UzReport.news
رفتن به کانال در Telegram
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

26 291
مشترکین
-1324 ساعت
-1187 روز
-59930 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
Ishning ko‘zini biladigan dehqonlar intensiv bog‘ yaratib, gektaridan 50 ming dollargacha hosil olmoqda. Bunday bog‘larni keskin ko‘paytirish va yerga munosabatni tubdan o‘zgartirish muhim ekani ta’kidlandi.
Bugun respublikada 90 ming gektar eskirgan va kam hosilli bog‘-tokzorlar bor. Eski bog‘lardan olinayotgan hosil gektariga 10 tonnaga ham yetmaydi. Shu bois, yangi bog‘ va tokzorlarni tashkil qilish, eskilarini yangilash bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinadi.
Prezidentimiz bog‘dorchilik xo‘jaliklari uchun qator yangiliklarni e’lon qildi.
Endilikda Agrosanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 7 yilga 3 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit beriladi. Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan muzlatkichli ombor uchun kredit foizining asosiy stavkadan oshgan 8 foizgacha qismi qoplanadi. Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sabzavot eksportchilari va bog‘bonlarga qadoqlash xarajatining 50 foizini kompensatsiya qiladi.
Bundan tashqari, sertifikatlangan ko‘chat sotib olish xarajatining 50 foizi budjetdan to‘lanadi. Meva turiga qarab shpalerlar uchun fermerlarga 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
Paxta va g‘allada bo‘lgani kabi meva-sabzavot yo‘nalishidagi fermerlar uchun ham arzonlashgan narxda o‘g‘it va yoqilg‘i xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 54🔥 30❤ 20
Photo unavailableShow in Telegram
Paxtachilikda mexanizatsiyalash darajasini 85 foizga yetkazish uchun kelasi yil yana 800 ta terim mashinasi, 450 ta ko‘p funksiyali seyalka va 3 ming dona plyonka yig‘adigan mashina olib kelinishi belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan paxta yetishtirish uchun fermerlarga har bir gektarga ajratiladigan mablag‘ 1,4 barobar ko‘paytirilib, 17,5 million so‘mga yetkaziladi.
Umuman, paxtachilikdagi ishlarni yanada jonlantirish uchun 2026-yilda dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga 35 trillion so‘m beriladi.
G‘allachilikda ham sho‘r, suvsizlik va issiqqa chidamli yangi navlarni yaratish borasidagi izlanishlar yanada kuchaytirilishi ta’kidlandi.
Yaqinda Meksikadagi Jahon makkajo‘xori va g‘allachilik tadqiqotlar markazidan 100 dan ziyod yangi hosildor g‘alla navi olib kelindi. Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Jizzaxdagi g‘allachilik institutlarini modernizatsiya qilishga Jahon banki mablag‘idan 10 million dollar berildi.
“Bu hammasi emas! Endi o‘z mablag‘i hisobidan g‘alla yetishtirgan fermerlarga paxtadagi kabi hosilining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi”,– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 21🔥 21❤ 19
Photo unavailableShow in Telegram
Yaxshi agronom – yuqori hosil kafolati.
Shu bois, Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot o‘taydi.
Agronomlik sirlarini o‘rgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million so‘mdan pul, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya to‘lanadi.
Yetarli tajriba va ko‘nikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi.
Ular fermerlar faoliyatiga yangiliklarni olib kirib, sifatli urug‘ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga ko‘maklashadi.
Bu ishlarni sifatli tashkil qilishi uchun ushbu yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi. Ana shunda agronomlik yoshlar o‘rtasida eng jozibador kasblardan biriga aylanishi ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 41
Photo unavailableShow in Telegram
“Mirzacho‘l” klasteri cho‘l sharoitida bu yil paxtadan gektariga 50-55 sentnerdan hosil oldi, unga biriktirilgan 27 nafar fermer esa hosildorlikni 85 sentnergacha olib chiqdi.
Ushbu tajribani ommalashtirish uchun Mirzacho‘lda innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinmoqda. Butun respublikadagi 1 ming nafar fermer ushbu maktabda cho‘l sharoitida paxta yetishtirish bo‘yicha o‘qitiladi. Mazkur maktabda o‘qib, sertifikat olgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha 10 ball beriladi.
Shu bilan birga, ilg‘or fermerlarni ustoz sifatida kam hosil olayotgan fermerlarga biriktirib, har ikki tomonga ham manfaatli bo‘ladigan tizim qilinadi.
Ustoz fermerlar o‘z tajribasini shogird fermerga o‘rgatib, hosilni 50 sentnerdan oshirishga ko‘maklashsa, 5 million so‘m mukofot oladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 39❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Mahalliy yangi paxta navlarini yaratish ishlariga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Xususan, ilmiy markazlarda 56 ta mahalliy navni xorijiy navlar bilan seleksiya qilish asosida paxta urug‘chiligi rivojlantiriladi. Genomika va Paxtachilik ilmiy institutlariga fitotron va issiqxona qurib beriladi.
Paxta yetishtirish uchun birja orqali mineral o‘g‘it va yoqilg‘ini 10-15 foiz arzon narxda yetkazib berish amaliyoti kelgusi yilda ham davom ettiriladi.
Endilikda paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarning alohida reytingi yuritiladi.
Bunda kamida 10 yildan ortiq ishlayotgan, kredit, lizing va soliqdan muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan fermerlarga reytingiga qarab Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan berilayotgan imtiyozli kredit stavkalari yanada pasaytiriladi. Ya’ni reytingning yuqori pog‘onasida turgan fermerlarga kredit stavkasi paxta uchun 8 foiz, g‘alla uchun 10 foiz qilib belgilanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 31
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz so‘zining davomida kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.
“Yaqinda Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda fermerlar va dehqonlar bilan uchrashib, bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishib, juda mamnun bo‘ldim. Ulardagi shijoatni ko‘rib, keyingi yil paxtada 4,5 million, g‘allada 10 million tonnalik xirmonni bemalol uddalash mumkinligiga yana bir bor ishonch hosil qildim”,– dedi davlatimiz rahbari. Yangi agrotexnologiya yordamida 76-sxema bo‘yicha paxta yetishtirishni kelgusi yilda ommalashtirib, 891 ming gektarda to‘liq shu sxema bo‘yicha paxta yetishtiriladi. Ko‘sak qurti, gerbitsid, sho‘r va suvsizlikka chidamli xorijiy navlar ekiladigan maydonlar 2 karra ko‘paytirilib, 500 ming gektarga olib chiqiladi. “Shinjon tajribasi” asosida 300 ming gektarga chigit ekiladi. Buning uchun dalalarda tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy etishga 2 trillion 600 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratiladi. O‘z mablag‘idan paxta yetishtirgan fermerlarga hosilning 10 foizigacha qismini subsidiyalashga 250 milliard so‘m beriladi. Bunda paxta yetishtirish uchun kredit limitini yarmidan foydalangan fermerlarga ham hosilning 5 foizigacha subsidiya ajratiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 37❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
“Albatta, bunday ulkan natijalar ortida dehqon va fermerlarimiz, klasterlar, umuman, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi har bir insonning mehnati, jasorati, fidoyiligi turibdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ularning zahmati, mard va olijanob fazilatlari har qancha e’tirof va e’tiborga munosib. Shuning uchun ham bugun Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni arafasida sizlar bilan ko‘rishib, suhbatlashib, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlashga qaror qildim”,– dedi Prezidentimiz. Mukofotlanganlar orasida paxtadan 80-90 sentner, g‘alladan 115 sentnergacha hosil olgan, dalasiga suv tejovchi texnologiyalar va nasoslariga quyosh panelini keng joriy qilgan fermer va klasterlar, meva-sabzavot, chorva, parranda, baliq, asalarichilikda intensiv usullarni qo‘llab, oziq-ovqat xavfsizligi va eksportga katta hissa qo‘shayotgan dehqon, chorvador va eksportchilar bor. Suv tanqis sharoitda kanallarni betonlash, suvning hisobini joyiga qo‘yib, adolatli taqsimlayotgan irrigatsiya-melioratsiya xodimlari va mexanizatorlar, qishloq va suv xo‘jaligiga ilm-fanning yangi yutuqlarini olib kirayotgan, urug‘chilik, naslchilik va agrotexnologiya bo‘yicha innovatsiyalar yaratayotgan olimlar ham yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Paxta, g‘alla va bog‘dorchilikda keskin o‘zgarish qila olgan Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyati hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, Quva, Baliqchi, Do‘stlik, Quyi Chirchiq va Nukus tumani hokimlari ham bor. Davlatimiz rahbari yuksak unvon, orden va medallarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 50🔥 20
Photo unavailableShow in Telegram
So‘nggi yillarda bog‘ va tokzorlarni yangilashga qattiq kirishilgani, intensiv sabzavotchilik rivojlantirilayotgani ham samarasini bermoqda.
Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi, intensiv bog‘lar 150 ming gektarga yetkazildi.
Joriy yilda 3,4 million tonna meva, 2 million tonna uzum, 19,5 million tonna sabzavot, poliz va kartoshka, 1 million tonna dukkakli va moyli ekinlar yetishtirilgani bu fikrlarning tasdig‘idir.
Eng muhimi, shularning hisobidan ichki bozorda narxlarni barqaror ushlab turish bilan birga qishloq xo‘jaligi to‘qimachilikdan keyingi eng ko‘p valyuta olib kelayotgan sohaga aylandi.
Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga o‘sib, 3 milliard dollarga yetdi, yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich ilk bor 3,2 milliard dollardan oshadi.
Meva-sabzavotlarimiz kirib borgan davlatlar soni 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi. Quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa, shaftoli va mayizda 7-, gilosda 8-, uzumda 13-o‘ringa chiqildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 57🔥 19❤ 15
Photo unavailableShow in Telegram
Paxtachilikda ilm-fan yutuqlari va ilg‘or agrotexnologiya olib kirilgani, yuqori unumdor xorijiy navlar ekilgani hisobiga mirishkor dehqon va fermerlarimiz tomonidan 875 ming gektar yerda 4 million tonnaga yaqin xirmon yaratildi. Ilk bor paxtada o‘rtacha hosildorlik 46 sentnerga yetdi.
Joriy yil 3 mingdan ziyod fermer gektaridan o‘rtacha 50-60 sentnerlik, 1,5 mingi 70 sentnerlik marradan o‘tib, paxtachilikda o‘zining tajriba maktabini yaratdi.
G‘allakorlarimiz ham yangi mahalliy navlar va biotexnologiya orqali bu yil 8 million 400 ming tonna xirmon yaratdi, o‘rtacha hosildorlik 85 sentnerga yetdi. Bunda har bir gektar yerdan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod fermerlarimizning munosib hissasi bor.
Sholikorlarimizning mehnati ham alohida e’tirof etildi. Ular bu yil 268 ming gektarda sholi ekib, 1 million 340 ming tonna hosil oldi, o‘rtacha hosildorlik 50 sentnerga yetdi.
Suv masalasi dolzarb bo‘lgan hozirgi davrda fermerlarimiz sholining o‘zida 35 ming gektarda suv tejovchi texnologiya qilgani, 45 ming gektarda sholini ko‘chat usulida ekkani uchun 350 million kub metr suv tejaldi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 40
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda.
So‘zining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bog‘bon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
“Sizlarning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”,– dedi davlatimiz rahbari. Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil bo‘lgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xo‘jaligida katta marralarga erishildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 39❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
Avstraliyada 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash kuchga kirdi
Avstraliyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash, boshqa narsalar qatori, ularni onlayn bezorilik, noto'g'ri ma'lumotlar va noqonuniy kontentdan himoya qilishga qaratilgan. Bu WhatsApp, elektron pochta, onlayn o'yinlar yoki ta'lim loyihalariga taalluqli emas.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/avstraliyada-16-yoshgacha-bolgan-bolalar-uchun-ijtimoiy-tarmoqlarni-taqiqlash-kuchga-kirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 7❤ 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Paxta yetishtirishda intensiv agrotexnologiyalar keng joriy etiladi
“Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/paxta-yetishtirishda-intensiv-agrotexnologiyalar-keng-joriy-etiladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
00:56
Video unavailableShow in Telegram
Endi o‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilish sohasida ishlashlari mumkin
O‘zbekistonliklar bepul o‘quv kurslarida o‘qib, Yaponiyada qurilish sohasida ishlashlari mumkin. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Xabarga ko‘ra, may oyida Migratsiya agentligi rahbariyatining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida, ushbu mamlakatning Proud Partners kompaniyasi bilan haydovchilarni O‘zbekistonda yapon tili va kasbga o‘qitib, yuqori maoshli ishlarga jalb qilishga kelishilgan edi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
yaponiya.mp43.00 MB
❤ 3👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda ulardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Yig‘ilishda sohadagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilinadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 38❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Putin "do'stona bo'lmagan" mamlakatlardan qo'ng'iroqlarni taqiqlashni e'lon qildi
"Firibgarlardan himoya qilish" bo'yicha yangi chora-tadbirlar to'plami taxminan 20 ta tashabbusni o'z ichiga oladi. Xususan, chet eldan qo'ng'iroqlarni bloklash va ularga yorliq qo'yish rejalashtirilgan. Putinning so'zlariga ko'ra, bu takliflarning barchasi "hukumat tomonidan amalga oshirilmoqda".
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/putin-dostona-bolmagan-mamlakatlardan-qongiroqlarni-taqiqlashni-elon-qildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁 5❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bahrom Norqobilov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi
Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Bahrom Norqobilov Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Doniyor Madirimov vazifasidan ozod etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro avtomobil federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan ushbu nufuzli tashkilotning prezidenti Muhammad bin Sulaym boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda delegatsiya tarkibida FIA Senati prezidenti Karmelo Sans de Barros hamda mobillik va turizm boʻyicha vitse-prezidenti Tim Shirman ham ishtirok etdilar.
Avtosportni tartibga soluvchi va yoʻl harakati xavfsizligini targʻib qiluvchi ushbu global tashkilot bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 51❤ 13🔥 10
Photo unavailableShow in Telegram
Qishloq xo‘jaligi subyektlariga paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratiladi
Nizom talablari 2026 yil 1 yanvarga (spot shartnomalari uchun 2026 yil 1 aprelga) qadar 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun tatbiq etiladi.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchi subsidiya olish uchun o‘zi yetishtirib sotgan mahsulotni 1 marta yoki bir necha qismga bo‘lib sotishidan qatʼi nazar, 1 marotaba murojaat qilish huquqiga ega.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qishloq-xo-jaligi-subyektlariga-paxta-xomashyosi-uchun-subsidiya-ajratiladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Photo unavailableShow in Telegram
Tramp Ukrainada yangi prezidentlik saylovlarini o'tkazishga chaqirdi
AQSh prezidenti Tramp Politico nashriga bergan intervyusida Ukrainada davom etayotgan urushga qaramay, yangi prezidentlik saylovlarini o'tkazish vaqti keldi, dedi. Uning fikricha, saylovlarni o'tkazishdan bosh tortish demokratiya tamoyillariga ziddir.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ukrainada-yangi-prezidentlik-saylovlarini-otkazishga-chaqirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Avtomobil yoʻllari sohasidagi ishlar holati va navbatdagi vazifalar koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil yoʻllari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Oxirgi uch yilda sohada bajarilgan ishlar, moliyalashtirish hajmi va amaliy natijalar haqida maʼlumot berildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/avtomobil-yo-llari-sohasidagi-ishlar-holati-va-navbatdagi-vazifalar-ko-rib-chiqildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 98🔥 14❤ 2
