Xushnudbek.uz
رفتن به کانال در Telegram
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz •instagram.com/xushnudbek •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •x.com/xushnudbeck •tiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

629 186
مشترکین
-14624 ساعت
+6 5987 روز
-7 21130 روز
آرشیو پست ها
❌ “Yurisprudensiya” yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda ayrim imtiyozlar bekor qilindi
#abituriyent
Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab ushbu yo‘nalishga o‘qishga qabul qilishda quyidagilarga tatbiq etiladiganlardan tashqari barcha imtiyozlar bekor qilinadi:
✅ Qurolli kuchlar harbiylari;
✅ Ichki ishlar organlarining xodimlari;
✅ Fan olimpiadalari g‘oliblari;
✅ Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar.
Demak, endilikda “Yurisprudensiya” yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan OTMlarga kirishda tatbiq etiladigan imtiyozlarga ega abituriyentlar (masalan, “Zulfiya”, “Mard o‘g‘lon” mukofotlari sovrindorlari) yuridik yo‘nalishda o‘qish uchun imtiyoz ololmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Yuridik universiitetning amaldagi binolarida:
➖TDYU huzuridagi O‘zbekiston huquqi tarixi muzeyi;
➖O‘zbekiston nizolarni hal etish markazi;
➖TDYU Raqamli huquq markazi;
➖Raqamli sud ekspertiza markazi joylashtiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent davlat yuridik universiteti Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
Prezident farmoniga ko‘ra, Yangi Toshkent hududidan universitetning zamonaviy kampusini barpo etish uchun zarur hudud ajratiladi va 2025-2028-yillarda qurilish ishlari olib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈
⚖️ O‘zbekistonda huquq fanidan ham milliy sertifikat joriy etildi
Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonning boshqa muhim joylari:
➖ “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha dars berishga ruxsat etiladi;
➖ Toshkent davlat yuridik universitetida (Universitet) "Yurisprudensiya" bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi;
➖ Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyi tashkil etiladi;
➖ Universitetning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 50 foizi (amaliyot qismi) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda o‘tkaziladi;
➖ Universitetning uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalarini davlat tashkilotlariga, notariat va advokatlik tuzilmalariga ish yurituvchi, yuriskonsult yordamchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat etildi;
➖ Universitetda fakultet dekanlari, departament boshliqlari va markaz rahbarlarini ikki o‘quv yili muddatiga saylash amaliyoti joriy etiladi, bunda bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq mazkur lavozimlarga saylanishi mumkin emas.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga tashrif buyurib, byurokratiyani bartaraf etish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro forumlar ochilishida ishtirok etadi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazadi.
🏫 Forum ochilishiga tayyorgarlik jarayonidan O‘zA fotoreportaji.
👉 @xushnudbek 👈
01:04
Video unavailableShow in Telegram
FVV ogohlantiradi: is gazi hayot uchun xavfli
Isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.
Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi.
👉 @xushnudbek 👈
fvv.mp425.10 MB
Aholini ro’yxatga olishda 60 mingdan ziyod “mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev bugun, 27-noyabr kuni statistika sohasidagi ishlarning borishi va kelgusidagi rejalar bilan tanishdi.
Unga ko’ra, kelgusi yil yanvar oyida boshlanadigan ro’yxatga olish jarayoni elektron shaklda – maxsus portal orqali oʻtkaziladi.
Maʼlumotlar portalga roʻyxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib, planshet qurilmalari yordamida kiritiladi. Jarayonlar geoaxborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi. Buning uchun roʻyxatga olinadigan xonadonlar va turar joylarning geomanzillari shakllantirildi.
👉 @xushnudbek 👈
🏢 O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etildi
Bu bo’yicha Prezident qarori qabul qilindi.
📝 Unga ko’ra, universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi.
👨🎓 Universitetda muhandislik, aniq va tabiiy fanlar, fransuz tili va adabiyoti, bioinformatika, transport xizmatlari, qayta tiklanuvchi energetika sohalari uchun dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
📃 Shuningdek, universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi.
🗓️ 2026/2027-o’quv yilidan boshlab tayyorlov kursi va magistraturaga talabalar qabuli tashkil etiladi.
💰Ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
📙 Bitiruvchilarga universitet diplomi va (yoki) Fransiyada akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
00:38
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olinmoqda.
🏫 Video: O‘zA
👉 @xushnudbek 👈
IMG_1968.MP413.05 MB
👏 Prezident farmoni bilan Javohir Sindarovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni berildi.
U, shuningdek, Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
Allakuliyev Mirjalol Davranbekovich adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar u vazirlikning Qonunchilik departamenti boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar u adliya vazirining o'rinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Endilikda aliment to’lovchilar sug’urta polisi orqali 3 oygacha bo’lgan muddatga chet elga borib kelishi mumkin bo’ladi
Bu bo’yicha nizomga qo’shimchalar kiritildi.
Unga ko’ra, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslar sug‘urta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi bo‘yicha vaqtinchalik cheklovni to‘xtatib turadi.
Bu kabi sug‘urta turlari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta polisining mavjudligi MIB tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Reydlar har kuni davom etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
IMG_0727.MP412.37 MB
IMG_0719.MP45.24 KB
IMG_0728.MP42.55 MB
IMG_0729.MP43.86 MB
IMG_0726.MP44.99 MB
02:26
Video unavailableShow in Telegram
Javohir Sindorovning taqdirlash marosimida musobaqa tashkilotchilari yurtdoshimizga qiziq syurpriz qilishibdi. Kubok topshirilib, Vatanimiz madhiyasi yangragandan so’ng, katta ekranda Prezident Shavkat Mirziyoyevning stadionda tabriklagan videosini qo’yib berishibdi.
Voqeadan batafsil xabari bo’lmagan hindistonliklar va marosimdagi shaxmatchilar “O’zbeklar atayin Javohirning g’alabasini nishonlash uchun prezidenti boshchiligida stadionga to’planishibdi” deb o’ylagandir :)
👉 @xushnudbek 👈
IMG_5863.MP412.77 MB
02:03
Video unavailableShow in Telegram
Javohir Sindorovning Jahon kubogi g’olibi bo’lgani munosabati bilan kanalimizda tanlov (giveaway) tashkil qildim.
Obunachilarimiz orasidan 25 kishiga 3 oylik Telegram Premium, 3 oylik UzChess Pro obunasi hamda uning yoniga har bir g‘olibga Javohir Sindorov imzosi qo’yilgan shaxmat doskasi sovg’a qilinadi.
⏳G’olib nomi 30-noyabr, yakshanba kuni soat 21:00 da ma’lum bo’ladi.
‼️Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.
Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.
❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.👉 @xushnudbek 👈
IMG_1957.MP424.44 MB
جوایز قرعهکشی25 اشتراک تلگرام پریمیوم برای 3 ماه
تاریخ پایان
تمام مشترکین کانال (1):
629.2k
~193.0k
30.66%
Photo unavailableShow in Telegram
❗️”Maxam-Chirchiq” AJ faoliyati vaqtincha to’xtatildi
Ekologik tekshiruv natijalariga ko’ra, korxona faoliyatida 11 ta holatda kamchilik aniqlangan.
Jumladan, chang-gaz tozalash uskunasining samaradorligi me’yoriy hujjat talabiga javob bermasligi, ifloslantiruvchi moddalar belgilangan me’yordan ortiq chiqarilayotgani, kimyoviy moddalar belgilangan hududda joylashtirilmagani, suv tarkibidagi kimyoviy moddalarning ortiqcha chiqarilayotgani, kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilmagani natijasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilinmagan.
Shu bois Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo’mitasi sudga ariza bilan murojaat qilib, “MAXAM-CHIRCHIQ” AJning faoliyatini kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatishni so‘ragan.
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2025-yil 26-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJning faoliyati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatildi.
👉 @xushnudbek 👈
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali so‘zlashib, uni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.
👉 @xushnudbek 👈
tel_razgavor_tg.mp462.54 MB
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Javohirning g'alabasini e'lon qilish uchun Shavkat Mirziyoyev nutqini to'xtatgan vaziyat.
👉 @xushnudbek 👈
Javohir Sindarov_tg.mp437.32 MB
