UzReport.news
Открыть в Telegram
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Больше2025 год в цифрах

26 302
Подписчики
-1324 часа
-1187 дней
-59930 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
Paxtachilikda ilm-fan yutuqlari va ilg‘or agrotexnologiya olib kirilgani, yuqori unumdor xorijiy navlar ekilgani hisobiga mirishkor dehqon va fermerlarimiz tomonidan 875 ming gektar yerda 4 million tonnaga yaqin xirmon yaratildi. Ilk bor paxtada o‘rtacha hosildorlik 46 sentnerga yetdi.
Joriy yil 3 mingdan ziyod fermer gektaridan o‘rtacha 50-60 sentnerlik, 1,5 mingi 70 sentnerlik marradan o‘tib, paxtachilikda o‘zining tajriba maktabini yaratdi.
G‘allakorlarimiz ham yangi mahalliy navlar va biotexnologiya orqali bu yil 8 million 400 ming tonna xirmon yaratdi, o‘rtacha hosildorlik 85 sentnerga yetdi. Bunda har bir gektar yerdan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod fermerlarimizning munosib hissasi bor.
Sholikorlarimizning mehnati ham alohida e’tirof etildi. Ular bu yil 268 ming gektarda sholi ekib, 1 million 340 ming tonna hosil oldi, o‘rtacha hosildorlik 50 sentnerga yetdi.
Suv masalasi dolzarb bo‘lgan hozirgi davrda fermerlarimiz sholining o‘zida 35 ming gektarda suv tejovchi texnologiya qilgani, 45 ming gektarda sholini ko‘chat usulida ekkani uchun 350 million kub metr suv tejaldi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 40
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda.
So‘zining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bog‘bon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
“Sizlarning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”,– dedi davlatimiz rahbari. Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil bo‘lgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xo‘jaligida katta marralarga erishildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 39❤ 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Avstraliyada 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash kuchga kirdi
Avstraliyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash, boshqa narsalar qatori, ularni onlayn bezorilik, noto'g'ri ma'lumotlar va noqonuniy kontentdan himoya qilishga qaratilgan. Bu WhatsApp, elektron pochta, onlayn o'yinlar yoki ta'lim loyihalariga taalluqli emas.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/avstraliyada-16-yoshgacha-bolgan-bolalar-uchun-ijtimoiy-tarmoqlarni-taqiqlash-kuchga-kirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 7❤ 1👎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Paxta yetishtirishda intensiv agrotexnologiyalar keng joriy etiladi
“Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/paxta-yetishtirishda-intensiv-agrotexnologiyalar-keng-joriy-etiladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
00:56
Видео недоступноПоказать в Telegram
Endi o‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilish sohasida ishlashlari mumkin
O‘zbekistonliklar bepul o‘quv kurslarida o‘qib, Yaponiyada qurilish sohasida ishlashlari mumkin. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Xabarga ko‘ra, may oyida Migratsiya agentligi rahbariyatining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida, ushbu mamlakatning Proud Partners kompaniyasi bilan haydovchilarni O‘zbekistonda yapon tili va kasbga o‘qitib, yuqori maoshli ishlarga jalb qilishga kelishilgan edi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
yaponiya.mp43.00 MB
❤ 3👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda ulardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Yig‘ilishda sohadagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilinadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 38❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Putin "do'stona bo'lmagan" mamlakatlardan qo'ng'iroqlarni taqiqlashni e'lon qildi
"Firibgarlardan himoya qilish" bo'yicha yangi chora-tadbirlar to'plami taxminan 20 ta tashabbusni o'z ichiga oladi. Xususan, chet eldan qo'ng'iroqlarni bloklash va ularga yorliq qo'yish rejalashtirilgan. Putinning so'zlariga ko'ra, bu takliflarning barchasi "hukumat tomonidan amalga oshirilmoqda".
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/putin-dostona-bolmagan-mamlakatlardan-qongiroqlarni-taqiqlashni-elon-qildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁 5❤ 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bahrom Norqobilov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi
Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Bahrom Norqobilov Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Doniyor Madirimov vazifasidan ozod etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro avtomobil federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan ushbu nufuzli tashkilotning prezidenti Muhammad bin Sulaym boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda delegatsiya tarkibida FIA Senati prezidenti Karmelo Sans de Barros hamda mobillik va turizm boʻyicha vitse-prezidenti Tim Shirman ham ishtirok etdilar.
Avtosportni tartibga soluvchi va yoʻl harakati xavfsizligini targʻib qiluvchi ushbu global tashkilot bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 51❤ 13🔥 10
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qishloq xo‘jaligi subyektlariga paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratiladi
Nizom talablari 2026 yil 1 yanvarga (spot shartnomalari uchun 2026 yil 1 aprelga) qadar 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun tatbiq etiladi.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchi subsidiya olish uchun o‘zi yetishtirib sotgan mahsulotni 1 marta yoki bir necha qismga bo‘lib sotishidan qatʼi nazar, 1 marotaba murojaat qilish huquqiga ega.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qishloq-xo-jaligi-subyektlariga-paxta-xomashyosi-uchun-subsidiya-ajratiladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tramp Ukrainada yangi prezidentlik saylovlarini o'tkazishga chaqirdi
AQSh prezidenti Tramp Politico nashriga bergan intervyusida Ukrainada davom etayotgan urushga qaramay, yangi prezidentlik saylovlarini o'tkazish vaqti keldi, dedi. Uning fikricha, saylovlarni o'tkazishdan bosh tortish demokratiya tamoyillariga ziddir.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ukrainada-yangi-prezidentlik-saylovlarini-otkazishga-chaqirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Avtomobil yoʻllari sohasidagi ishlar holati va navbatdagi vazifalar koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil yoʻllari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Oxirgi uch yilda sohada bajarilgan ishlar, moliyalashtirish hajmi va amaliy natijalar haqida maʼlumot berildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/avtomobil-yo-llari-sohasidagi-ishlar-holati-va-navbatdagi-vazifalar-ko-rib-chiqildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 98🔥 14❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-qishloq-xo-jaligi-xodimlari-kuni-munosabati-bilan-soha-rivojiga-munosib-hissa-qo
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 89❤ 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Mahallalarda ishsizlik va kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarni ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududlarga aylantirish, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot bilan tanishdi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda ishga solinmayotgan imkoniyatlar, bu boradagi sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/mahallalarda-ishsizlik-va-kambag-allikni-kamaytirish-bo-yicha-olib-borilayotgan-ishlar-to-
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 43❤ 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Baxromjon Turayevich Norqobilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tabiiy meros — kelajak omonati
Ushbu sonda O‘zbekistonning milliy tabiiy meros obyektlarini asrash, ularni muhofaza qilish yo‘lidagi ishlar, tahdidlar va imkoniyatlar haqida ochiq suhbat qilamiz. Tog‘lar, sahrolar, noyob jonzotlar va kelajak avlod oldidagi mas‘uliyat — barchasi bir suhbat markazida.
“Yashil suhbat” podkastining 18-sonini tomosha qiling 👉 https://youtu.be/9BGZxS5FmVE?si=R77BivlMdPRvV5cB
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish va agrar sohani subsidiyalash rejalari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev paxtachilik va gʻallachilikni moliyalashtirishni samarali tashkil etish hamda agrar sohada subsidiyalar ajratishning yangi tizimi haqidagi taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimot avvalida joriy yilda sohaga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslar va ularning natijalari to‘g‘risida axborot berildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-xususiy-klinikada-burun-amaliyotidan-so-ng-vafot-etgan-erkak-ishi-bo-yicha-shif
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 43❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Toshkentda xususiy klinikada burun amaliyotidan so‘ng vafot etgan erkak ishi bo‘yicha shifokorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Olmazor tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining tegishli qaroriga asosan xususiy klinika faoliyati rasman to‘xtatilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-xususiy-klinikada-burun-amaliyotidan-so-ng-vafot-etgan-erkak-ishi-bo-yicha-shif
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Xalqaro Sud Rossiyaning Ukrainaga qarshi qarshi da'vosini ko'rib chiqadi
Gagadagi Xalqaro Sud Rossiyaning Ukrainaga qarshi qarshi da'vosini, jumladan, uni genotsid ishi bo'yicha ham qabul qildi. Ukraina Rossiyaga qarshi da'voni 2022-yilda keng ko'lamli urush boshlanganidan keyin qo'zg'atgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/xalqaro-sud-rossiyaning-ukrainaga-qarshi-qarshi-davosini-korib-chiqadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Toshkentga Singapurdan sayyohlar bilan birinchi charter reys yetib keldi
Janubi-Sharqiy Osiyodan kelgan 120 nafarga yaqin sayyoh O‘zbekistonni o‘zlari uchun kashf etishadi, tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilishadi, mamlakatimiz madaniyati va an’analari bilan tanishishadi, shuningdek, uning betakror tabiiy go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentga-singapurdan-sayyohlar-bilan-birinchi-charter-reys-yetib-keldi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 3
