en
Feedback
Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Open in Telegram

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
23 677
Subscribers
-1124 hours
+827 days
+29330 days
Posts Archive
Surxondaryolik 3 mingga yaqin oilaga bayram sovg‘alari topshirildi Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi ommaviy qabulni onlayn formatda shahar va tumanlar studiyalari orqali o‘tkazdi. Hokim qabul avvalida yig‘ilganlarni, shuningdek, ular orqali butun voha ahlini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi. Qabul avvalida Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomada, shuningdek, davlat rahbari huzurida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan belgib olingan chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga hududlar, sohalar va tarmoqlar kesimida tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, joriy yil davomida o‘tkazilgan qabullar hamda ular orqali kelib tushgan aholi murojaatlarining ijrosi tahlil qilindi. Qayd etilishicha, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligining oshishi natijasida ularning asosiy qismi ijobiy hal etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 30 foizga kamaygan. Viloyat rahbari bugungi qabulda ishtirok etgan fuqarolarning muammolarini manzilli o‘rganish va qonun doirasida hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalarni belgilab berdi. Har bir murojaat ijrosi viloyat, shahar va tuman darajasidagi mas’ul rahbarlarga biriktirildi. Qabul yakunida shahar va tumanlar studiyalariga taklif etilgan 2 954 nafar fuqaro, jumladan, 573 nafar yakka yolg‘iz yashovchilar, 881 nafar ijtimoiy yordam so‘rab murojaat qilganlar hamda 1 500 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlariga Yangi yil bayrami sovg‘alari topshirildi. Barcha hududiy studiyalarda bayram dasturlari tashkil etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 4 2👏 1
👍 1👏 1
01:42
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | Murojaatnoma keng jamoatchilik e'tiborida Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
a3.mp417.28 MB
👍 2👏 2 1🔥 1
Surxondaryoda chang-to‘zonlarning oldini olish maqsadida 10 ming gektarda "yashil makon" barpo etiladi Prezidentimiz kecha Oliy Majlisga va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida ekologik muvozanatni ta’minlash, "yashil" energetikani rivojlantirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib, Surxondaryo viloyatida chang-to‘zonlarning oldini olish maqsadida 10 ming gektar maydonda "yashil makon" barpo etilishi ta’kidlandi. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida viloyatda amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, Angor va Termiz tumanlari tutash hududda, M-39 xalqaro avtomagistrali bo‘yida joylashgan 220 gektar maydonda 16 million ko‘chat ekish orqali "yashil belbog‘" barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlar bilan kelgusidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi. Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida belgilangan topshiriqlar, ayniqsa, ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan vazifalar ijrosini sifatli va manzilli tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Mas’ullarga "yashil belbog‘" loyihasini yuqori saviyada amalga oshirish, 10 ming gektarlik "yashil makon" uchun mos hududlarni aniqlash, ko‘chat ekishga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda iqlim va tuproq sharoitlaridan kelib chiqqan holda ekiladigan daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha vazifalar yuklatildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 5 4🔥 1🙏 1
00:43
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryoliklarni bayram bilan qutlab aka-uka Eshjonovlar kuylaydi Bugun, 27-dekabr kuni soat 18:00 dan boshlab viloyatning asosiy Yangi yil archasi o‘rnatilgan Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida klassik san’atimiz yulduzlaridan aka-uka Eshjonovlar ishtirokida bayram konserti o‘tkaziladi. Shuningdek, har kuni soat 11:00 dan boshlab vohamizning taniqli san’atkorlari ishtirokida konsert dasturlari, ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi o‘tkazilmoqda. Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini yuqori kayfiyat va hissiyotlarga boy konsert dasturiga taklif etamiz. ❗️Kirish bepul. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
3.80 MB
5👍 3👏 1🎉 1
03:03
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning kelajagi sizning ishtirokingizda! Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting! Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
852147.mp434.00 MB
👍 5👏 1🤝 1
01:24
Video unavailableShow in Telegram
🎄Surxondaryoda Yangi yil bayrami tantanalari davom etmoqda Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida o‘rnatilgan viloyatning bosh archasida har kuni taniqli san’atkorlar, estradamiz yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
ROLIK.mp418.73 MB
👍 9🔥 2 1👏 1🎉 1
08:16
Video unavailableShow in Telegram
UzA | Termizdagi xalqaro savdo markazi yilni qanday yakunlamoqda? Prezidentimiz mintaqadagi barcha davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, savdo va sarmoyaviy sohalarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi formatda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbari g‘oyasi bilan Surxondaryo viloyatida barpo etilgan "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasi ham mamlakatimizda keyingi yillarda bo‘y ko‘rsatgan ana shu ezgu tashabbusning amaldagi samarasi bo‘ldi. Batafsil: https://uza.uz/posts/800426 Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
Termizdagi_xalqaro_savdo_markazi_yilni_qanday_yakunlamoqda_O_z.mp4193.23 MB
👍 5 2🔥 1👏 1
01:31
Video unavailableShow in Telegram
🎄 Surxondaryoda Yangi yil bayrami shukuhi Viloyatning asosiy Yangi yil archasi o‘rnatilgan Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida har kuni konsert dasturlari, ko‘ngilochar tadbirlar va turli karnavallar o‘tkazilmoqda. Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini konsert dasturlari tomoshasiga taklif etamiz. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
66.77 MB
👍 7 2🎉 2🔥 1
02:23
Video unavailableShow in Telegram
🎄Surxondaryo viloyati bosh archasida Yangi yil bayrami tadbirlari davom etmoqda Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
video_2025-12-26_18-39-35.mp420.48 MB
4👍 4 1🔥 1🎉 1
01:42
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryolik 853 nafar bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” topshirildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
6.60 MB
👍 10 4🔥 1🎉 1
03:59
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida bog‘dorchilikni rivojlantirish maqsadida 700 ga yaqin maydonda bog‘ va tokzorlar tashkil etildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
15.mp444.87 MB
👍 5🔥 1👏 1
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi voqea — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi yurtimiz bo‘ylab keng jamoatchilik e’tibori markazida bo‘ldi. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham Murojaatnoma viloyat, shahar va tumanlarda tashkil etilgan studiyalar orqali faol tarzda kuzatildi. Davlat rahbari Murojaatnomada davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar, shuningdek, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Surxondaryoliklar Murojaatnomada belgilangan maqsad va vazifalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlab, ularni hayotga tatbiq etishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar viloyatda izchil va samarali amalga oshirilishiga ishonch bildirdilar. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 11 5👏 2🔥 1🕊 1😐 1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
👍 8 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqchiman. Bugun tarixning o‘zi, hayotning o‘zi zimmamizga buyuk bir mas’uliyatni yuklamoqda. Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda. Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz! Men bu yo‘lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O‘zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azm-u shijoatiga ishonaman! Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini o‘ylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari bo‘lib, o‘zini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, bunyodkor xalqimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman,
– dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida. Facebook|Instagram|X
Show all...
👍 3 2🔥 1👏 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi. Parlament vakillarini ham bu jarayonda o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqiraman”,
– dedi Prezidentimiz. Kelgusi yilda ma’naviyat sohasi yanada rivojlantirilib, ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi ta’kidlandi. Jumladan, barcha yutuq va g‘alabalarimizning poydevori bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi katta bayram sifatida o‘tkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlug‘ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Show all...
2👍 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiyotimizni texnologik modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, barqaror energetika va transport loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlar davom ettiriladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida an’anaviy, keng qamrovli sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.
“Bunday ulug‘vor vazifalar bizdan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirishni talab etadi. Buning uchun biz barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiramiz”,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Show all...
4👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, O‘mon, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish bundan keyin ham e’tibor markazida bo‘ladi. Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, Janubiy Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni kengaytirish strategik yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Prezidentimiz bugungi anjumanda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchilariga O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirib, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishimizni faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mamlakatlarining hukumatlariga alohida tashakkur bildirdi. Facebook|Instagram|X
Show all...
👍 2 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi. Yaqin qo‘shnilarimiz bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Bu jarayonda mintaqamiz davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi. Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi. Facebook|Instagram|X
Show all...
👍 2 1👎 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi
Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz,
– dedi davlatimiz rahbari. Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi. Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda bo‘ladi",
- dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Show all...
2👍 2🔥 1