ru
Feedback
IT specialist

IT specialist

Открыть в Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
9 691
Подписчики
+124 часа
-277 дней
-12230 день
Архив постов
Repost from IT specialist
#excel ↕️↔️ Jadvalni funksiya yordamida transponirlash Excel'da =ТРАНСП funksiyasi gorizontal jadvalni vertikalga va aksincha o‘zgartirish imkonini beradi. Buning uchun quyidagi qadamlar bajarilishi lozim: — 1-qadam Asl jadvalni argument sifatida ko‘rsatgan holda, istalgan qulay joyga =ТРАНСП funksiyasini kiritamiz. — 2-qadam Ushbu funksiyali yacheykani nusxalab olamiz (CTRL + C) va uni oldindan belgilangan diapazonga joylashtiramiz (CTRL + V), uning uzunligi asl jadvaldagiga nisbatan kattaroq yoki undagi yacheyka va ustunlar soniga teng bo‘lishi mumkin. — 3-qadam So‘ngra F2 klavishini bosamiz va massiv formulasini CTRL + SHIFT + V klavishlari birikmasi orqali to‘ldiramiz, tayyor. ⚠️ MS Excel 365'da vertikal/gorizontal jadval shakllantirish uchun =ТРАНСП funksiyasi doirasida asl jadval diapazonini ko‘rsatib, ENTER klavishini bosish yetarlidir (bu MS Excel 2021 uchun ham o‘rinli bo‘lishi mumkin). 📝 Manba: @hacks_excel ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Bir yacheykadagi jumlada joylashgan bir nechta so'zlarning har birini ustunlar bo'ylab yoyish (Текст по столбцам) va transponirlash (Транспонирование) vositalaridan foydalanish Matnni ustunlar bo‘ylab qanday ajratish mumkin? • Ustunlar o‘rnini almashtiramiz: 1-usul | 2-usul • Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
#operatsion_tizim #hardware 🎦 Windows'da kamerani o‘chirib qo‘yamiz Agar sizning kamerangiz maxsus to‘sgich bilan jihozlanmagan bo‘lsa va bu sizni xavotirda qo‘ysa, Windows sizga kamerani o‘chirib qo‘yishning ikki usulini taklif etadi: uni “Диспетчер устройств”da butunlay o‘chirib qo‘yish yoki alohida ilovalar uchun kameraga murojaat etishni cheklash mumkin. 1️⃣. Kamerani butunlay o‘chirib qo‘yish uchun WIN + Pause/Break klavishlari birikmasini bosish orqali “Система” oynasini ekranga chaqiring va unda “Диспетчер устройств” bandi bo‘ylab o‘ting. Kamera (“Камеры” bo‘limida joylashgan)ning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va “Отключить устройство” bandini tanlang. 2️⃣. Alohida ilovalarning kameraga murojaat etishini cheklash uchun klaviaturangizdagi WIN + I klavishlari birikmasini bosish orqali Windows sozlamalari oynasini oching va undagi “Конфиденциальность” bo‘limiga o‘ting. “Камера” bo‘limida siz qurilmadagi kameraga murojaatni cheklash uchun “Изменить” tugmasini bosishingiz mumkin. Ilova uchun kameradan foydalanish imkoniyatini boshqarish uchun “Разрешить приложениям доступ к камере” guruhidagi faollashtirish / o‘chirib qo‘yish tugmasidan foydalaning. 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor Barcha boshlang‘ich dasturchilarda shu hol kuzatilsa kerak... 🤔 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
Фото недоступноПоказать в Telegram
#mulohaza_uchun #maslahat 🧠 Materialning o‘zlashtirilish ulushiga turtki bo‘luvchi omillar: — 5% ma’ruza; — 10% o‘qish; — 20% vizualizatsiya; — 30% taqdimot; — 50% guruhiy muhokama; — 75% amaliyot; — 90% boshqalarga o‘rgatish. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzularni o‘ziga jamlangan postimiz • Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim ⌨️ “Выполнить” oynasi uchun 10 muhim buyruq Oldingi joylashtirgan postlarimiz orqa balki obunachilarimizga balki tanish bo‘lishga ulgurgan Выполнить oynasi: WIN + R klavishlari birikmasi yordamida ekranga chaqiriladi, u Windows bilan birga keluvchi vositalar va alohida o‘rnatiluvchi dasturlarni tezkor ishga tushirish maqsadida qo‘llaniladi. 1️⃣. msconfig – ShK'ni xavfsiz rejimda ishga tushirish, yuklanish parametrlarini tahrirlash, Windows 7 uchun dasturlarning avtomatik ishga tushirilishi (Автозапуск). 2️⃣. resmon – ShK resurslarining yuklanishi monitoring qilish. 3️⃣. msinfo32 – kompyuterning umumiy konfiguratsiyasi haqida ma’lumot. 4️⃣. regedit – Windows reyestrini tahrirlash. 5️⃣. optionalfeatures – qo‘shimcha komponentlarni o‘rnatish. 6️⃣. charmap – belgi (simvol)lar jadvali. 7️⃣. devmgmt.msc – qurilmalar dispetcheri (ushbu vosita yordamida odatda qaysi qurilmaga drayver o‘rnatilgan yoki o‘rnatilmaganini sariq undovcha belgisining bor-yo‘qligiga qarab aniqlaymiz). 8️⃣. services.msc – barcha xizmat (servis)lar va ularning holari (faol/faol emasligini) ko‘rsatadi. 9️⃣. control – an’anaviy boshqaruv paneli (Панель управления). 🔟. mdsched – operativ xotira diagnostikasi. Kanalimizda ilgari ushbu oynani qo‘llagan holda ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan, 3 qismdan iborat postlarni joylashtirgandik. Marhamat, ular bilan ham tanishib, amaliyotda foydalanib borishingiz mumkin: • Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
00:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
#operatsion_tizim #maslahat 🆙 Windows uchun layfxak: qotib qolgan kompyuterimizni “jonlantiramiz” Windows o‘rnatilgan shaxsiy kompyuter ishga tushirilganida qandaydir sabablarga ko‘ra ekran qorayib, sichqoncha kursoridan tashqari hech qanday element ko‘rinmayabdi deylik. Bunday vaziyatda shunchaki CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali “Диспетчер задач Windows” (Task Manager) oynasi ekranga chaqiriladi va undagi menyu satrida “Файл” (File)“Запустить новую задачу” (Run new task) bandlari bo‘ylab o‘tiladi. Ochilgan oynachada EXPLORER.EXE buyrug‘i kiritilib, OK tugmasi yoki ENTER klavishi bosiladi. Tayyor, -1 muammo. 😉 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism • Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz. • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
video_2023-07-04_09-46-39.mp47.92 MB
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #internet #word PDF-faylni Word'ga o‘girishning 15 ta bepul usuli 🧾➡️📄 Ko‘pincha internetdan olingan kitob, qo‘llanma yoki boshqa matnli hujjatlar PDF formatida bo‘ladi. Ularni o‘zimiz o‘rgangan Word-faylga o‘girish orqali keyinchalik matnlarini o‘zgartirish, ulardan nusxa olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Quyida shuning bepul usullarini bayon etamiz, ammo bir jihatiga e’tibor bering: mazkur jihozlar konverter hisoblanadi. Ya’ni, ular hujjatning formatini o‘zgartiradi, ammo rasm holidagi matnni tanib – “o‘qib” olishga qodir emas. Bu yerda keltirilayotgan usullarda o‘girib olingan Word-fayldagi matnni tahrirlash imkoni bo‘lishi uchun, dastlabki PDF-faylning o‘zida matn qatlami bo‘lishi lozim. 👉🏻 Batafsil... ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Hujjatlarni PDF dan Word ga o'tkazishning 3 ta sinalgan usuli! Word va PDF hujjatlarni kitobcha shaklida chop etish PDF hujjat yaratishning eng oson usuli PDF'ni qirqishni eng sodda usuli (Chrome orqali) PDF sahifalarni birlashtirish • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#word Hujjatni himoyalashning ilg‘or usuli 🔐 Word hujjatini himoya qilishning yagona usuli — parol emasligini hamma ham bilmaydi. Siz istalgan matn fragmentini tahrirlashdan himoya qilishingiz mumkin. Buning uchun menyu satridagi Файл varaqa (вкладка)si Сведения → Защитить документ → Ограничить редактирование ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting. So‘ngra — ikkinchi band qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va Да, включить защиту tugmasi ustiga bosing. Sizga ushbu bloklanishni keyinchalik olib tashlashingiz uchun dastur tomonidan parol o‘rnatish taklifi bildiriladi. ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
#operatsion_tizim #maslahat 🧹 Muayyan tizimli diskda qiyinchiliksiz joy bo‘shatish 1️⃣. Boshlash uchun tizimning qidiruv satriga Панель управления (Control Panel)'ni kiritib, u bo‘ylab o‘tamiz. 2️⃣. Keyingi bosqichda Система и безопасность (System and Security) uskunalar guruhiga o‘tiladi. 3️⃣. Администрирование (Administrative Tools) bo‘limida Освобождение места на диске (Free up disk space)'ni ustiga bosamiz. 4️⃣. Tizim sizdan C yoki D diskini tanlashni so‘raydi, C diski tanlanib turgan holatida OK tugmasiga bosamiz va Очистить системные файлы (Disk Cleanup) varaqa (вкладка)sidagi kerakli bandlarni belgilab chiqib yana OK'ni bosamiz. 5️⃣. Yana bir bor shu diskning o‘zini tanlaymiz va tizimdagi hisob-kitob jarayoni yakunlanishini kutamiz, so‘ngra yangi oynada Дополнительно (More Options) varaqasiga o‘tamiz. 6️⃣. Oynaning o‘rtasidagi Восстановление системы и Теневое копирование (System Restore and Shadow Copies) bo‘limidagi Очистить (Clean up...) tugmasiga bosamiz. Shunday qilib, eng so‘nggi tiklash nuqtasi (точка восстановления, restore point)dan tashqari barcha keltirilgan (muhim bo‘lmagan) fayl va papkalarni o‘chirib, diskda qo‘shimcha joy hosil qilishingiz mumkin. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish • Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#excel Ikki sana oralig‘ida qancha ishchi kunlari mavjudligini hisoblash 🗓 Xodimlar bo‘limi mutaxassislari, loyiha menejerlari va shunchaki rahbarlarda doimiy yuzaga keladigan masala – sanalar o‘rtasidagi ishchi kunlarini, dam olish kunlari va bayramlarni hisobga olgan holda hisoblashdir. Buning uchun Excel'da ajoyib funksiya mavjud — ЧИСТРАБДНИ. Ushbu funksiya atributlari quyidagicha: =ЧИСТРАБДНИ(нач_дата; кон_дата; [праздники]) нач дата(начальная дата) ishchi kunlar hisoblanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich sana; — кон дата(конечная дата) ishchi kunlarni hisoblash uchun yakuniy sana. — [праздники] – majburiy bo‘lmagan atribut. Agar so‘nggi atributdan foydalanmasangiz, formula shunchaki shanba va yakshanbalarsiz kunlar miqdorini hisoblab beradi. Agar bayramlar va qo‘shimcha dam olish kunlarini biror yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga havola ko‘rinishida ko‘rsatsangiz, u holda rasmiy va norasmiy dam olish kunlarini ham hisobga olish lozimligini ta’kidlab o‘tgan bo‘lasiz. 🎞 Batafsil ma’lumotni post ostiga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin👇🏻. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: КОНМЕСЯЦА funksiyasi РАЗНДАТ funksiyasi ЧИСТРАБДНИ.МЕЖД funksiyasi Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash Oyning 1-kunini haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishini aniqlash Microsoft Excelda joriy sana uchun hafta kunini aniqlash Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin? Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin? Sananing elementlarini nusxalab Excelga o‘tkazganimizda yuzaga keladigan yana bir muammoning yechimi Excel bilan 10 tezkor tryuk Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar • Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#mulohaza_uchun #hardware #texnologiya ⚡️ USB orqali 240 Vt endi haqiqat VIA Labs kompaniyasi (USB kontrollerlari yetkazib beruvchisi) USB-IF standartini sertifikatladi. Yuqori zaryadlash quvvatidan tashqari, portning universalligi ham ortdi. Endi noutbuklar USB 4 yoki DisplayPort yordamida muqobil rejimda tasvirlarni tashqi displeyga chiqarish – bir vaqtning o‘zida video oqimini uzatish va quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangi standartga ega dastlabki noutbuklar joriy yil yakunida paydo bo‘ladi. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#word 🔢 Hujjatdagi arab raqamlarini rim raqamlariga o‘girish Rim raqamlarini ifodalash uchun oddiy inglizcha harflardan foydalanish har doim ham qulay emas, ayniqsa barcha raqamlar qanday yozilishini aniq bilmaganimizda. Arab raqamini rim raqamiga aylantirish uchun CTRL + F9 klavishlari birikmasini bosish lozim, paydo bo‘lgan qavslar ichiga tenglik belgisi (=), istalgan sonni, qiya slesh belgisi (\), asteriks belgisi (*) va ROMAN so‘zini kiritish lozim. Bularning barchasi natijada quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: {=40\*ROMAN}. Funksiya qo‘llanilishi uchun F9'ni bosamiz. Tayyor! Arab raqami avtomatik ravishda rim raqamiga o‘giriladi. ❗️Rim raqamlari kichik lotin harflari ko‘rinishida aks etishi uchun funksiyadagi roman ham kichik harflarda keltirilishi lozim. ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud? 🤔 Windows 10 aktivatsiya qilish borasida avvalgi versiyalariga qaraganda unchalik talabchan emas: siz Windows 10'ni Microsoft'ning rasmiy saytidan toza kompyuterga, virtual mashinaga kalitni kiritmagan holda va aktivatsiyasiz osongina o‘rnatishingiz mumkin. Bu yerda ba’zi foydalanuvchilarda: Windows 10 aktivatsiyasiz qancha vaqt ishlashi mumkin, operatsion tizimning ishlashida qandaydir cheklovlar bo‘ladimi, ushbu cheklovlar bilan tanish bo‘lganlarda esa — ularni qanday chetlab o‘tish yuzasidan savollar yuzaga keladi. Ushbu ko‘rsatmamizda har bir band bo‘yicha batafsil so‘z yuritamiz. 👉🏻 Batafsil... ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish Toza Windows 10'ni o‘rnatish Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video) Drayverlarni topish va o‘rnatish Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli) Dastur ornatish sanati Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi? Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash. Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video) Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi Aktivatsiya mavzusiga oid postlar • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #word #excel #powerpoint 🏎 Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz! Matn kiritish tezligi sizda qanchalik yuqori bo‘lmasin, tan olish kerak — bir oynadan ikkinchisiga CTRL + C, CTRL + V klavishlari yordamida o‘tkazish doim qulay bo‘lib kelgan. Lekin nusxalab o‘tkaziluvchi bunday fragmentlar ko‘p bo‘lib, matn katta bo‘lsachi? Hamma narsa yuz berishi mumkin: qayerga kelganingiz yodingizdan ko‘tariladi, tasodifan kerakli havolani yopib qo‘yasiz, qo‘ng‘iroqqa chalg‘iysiz va fikringizni yo‘qotasiz… Oynadan oynaga o‘tish esa har doim ham yoqavermaydi! Barcha kerakli narsalarni birdaniga nusxalab olishga nima deysiz? Bir nechta fragmentlarni kesib oling yoki nusxalang (albatta CTRL + X yoki CTRL + C qaynoq klavishlari bilan), so‘ngra ular joylashtirilishi (Вставить qilinishi) lozim bo‘lgan oynaga o‘ting va WIN + V'ni bosing. WIN — bu “Пуск” menyusini chaqirish uchun xizmat qiluvchi Windows logotipi tushirilgan klavisha. Qoida bo‘yicha u chap-pastki qatorda, ALT klavishining yonida joylashgan bo‘ladi. Agar almashinish buferi o‘chirilgan bo‘lsa, unda WIN + V dastlabki marotaba bosilganida, uni faollashtirish taklifi yuzaga keladi. Ko‘plab marotaba kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan fragmentlarni “qotirib” qo‘yish (“Pin” qilish) mumkin — shunda hattoki bufer tozalangan taqdirda ham ular hech qayerga ketib qolmaydi. Buning uchun elementdan o‘ng tomonda joylashgan uch nuqtali tugma ustiga bosing va “Закрепить”ni tanlang. Fragmentlarni ketma-ket belgilash bilan birga, ularni bir nechta qurilmalarga yuborishga nima deysiz? Agar sizdagi qurilmalar (masalan, ish yoki uydagi kompyuter) bir akkauntga ulangan bo‘lsa, unda almashinish buferi ular uchun umumiy bo‘ladi. Buning uchun qidiruv menyusida “Параметры буфера обмена”ni kiriting va qurilmalar o‘rtasidagi sinxronizatsiyani faollashtiring. Agar sizda Windows'ning eskiroq versiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, ishingiz esa Word, Excel yoki PowerPoint bilan bog‘liq bo‘lsa, unda MS Office ilovalarining istalganida Главная varaqa (вкладка)sidagi Буфер обмена (Almashinish buferi)ni faollashtirsangiz bas. Ushbu saqlagich matn bilan birgalikda rasmlar, jadvallarni ham saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, 24 taga qadar elementlarni o‘ziga sig‘dira oladi. Aytgancha, ekran fragmentlarini WIN + SHIFT + S klavishlari birikmasi yordamida tez va qulayroq nusxalash mumkin. Ixchamgina mini-skrinshot darhol almashinish buferiga borib tushadi. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz: Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz... Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan? “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi Punto Switcher dasturi Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida • Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши) Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari” Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar mundarijasi Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar) Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши) YouTube qaynoq klavishlari Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#internet 🚀 Chrome'ning ishlashini tezlashtiramiz Brauzer operativ xotirani katta hajmda iste’mol qilganligi sababli, vaqti-vaqti bilan nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. Ammo bir juft sozlamalarni o‘zgartirish orqali ularning sonini kamaytirish mumkin. 1️⃣. Silliq skrollingni faollashtiring. Brauzerning manzil satriga chrome://flags havolasini kiritamiz, ochilgan sahifaning qidiruv satriga #smooth-scrolling'ni kiritib izlaymiz. Ushbu sozlama uchun ro‘yxatdan Enabled'ni tanlaymiz va brauzerni qayta ishga tushiramiz. Keyingi heshteg bilan ham xuddi shunday yo‘l tutamiz. 2️⃣. Grafik protsessor va sahifalar renderingini tezlashtiring (#ignore-gpu-blocklist). Ushbu holatda rasmlar, videolar va bannerlar tezroq yuklanadi. 📝 Manba: @trojan_anonym ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Uchta farq: Google kompaniyasi Chrome yorlig‘ini o‘zgartirmoqda Google Chrome'ga muqobil eng yaxshi brauzerlar Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz! Google Chrome'ni bir zumda tozalash Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz! Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish Google'da sirli minio‘yinlarni faollashtiramiz Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish Chrome brauzerida internetni uzmagan holda Dino o‘yinini o‘ynaymiz Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi? Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi? Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil) Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil) Google Chrome haqida yana bir hazil post Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda Google Chrome brauzeridagi PDF fayllarni alohida o‘z dasturi orqali ochish haqida Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin? Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish Google Chrome'da qoida bo‘yicha sozlangan qidiruv tizimini o‘zgartirish Google Chrome'da ochilib turgan varaqa (вкладка)larni bir guruhga qo‘shish Google Chrome'da “doimiy” yashirin – “Инкогнито” rejimni faollashtiramiz Kurbanoff.net'dan parollar xavfsizligiga oid tavsiya Brauzerdagi xavfsizlik va maxfiylik Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin? Brauzer ishlashini tezlashtirish Chrome'da fayllar yuklanishini tezlashtirish Brauzerda videoning qotib ishlashi Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma Chrome'da uy sahifasi o‘rniga zakladkalarni faollashtiramiz Chrome'da har qanday obyektdan matnni tezkor nusxalab olamiz Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi Chrome brauzeri foydalanuvchilari uchun foydali maslahatlar Android’dagi Google Chrome’da matn keltirilgan sahifadan turib tog‘ridan-to‘g‘ri soddalashtirilgan qidiruvni amalga oshirish Kesh nima? Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat Chrome brauzeridagi “Vazifalar dispetcheri” (Диспетчер задач) Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash Google qidiruviga “Открыть в полном размере” tugmasini qaytaramiz Google Keep onlayn-bloknoti Google kompaniyasining hozirgi narxi qanday? Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin? Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
Repost from IT specialist
#excel 🖨 Diagramma va jadvallarni oq-qora printerda chop etish Agarda bizda oddiy (monoxrom) printer qo‘llanilsa, u holda rangli jadvallar va diagrammalar asosan kulrang holda chop etilib, unchalik o‘qishli bo‘lmaydi. Ushbu muammoni hal qilish uchun quyidagicha yo‘l tutish mumkin: — 1-qadam Dastur yuqorisidagi menyu satrining Разметка страницы varaqa (вкладка)sidagi Параметры страницы guruhining o‘ng pastki burchagidagi strelkacha ustiga bosamiz. — 2-qadam Ochilgan Параметры страницы oynasidagi Диаграмма varaqa (вкладка)sida Черно-белая bandini faollashtiramiz. Rangli jadvallar bilan bo‘lgan holatda Параметры страницы oynasidagi varaqa (вкладка) Лист deb nomlanadi. OK tugmasini bosamiz. Endi barcha ranglar chop etish vaqtida turli ko‘rinishdagi shtrixlarga almashtiriladi va o‘qishli bo‘ladi. 📝 Manba: @hacks_excel ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
00:45
Видео недоступноПоказать в Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya 🚘 Xitoydagi avtomatlashtirilgan avtoturargoh tizimi. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
video_2023-06-15_14-50-44.mp46.44 MB
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim 🔧📈 Windows'da virtual xotira (файл подкачки)ni sozlash: tizim samaradorligini oshirish “Файл подкачки” nima o‘zi? U talabchan dasturlar bilan ishlaganda operativ xotira (RAM) yetishmovchiligi o‘rnini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. Barcha tafsilotlariga berilib o‘tirish shart emas: agar bu fayl hajmi kichraytirilsa, bir necha gigabayt xotira joyi bo‘shashi mumkinligini bilish yetarlidir. Va aksincha: agar u kattalashtirilsa, tizim samaradorligi oshadi. Nima qilish talab etiladi? 1️⃣. “Пуск” menyusini ochib, “Настройка представления и производительности системы” ilovasini ishga tushiramiz. 2️⃣. Ochilgan muloqot oynasining “Дополнительно” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz va “Виртуальная память” bo‘limidagi “Изменить” tugmasini bosamiz. 3️⃣. “Автоматически выбирать объём файла” bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlaymiz → kerakli diskni tanlaymiz → virtual xotira (файл подкачки) uchun boshlang‘ich va maksimal hajmlarni belgilaymiz. Nima hisobga olinishi lozim? Virtual xotira uchun (файл подкачки) maksimal hajm operativ xotira hajmining uch barobaridan oshmasligi, boshlang‘ich hajm esa — 400 Mb'dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar ushbu cheklovlarga amal qilinmasa, tizimni va qattiq diskni zo‘riqtirib qo‘yish hech gap emas! 📝 Manba: @GooogleTM ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
00:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
#rasm_bilan_ishlash Photoshop'dagi Generative Fill tufayli perfeksionistlar tinch uxlashlari mumkin 😴 ℹ️ Ushbu rukndagi boshqa postlarimiz ro‘yxati. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...
IMG_2054.MP41.95 MB
Repost from IT specialist
#word #maslahat Microsoft Word dasturida tasodifiy matnni hosil qilgan holda u bilan ishlash 📄 Kompyuterdan endigina foydalanishni o‘rganayotgan yangi foydalanuvchi klaviatura yordamida matnni hali unchalik tez kirita olmaydi. Shu kabi foydalanuvchiga Microsoft Word dasturidan foydalanishni o’rgatayabsiz deylik, tabiiyki sizga dasturning imkoniyatlarini tushuntirish uchun, bu dasturning asosiy resursi hisoblangan - tayyor matn kerak bo‘ladi. Xo‘sh uni qayerdan olasiz? Biror web-saytga murojaat etib, duch kelgan xabar tarkibidagi matnni nusxalab olishingiz mumkin, lekin ayni damda sizda Internet tarmog‘iga ulanishning imkoni bo‘lmasa-chi? Bu uchun sizga shaxsiy hujjatlaringiz tarkibidan biror faylni ochib, undagi matndan foydalanish ham maqsadga muvofiq emas. Microsoft Word dasturida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida shunday imkoniyat ham ko‘zda tutilgan. Bu uchun dasturni ishga tushirib, matn kiritish qismiga: =rand(1,1) ni kiritib, Enter tugmasini bosing. Siz ishlatayotgan dasturning qaysi tildagi versiyasi o‘rnatilganligiga qarab yo rus yo ingliz tilida quyidagicha tayyor matn paydo bo‘ladi: Видео предоставляет прекрасную возможность подтвердить свою точку зрения. Izoh: rand – inglizcha “random”, ya’ni “tasodifiy” ma’nosini beradi. Qavsning ichidagi birinchi son bu necha abzatsli matn kiritilishini, ikkinchi son esa bir abzats tarkibida kelishi mumkin bo‘lgan jumlalar sonini anglatadi. Maksimal qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan qiymat esa: (201,99), ya’ni 201ta abzats va bir abzats tarkibidagi 99ta jumla. Umid qilamizki keraklicha matnni shu tarzda “kiritib” olib, yangi foydalanuvchiga matn bilan ishlash fuksiyalarini o‘rgatish siz uchun osonroq kechadi. ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Показать все...