Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Открыть в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ Instagram: instagram.com/press_secretary_uz Twitter: https://twitter.com/Sherzod_Asadov
Больше2025 год в цифрах

137 024
Подписчики
+3824 часа
+1 4637 дней
+1 35030 день
Архив постов
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. Shuningdek, viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat va ijtimoiy soha rivoji bilan tanishish rejalashtirilgan.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Самаркандскую область.
Глава нашего государства примет участие в сессии областного кенгаша народных депутатов и проведет совещание по вопросам социально-экономического развития региона. Планируется также ознакомление с проводимой в области созидательной работой, развитием промышленности и социальной сферы.
Facebook|Instagram|X
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Administratsiya hamda aloqador idoralar rahbariyati ishtirokida Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
So‘nggi kunlarda kuzatilayotgan havo ifloslanishi darajasi chuqur tashvish uyg‘otayotgani, poytaxt aholisini haqli ravishda xavotirga solayotgani, bu holat tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab etayotgani qayd etildi.
Administratsiya rahbari mas’ullarning atmosfera havosining hozirgi holati, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, jamoatchilikning taklif va tashabbuslari to‘g‘risidagi hisobotlarini tingladi. Mavjud vaziyatga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar, odamlar salomatligi va ekologiyaga salbiy ta’sirni kamaytirish yo‘llari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda o‘rnatilgan me’yorlar buzilgan hollarda havoni ifloslantirayotgan ishlab chiqarishlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlandi. Odamlar salomatligi haqida gap ketganda, murosaga o‘rin yo‘qligi va bu tamoyil davlat uchun ham, biznes uchun ham birdek amal qilishi kerakligi qayd etildi.
Saida Shavkatovna shu kunlarda tezkor tartibda ishlab chiqilgan ekspert xulosalariga asoslanib, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, tezkor choralardan tortib, kelgusida bunday holatlar takrorlanishining oldini olishga qaratilgan tizimli yechimlargacha qamrab olgan kompleks takliflarni ilgari surdi.
Xususan, Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilishga qo‘yiladigan talablarni qat’iylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish va havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu chora-tadbirlar yaqin orada davlatimiz rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
—
Сегодня руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Саида Мирзиёева провела совещание по неотложным мерам для улучшения экологической ситуации в Ташкенте с участием руководства Администрации и причастных ведомств.
Выражена глубокая озабоченность уровнем загрязнения воздуха, наблюдаемым в последние дни, отмечено, что эта ситуация вызывает справедливую тревогу у жителей столицы и требует незамедлительных и скоординированных действий.
Руководитель Администрации заслушала доклады ответственных руководителей о текущем состоянии атмосферного воздуха, поступающих обращениях граждан, а также предложениях и инициативах общественности. Были детально рассмотрены ключевые факторы, влияющие на сложившуюся ситуацию, и возможные пути минимизации негативного воздействия на здоровье людей и экологию.
Отдельно было подчеркнуто, что в случаях нарушения норм необходимо принимать решительные меры против загрязняющих производств. Здоровье людей не может быть предметом компромисса, и этот принцип должен быть единым как для государства, так и для бизнеса, отмечено на совещании.
Опираясь на экспертные заключения, проработанные в последние дни в ускоренном режиме, Саида Шавкатовна представила комплекс предложений, охватывающий ближайшую, среднесрочную и долгосрочную перспективу – от оперативных шагов до системных решений, направленных на предотвращение повторения подобных ситуаций в будущем.
В частности, руководителем Администрации Президента инициированы меры по усилению экологического контроля, ограничению деятельности загрязняющих объектов, ужесточению требований к строительству, масштабному озеленению города и созданию современной системы мониторинга качества воздуха.
Эти меры лягут в основу готовящегося проекта Указа Президента Республики Узбекистан, который будет внесен на рассмотрение главы государства в ближайшее время.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimiga tayinlandi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.
—
Распоряжением руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан Алламжонов Комил Исмоилович назначен на должность советника-посланника – представителя Администрации Президента Республики Узбекистан в США. Он продолжит одновременно занимать должность советника руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан.
—
By the decree of the Head of the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan, Allamjonov Komil Ismoilovich has been appointed to the position of Minister-Counselor – Representative of the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan in the United States. He will continue to hold the position of advisor to the Head of the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan.
Facebook|Instagram|X
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Toshkentda muzokara o‘tkazdilar. Davlatimiz rahbari Xitoy tashqi ishlar vaziri va OTB prezidentini qabul qildi. Kambag‘allikni yanada qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari belgilandi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezidentler Shavkat Mirziyoyev hám Serdar Berdimuhamedov Tashkentte sóylesiw ótkerdi. Mámleketimiz basshısı Qıtay sırtqı isler ministri hám ARB prezidentin qabılladı. Kámbaǵallıqtı jáne de qısqartıw hám xalıqtıń bántligin támiyinlew ilajları belgilendi.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президенты Шавкат Мирзиёев и Сердар Бердымухамедов провели переговоры в Ташкенте. Глава нашего государства принял министра иностранных дел Китая и президента АБР. Определены меры по дальнейшему сокращению бедности и обеспечению занятости населения.
—
Weekly review of the most important events: Presidents Shavkat Mirziyoyev and Serdar Berdimuhamedov held talks in Tashkent. The Head of our state received China’s Minister of Foreign Affairs and ADB president. Measures were outlined to further reduce poverty and ensure employment for the population.
Facebook|Instagram|X
290.08 MB
289.21 MB
50.56 MB
255.28 MB
00:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:
- O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi;
- O‘zbekiston yetakchisi: “Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda!”
- Prezidentimiz raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rsatuvni bugun, 22-noyabr kuni soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga, 23-noyabr kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.
Facebook|Instagram|X
4.47 MB
Bugun "Euronews" media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David bilan uchrashuv o‘tkazdim.
O‘zbekiston va "Euronews" o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, mamlakatimizning ijobiy imijini jahon miqyosida ilgari surishga qaratilgan qo‘shma media loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.
Jurnalistlarning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Birgalikdagi ishlarni faol davom ettirgan holda O‘zbekistondagi jadal islohotlar, xalqaro tashabbuslar va yirik voqealarni jahon auditoriyasiga yanada samaraliroq yetkazish imkonini beradigan sheriklikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga kelishib oldik.
—
Сегодня провел встречу с председателем совета директоров медиахолдинга Euronews Педро Варгасом Давидом.
Обсудили дальнейшее укрепление и расширение сотрудничества между Узбекистаном и Euronews, реализацию совместных медиапроектов, направленных на продвижение позитивного имиджа нашей страны на глобальном уровне.
Отдельное внимание уделили вопросам повышения квалификации журналистов.
Договорились продолжить активную совместную работу и определить новые направления партнерства, которые позволят еще эффективнее рассказывать мировой аудитории о динамичных реформах, международных инициативах и крупных событиях в Узбекистане.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Farrux Jaxongirovich Pulatov O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
—
Постановлением Президента Республики Узбекистан Пулатов Фаррух Жахонгирович назначен на должность председателя Налогового комитета Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности директора Агентства по кадастру при Министерстве экономики и финансов Республики Узбекистан.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Кудбиев Шерзод Давлятович назначен на должность председателя Национального комитета Республики Узбекистан по устойчивому развитию урбанизации и рынка жилья и в связи с этим освобожден от должности председателя Налогового комитета Республики Узбекистан.
Facebook|Instagram|X
00:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada
Facebook|Instagram|X
8.38 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik
—
Соболезнования в связи с кончиной заслуженного работника культуры Узбекистана Мираббоса Мирзаахмедова
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Umuman, mahalladagi odamlar qachon pul kelishi, qanaqa o‘zgarishlar bo‘lishi, qancha ish o‘rni yaratilib, qancha oilaning daromadi oshishini bilishi kerak”,– dedi Prezidentimiz. Shu bois, mutasaddilarga bu ishlarni nazorat qiladigan onlayn platformani ishga tushirish topshirildi. “2026-yilda loyihaviy yondashuv asosida hududlarda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish” bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.
“Yana bir marta takrorlayman, ulkan maqsadlarni mablag‘i bilan boshlayapmiz. Vazirlar, ularning hududiy boshqarma va bo‘limlari, viloyat va tuman hokimlari, eng asosiysi, “mahalla yettiligi” ishga qattiq kirishmasa, o‘zgarish bo‘lmaydi”,– dedi davlatimiz rahbari. Bosh vazirga bugungi topshiriqlarni vazir va hokimlarga 2026-yil uchun samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) sifatida belgilab berish topshirildi. Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari, tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ish o‘rinlarini “soyadan chiqarish” masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Mahallalarda hokim yordamchisi, soliq inspektori tushuntirish ishlarini olib borishi, manzilli ishlab, kelasi yilda kamida 250 mingta xodimni legallashtirishi muhimligi qayd etildi.
Yaqinda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha imzolangan farmonga muvofiq, xususiy sektordagi ishchilarga ham kasallik va dekret pulini davlat to‘lab beradi.
Bu ham “soyadan chiqib”, rasmiy ishlash uchun katta turtki bo‘ladigan muhim mexanizm ekani ta’kidlandi.
Shu bois, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va viloyat hokimlariga bu tizimni samarali ishlatib, kelgusi yilda 100 ming, 2027-yilda yana 200 ming ish o‘rnini “soyadan chiqarish” choralarini ko‘rish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Beshinchi yo‘nalish – ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
“Hamma eshitib olsin, bundan buyon daromad topish imkoniyati cheklangan va nogironligi bor shaxslar kambag‘allar reyestrida bo‘lmaydi. Ularni qo‘llab-quvvatlashni davlat zimmasiga oladi”, – dedi Prezidentimiz.
Yangi yildan “Teng imkon – inklyuziv bandlik” loyihasini joriy etib, nogironligi bo‘lgan 40 ming odamni ishli qilish muhim ekani ta’kidlandi. Bandlik jamg‘armasidan ularga 30 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Kambag‘allikka qayta tushish xavfi mavjud oilalarga ijtimoiy yordam va imtiyozlar saqlab qolinadi.
Ularga 6 oy mobaynida moddiy yordam va bolalar nafaqasi to‘lanishi davom ettiriladi, bog‘cha va to‘garak xarajatini qoplash, davolanish orderi kabi 110 ta ijtimoiy xizmat va yordamdan 12 oy davomida qo‘shimcha foydalanish imkoni beriladi.
Bundan tashqari, og‘ir hayotiy vaziyat sababli kambag‘allikka tushib qolishi xavfi yuqori bo‘lgan oilalarni oldindan aniqlab, ularga manzilli yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Bu vazifalar ustidan nazorat hamda viloyat hokimlari bilan ijrosini tashkil qilish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Kelgusi yilda meva-sabzavot va oziq-ovqatni eksport qilish bo‘yicha 4 milliard dollarlik marra belgilangan.
Bu borada meva-sabzavotga ixtisoslashgan 1 mingta mahallada ishga solinmagan katta zaxira borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, “Qo‘shrabot agrostar” kompaniyasi mas’ul bo‘lgan Samarqand va Navoiydagi 84 ta mahalla mayiz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 5 million dollar investitsiya kiritilib, Qo‘shrabot tumanida mayizni saralash, saqlash, qadoqlashga ixtisoslashgan zamonaviy agrokompleks tashkil etilmoqda.
Qolgan 15 ta "Agrostar" kompaniyasi ham shunday ishlasa, 1 mingta ixtisoslashgan mahallaning o‘zidan 500 million dollar eksport, qo‘shimcha 100 ming odamni daromadli qilish mumkin.
Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hokimlariga banklar bilan hamkorlikda o‘z hududida "Agrostar" kompaniyalarini tashkil qilish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
To‘rtinchi yo‘nalish – qishloq xo‘jaligi hisobidan aholi daromadlarini oshirish.
Kambag‘allikni qisqartirishda aholiga 232 ming gektar yer bo‘lib berilgani natijasida 770 ming odam daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Lekin tajribasi yetishmagani, sifatli urug‘, mahsulotiga bozor topishga qiynalgani uchun ularning uchdan birida daromad kam.
Tomorqa egalariga serhosil urug‘ni tanlash, ishni to‘g‘ri tashkil etish orqali yerdan daromadni keskin oshirishni o‘rgatish maqsadida Termiz tumanida Tomorqa maktabi tashkil qilindi.
Ushbu maktabda tomorqaga ilm bilan yondashib, bir yilda Surxondaryo sharoitida 5 martagacha ekin ekish o‘rgatilyapti. 3 ming nafar ehtiyojmand aholi sitrus meva, anjir, xurmo, gul yetishtirish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qitildi.
Agar bu tajriba barcha hududlarda joriy qilinsa, mahsulot yetishtirish ham, eksport ham, asosiysi, dehqonlarning daromadi ham 4-5 karra ko‘payadi.
Shu bois, har bir viloyatda kamida 5 tadan bunday maktablarni tashkil qilib, ijaraga yer olgan odamlarni serdaromad ekin ekishga o‘rgatish topshirildi. Dehqonlar ijaraga olgan yerida yetishtirgan mahsulotni kafolatli sotishi uchun “Eksportchi kooperativlari” tashkil qilinadi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Uchinchi yo‘nalish – sanoat loyihalari orqali doimiy ish o‘rinlarini ko‘paytirish.
Kelgusi yilda hududlardagi korxonalarda 52 milliard dollarlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish reja qilingan.
Mutasaddilar mahalliy sanoat tarmoqlarida 22 milliard dollarlik 3,5 mingta loyihani ishga tushirib, 130 ming doimiy ish o‘rni tashkil qilishi zarurligi qayd etildi.
G‘ijduvon tajribasi asosida hozirda 400 ta mahalla mebelchilik, hunarmandchilik va tikuvchilikka ixtisoslashgan. Tadbirkorlarning joyi kengaytirib berilsa, har biri yana 5-10 kishini ishga olishga tayyor.
Shu munosabat bilan tuman hokimlariga kelasi yilda sanoatga ixtisoslashgan bunday mahallalarda 50 ta “mikrosanoat markazi”ni ishga tushirish, banklar bilan birgalikda kamida 800 milliard so‘mlik 1,5 ming kichik sanoat loyihasini amalga oshirib, 10 ming nafar odamni ishli qilish topshirildi.
Bu markazlarning infratuzilmasi uchun 200 milliard so‘m ajratiladi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ovqatlanish, savdo va servis sohasida o‘zining brendini yaratgan korxonalar butun respublika bo‘yicha 100-150 tadan savdo nuqtasini ochib, kamida 3-5 mingta ish o‘rni yaratish tashabbusini bildirgan edi.
Viloyat hokimliklariga milliy brendlarning joylarda filial tashkil etish bo‘yicha loyihalariga ko‘maklashish topshirildi.
Agar brendlar yangi ochiladigan filial uchun xodimlarni o‘zim o‘qitaman, desa, buning xarajati Bandlik jamg‘armasidan qoplab beriladi.
Filialini ko‘paytirish istagidagi brendlar uchun yangi moliyaviy instrumentlar joriy qilinib, 2026-yilda bunga 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Sohil va yo‘l bo‘yida servisni rivojlantirish bo‘yicha 500 ta mahalla tanlab olingan.
Viloyat hokimlariga yer maydonlarini belgilab, auksionga chiqarish, ariq va zovurlarni yopiq tizimga o‘tkazib, kanal qirg‘oqlari va yo‘l chetini tekislab, tadbirkorlik loyihalari uchun sharoit yaratish topshirildi.
Tuman banklari bu joylarda kamida 5 ta doimiy ish o‘rni yaratadigan loyihalarga 1 milliard so‘mgacha kredit berishni yo‘lga qo‘yadi.
Kelasi yilda bu loyihalar hisobiga 50 ming odamni doimiy daromadli qilish muhim ekani qayd etildi.
Aholining daromadi oshishi bilan ovqatlanish, turizm, savdo xizmatlariga talab ko‘payib, shu yilning o‘zida 255 ta tun-u kun ishlaydigan ko‘cha ishga tushdi. Ularda 11 ming xizmat ko‘rsatish obyektlari ish boshladi, 27 mingga yaqin aholining bandligi ta’minlandi.
Hokimlar kelgusi yilda bunga qo‘shimcha 1 mingta mahallani bog‘laydigan yana 200 ta ko‘chani tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan.
Bir oyda aniq “yo‘l xaritasi”ni tuzib, ishni boshlab yuborgan hokimlarga har bir ko‘cha uchun 4 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishi belgilandi. Buni hisobidan 25 ming yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Chegara va anklav hududlardagi 563 ta mahallaga tuman hokimlari yetarli e’tibor qaratmayotgani qayd etildi.
U yerlarga olib boruvchi yo‘llar ta’mirlanib, mehmon uylari, dam olish maskani, savdo-servis obyektlari tashkil qilinsa, 50 ming xonadonning daromadi ko‘payadi.
Masalan, So‘x daryosining Sarikanda, Rovon, Istiqlol mahallalari hududidan o‘tgan 5 kilometr qismida kurort zona va ko‘ngilochar maskan tashkil qilinsa, yiliga 30 ming sayyoh keladi. Buning hisobiga 200 ta oilaning daromadi oshadi.
Agar har bir hokim 563 ta mahallada ishni shu tartibda yo‘lga qo‘yib, kamida 100 ming odamni band qilsa, 25 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkinligi qayd etildi.
Umuman, kelgusi yilda bu mahallalardagi aholi turmushida vaziyat keskin o‘zgarishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu mahallalarda dam olish va servis obyektlarini qurish loyihalari uchun 1 trillion so‘m resurs ajratish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
