fa
Feedback
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

رفتن به کانال در Telegram

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuzinstagram.com/xushnudbekyoutube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevx.com/xushnudbecktiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
629 623
مشترکین
+1 71124 ساعت
+6 3807 روز
-6 44430 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
Hukumat qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida ilk marta karate WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Gulshan Alimardonova Prezident sovg‘asi sifatida BYD SONG PLUS DM-i UzPride avtomobili bilan taqdirlanadi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 9
Loyihaga ko’ra, 31-dekabrdan 4-yanvarga qadar ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’lishi kutilmoqda. Qaror rasman tasdiqlangach, qo’shimcha ma’lumot beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 31
Yangi yil bayrami munosabati bilan qo’shimcha dam olish kunlari bo’ladi Ijtimoiy tarmoqlarda 31-dekabr va 2-yanvar kunlari ishga chiqiladi, Yangi yilda qo’shimcha dam olish kunlar bo’lmaydi, degan xabarlar tarqamoqda. Mas’ullardan aniqlashtirdim, Yangi yil bayramida qo’shimcha dam olish kunlari bo’ladi. Bu bo’yicha Prezident qarori loyihasi tayyorlangan, tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda. Qaror tasdiqlangach, qo’shimcha e’lon qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 13
Photo unavailableShow in Telegram
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo’mart To’qayev bilan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qildi. Muloqotda global mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, o‘zaro savdo va hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, Tramp kelasi yili Mayami shahrida o‘tkaziladigan G20 sammitiga O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarini faxriy mehmon sifatida taklif qilishini bildirdi. Shavkat Mirziyoyev esa Amerika yetakchisini oʻzi uchun qulay muddatda mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 5
Photo unavailableShow in Telegram
Futbol bo’yicha 🇺🇿O’zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida 2026-yilning 1-iyun kuni 🇨🇦Kanada termasiga qarshi o’rtoqlik o’yini o’tkazadi. Ushbu bahs Kanadaning Edmonton shahrida bo’lib o’tadi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 1
Shavkat Mirziyoyev shu hafta Oliy Majlisga murojaatnoma yo’llashi kutilmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 1
Photo unavailableShow in Telegram
🏢 Toshkentdagi Transport vazirligi binosi 187 mlrd so’mga sotildi Onlayn auksion 1 soat 17 daqiqa davom etdi. Yakunda boshlang’ich narxga (110 mlrd so’m) nisbatan 70 foiz ko’proq taklif qilgan “Samarador” MChJ g’olib chiqdi. ℹ️ Ma’lumot uchun, “Samarador” MChJ 2017-yilda Qoraqalpog’iston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan bo’lib, uning 100 foiz ulushi tadbirkor Baxtiyor Mahkamovga tegishli. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 1
Energetika vazirligi: bugun, 23-dekabr soat 10:00 dan 16:00 ga qadar Respublika bo‘yicha barcha “metan zapravkalar” odatdagi rejimda faoliyat yuritadi Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi. "Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash hisobga olinadi. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi", - deyiladi vazirlik xabarida. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
👩‍🎓 Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning qarori bilan ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan 134 nafar talaba xotin-qizning 1 mlrd 127 million so’mdan ortiq miqdordagi to’lov-kontrakti to’lab berildi. Buning “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratilgan. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 2
Qamchiq dovonida yuk mashinalari harakati qayta tiklandi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
❌ Davlat idoralariga byudjet hisobidan Yangi yil korporativlarini o’tkazish taqiqlandi Bu haqda “Daryo” hukumatdagi manbalariga tayanib xabar berdi. Unga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalariga byudjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil korporativlarini o’tkazish va bayram dasturxonini yozish man etiladi. Bu taqiq aynan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni sarflamaslikka qaratilgan bo‘lib, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘z oylik maoshlari hamda rag‘bat pullari hisobiga ishdan tashqari vaqtlarda Yangi yil bayrami tadbirlarini tashkil etishlari mumkin. Davlatga qarashli bo‘lmagan tijorat tashkilotlari, xususiy firmalar va kompaniyalar bundan mustasno. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 2
🚚 Qamchiq dovonida yuk mashinalari harakati qisman cheklandi Dovondagi transport vositalarining vazn parametrlarini nazorat qilish punktida ko‘chma tarozilar almashtirilayotgani sababli “Vodiy — Toshkent” yo‘nalishida yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Respublikadagi barcha emas ekan, vazirlik xabariga qo’shimcha kiritdi Energetika vazirligi avvalgi chiqargan xabariga qo’shimcha izoh berdi. Unda aytilishicha, Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Bugun 22-dekabr soat 10:00 dan 16:00 ga qadar Respublika bo‘yicha barcha “metan zapravkalar” odatdagi rejimda faoliyat yuritadi — Energetika vazirligi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 6
🎞️ O’zbek tilida ilk 3D formatdagi to’liq metrajli animatsion film premyerasi bo’lib o’tdi “Sehrlandiya – qahramonlik missiyasi” nomli multfilm premyerasida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, 2 mingdan ortiq bolalar ham qatnashdi.
“Bolani aldab bo‘lmaydi. Ular yolg‘onni ham, haqiqatni ham darrov his qiladi. Agar bola ekrandan ko‘z uzmay o‘tirgan bo‘lsa — demak, ijodkor o‘z ishini chin dildan qilgan. Shu ma’noda, bu multfilm bolalarning qalbidan joy olganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim… Ona sifatida aytaman: bolalarimiz o‘z tilida, o‘z ruhiyatiga yaqin, zamonaviy multfilmlarni ko‘rib ulg‘ayishi juda muhim”, – deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
IMG_1394.MP429.49 MB
00:39
Video unavailableShow in Telegram
🥰 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo‘yini qishki mavsumning to’rtinchi o‘yini efirga uzatiladi. 🤵🏻‍♂️ Ushbu o‘yinida Bobur Yoqubov jamoasi ishtirok etadi. Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
IMG_6455.MOV14.17 MB
star reaction 6
Brand Bazaar — omadli xaridlar uchun yangi manzil Riviera savdo markazida yangi do‘kon ish boshladi. Bu yerda bir joyda jamlangan mashhur brendlarni topish mumkin: AVVA, U.S. Polo Assn., Derimod, D’S Damat, Instreet, Greyder, ADL, B&G va Panco. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun kiyim-kechak hamda poyabzallar mavjud. Qish mavsumi uchun kurtkalar, sviterlar, jinsilar, shimlar, jiletlar va poyabzallardan iborat keng tanlov — qulay narxlarda. 📍 Manzil: Riviera savdo markazi, 1-qavat 📞 Telefon: +998 71 205 09 95 Reklama
نمایش همه...
IMG_4786.MP422.44 MB
01:19
Video unavailableShow in Telegram
“Kantey” qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
IMG_2682.MOV28.36 MB
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev koʻp tomonlama biznes forumida ishtirok etdi. Qoʻshma iqtisodiy loyihalar taqdimot qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston – Yaponiya investitsiya tashabbuslari: ➖ “Sumitomo”, “Chubu Electric Power”, “Shikoku Electric Power” kompaniyalari tomonidan JBIC va NEXI koʻmagida Oʻzbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish; ➖ “Toyota Susho” ishtirokida AT infratuzilmasini modernizatsiya qilish; ➖ “Sojitz” kompaniyasi tomonidan koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish; ➖ “JOGMEC” ishtirokida yangi oʻta muhim mineral konlarini oʻzlashtirish. Yetakchilar huzurida tegishli loyihalar boʻyicha hujjatlar almashildi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 7
01:35
Video unavailableShow in Telegram
Tokio shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammiti boshlandi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
IMG_2587.MOV34.01 MB
star reaction 6