fa
Feedback
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

رفتن به کانال در Telegram

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
100 010
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+337 روز
+1 60430 روز
آرشیو پست ها
01:21
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim Mirzo Ulug‘bek tumanida yana bir taʼlim dargohi foydalanishga topshirildi ✅Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 73-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti kapital taʼmirdan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshladi. 🔴Ushbu muassasa 1987-yilda qurilgan bo‘lib, 180 o‘ringa mo‘ljallangan. Shu vaqtgacha esa taʼmirlash ishlari amalga oshirilmagan. 💠Taʼmirlash jarayonida bino eshik va romlari yangilandi, barcha xonalar zamonaviy talablarga moslashtirildi. Bolajonlar uchun yozgi ayvonchalar va suv havzasi barpo etildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
2025-09-22 01.07.32.mp429.64 MB
02:31
Video unavailableShow in Telegram
❓Сколько воды требуется для производства и выращивания продуктов питания? ✅ Продолжаются анимационные ролики, направленные на повышение экологических знаний учащихся. В этом видео речь пойдёт о виртуальной воде и количестве воды, расходуемой при производстве продуктов. 🌐Подробнее — в видеоролике.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
3 Ru Tg.mp4183.83 MB
02:33
Video unavailableShow in Telegram
#Suv_hayot_manbai ❓Iste‘mol mahsulotlarini ishlab chiqish va yetishtirish uchun qancha suv talab etiladi?
✅ O‘quvchilarning ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan animatsion roliklar davom etadi. Bu galgi videoda virtual suv va mahsulotlarni tayyorlashda sarflanadigan suv miqdori haqida so‘z boradi.
🌐 BATAFSIL VIDEOLAVHADA.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
3 Uz Tg.mp411.49 MB
Photo unavailableShow in Telegram
✔️O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida 2026-2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi. 📅 Arizalar joriy yilning 5-sentabrdan 15-oktyabr (shu kuni ham) sanasiga qadar www.dxxtmhal.uz onlayn platformasi yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi. 📋 Nomzodlarni saralash tanlovi harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga jalb etiladi. 📝Test sinovlari TARIX va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi. #qabul2026 #dxx_temurbeklar_maktabi
نمایش همه...
03:04
Video unavailableShow in Telegram
✨✨✨✨ 📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida. O’tgan haftada amalga oshirilgan: ➖Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari; ➖hududlardagi o’rganish va muloqotlar; ➖taqdirlash va tantanali bayram tadbirlari — hafta DAYJESTida.
15—21-SENTABR, 2025-yil
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Dayjest 33 1.mp453.57 MB
#Maktabgacha_taʼlim ✅2025-yil 15-19-sentyabr kunlari Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda UNICEF hamkorligida bo’lib o’tgan 5 kunlik o‘quv seminari o‘z yakuniga yetdi.
🟢Seminar davomida maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarish hamda rahbar va pedagog xodimlarning malakasini muntazam oshirish masalalari muhokama qilindi.
➡️Seminar samarali yakun topib, unda faol ishtirok etgan barcha mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
📰📰📰📰📰📰📰📰 ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari Temur Komilov Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) delegatsiyasi bilan uchrashdi. Mazkur muloqot tadbiri “Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablari infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tashkil etildi. ➖ Bundan ko’zlangan maqsad — yangi o‘quv o‘rinlarini yaratish va mavjud maktab infratuzilmasi holatini o‘rganish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat.
📊 Maʼlumot o‘rnida: ayni vaqtda vazirlik tomonidan OIIB bilan hamkorlikdagi loyihaning birinchi bosqichida qamrov koeffitsienti yuqori bo‘lgan hududlarda 95 ta yangi o‘quv binosi, ikkinchi bosqichda esa aholisi zich hududlarda 70 ta yangi maktab qurilishi ko‘zda tutilgan.
🔰 Shuningdek, uchrashuvda OIIB delegatsiyasining Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridagi maktablarda tashkil etilgan o’rganishlari tahlil qilinib, loyihaning keyingi bosqichlariga oid rejalar muhokama qilindi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
01:05
Video unavailableShow in Telegram
✅✅✅✅ #dastur 👍Kembrij tashkilotining xalqaro ekspertlari va mahalliy mutaxassislar ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ishchi yig’ilishlar fizika, tasviriy san‘at va chizmachilik, xorijiy tillar hamda texnologiya fanlari o’quv dasturlarini takomillashtirish bo’yicha tashkil etildi. Bizni kuzating! 🌐 Veb-sayt ✈️ Telegram 👥 Facebook 📺 Youtube 📹 Instagram
نمایش همه...
telegram_cv.mp49.68 MB
📰📰📰📰📰📰📰 ✅Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Islom taraqqiyot banki Prezidenti doktor Muhammad Al-Jassir bilan uchrashdi. Tadbir davomida xorijiy hamkorlar Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyati bilan tanishdi. 🔰Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekistondagi UNICEF vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio ham ishtirok etib, tashkilotning maktabgacha taʼlimni rivojlantirish borasidagi qoʻshma tashabbus va hamkorlik loyihalarini yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. 🌐Muloqot chogʻida IsDB tomonidan moliyalashtirilgan “Oʻzbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha taʼlimdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, institutda tashkil etilgan “Jalinga” multimedia studiyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔰 Maʼlumot uchun: Loyiha doirasida mazkur Institutda Vazirlik tomonidan UNICEF bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda birinchi marotaba sunʼiy intellekt asoslangan “Jalinga” multimedia studiyasi ishga tushirildi. Shuningdek, hududlardagi Pedagogik mahorat markazlari faoliyati yanada takomillashtirilmoqda.
Mehmonlar, shuningdek, institutda tashkil etilgan malaka oshirish kurslari va amaliy mashgʻulotlar jarayonini kuzatib, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
#Maktabgacha_taʼlim Toshkent shahrida yana bir “Ilk rivojlantirish markazi” ochildi ✅Mirobod tumanida bo’lib o’tgan ochilish marosimida ishtirokchilar markazdagi zamonaviy o‘quv xonalari, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. ➡️Ilk rivojlantirish markazlari 3–6 yoshli bolalarni qamrab olib, xususan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga ham sifatli ta’lim-tarbiya xizmatlarini taqdim etadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#соҳага_доир_ҳужжатлар 📣 Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: ➖ Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi; ➖ Institut Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi; ➖ "Olmaliq KMK" AJ Institutga asosiy sanoat hamkori sifatida biriktiriladi; ➖ Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilgʻor muhandislik maktabi tashkil etiladi; ➖ maktabda taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi. 👉Qarorning to‘liq matni
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#соҳага_доир_ҳужжатлар 📣 Poytaxtimizda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etilmoqda ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: ➖Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali hamda mazkur filialning Vasiylik kengashi tashkil etiladi; ➖ Filialda taʼlim faoliyati 2026-2027-oʻquv yilidan boshlanadi; ➖ Taʼlim jarayoni Rossiya Federatsiyasining federal taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida olib boriladi; ➖ abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tomonidan belgilanadigan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi; ➖ Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi; ➖Talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; ➡️ Shuningdek, qaror bilan: ➖ Filial uchun Yangi Toshkent shahri hududida 2 000 oʻrinli oʻquv-laboratoriya binosi va 800 oʻrinli talabalar turarjoyi qurish hamda uni oʻquv, ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash belgilandi. 👉 Qarorning to‘liq matni
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
01:52
Video unavailableShow in Telegram
Почему важно беречь воду? ✅С раннего возраста необходимо прививать детям навыки экономного и рационального использования воды. Ведь вода — один из самых ценных ресурсов, который необходимо сохранить для будущих поколений и не допускать её расточительного использования.
Для расширения экологических знаний учащихся в этом направлении были подготовлены анимационные ролики.
🌐Подробнее — в видеоролике.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
1 Ru Tg.mp4136.77 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#соҳага_доир_ҳужжатлар 📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida muhandislik maktablari tashkil etiladi ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik taʼlimini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: ➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladi. 👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab: ➖ mazkur maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda oʻquvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi; ➖ birinchi oʻquv yilida 7-10-sinflarga, ikkinchi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi; ➖ oʻquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi hamda dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi; ➖ muhandislik maktablarining 11-sinf oʻquvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi; ➖ muhandislik maktablarida oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish boʻyicha akademik direktor lavozimi joriy etiladi; 👉 2026-yil 1-yanvardan boshlab: ➖ har yili umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi; ➖ tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohati tashkil etiladi; ➖ tanlovning Respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan maktabga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan Innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi. 👉 Qarorning to‘liq matni
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
01:58
Video unavailableShow in Telegram
#Suv_hayot_manbai Suvni tejash nima uchun muhim? ✅ Yoshlarga suvni tejash, undan oqilona foydalanishni bolalikdan boshlab oʻrgatish katta ahamiyatga ega. Chunki, suv — eng qadrli resurslardan boʻlib, uni kelgusi avlodga yetkazish hamda isrof qilishdan tiyilish kerak.
Oʻquvchilarning bu yoʻnalishdagi ekologik bilimlarini oshirish maqsadida animatsion roliklar ishlab chiqildi.
🌐 Batafsil videolavhada.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
1 Uz Tg.mp48.87 MB
01:55
Video unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 📣 Aziz o‘quvchilar! ✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Fan olimpiadalari markazi tomondan ASOSIY OLIMPIADAga start berilmoqda.
➖ Unda yurtimizda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari ishtirok etadi.
Jarayonlar 4 bosqichda o‘tkaziladi, 1-bosqich (ta'lim tashkilotlari bosqichi) sentabr oyida boʻlib oʻtadi. 🌐 BATAFSIL VIDEOLAVHADA.
Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
AOV2 .mp484.33 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan: Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Kelajak markazi" direktori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari taʻlimni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Indira Xoldarova turli yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti oʻqituvchisi, tashkilotning Toshkent shahar Kengashi apparati va Yoshlar ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan. 2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengash raisi o'rinbosari — "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi, 2022-2023-yillarda Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Indira Xoldarovaga kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan: Raximboyev Sardor Qahramonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Sardor Raximboyev 2009-2015-yillarda Davlat statistikasi qoʻmitasi, Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida turli lavozimlarda, 2015-2019-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi, 2019-2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta oʻqituvchisi, 2020-2022-yillarda «Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi» davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi, 2022-2023-yillarda Xalq taʼlimi vazirligida boshqarma boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sardor Raximboyevga kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
01:17
Video unavailableShow in Telegram
#bu_muhim ✅ Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-sentabr kuni oʻqituvchi va murabbiylar bilan qilgan muloqotida pedagoglarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar aytib oʻtildi. ➖ Bu qanday imtiyozlar, deysizmi? Barchasi mazkur videoda☝️
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
imtiyozlar 1-1-video-export-2025-09-17T10-44-21.934Z.mp4225.56 MB
03:10
Video unavailableShow in Telegram
#Ekologiya_burchagi #Maktabgacha_taʼlim ✅Toshkent shahar Chilonzor tumani maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limi tasarrufidagi 204-sonli davlat DMTTda tarbiyalanuvchilar bilan “Jajji ekologlar” uchrashuvi o‘tkazildi. 🌱Uchrashuvning asosiy maqsadi – kichkintoylarda tabiatga mehr, atrof-muhitga e’tibor va ekologik madaniyatni yoshligidan shakllantirishdir. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
IMG_9309.mp416.82 MB