fa
Feedback
IT specialist

IT specialist

رفتن به کانال در Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
9 694
مشترکین
-524 ساعت
-307 روز
-12930 روز
آرشیو پست ها
#internet #game Lichess – shaxmatni onlayn o‘ynaymiz Lichess – tezkor va standart shaxmat partiyalari uchun eng yaxshi saytlardan biridir. Tezkor o‘yinlar besh daqiqadan ortiq davom etmaydi, taxtada eng ko‘p donasi qolgan ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi. Kechki mahal saytga taxminan 30 ming foydalanuvchi tashrif buyurib, bir vaqtning o‘zida 8 mingtagacha o‘yin o‘ynaladi, raqibni topish uchun bir necha soniya vaqt ketadi xolos. Siz o‘zingiz singari biror foydalanuvchi yoki kompyuterga qarshi o‘ynashingiz yoki o‘z o‘yiningizni yaratishingiz mumkin. Saytda turnirlar o‘tkaziladi. Professional o‘yinchilarning texnikasini o‘rganish uchun harakatlarini kuzatishingiz mumkin. Ushbu o‘yinga endigina kirishgan yangi fodalanuvchilar uchun o‘quv bo‘limi mavjud. Bu yerda o‘yin asoslari, harakatlar qoidalari bilan tanishishingiz, “shoh” qilish va nazariyani o‘rganishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchilar sizning harakatlaringizni tahlil qilish funksiyasini ham taklif qilishadi. 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
🔥 2
00:18
Video unavailableShow in Telegram
#bilasizmi #mulohaza_uchun #game Xitoylik bobo dunyodagi eng keksa erkak geymer sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Yang Binglin 1996-yildan beri video o‘yinlar o‘ynab keladi va hozir 88 yoshda. Yoshiga qaramay, u har kuni soatlab ushbu mashg‘ulot bilan band bo‘ladi. Aytgancha, Ginnes kitobida yoshi kattaroq bo‘lgan geymer buvijon ham bor – u shu oy 94 yoshga to‘ladi. 📝 Manba: @hzvse ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
IMG_6427.MP46.19 MB
👍 1🔥 1
Repost from IT specialist
#powerpoint Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz! 🚀 Taqdimotni yaratish vaqtida ko‘pincha yuzaga keluvchi muammo — bu bir vaqtning o‘zida bir nechta slaydlarda ma’lum bir shriftni boshqasiga almashtirishdir. Bunday holatda bizga menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Замена шрифтов buyrug‘i yordam berishi mumkin. Shriftlarni almashtirish oynachasida almashtirilishi kerak bo‘lgan shriftni tanlash va uni aynan qaysi shriftga almashtirishni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu buyruqning asosiy afzalligi — almashtirish bir vaqtning o‘zida taqdimotning barcha slaydlarida amalga oshiriladi. 🎞 Batafsil ma’lumotni postga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin 👇🏻. ⚠️ Taqdimot tayyorlashda imkon qadar, bizda Microsoft Word dasturida foydalanish bo‘yicha urfga kirgan serifli – Times New Roman shriftidan foydalanmang, chunki uning uzoqroqdan turib o‘qilishi biroz mushkul. Uning o‘rniga serifsiz – Calibri, Arial, Verdana, Tahoma shriftlaridan birini foydalanish uchun tanlashingiz mumkin, o‘zingiz uchun buni solishtirib, sinab ko‘rishingiz mumkin. Shunda auditoriyaning ortidan turib taqdimotni kuzatuvchi tinglovchilarda matnni ilg‘ash borasida muammo yuzaga kelmaydi. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: “Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati • Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
#excel 🔢 Alohida sonlar yoki formulalarni ajratib ko‘rsatish Aytaylik, sizda formulalar orqali hisoblangan ustun bor, biroq ba’zi yacheykalarda sonlar qo‘lda kiritilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Bunday yacheykalarni tezkor aniqlash uchun butun diapazonni belgilang, Главная → Найти и выделить ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va Выделить группу ячеек vositasidan foydalaning. Bu uchun F5 klavishini bosishingiz ham mumkin. Yuzaga kelgan oynada qo‘lda kiritilgan sonlarni ajratib ko‘rsatish lozim bo‘lsa константы yoki formulalarni bo‘lsa, mos tarzda формулы'ni tanlang. Shundan so‘ng ajratib ko‘rsatilgan yacheykalarga kerakli qiymatlarni kiritishingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu maqsadda ЕФОРМУЛА funksiyasidan ham foydalanishingiz mumkin. 📝 Manba: @hacks_excel ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
👍 2
Repost from IT specialist
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslahat Telegram'da matnlarni ajratish 🔤 Matn qanchalik uzun bo‘lsa, uni o‘qish va idrok qilish shunchalik qiyinlashib boraveradi, ayniqsa bu reklama matni bo‘lsa. Shu bois kopirayting sohasida matndagi ba’zi so‘z yoki jumlalarga jilo berish orqali mijozlar e’tibori tortiladi. Quyida Telegram'da matnlarni ajratib ko‘rsatishning qanday usullari borligini ko‘rib chiqamiz: 1️⃣. Sarlavha, bandlar nomlari va boshqa muhim so‘zlarni yo‘g‘on yozish orqali ajratish mumkin: buning uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va B klavishlarini bosing. 2️⃣. So‘z yoki uning ma’nolarida, urg‘u berishda, qo‘shimcha izohlarda, og‘zaki nutqni ifodalash yoki boshqa hollarda matnni yotiq (qiya) shaklga keltirish mumkin: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va I klavishlarini bosing. 3️⃣. So‘zning ostiga chizish orqali ham unga o‘zgacha urg‘u berish imkoni bor: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va U klavishlarini bosing. 4️⃣. Matnni yozish jarayonida fikringiz o‘zgarib qolganini ifodalash uchun yoki hazil tariqasida so‘zni yo‘qotish o‘chirish funksiyasidan foydalanib tursangiz ham bo‘ladi: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL, SHIFT va X klavishlarini bosing. 5️⃣. Reklama sohasida havola (link)siz ish bitmaydi. Uni so‘z ortiga yashirish uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va K klavishlarini bosing, keyin kerakli havolani kiriting. 📝 Manba: @xatoliklar ℹ️ Kanalimizdagi ushbu ruknlar ostida joylashtirilgan boshqa postlarimiz bilan tanishing: Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari Spoyler formatlanishi Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi? Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi? Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari. Telegram Desktop'da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar • Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz: 1-post | 2-post 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Unlock the Power of Cryptocurrencies, Seamlessly Convert to Fiat! New feature on MaxSwap Platform. Now you can easily sell your crypto for fiat with ease! You can use TG Bot - https://maxswap.cc/JgvjPDT4 Or MaxSwap Platform - https://maxswap.cc/yPM6mTJz #MaxSwapUpdates commission is the lowest on the market and is only 0.3%. Enjoy! Also, the community is currently running a 500 usdt quest giveaway in conjunction with Venom Bridge. Good luck! TgBot | Website | Twitter | Discord | Facebook | Instagram | Telegram Channel
نمایش همه...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥 Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur. Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi. Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi. 📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Toza Windows 10'ni o‘rnatish Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video) Drayverlarni topish va o‘rnatish Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli) Dastur ornatish sanati Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi? Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash. Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video) Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
Repost from IT Masters
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Siz bilmaydigan Word fishka 🔥 👉 Bizning barcha loyihalar
نمایش همه...
GD1LLBkoCLuWDUkDAPrsnAXPdB9-bpR1AAAF.mp48.51 MB
Repost from IT Masters
00:52
Video unavailableShow in Telegram
✅ Telegram chat eksport 👉 Bizning barcha loyihalar
نمایش همه...
43231442_1069442094336721_3371756499395034704_n.mp46.72 MB
👍 1
Repost from IT specialist
#it_darslar #security Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya - farqi nimada? 🆔🔐🔓🤔 Bu bazaviy tushunchalarning o‘rtasidagi farqni bilmay turib, axborot xavfsizligi sohasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Bugun biz identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya nima ekanligini va ushbu tushunchalar orasidagi farqni bilib olamiz. 👉🏻 Batafsil... 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
00:10
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #security #it_humor Ikki bosqichli autentifikatsiya 😉 ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
oQQlIsBjBQ8UcjRUBhPMNQgAytQzefPETJzm1E.mp41.95 MB
Repost from IT specialist
#maslahat #internet 🎞 Youtube.com saytidan videoni yuklab olish📤 Ushbu usul anchadan beri ma’lum, lekin shunday bo‘lsa ham o‘z aktualligini yo‘qotmagan. Kerakli video bilan brauzerning ma’lum bo‘limi (вкладка)da bo‘lganingizda manzil satridagi havola (ссылка) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: ▶️ www.youtube.com/watch?v=xLCn88bfW1o Yuklab olish sahifasiga o‘tish uchun youtube’dan oldin ssni qo‘shish lozim. Ya’ni sizning havolangiz quyidagi ko‘rinishga keladi: ▶️ www.ssyoutube.com/watch?v=xLCn88bfW1o -> ENTER bosiladi. 👌🏻Ochilgan sahifada yuklab olish uchun mos keluvchi format va video sifatini tanlash mumkin. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: YouTube qaynoq klavishlari YouTube'dagi reklamalarni bloklaymizYouTube'dan videoni yuklab olishning oddiy usuli 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor? • YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz • Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
#word #maslahat 💾 Microsoft Word'da fayllarni saqlash qulayligini oshiramiz Odatda, yangi hujjat yaratilganida, Word kerakli saqlash joyiga o‘tish uchun sichqoncha tugmasini bir necha marta bosishingiz kerak bo‘lgan muloqot oynasini ekranga chaqiradi. Ammo ko‘pincha bizda fayllar uchun asosiy papka mavjud bo‘lib, unda biz allaqachon fayllarimizni tartiblab kelayotgan bo‘lamiz. Nega endi bizga kerak bo‘lgan standart papkani darhol ochmasdan, dastur taklif etgan muloqot oynasi orqali ishimizni uzaytarishimiz kerak?! Buning uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi: 1️⃣. “Файл” → “Параметры” bo‘ylab o‘ting. 2️⃣. Sozlamalar oynasining o‘ng tomonidagi “Сохранение” bo‘limini tanlang. 3️⃣. “Не показывать представление Backstage при открытии и сохранении файлов” bandiga qushcha belgisini o‘rnating. 4️⃣. “Расположение локальных файлов по умолчанию” maydonida yangi fayllar saqlanishi uchun taklif etilishi rejalashtirilgan papkangiz manzilini ko‘rsating. 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
Repost from IT Masters
Photo unavailableShow in Telegram
Google tomonidan yaratilgan barcha xizmat va ilovalar 🔥 👉 Bizning barcha loyihalar | #goooogle
نمایش همه...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim ⛔️ Windows'da tizim bilan birgalikda ishga tushuvchi dasturlarning avtomatik yuklanishini faolsizlantirish Kompyuterni uzoqroq muddat ishlatib kelayotgan foydalanuvchilar, tizim ishga tushirilgan paytdagi yuklanishi – dastlabki yuklanishlariga nisbatan ko‘proq vaqt olayotganiga guvoh bo‘lishlari mumkin. Bu bizga ortiqcha dasturlarni Windows ishga tushgan paytda birgalikda yuklanishidan o‘chirib qo‘shish maqsadida Автозагрузка'ga murojaat etishimiz lozimligini anglatadi. Bunda bajariladigan qadamlar ketma-ketligi quyidagicha: 1️⃣. Windows 7 va undan oldingi tizimlarda WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga msconfig buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Ochilgan oynadagi Автозагрузка varaqa (вкладка)siga o‘ting va tizim bilan birga yuklanishi zarur bo‘lmagan dasturlar qarshisidan qushcha belgilarini olib tashlang. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlang. 2️⃣. Windows 8 va undan keyingi tizimlarda CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Ochilgan oynaning Автозагрузка varaqa (вкладка)sida kerakli dastur keltirilgan bandni tanlang, so‘ngra oynaning pastki o‘ng burchagidagi Отключить tugmasini bosing. 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
IaaS yoki On-prem: «Biznes uchun qanday tanlov qilish kerak?» mavzusida bepul vebinarga marhamat! Veb-seminarda Servercore’dagi mutaxassislar siz uchun eng yaxshi yechimni qanday tanlash haqida aytib beradilar hamda bulutli yechimlarning (IaaS) va o'zingizning uskunangizdan (On-premise) foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlarini taqqoslaydilar. Dasturda: — On-premise yondashuvi nima? Ma'lumotlarni o'z uskunalarida saqlash va qayta ishlashning o'ziga xos xususiyatlari haqida nutq so'zlanadi; — Bulutli infratuzilma nima? Bulutdagi hisoblash quvvatlari haqida qisqacha ma'lumot beriladi; — Biznes uchun yechim topish va e'tibor berish kerak bo'lgan omillar haqida; — Gibrid infratuzilma IaaS bilan On-premise o'rtasidagi kelishuv sifatini solishtiriladi; — IaaS’ni haqiqiy amaliyotda qo'llashga doir misollar keltiriladi; 🔺 Vebinar ishtirokchilari servislarni sinovdan o'tkazish uchun my.servercore panelida 400 000 so'm bonus oladilar. 📆 Vebinar 31-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 12:00, Chorshanba kuni bo'lib o'tadi. Havola orqali vebinarga ro'yxatdan o'ting.
نمایش همه...
Repost from IT specialist
#smartfon #android 🧹 Smartfonda joy bo‘shatish – tajribali foydalanuvchilardan oddiy usul Telefonning ichki xotirasini qo‘lda bo‘shatishga harakat qildingiz: videolar, fotosuratlar va barcha keraksiz ilovalarni o‘chirdingiz, avtomatik tozalashni ishga tushirdingiz, biroq Android smartfoningizda hali ham xotira yetarli emasmi? Umidsizlikka tushmang! Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qurilmaning ichki xotirasini 20% gacha bo‘shatishning yana bir usuli bor. ⚠️ E’tibor bering, ushbu ko‘rsatmalarga amal qilishdan oldin, ilovalar va saytlarda avtorizatsiya uchun qo‘llanilgan ma’lumotlaringiz, ya’ni login va parollaringizni bilishingizga ishonch hosil qiling, chunki smartfon xotirasi tozalaganidan so‘ng ular qayta kiritilishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda ilovalar uchun qo‘llaniluvchi kontentni qayta yuklab olishga to‘g‘ri keladi. Android telefonidagi ichki xotirani bo‘shatish tartibi: 1️⃣. Google Play'ga o‘ting va Total Commander ilovasini qurilmangizga o‘rnating. 2️⃣. O‘rnatilgan ilovani ishga tushiring → Ichki xotira (Внутренняя память)ga o‘ting → Oynaning yuqori qismidagi Qidiruv (Поиск) belgisi ustiga bosing. 3️⃣. Qidiruv oynasiga “cach”ni (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting → Поиск tugmasiga bosing. Ilova qurilmaning ichki xotirasini skanerlaydi. 4️⃣. Qidiruv natijalari oynasining pastki chap burchagida Выделить (belgili tugma) → Выделить все'larga bosing. 5️⃣. Tozalashni yakunlash uchun oynaning pastki qismidagi Удалить (belgili) tugmasiga bosing → ogohlantirishga roziligingizni bildiring. O‘chirish jarayoni tugallangandan so‘ng telefon xotirasida katta hajmdagi bo‘sh joy yuzaga keladi. 📝 Manba: @smartphonesecrets ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Kesh nima? Keshni tozalash orqali smartfon xotirasini bo‘shatamiz Android’da xotirani bo‘shatishning 3 oddiy usuli Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin? CCleaner mobil ilovasi Quloqchinlarni qanday tozalash mumkin? Smartfon dinamiklariga tushgan suvni tozalash Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona C diskidagi Temp papkalari bo‘yicha Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida Windows 10'da keraksiz tizim xatoliklari xotira dampini o‘chirish orqali joy bo‘shatish Muayyan tizimli diskda qiyinchiliksiz joy bo‘shatish Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli) Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi? Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat Windows'ni bir klikda tezlashtirish Windows'da “Максимальная производительность” rejimini faollashtirish Windows 10'da Internet tezligini oshiramiz Windows 10'ni tezkor ishga tushirish Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish “Загрузки” papkasidagi foydalanilmayotgan fayllarni avtomatik o‘chirish Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma Google Chrome'ni bir zumda tozalash Chrome'ning ishlashini tezlashtiramiz Rasmlarni suv belgilaridan tozalash • Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
Repost from TgId: 1893510856
00:35
Video unavailableShow in Telegram
Хотите узнать, что происходит за кулисами в создании красивых и функциональных веб-сайтов? Тогда Академия IT-Bilim приглашает вас на открытый урок по курсу Frontend, который состоится 26 января в 19:00! 🏢Место проведения: Академия IT Bilim 👨‍🏫 Ментор: Сергей Дементьев 📌 Адрес: Муминова 4А, здание IT Park, 3 этаж Пройти регистрацию ➖➖➖➖➖➖ Chiroyli va funktsional veb-saytlarni yaratishda sahna ortida nima sodir bo'lishini bilmoqchimisiz? Unda IT-Bilim Academy sizlarni 26-yanvar soat 19:00 da bo'lib o'tadigan Frontend kursi bo'yicha ochiq darsga taklif etadi! 🏢O'tkazilish joyi: IT Bilim Akademiyasi 👨‍🏫 Ustoz: Sergey Dementiev 📌 Manzil: Mo'minova 4A, IT Park binosi, 3-qavat Ro'yxatdan o'tish instagram | facebook | it bilim | youtube
نمایش همه...
11.60 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#smartfon #android #game 🧩 Plants vs. Zombies 2 — o‘simliklar va zombilar qarama-qarshiligi haqidagi o‘sha mashhur vaqt o‘ldiruvchi mobil o‘yinning uzoq kutilgan 3-versiyasi. Android 6.0+. o‘simliklarni o'rnatishning kechiktirilishi o‘chirilgan + mod menyusi qo'shilgan (o‘simliklarni o‘rnatish xarajatlari o‘chirilgan). 📎 Plants vs Zombies 3 v8.0.17 mobil o‘yinini yuklab olish. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Plants vs. Zombies mobil o‘yiniPlants vs. Zombies 2 mobil o‘yini • O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz. • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
01:09
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #smartfon #game 🏃‍♂️Ishqiboz Subway Surfers o'yini Unreal Engine 5 dvijogida qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. 📝 Manba: @DeepFaker ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
نمایش همه...
0123 (1)(1).mp441.28 MB