fa
Feedback
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

رفتن به کانال در Telegram
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
56 112
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+2227 روز
+1 35330 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
#Davlat_xizmatlari Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda. ❗️Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas. Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq. 📎Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring. 🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
19🔥 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri:
Murojaatchining vaqtini tejash. Markaz xodimlari murojaatchilarning vaqtini tejashi, so‘rovlarini samarali qondirishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etishi lozim.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
5👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#BilasizmiO‘qishni bir sport ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish tartibidan xabardormisiz? ✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi. 🏛 Vakolatli organ: Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.Arizani ko'rib chiqish muddati: 3 ish kuni 🗓Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki o‘quv yili tugaganidan so‘ng o‘qishini ko‘chirishi mumkin. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
6👍 6🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri:
Tinglash, tushunib eshitish va yordam berish. DXM xodimlari “Har bir murojaatchi va uning talablari o‘ziga xosdir” degan tushuncha bilan murojaatchilarni tinglaydi, tushunib eshitadi va ularga yordam beradi. Chunki, barcha qonunchilik hujjatlarida insonlar muammolarining barcha qirralarini qamrab olish imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, xodimning vazifasi – har bir mijozning holatiga kira bilishdir.
📢 Unutmang! Biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
11👍 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Muhim_eslatma Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
8👍 2🔥 1
Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasporti qancha muddatga beriladi?Anonymous voting
  • 1 oy
  • 3 oy
  • 6 oy
  • 12 oy
0 votes
👍 12 8🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Yangi_xizmat
📌Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladi.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun markaz direktori yoki ishonchli vakil Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi. 🏛 Vakolatli organ: Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti. 💰 Arizani ko'rib chiqish uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 1 baravari. 📋 Xizmat natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi. ⏳ Guvohnoma 5 yil muddatga amal qiladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
18👍 5🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Yangi_tartib 📢 FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarda yana bir nechta qulay yangiliklar joriy etildi!
🖥 Endi agar tug‘ilganlik, nikoh yoki ajrim yozuvi arxivda topilmasa, 16 yoshdan katta fuqaro yozuvni tiklash, tuzatish yoki o‘zgartirish uchun my.gov.uz orqali ariza topshirishi mumkin. Bunda, shaxsni tasdiqlash Face-ID yoki MyID orqali avtomatik aniqlanadi.
📌 Arizaga 1 ish kuni ichida javob beriladi. 👮‍♂️ FHDY yozuvlarini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan arizalar Ichki ishlar organi tomonidan 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Soxta hujjatlar, tergov holati yoki ochilmagan jinoyat aniqlansa — ariza rad etiladi. 📬 Takroriy guvohnomalarni endi pochta orqali ham olishingiz mumkin! • Ariza — YIDXP orqali beriladi; • Guvohnoma — 1–3 ish kunida tayyor bo'ladi; • Yetkazib berish — siz istagan manzilga (xarajat arizachidan). 📄 Asos: VMning 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
35👍 7
#Adliya_xabari
📍1024 ta og‘ir ahvoldagi mahallalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.
📆 2024-yil 24-iyun kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan “Novkat” va “Qiyqim” mahalla fuqarolar yig‘inlariga tashrif buyurdi. 👥 Tashrif doirasida: - “Novkat” mahallasida sayyor qabul o‘tkazilib, 15 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi, rasmiy tartibda qabul qilindi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi; - mahalla yettiligi, oqsoqollar va faollar bilan uchrashuv o‘tkazildi; - “Qiyqim” mahallasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘rganildi; - “Novkat” mahallasi hududida qurilayotgan zamonaviy o‘quv markazi qurilishi bilan tanishildi. 🏗 Mazkur o‘quv markazida tikuvchilik, IT va dasturlash, chet tillarini o‘rganish bo‘yicha kurslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 🔎 Bu tashrif Adliya vazirligiga biriktirilgan og‘ir ahvoldagi mahallalarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
42👍 7🔥 2
Davlat xizmatlarida yagona standart sari! 🔹Adliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlarida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yagona standartlarini yaratish va ularga ISO xalqaro sertifikatlarini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 🔹Shu maqsadda loyihani amalga oshirish doirasida vazirlik markaziy apparatining tegishli bo‘lim xodimlari ishtirokida xalqaro ekspertlar bilan seminar-trening o‘tkazildi. 🔹Tadbirda ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish standartlari mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, seminar savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, xodimlarni qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritildi. ❗️Mazkur tashabbus fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro tajriba asosida yagona yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
12👍 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Yangi_tartib
📢 FHDYo xizmatlarida yangi qulayliklar joriy qilindi!
🔸 1. Gerbli guvohnomalar uchun to‘lov tartibi o‘zgardi: • Agar guvohnoma tabiiy ofat, yong‘in, zilzila yoki favqulodda holatlar tufayli yo‘qolgan bo‘lsa — to‘lov olinmaydi. • Ariza my.gov.uz (YIDXP) portali orqali topshirilsa — 10% chegirma beriladi (ya’ni 90% miqdorida to‘lanadi). 🔸 2. Bola familiyasini o‘zgartirishda qulaylik: • Endi farzandingiz familiyasiga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shish yoki olib tashlash mumkin: “-iy”, “-xon”, “-xo‘ja”, “-xoji”, “-bek”, “-zoda”, “mir-”, “abdu-” va boshqalar. 🔸 3. Otalikni belgilash endi onlayn tarzda: • Agar bola 10 yoshdan kichik bo‘lsa, ota-onasi YIDXP orqali otalikni belgilash uchun ariza topshirishi mumkin. • Shaxsni tasdiqlash Face-ID yoki MyID orqali avtomatik aniqlanadi. • 3 ish kuni ichida yangi guvohnoma tayyorlanadi. • Guvohnomani pochta orqali yetkazib berish xizmati mavjud (xarajat arizachi zimmasida). 📝 Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
19👍 2🔥 2
Repost from TgId: 1447170635
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Maxmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari boʻlgan. 2004-2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rahbari, 2005-2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. ➖2006-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha inspektori; ➖2011-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining Adliya va sud idoralari masalalari shu'basining yetakchi inspektori; ➖2014-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shu'basi mudiri; ➖2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shu'basi mudiri lavozimlarida ishlagan. ➖2017-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. ➖2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida; ➖2021-2024-yillarda Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan. Tayinlovga qadar (2024-yildan) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
22👍 14🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri – arizangizni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yo'naltirib berishdir.
🧾 DXM siz nomingizdan ariza yoki so‘rovnomani to‘ldiradi, hujjatlarni tegishli davlat organlariga yuboradi va belgilangan muddatda qaror qabul qilinishi hamda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi. ❗️E’tibor bering: DXM – vakolatli organ emas va qaror chiqarmaydi (franshizing shartnomalarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish bundan mustasno). U siz va davlat idoralari o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi: ✅ xizmat ko'rsatish tartibini tushuntiradi, ✅ hujjatlaringizni tekshiradi, ✅ to‘g‘ri rasmiylashtiradi, ✅ tegishli vakolatli organga yuboradi. 🔔 Bugungi kunda ko‘plab xizmatlar – shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishgacha – aynan DXM orqali markazlashgan holda ko‘rsatilmoqda. Bu fuqarolar uchun katta qulaylik – bir joyga kelib, ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin. 🎯 Maqsad – fuqarolarga qulay, tezkor va shaffof xizmat ko‘rsatish. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
12👍 9🔥 2
🌐 23–25-iyun kunlari Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tmoqda!
🟡 O‘zbekiston ilk bor global darajadagi ushbu nufuzli forumga mezbonlik qilmoqda. Unda davlat boshqaruvi, raqamli xizmatlar va innovatsiyalar yo‘nalishida ilg‘or yondashuvlar muhokama qilinmoqda. 📍 Bugun forum doirasida o‘tkazilgan Workshop 7: “Davlat xizmatlarining yangi avlodi: innovatsiyalar, texnologiyalar va fuqaroga yo‘naltirilgan yondashuvlar” sessiyasida Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev ishtirok etdi. 🔹 Nu’mon Muxammadiyev o‘z taqdimotida O‘zbekistonda davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan asosiy o‘zgarishlar va kelgusidagi rejalar sifatida sun’iy intellektni xizmatlarga tatbiq etish, ma’lumotlar almashinuvi va “faqat bir marta” prinsipini kuchaytirish va davlat xizmatlarini inson manfaatlariga yo‘naltirish masalalarini ta’kidladi. 🔔 Workshop doirasida boshqa davlatlarning tajribalari bilan bir qatorda O‘zbekiston modeli ham yuqori baholandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
14👍 6🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yilning eng qaynoq va unutilmas voqealariga boy bo‘lgan Yoshlar oyligi davom etmoqda. Joriy yilning 23-iyun kuni adliya vaziri Akbar Tashkulovning yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi rejalashtirilmoqda. Tadbirda adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, yuridik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar hamda jamiyatning faol va tashabbuskor yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda. Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olishlari, shuningdek, o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirishlari mumkin. Mazkur uchrashuv maqsad — yoshlarga yanada yaqinlashish, ularni tinglash hamda fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir!
❗️Uchrashuv Toshkent davlat yuridik universitetining 3-binosi, katta majlislar zalida, soat 10:00 da boshlanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
25👍 3
Repost from TgId: 1112790383
00:27
Video unavailableShow in Telegram
🟢 “Rivojlanish huquqi: raqamli ko‘nikmalar va huquqiy savodxonlik” – o‘z sohasining yetakchi vakillari bilan bevosita uchrashuv va muloqot imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 21-iyun kuni, soat 10:00 da sizni raqamli bilimlar va huquqiy savodxonlikka bag‘ishlangan yirik tadbirga taklif etamiz. Tadbirda raqamli transformatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish, ta’limdagi innovatsiyalar, shuningdek, ayollar huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir amaliy maslahat va real tajribalar taqdim etiladi. Tadbirning eng katta afzalliklaridan biri – sohaga oid eng yetuk mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati. 🗣 Spikerlar quyidagilardan iborat:
⚫️ Oleg Pekos – Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari ⚫️ Kamola Sobirova – Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi ⚫️ Furqat Tojiyev – Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i ⚫️ Isomiddin Latipov – Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i ⚫️ Nodira Normatova – “LERTA LEGAL” yuridik kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchi hamkori ⚫️ Guljamol Shukurova – Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbar maslahatchisi, jamoatchilik bilan ishlash bosh inspektori ⚫️ Tamilla Kurbanova – Xalqaro investitsiya va moliya mutaxassisi ⚫️ Anna Ambrozevich – Women in Tech Uzbekistan tashkiloti direktori ⚫️ Timur Turaqulov – Raqamli davlat xizmatlarini soddalashtirish va optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i ⚫️ Zarina Shaumarova – “Lerta Legal” yuridik kompaniyasi Davlat organlari bilan hamkorlik va da’vo-talabnoma ishi bo‘limi rahbari ⚫️Ilhom Jurayev – Ta’lim tashkilotlari va masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
Raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topishni, mustaqil qarorlar qabul qilishni, zamonaviy texnologiyalar hamda huquqiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni istagan barcha xotin-qizlarni taklif etamiz. 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
نمایش همه...
GAP_INTRO_Speaker v2 c.mp44.80 MB
28
Photo unavailableShow in Telegram
🎒 2025–2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul boshlandi!
📅 Muddati: 20-iyundan 31-iyulgacha 🔹 my.gov.uz va my.maktab.uz platformalari orqali 🧒 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi. 🏫 Mikrohududga asoslangan qabul: 🔹 Farzandingiz doimiy ro‘yxatga olingan manzilga yaqin maktabga (mikrohudud bo‘yicha) joylashtiriladi. 🔹 Vaqtincha ro‘yxatda bo‘lganlar esa 1-avgustdan keyin, mikrohududda bo‘sh o‘rin qolgan taqdirda qabul qilinadi. 📝 Qanday ariza topshiriladi? ✅ Ariza elektron tarzda mustaqil to‘ldiriladi. ✅ Hujjatlar avtomatik tarzda hududiy xalq taʼlimi bo‘limiga yuboriladi va so‘rovnoma 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi. ✅ Maktab esa 1 ish kunida qabul yoki rad etish haqida qaror chiqaradi. ✅ Natija portallar orqali sizga elekron shaklda taqdim etiladi. ✅ Ijobiy javob olinganda, onlayn navbat bo‘yicha farzandingiz bilan maktabga borib, tibbiy ma’lumotnomani topshirishingiz kerak. 💸 Davlat xizmati bepul taqdim etiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
26👍 3🔥 3
🇺🇿🤝🇦🇹 O‘zbekiston — Avstriya: davlat xizmatlari sohasida tajriba almashinuvi 📍16–20 iyun kunlari Avstriya parlamenti yuqori palatasi — Bundesrat raisi Andrea Eder-Gitshaler boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. 🔹 17-iyun kuni delegatsiya a’zolari Toshkent shahar Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarni Adliya vazirligi rahbariyati kutib oldi hamda markazdagi ish jarayonlari, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyoti bilan yaqindan tanishtirdi. 📌 Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi davlat boshqaruvi, raqamli transformatsiya va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. ✳️ Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Bu davr mobaynida ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
48👍 11🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
#ESLATMA
⚠️ Har bir litsenziya egasi bilishi kerak bo‘lgan eng muhim savol: Qachon litsenziya bekor qilinadi?
Litsenziya va ruxsatnomalar oddiygina hujjat emas — ular sizning faoliyatingizga ruxsat eshigi. Lekin ayrim holatlarda bu eshik yopilishi ham mumkin: sud yoki vakolatli organ litsenziyani bekor qilishga haqli bo‘ladi: ⚖️ Sud orqali bekor qilinadigan holatlar: 🚫 Belgilangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik (vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda); 🚫 Litsenziya yoki ruxsatnoma olish qarorining qonunga xilofligi aniqlansa; 🚫 Talab va shartlarni yil davomida 2 va undan ortiq marta buzish*; 🚫 Talab va shartlarni bir marotaba qo‘pol buzish (odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, xavfsizlik va davlat manfaatlariga zarar keltirgan holatlarda)*; 🚫 Qalbakilashtirilgan hujjatlar orqali litsenziya yoki ruxsatnoma olish*. ⚠️ Muhim: Agar yuqoridagi * belgili holatlar sodir bo‘lsa, litsenziya bekor qilingandan so‘ng 1 yil davomida qaytadan litsenziya olish imkoniyati bo‘lmaydi. Bu yangi tashkil etilgan kompaniyalarga ham taalluqli. 📝 Vakolatli organ orqali bekor qilinadigan holat: Davlat boji yoki yig‘imni belgilangan muddatda to‘lamaslik. 📄 Asos: "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi Qonun (33-modda). Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
24👍 5🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi qachon tugatiladi?
📋 Qonunchilikka muvofiq, ERI kaliti sertifikatining amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi: 🔹 ERI kalitining egasi vafot etganda; 🔹 ERI kaliti egasi ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddatini tugatish bo‘yicha murojaat qilganda; 🔹 yuridik shaxs tugatilganda.
❗️ERI kaliti egasi vafot etgan va yuridik shaxs tugatilgan holatlarda ERI kaliti sertifikatining amal qilishi ERI kaliti egasining murojaatlarisiz tugatiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori. ✅ ERI kalitini olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda e-imzo.soliq.uz sayti orqali qabul qilinadi. 🌟 Bir markaz, bir nuqtada biz sizga xizmat ko'rsatamiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
نمایش همه...
66👍 5🔥 4