbobi 🔹1961 – Nasiba Abdullayeva – o‘zbek xonandasi, O‘zbekiston xalq artisti 🔹1973 – Muhammadqodir Abdullayev – bokschi, Olimpiada va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
🔥 5 2
🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi 🏛 Bugun Toshkent davlat texnika universitetda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan, 102 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olishga erishgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi tashkil etildi. Unda o‘z hududlarida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan 48 nafar ishtirokchilar 2 shart: test va insho yozish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar tanlov g‘oliblari deb topildi:
🔹1-o‘rin: Ra’no Abduxamidova – ToshDO‘TAU talabasi; 🔹2-o‘rin: Shaxnoza Yusupova – O‘zMPU talabasi; 🔹3-o‘rin: A’loxon Hasanova – CHDPDU talabasi; 🔹4-o‘rin: Muxlisa Pardayeva – QarDU talabasi; 🔹5-o‘rin: Shahzoda Sog‘inboyeva – NamDU talabasi.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va mos ravishda 1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m, 3-o‘rin 5 million so‘m, 4-o‘rin 3 million so‘m va 5-o‘rin 2 million so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlanadi. ☝️Tanlov nizomiga muvofiq, final bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilar vazirlik tomonidan elektron sertifikat hamda o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan hududiy bosqichdagi natijasi uchun pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Barcha g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarni samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Mostrar todo...
zb(HD).mp414.41 MB
14👏 10👍 5🔥 2