ru
Feedback
NamDU Registrator Ofis

NamDU Registrator Ofis

Открыть в Telegram

Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
11 820
Подписчики
-3524 часа
-2317 дней
-92530 день
Архив постов
O‘zbekistonlik talabalar uchun 250 mln dollar kredit ajratiladi Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 250 mln dollar miqdoridagi kreditni ma’qulladi. Mablag‘lar oliy, texnik va kasb-hunar ta’limi tizimida talabalar uchun EduImkon dasturini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Dastur keyingi 3 yil davomida 600 ming nafar yoshning ta’lim kreditlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishi kutilmoqda. Mablag‘larning 80 foizi kam ta’minlangan oilalar farzandlari va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
EduImkon doirasida: - ta’lim kreditlari tizimini modernizatsiya qilish va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish - arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni soddalashtiruvchi yagona onlayn platforma yaratish - kam ta’minlanganlar va xotin-qizlar uchun kredit berish mezonlarini yengillashtirish - ta’limni mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish - daromadga bog‘liq to‘lov tizimini joriy etish kabi ishlar amalga oshiriladi.
2028-yilgacha oliy va o‘rta maxsus ta’limdagi 600 mingga yaqin talaba yangilangan kreditlash tizimidan foydalanishi rejalashtirilgan. Kreditlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlik qilayotgan 12 ta tijorat banki orqali ajratiladi. Shuningdek, dastur 30 mln dollarlik xususiy kapitalni jalb qilishga yordam beradi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
8👍 3
⚡️Xorijiy va nodavlat oliygohlar magistrlari uchun o'qishni ko'chirish ta'qiqlandi Xorijiy va nodavlat oliygoh magistrantlari uchun boshqa davlat yoki nodavlat oliygohlarga o'qishni ko'chirishlari ta'qiqlandi. 578-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko'ra: "Xorijiy va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o'qishining oliy ta'lim tashkilotlariga ko'chirilishiga ruxsat etilmaydi" 📝 Asos: 13.09.2025-yildagi 578-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori 3-ilova, 3-bob, 32-band @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
👍 6 1
Ilmiy maqolani boshqa shaxs oʻzlashtirmasligi uchun qanday chora koʻrsa boʻladi? Bu holatda huquq siz maqolani chop etishingiz bilan ishga tushadi. Yaʼni siz alohida qoʻshimcha harakat qilishingiz kerak emas. Fuqarolik kodeksining 1031-moddasiga muvofiq, maqola intellektual faoliyat natijasi sanaladi. Unga nisbatan vujudga keladigan mualliflik huquqi asar yaratilishi bilan vujudga keladi. Shuningdek, ushbu kodeks 1032-moddasiga binoan, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilganligi tufayli yoxud ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolat berilgan davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi natijasida yuzaga keladi. Shu qoidaga koʻra, fan, sanʼat va adabiyot asarlari (umuman olganda asarlar, shu jumladan maqolalar) yaratilishi bilanoq huquqiy muhofazaga olinadi. Yuqoridagi qoidalar maqolangiz nashr qilinishi bilan boshqa shaxslarning undan foydalanishini taqiqlaydi. Agar kimdir maqolangizni sizning ruxsatingizsiz koʻchirib foydalansa, unda himoya choralari ishga tushadi. Yaʼni, Fuqarolik kodeksining 1040-moddasiga muvofiq, mutlaq huquqlarni himoya qilish, shuningdek: – mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan boʻlsa, oʻsha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy obyektlarni olib qoʻyish orqali; – yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi maʼlumotni majburiy suratda eʼlon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali. Demak, kimdir maqolangizni koʻchirsa yoki sizning mualliflik huquqlaringizni buzsa, siz yuqoridagi huquqlardan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun hududiy adliya organlariga murojaat qilish kifoya. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
4👍 3
02:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
Giyohvandlik – kelajakka tahdid Nima qilmoq kerak? Qanday qilib bu tahdidlarga qarshi turishimiz mumkin? @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
IT++.mp412.11 MB
👍 3 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kun_tarixi Bugun 12-dekabr haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro betaraflik kuni. 🇺🇳 BMT – Butunjahon sog‘liqni saqlash ishlari bilan qamrab olish kuni. 🇰🇿 Qozog‘iston – Bojxona xodimlari kuni. 🇯🇵 Yaponiya – Ierogliflar kuni. 🇷🇺 Rossiya Konstitutsiya kuni. #muhim_voqealar 🔹1913 – Florensiyada “Mona Liza” kartinasi topildi. 🔹1961 – AQShda dunyoda birinchi radio havaskor sun’iy yo‘ldosh – OSCAR-1 orbitaga chiqarildi. 🔹1990 – YUNESKO tomonidan Xiva shahridagi Ichan qal’a Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrini “O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 🔹2002 – O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonunlari qabul qilindi. #tavalludlar 🔹1821 – Gyustav Flober – fransuz realist yozuvchisi. 🔹1863 – Edvard Munk – norveg rassomi, ekspressionizm asoschilaridan biri. 🔹1909 – Hamid Olimjon – shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi. 🔹1928 – Chingiz Aytmatov – qirg‘iz yozuvchisi, davlat arbobi. 🔹1932 – Naim Karimov – adabiyotshunos olim, jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi. 🔹1963 – Yulduz Usmonova – xonanda, O‘zbekiston xalq artisti. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
4👍 1🔥 1💯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#eslab_qoling 🟡Namangan davlat universiteti Registrator ofisining fakultetlarga biriktirilgan menejerlari 🔴Ushbu rasmda barcha menejerlar va ularning shaxsiy telefon raqamlari keltirilgan. ⚠️Eslatma: Ish vaqtidan boshqa vaqt menejerlarning shaxsiy telefon raqamlariga aloqaga chiqmang! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
👍 4 1 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Bilasizmi? Namangan davlat universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida “Registrator ofis” faoliyat yuritmoqda. Bu markazda 70ga yaqin turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi. 📚 Talabalar uchun imkoniyatlar: ➖O‘qish jarayoniga oid hujjatlarni tez va qulay olish ➖Akademik maʼlumotnomalar rasmiylashtirish ➖Talabalik guvohnomasi, kontrakt shartnomalari, ariza va so‘rovnomalar bilan ishlash ➖Bitiruvchilar uchun diplom ilovalarini olishda ko‘mak ➖O‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan boshqa hujjatlar va boshqa xizmatlar koʼrsatiladi. ✅ Ofis registrator talabalarning vaqtini tejash va barcha xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni maqsad qiladi. ✈️Telegram: @Namdu_murojaat ☎️ Call-markaz: +998692395006 @namdu309
Показать все...
5👍 2🔥 1
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#soʻragan_edingiz ❓Savol: Men magistratura talabasiman. Ish joyida menga “1 stavkada ishlash mumkin emas, siz faqat yarim stavkada ishlaysiz”, deb cheklov qo‘yishmoqda. O‘qishimdan tashqari to‘liq 1 stavkada ishlash huquqim yo‘qmi? Shu masalaga aniq javob bersangiz. ✅ Javob: O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, magistratura talabalari uchun to‘liq (1 stavka) ishlashga taqiq qo‘yilmagan. Amaldagi me’yorlarda magistrlar faqat yarim stavkada ishlashi shart, degan cheklov mavjud emas. Biroq ish vaqtingiz asosiy o‘qish jarayoniga xalal bermasligi, darslarga qatnashish va ilmiy ish olib borish imkoniyatingiz ta’minlanishi shart. Ish beruvchi ish rejimini shu talablar bilan muvofiqlashtirishi mumkin, xolos. Shuningdek, har bir tashkilot o‘z ichki tartib-qoidalariga ega bo‘lgani uchun, ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin. Agar bunday cheklov qonuniy asosga ega bo‘lmasa, siz ulardan tegishli me’yoriy hujjatni ko‘rsatishlarini so‘rashga haqlisiz. Magistraturada o‘qish 1 stavka ishlash huquqini cheklamaydi. Qonun bilan bunday taqiq belgilanmagan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
👍 2
⚡️Xushxabar: Stipendiya oshishi mumkin! Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun davlat byudjetiga doir qonun loyihasini eʼlon qildi. Hujjatda qator iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrin olgan. Xususan, qonun loyihasida kelasi yili davlat xodimlari ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga byudjetdan 6 trln soʻm ajratilishi belgilangan. Bunga ayrim xizmat turlari narxi koʻtarilishi va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishi xarajatlari ham kiradi. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
10👍 9🎉 3 1
❓Talabalarni ishga olish qonunga zidmi? JAVOB: Talabalarning ishlashiga hech qanday cheklov yo‘q, hatto ular to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkin. Pedagogika yo‘nalishidagi talabalar 3-kursdan boshlab umumta’lim maktablarida asosiy ish joyi sifatida dars bera oladi. Boshqa tashkilotlarda esa talabalar diplomlariga asosan yoki malaka talab qilinmaydigan ishlarda ishlasa bo‘ladi. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
2👍 2🔥 1
KUN TARIXI Bugun 11-dekabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳Xalqaro tog‘lar kuni. 🌏Xalqaro Tango raqs bayrami kuni. 🌏Butunjahon bronxial astmaga qarshi kurash kuni. 🇧🇷Braziliya – Muhandislar kuni. 🇺🇦Ukraina – Xayriya kuni. #muhim_voqealar 🔹1816 – Indiana AQShning 19-shtatiga aylandi. 🔹1946 – BMT huzurida UNICEF tashkil topdi. 🔹1981 – Big Ben soati kuchli sovuq tufayli 12:27da to‘xtab qoldi. 🔹2000 – AQShda yuqori tezlikdagi “Acela Express” poyezdlarining muntazam qatnashi yo‘lga qo‘yildi. #tavalludlar 🔹1810 – Alfred De Myusse – fransuz shoiri, yozuvchi, dramaturg. 🔹1843 – Robert Kox – nemis mikrobiologi, Nobel mukofoti sohibi 🔹1957 – Chori Avaz – o‘zbek shoiri. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
👍 3
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Grant 📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda ⏳Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2026-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti). ➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 200 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda. 🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109534 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
4👍 2
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi. Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
3👍 1
Qishki o‘qishni ko‘chirish qachondan boshlanadi? #perevod JAVOB: Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan 20-yanvargacha (shu kuni ham) davom etadi. ❓Qishki o‘qishni ko‘chirishda qaysi hollarda o‘qishimni ko‘chira olaman? O‘zbekistondagi bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga faqat 2 holatda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi: 1️⃣ talaba oila qurganda va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lganda; 2️⃣ davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chganda va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lganda (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❓Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun qanday ariza topshiraman? Qishki o‘qishni ko‘chirish arizalarini vazirlikning transfer.edu.uz platformasi yoki Hududiy ishchi guruhlar orqali topshirish mumkin. 👉@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
👍 2 1
❗️Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt shartnomasini olish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Endilikda talabalar to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun: 1️⃣ my.gov.uz da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tiladi; 2️⃣ "Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun to‘lov-kontrakt shartnomalarini olish" xizmati tanlanadi; 3️⃣ kerakli maydonlar so‘ralgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, ariza elektron tarzda yuboriladi. Yuborilgan arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va shartnoma shakllantiriladi. Shakllantirilgan to‘lov-kontrakt shartnomalarini my.gov.uz portali orqali onlayn yuklab olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ham ariza yuborish mumkin. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
4👍 2
01:48
Видео недоступноПоказать в Telegram
🗣 Farzandlaringizni turli buzg‘unchi g‘oyalardan saqlang! ⛔️Tekshirilmagan audio, foto va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot bo‘ling! Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
38.41 MB
3👍 1
Repost from TgId: 2329295246
03:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
🗣 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. 👍 Namangan davlat universiteti jamoasi barcha vatandoshlarimizni Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi_encoded.mp458.40 MB
👍 6 2🔥 1👏 1
Repost from Edu.uz
Фото недоступноПоказать в Telegram
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2025-yil 11-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar berildi. 📱 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 💳 11-dekabr kuni test sinovlari Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida 1-smenada hamda Toshkent shahrida 2-smenada o‘tkaziladi. Talabgorlar binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ⚠️ 1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. 2-smena uchun kirish vaqti soat 12:30 dan 13:30 gacha. Soat 13:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. ✔️ Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
👍 3 1
⚡️ Sessiyalar 12-yanvardan boshlanadi! Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-oʻquv yili kuzgi semestri o‘quv jarayoni va fanlardan oʻtkaziladigan nazoratlar belgilangan grafik asosida 2026-yil 2026-yil 12-yanvardan boshlab tashkil etiladi. Talabalarga kuzgi semestr yakuni boʻyicha oʻtkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar yetkaziladi. Imtihonlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini taʼminlash bilan bogʻliq chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Talabalar uchun qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha davom etadi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
👍 7 2🤝 1
⚡️Qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkin Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati. Ushbu ro'yxat asosida qaysi yo'nalishda o'qib, qaysi kasb egasi bo'lish mumkinligi bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показать все...
244_2_2_илова_Буйрук_квалификация_19062025_ред.pdf7.26 KB
2👍 1