Surxondaryo viloyati hokimligi
Открыть в Telegram
Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat
Больше2025 год в цифрах

23 702
Подписчики
-1124 часа
+827 дней
+29330 день
Архив постов
Показать все...
❤ 1👍 1
🎄Surxondaryoda Yangi yil bayrami shukuhi
Bugun ham Termiz tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida o‘rnatilgan viloyatning bosh Yangi yil archasi atrofida taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.
Aka-uka Eshjonovlar ishtirokidagi konsert dasturi bayramga tashrif buyurgan vohadoshlarimiz hamda viloyatimiz mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtdan tashrif buyurgan mashhur san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari 31-dekabr kuniga qadar davom etadi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 8❤ 2👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🎄Surxondaryo viloyati bosh archasida Yangi yil bayrami konsert dasturlari davom etmoqda
Ayni vaqtda Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massivi amfiteatr maydonida klassik estradamiz yulduzlari aka-uka Eshjonovlar ishtirokida konsert dasturlari, turli ko‘ngilochar tadbirlar hamda karnavallar o‘tkazilmoqda.
Konsert dasturlarini "Surxondaryo" teleradiokanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
🎞Jonli efir havolasi: https://t.me/tvsurxon
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 6❤ 3👎 1👏 1🎉 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
💼 Tayinlov
Maxmudov Ravshanbek Xudoyberdiyevich – Surxondaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ravshanbek Maxmudov 1979-yilda Angor tumanida tug‘ilgan. 2002-yilda Termiz davlat universitetini, 2021-yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodiyot, Kurash sporti.
Mehnat faoliyati davomida viloyat Kasaba uyushmalari sport jamiyati sambo maktabi murabbiyi vazifasida hamda xususiy sektorda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar 2017-yildan Termiz shahar Sport maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 38❤ 8🔥 4⚡ 1🎉 1🕊 1
Surxondaryolik 3 mingga yaqin oilaga bayram sovg‘alari topshirildi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi ommaviy qabulni onlayn formatda shahar va tumanlar studiyalari orqali o‘tkazdi. Hokim qabul avvalida yig‘ilganlarni, shuningdek, ular orqali butun voha ahlini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi.
Qabul avvalida Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomada, shuningdek, davlat rahbari huzurida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan belgib olingan chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga hududlar, sohalar va tarmoqlar kesimida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, joriy yil davomida o‘tkazilgan qabullar hamda ular orqali kelib tushgan aholi murojaatlarining ijrosi tahlil qilindi. Qayd etilishicha, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligining oshishi natijasida ularning asosiy qismi ijobiy hal etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 30 foizga kamaygan.
Viloyat rahbari bugungi qabulda ishtirok etgan fuqarolarning muammolarini manzilli o‘rganish va qonun doirasida hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalarni belgilab berdi. Har bir murojaat ijrosi viloyat, shahar va tuman darajasidagi mas’ul rahbarlarga biriktirildi.
Qabul yakunida shahar va tumanlar studiyalariga taklif etilgan 2 954 nafar fuqaro, jumladan, 573 nafar yakka yolg‘iz yashovchilar, 881 nafar ijtimoiy yordam so‘rab murojaat qilganlar hamda 1 500 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlariga Yangi yil bayrami sovg‘alari topshirildi. Barcha hududiy studiyalarda bayram dasturlari tashkil etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 11❤ 9🔥 1👏 1
Surxondaryoda chang-to‘zonlarning oldini olish maqsadida 10 ming gektarda "yashil makon" barpo etiladi
Prezidentimiz kecha Oliy Majlisga va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida ekologik muvozanatni ta’minlash, "yashil" energetikani rivojlantirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib, Surxondaryo viloyatida chang-to‘zonlarning oldini olish maqsadida 10 ming gektar maydonda "yashil makon" barpo etilishi ta’kidlandi.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida viloyatda amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, Angor va Termiz tumanlari tutash hududda, M-39 xalqaro avtomagistrali bo‘yida joylashgan 220 gektar maydonda 16 million ko‘chat ekish orqali "yashil belbog‘" barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlar bilan kelgusidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi. Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida belgilangan topshiriqlar, ayniqsa, ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan vazifalar ijrosini sifatli va manzilli tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mas’ullarga "yashil belbog‘" loyihasini yuqori saviyada amalga oshirish, 10 ming gektarlik "yashil makon" uchun mos hududlarni aniqlash, ko‘chat ekishga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda iqlim va tuproq sharoitlaridan kelib chiqqan holda ekiladigan daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 9👍 6🔥 1🙏 1
00:43
Видео недоступноПоказать в Telegram
Surxondaryoliklarni bayram bilan qutlab aka-uka Eshjonovlar kuylaydi
Bugun, 27-dekabr kuni soat 18:00 dan boshlab viloyatning asosiy Yangi yil archasi o‘rnatilgan Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida klassik san’atimiz yulduzlaridan aka-uka Eshjonovlar ishtirokida bayram konserti o‘tkaziladi.
Shuningdek, har kuni soat 11:00 dan boshlab vohamizning taniqli san’atkorlari ishtirokida konsert dasturlari, ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi o‘tkazilmoqda.
Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini yuqori kayfiyat va hissiyotlarga boy konsert dasturiga taklif etamiz.
❗️Kirish bepul.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
3.80 MB
❤ 7👍 5👏 1🎉 1
01:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
🎄Surxondaryoda Yangi yil bayrami tantanalari davom etmoqda
Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida o‘rnatilgan viloyatning bosh archasida har kuni taniqli san’atkorlar, estradamiz yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etilmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
ROLIK.mp418.73 MB
👍 9❤ 2🔥 2👏 1🎉 1
08:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
UzA | Termizdagi xalqaro savdo markazi yilni qanday yakunlamoqda?
Prezidentimiz mintaqadagi barcha davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, savdo va sarmoyaviy sohalarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi formatda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Davlatimiz rahbari g‘oyasi bilan Surxondaryo viloyatida barpo etilgan "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasi ham mamlakatimizda keyingi yillarda bo‘y ko‘rsatgan ana shu ezgu tashabbusning amaldagi samarasi bo‘ldi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/800426
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Termizdagi_xalqaro_savdo_markazi_yilni_qanday_yakunlamoqda_O_z.mp4193.23 MB
👍 5❤ 2🔥 1👏 1
01:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
🎄 Surxondaryoda Yangi yil bayrami shukuhi
Viloyatning asosiy Yangi yil archasi o‘rnatilgan Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida har kuni konsert dasturlari, ko‘ngilochar tadbirlar va turli karnavallar o‘tkazilmoqda.
Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini konsert dasturlari tomoshasiga taklif etamiz.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
66.77 MB
👍 7❤ 3🎉 2🔥 1
02:23
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
video_2025-12-26_18-39-35.mp420.48 MB
❤ 4👍 4⚡ 1🔥 1🎉 1
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi voqea — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi yurtimiz bo‘ylab keng jamoatchilik e’tibori markazida bo‘ldi.
Xususan, Surxondaryo viloyatida ham Murojaatnoma viloyat, shahar va tumanlarda tashkil etilgan studiyalar orqali faol tarzda kuzatildi. Davlat rahbari Murojaatnomada davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar, shuningdek, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Surxondaryoliklar Murojaatnomada belgilangan maqsad va vazifalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlab, ularni hayotga tatbiq etishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar viloyatda izchil va samarali amalga oshirilishiga ishonch bildirdilar.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 11❤ 5👏 2🔥 1🕊 1😐 1
