fa
Feedback
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

رفتن به کانال در Telegram

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuzinstagram.com/xushnudbekyoutube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevx.com/xushnudbecktiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
628 994
مشترکین
-46724 ساعت
+6 5897 روز
-7 67630 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
Korzinka yangi yil aksiyasini boshladi! 12-noyabrdan 31-dekabrgacha davom etadigan “7 hafta — 7 avtomobil” aksiyasi doirasida har hafta Chery avtomobili o‘ynaladi. Ishtirok etish uchun:Korzinka mobil ilovasida ishtirokni tasdiqlash kerak; • Har bir 200 000 so‘mlik xarid bitta yutuq imkoniga teng; • Qo‘shimcha imkonlarni KITKAT®, NESTLÉ®, ХРУТКА®, MAXIBON®, NUTS® va “РОССИЯ — ЩЕДРАЯ ДУША!”® mahsulotlaridan xarid qilib olish mumkin; • Toʻlov paytida Korzinka Plus kartasini skanerlash zarur. Har hafta yakunida imkoniyatlar yangilanadi. Demak, ko‘proq xarid — ko‘proq imkon degani. Bundan tashqari, har kuni oʻtkaziladigan mini oʻyinda kafolatlangan sovrinlarni ham yutib olish imkoniyati beriladi. Aksiya barcha Korzinka, Korzinka Mahalla do‘konlari va Korzinka Go buyurtmalarida amal qiladi. 👉 Batafsil ma’lumot bu yerda. App | Telegram-bot | Facebook | InstaWeb | Korzinka Go | Reklama
نمایش همه...
⚽️ Bugun – o’yinlar kuni! Futbol bo’yicha U-17 terma jamoamiz Jahon chempionati nimchorak finalida 🇮🇹Italiyaga qarshi maydonga tushadi. O’yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start oladi. *** Bugun, shuningdek, O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAda bo’lib o’tayotgan o’rtoqlik turniri finalida 🇮🇷Eronga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 21:00 da boshlanadi. Ikkala terma jamoamizga ham omad tilaymiz! 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 8
Photo unavailableShow in Telegram
Agrar sohada to‘lov agentligi tashkil etiladi Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Ma’qullangan takliflar: ➖ past hosil olgan fermerlarda hosildorlik kamida 50 sentnerdan oshsa, ularga biriktirilgan ilg‘or fermerlarga 5 million so‘mdan mukofot puli beriladi; ➖ ilg‘or klaster va fermer xo‘jaliklarida amaliyot o‘tagan talabalarga stipendiya, ularni o‘qitgan mutaxassislarga esa rag‘bat puli to‘lanadi; ➖ 2026-yildan paxta-g‘alla, mevalar va dukkakli ekinlar bo‘yicha hosilni ixtiyoriy sug‘urtalash tizimini yo‘lga qo‘yish, sug‘urta mukofotining 50 foizini budjetdan qoplab berish taklif qilindi; ➖ subsidiyalar tizimini soddalashtirish maqsadida hozirda turli idoralar tomonidan berilayotgan 75 turdagi subsidiyani yagona platforma orqali ajratib boradigan Agrar sohada to‘lov agentligini tashkil etish tashabbusi bildirildi. Bu fermerlar uchun ortiqcha ovoragarchilik va byurokratiyani keskin kamaytiradi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️O’zbekistonda tadbirkorlarga cheklarni tahrirlash imkoni beriladi Soliq qo’mitasi tadbirkorlarga 2025-yilda chop etilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tahrirlashga ruxsat berdi. Bunda xatoliklarni 20-noyabrdan 10-dekabrga qadar tahrirlash mumkin. Hozirda texnik imkoniyat yaratilmoqda, tadbirkorlarga ham tegishli tayyorgarlik choralarini ko'rish tavsiya etildi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 1
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti – “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini topshirdi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
IMG_1727.MP43.43 MB
star reaction 2
Photo unavailableShow in Telegram
✈️ Toshkent va Ashxobod o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar qayta tiklanadi Ikki davlat rahbari o‘rtasida o‘tkazilgan kengaytirilgan muzokaralarda bu bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, kelgusida: ➖ “Olot-Farab” hududida chegaraoldi savdo zonasi tashkil etiladi; ➖ Energetika sohasida istiqbolli konlar birgalikda o‘zlashtiriladi; ➖ Turkmanboshi porti birgalikda rivojlantiriladi; ➖ Xivada Yoshlar forumi tashkil etiladi va birgalikda filmlar ishlab chiqarish amaliyoti davom ettiriladi; ➖ Sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani borasidagi almashinuvlar faollashadi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 1
📄 2026-yil 1-yanvardan boshlab YTTlarga firma nomiga ega bo’lishga ruxsat etiladi Bu bo’yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida: 🔸 tadbirkor har bir xizmatdan o‘z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi; 🔸 tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 🗓️ 2026-yil 1-yanvardan: ▪️ YTTlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi; ▪️ tadbirkorlarning birlamchi ma’lumotlari o‘zgarganda, ushbu ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar YTT guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda bepul kiritiladi. 🗓️ 2026-yil 1-martdan: ▪️ litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi; ▪️ “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yo‘lga qo‘yiladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 3
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Ozarbayjon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvi formatining to‘la huquqli a’zosi bo‘ladi Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq so‘zlar ekan, Ozarbayjon Respublikasini Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini e’lon qildi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ushbu strategik qadam umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, ma’naviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bog‘langan xalqlarimiz manfaatlariga to‘liq javob beradi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 2
Bugun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Tashrif doirasida davlat rahbarlari “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasining ochilish marosimida ishtirok etishadi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etuvchi barcha prezidentlar Toshkentga yetib kelishdi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 4
Photo unavailableShow in Telegram
Keyingi raqibimiz — Italiya. Uchrashuv 18-noyabr kuni soat 18:00 da boshlanadi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 4
G’alabaaaaaaa!!!! Chorak finaldamiz! Barakalla yigitlar! 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 28
Penaltilar seriyasi boshlanyapti. Yigitlarimizga omad! 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 6
Eh, afsus, raqiblar 81-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 2
GOOOOL! Sadriddin Hasanov hisobni ochdi! U-17 Jahon chempionati 🇭🇷 Xorvatiya 0:1 O‘zbekiston 🇺🇿 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 7
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifdan lavhalar 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 4
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev, Ilhom Aliyev, Emomali Rahmon, Sadir Japarov va Qasim-Jomart To’qayev Islom sivilizatsiyasi markaziga keldi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 3
Photo unavailableShow in Telegram
⚽️ Bugun — o‘yin kuni! Islombek Ismoilov boshqaruvidagi 🇺🇿 U-17 terma jamoamiz Jahon chempionatining pley-off bosqichidagi yurishini boshlaydi. O‘smirlarimiz kuchli raqib 🇭🇷 Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. G‘alaba chorak final yo‘lini ochib beradi. ⏰ O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi. Yigitlarimizga omad tilaymiz! 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
star reaction 3
Photo unavailableShow in Telegram
OneID shaxsiy maʼlumotlar bo‘yicha yangi funksiyani ishga tushirdi OneID — Yagona identifikatsiya tizimida shaxsga doir ma’lumotlar ustidan boshqaruv yanada takomillashtirildi. Endi foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarining qayerda, qaysi tashkilotlar tomonidan va qanday maqsadda ishlatilayotganini mustaqil nazorat qilishi mumkin. Yangi imkoniyatlar:
Ma’lumotlarni ko‘rish va tekshirish. Davlat idoralari tizimlarida siz haqingizdagi ma’lumotlar qay darajada aniq ekanini ko‘rib chiqish. • Nomuvofiqliklarni bartaraf etish. Agar biror joyda noto‘g‘ri ma’lumot bo‘lsa, uni tuzatish jarayonini nazorat qilish. • Ruxsatlarni boshqarish. Qaysi tashkilotlarga ma’lumotlaringizdan foydalanishga ruxsat bergansiz — barchasini ko‘rish va zarur bo‘lsa bekor qilish. • Tijorat tashkilotlari monitoringi. Sizning ma’lumotlaringizni olish huquqiga ega bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxati. • Ma’lumot uzatishni cheklash. Istalgan paytda tijorat tashkilotlariga ma’lumot berilishini bloklash. • So‘rovlar ustidan nazorat. Masalan, kredit yoki ishga joylashish bo‘yicha so‘rovlarda ma’lumotlaringiz faqat maqsadli ishlatilayotganini tekshirish.
Mazkur xizmatlar id.egov.uz shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Reklama
نمایش همه...
🇺🇿🇰🇿 Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart To’qayevni O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti – “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
IMG_1665.MP47.89 MB
star reaction 2
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To’qayevni rasmiy kutib olish marosimidan lavhalar. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
IMG_1657.MP46.28 MB
star reaction 1