fa
Feedback
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

رفتن به کانال در Telegram
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
56 112
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+2227 روز
+1 35330 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi
🚘 Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 🧑‍💻Tegishli reklama va axborotning eskizi hamda ishonchnoma (uchinchi shaxs tomonidan murojaat qilinganda) arizaga ilova qilinadi. 💰Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHM 1 baravari miqdorida yig'im undiriladi. ⏰ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni. 📆 Reklama joyining pasporti 1 yil muddatga beriladi.
‼️ Eslatma: reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquq uchun miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lash lozim.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori. Raqamli davlat xizmatlari sizning qulayligingiz uchun! Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 39 7🔥 2
01:47
Video unavailableShow in Telegram
#Ziyo_ulash Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak! “Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir! 📍Davlat xizmatlari markaziga keling. 📖 Kitob tanlang va oʻqing. 📎Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring. Qisqa vaqtda ushbu tashabbus orqali koʻngillilar tomonidan 23 mingdan ortiq kitob yigʻildi va ularning 14 ming donasi yangi egalarini topdi. 💡 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat! Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
ZIyo ulash.MP49.20 MB
👍 17 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ❓Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari (shahodatnoma, sertifikat) dublikatini olish tartibidan xabardormisiz? Quyidagi hollarda dublikat beriladi: 🔹shahodatnoma (sertifikat) yo‘qotilganda; 🔹shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilganda; 🔹shahodatnoma (sertifikat) yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda. ✅Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi. 🏛Vakolatli organ: Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari. 💰Xizmat bepul korsatiladi. ⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori. Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 12 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazishda qonunchilikka muvofiq nom tanlashda muammo yo'q. "Ishonch" nashrida Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazishda O', Q, G', H harflari qatnashgan nomlarni tanlash imkoni yo'qligi haqida maqola e'lon qilingan. Adliya vazirligi ushbu maqola yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi. “Firma nomlari to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq firma nomida adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi belgilangan. Davlat xizmatlari markazlarida mazkur qonun va boshqa qonunchilik talablarini buzmagan holda xizmat ko'rsatib kelinmoqda va O', Q, G', H harflari qatnashgan nomlarni tanlashda muammo yo'q.
Misol tariqasida joriy yilning aprel oyining o'zida “MO‘JIZA MED SENTR”, “BOG‘OT MEBEL N-1” va “XO‘JAQO‘RG‘ON YAYLOVI” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarni keltirishimiz mumkin.
Ma’lumot uchun: O‘ harfidagi belgidan foydalanish uchun ALT+0145 kombinatsiyasidan foydalanish tavsiya etiladi. 📌 Kanalga ulanish
نمایش همه...
👍 21 2
00:11
Video unavailableShow in Telegram
#Xalqaro_yuridik_forum. 2025-yil 29-30-may Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.
❗️Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”
Huquqning zamonaviy tendensiyalari yuristlar, IT va biznes vakillari, olim va ekspertlar birlashgan xalqaro muhokama maydonida. Bunday imkoniyat har 2-yilda 1 marotaba boʻlishi mumkin. Qoʻldan chiqarmang. Ro'yxatdan o'tish uchun 👉🏻 https://reg.tashkentlawspring.uz 📌 Kanalga ulanish
نمایش همه...
uzb 1.mp425.48 MB
👍 9 3
Repost from TgId: 1286280098
Photo unavailableShow in Telegram
#Adliya_xabari ❗️Hurmatli fuqarolar! 2025-yil 10-aprel kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar Marg'ilon shahridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotidagi nosozliklar tufayli ta'minot vaqtincha o‘chirilganligi ma'lum bo'ldi. Shu sababli Marg'ilon shahar Davlat xizmatlari markazi hamda shahar FHDY bo'limida ham elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan. Fuqarolardan yaqin hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlarini yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini so‘raymiz. Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz! Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Bizni kuzatib boring: 🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook 📱Youtube
نمایش همه...
👍 15 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔰Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish
1️⃣ Arizalar murojaatchi 16 yoshga to‘lgach istalgan FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 🧍‍♂️Murojaatchi voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi talab qilinadi. 2️⃣ Ushbu turdagi arizalar 1 oy davomida ko'rib chiqiladi. 3️⃣ Arizani ko'rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik orqali ichki ishlar organlarining xulosasi olinadi. 4️⃣ Fuqaroning familiyasi, ismi yoki ota ismi o'zgarganda tug'ilganlik haqida yangi guvohnoma beriladi.
‼️Unutmang, yangi familiya, ism yoki ota ismi yangi hujjatlar demakdir.
⏳ Familiyasi, ismi, ota ismi o‘zgartirilgan shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni bir oy ichida almashtirishi zarur. ✅ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 19 4🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 💰Quyidagi shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi: ✅“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga; ✅I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga. ❗️Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlarda ushbu chegirma qo'llanilmaydi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 12🔥 6 5
📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan hududlar: 1. Farg'ona viloyati – 99,24 % 2. Xorazm viloyati – 99,22 % 3. Buxoro va Samarqand viloyatlari – 99,19 % 4. Andijon viloyati – 99,17 % 🔼Ko‘rsatilgan xizmatlar o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan davlat xizmatlari markazlari: 1. Chust, Yakkasaroy, Bo'ka tumanlari va Ohangaron shahri – 99,44 % 2. Bulung'ur, Izboskan, Nukus tumanlari – 99,42 % 3. Bog'ot, Termiz va Buxoro tumanlari - 99,41 % 📉 Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi quyi bo'lgan hududlar: 1. Qashqadaryo viloyati – 94,71 % 2. Toshkent shahar – 98,11 % 🔽Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi quyi bo'lgan davlat xizmatlari markazlari: 1. Quva tumani - 85,86 % 2. Yuqorichirchiq tumani - 88,10 % 3. Mirobod tumani - 89,72 % Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 25🔥 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
💼 O'z-o'zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish tartibini bilasizmi?
👉 Siz o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tishingiz mumkin, agar: 🔹 jismoniy va yuridik shaxslarga daromad olishga yo'naltirilgan xizmatlar ko'rsatsangiz; 🔹 ishlarni mustaqil amalga oshirsangiz; 🔹 mehnat shartnomasi bo'yicha ishlamasangiz; 🔹 YTT sifatida ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz. ✅ Ro'yxatdan o'tish YIDXP (my.gov.uz), soliq mobil ilovasi yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. 🧾 Ariza to'ldirish jarayonida faoliyat turi, uni amalga oshirish hududi va telefon raqamingizni kiritsangiz kifoya. 👉 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari ❌ O‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olingan daromadlar daromad solig'iga tortilmaydi. 💰Soliq davrida 100 million so‘mdan oshgan daromadlar YTT uchun belgilangan tartib asosida soliqqa tortiladi.
‼️Mehnat staji hisoblanishi uchun yiliga BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to'lash lozim.
Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 29 4🔥 4
03:19
Video unavailableShow in Telegram
#Yuridik_lokatsiya Yuridik lokatsiya bu gal Davlat xizmatlari markazida. Videoni koʻrish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=ezw9z3hB_Rw Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
IMG_2914.MP417.49 MB
👍 15🔥 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
#infografika "Litsensizya" axborot tizimi haqida yuqoridagi infografikada batafsil tanishishingiz mumkin Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 19🔥 4 2
Repost from TgId: 1447170635
#Adliya_xabari
❗️Tadbirkorlar diqqatiga!!!
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan hamda Soliq qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan ro'yxatga asosan bir yildan ortiq faoliyat ko'rsatmay kelayotganligi sababli tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. O'z faoliyatini tiklash istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Adliya vazirligining 1008 yoki 1148 qisqa raqamlari orqali murojaat qoldirishlari mumkin. 📌 Kanalga ulanish
نمایش همه...
👍 21🔥 8 1
Repost from TgId: 2388619059
Photo unavailableShow in Telegram
🔹 Hurmatli fuqarolar! 🔹 📢 2025-yil 3-aprel kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha Nurafshon shahrida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilishi rejalashtirilgan. Shu sababli Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi! ✅ Fuqarolardan yaqin hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlarini yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlarini so‘raymiz. ⚡️ Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz! 📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
نمایش همه...
👍 22🔥 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi
📢 Qonunchilikka muvofiq 2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrida haydovchidan tashqari 4 dan ortiq va 8 tadan ko'p bo'lmagan o'rindiqlarga va yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o'zini o'zi band qilgan shaxslar yo'nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
❗️Unutmang, quyidagi talablarga javob beradigan shaxslargina yo'nalishsiz taksilarni boshqarish huquqiga ega: 🪪 haydovchilik guvohnomasida "V" toifasi bo'lgan; 📆 21 yoshga to'lgan; 🧾 tibbiy ko'rikdan o'tgan; ⏳ kamida 3 yillik haydovchi stajiga ega bo'lgan. 🚘 Eslatma: haydovchi faoliyatini litsenziya varaqasida ko'rsatilgan hududda yoki unga tutash hududda amalga oshiradi. ✅ Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashishga litsenziya olish uchun arizalar davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🌟 Bir markaz, bir nuqtada biz sizga xizmat ko'rsatamiz!
Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 16 5🔥 3
#Bilasizmi 📃Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma 🔹Litsenziya nomi: Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma 👫Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxslar 🏢Litsenziyalovchi organ(lar): Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida 💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari. 📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 10 kun. 📆Litsenziyaning amal qilish muddati: 3 yil Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 86-son qarori Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 11 3🔥 2
#Bilasizmi Nodavlat arxivlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibidan xabardormisiz? Xabardor qiluvchilar faoliyatni amalga oshirishni boshlashi uchun vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali xabarnoma yuboradi. 🏢 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi. 💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori. Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 14 4🔥 2
#Bilasizmi Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish tartibidan xabardormisiz? Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etadi yoki Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidagi shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. 🏢 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari. 💰Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi miqdorida. 🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.
Ariza beruvchi tanlagan firma nomi Tizimda 60 kun davomida zaxiraga olinadi va ushbu muddat tugagandan so‘ng firma nomining zaxirasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori. Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 17 6
02:08
Video unavailableShow in Telegram
#Ziyo_ulash Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak! “Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir! 📍Davlat xizmatlari markaziga keling. 📖 Kitob tanlang va oʻqing. Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
12.18 MB
👍 16🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🚜Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz? 👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar. 🏛Vakolatli organ: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi. 💰Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi. ⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori. Telegram | Facebook | Bot
نمایش همه...
👍 11 2