"El-yurt umidi" Foundation
Открыть в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
Больше2025 год в цифрах

33 600
Подписчики
-3424 часа
-527 дней
-13630 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
AT va sun’iy intellekt sohasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali 100 ga yaqin yoshlarimiz dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda.
– Biz ishonamiz: ular ertaga yurtimizga qaytib, sunʼiy intellektning eng soʻnggi yutuqlarini taʼlimga, iqtisodiyotga, davlat boshqaruviga joriy qilishda yetakchi kuchga aylanadi, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 29🔥 10👏 7🤩 6👍 1💯 1
00:30
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori, professor Gulnoza Ismailova Vengriyaning Györ universiteti Doktorantura fakulteti dekani, professor Laszlo Vasa bilan uchrashdi. Tomonlar maqsadli stajirovkalar, professor-oʻqituvchilar almashinuvi dasturlari va boshqa akademik yoʻnalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Jamgʻarma vakillari faoliyatning transformatsiyasi, Oʻzbekiston taʼlim va ilmiy muassasalarining xalqaro aloqalarini kengaytirishga qaratilgan yangi yoʻnalishlar, tashabbuslar va loyihalar haqida batafsil maʼlumot berdilar. Ikki mamlakat professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari uchun qoʻshma maqsadli stajirovkalarni tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi. Professor Laszlo Vasa Qozogʻistonning “Visiting Professor” dasturida ishtirok etish tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. U universitetlar va ilmiy markazlarni rivojlantirish uchun qisqa muddatli akademik safarlarning samaradorligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, tomonlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Györ universiteti Biznes maktabi oʻrtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
IMG_4312.MOV10.22 MB
🔥 15❤ 9⚡ 7👏 1🤩 1🤓 1
00:52
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Matbuot_anjumani
❗️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi: “kafolatlangan gʻalaba” vaʼda qiluvchi “konsalting” va shaxslar tuzogʻiga tushmang
Davron Abdurashidov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari:
— Dasturga qiziqish ortib borayotgan bir paytda, jamgʻarma “konsalting agentliklari” va “kafolatlangan gʻalaba” vaʼda qiluvchi shaxslar tuzogʻiga tushgan ota-onalar va ishtirokchilarning murojaatlarini qayd etmoqda.
Shu munosabat bilan, quyidagilarni alohida taʼkidlaymiz: ➖tanlovda ishtirok etish uchun hech qanday vositachilar kerak emas; ➖jarayon toʻliq shaffof, bosqichma-bosqich tavsiflangan va hamma uchun ochiq; ➖“maxfiy sxemalar” va “ichki yoʻllar” umuman mavjud emas — algoritm va aniq mezonlar hamma narsani hal qiladi; ➖mustaqil tayyorgarlik — eng toʻgʻri yoʻl: tanlangan mutaxassislikni chuqur oʻrganish, Oʻzbekiston va xorijdagi mavjud imkoniyatlarni tushunish, test spetsifikatsiyasi va tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishish kifoya.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
IMG_4611.MOV18.75 MB
⚡ 11❤ 8🔥 3🤓 2👍 1
02:50
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Matbuot_anjumani
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanloviga hujjatlarni topshirgan nomzodlar 21 ta davlatdagi universitetlardan qabul xatlari olgan
Davron Abdurashidov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari:
— Ikkinchi ochiq tanlov doirasida 12—26-noyabr kunlari hujjatlarni qabul qilish faqatgina ONE ID milliy raqamli identifikatsiya tizimi bilan integratsiya qilingan onlayn platforma orqali amalga oshirildi.
Bu maʼlumotlarning avtomatik tekshiruvini taʼminlaydi va dastlabki bosqichlarda subyektiv omilni bartaraf etadi, shuningdek, koʻproq nomzodlarga poytaxtga kelmasdan ariza topshirish imkoniyatini beradi. Bu imkoniyat nafaqat Oʻzbekistondan, balki dunyoning istalgan boshqa mamlakatidan ham foydalanish mumkin. Hujjatlarni qabul qilish davrida platformada 6 mingdan ortiq foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi. Hujjatlar topshirganlarning 59% bakalavr, 34% magistratura va 7% doktorantura taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dunyoning Top-300 talik universitetlaridan qabul xatlari olgan. Nomzodlar 21 ta davlatdagi universitetlardan qabul xatlarini olgan. Top-5 talik davlatlar qatorida — Buyuk Britaniya, AQSH, Avstraliya, Italiya va Janubiy Koreya.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
IMG_4612.MOV62.01 MB
🤩 14❤ 12⚡ 6🤓 4🔥 3
00:47
Видео недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt bo‘yicha forumda ishtirok etib, mamlakatimizda "Besh million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start berdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в форуме по искусственному интеллекту и дал старт проекту "Пять миллионов лидеров ИИ" в нашей стране.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
video_2025-11-28_18-37-59.mp451.77 MB
❤ 17👍 8💯 2🔥 1😇 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Matbuot_anjumani
⚡️Milliy matbuot markazida “El-yurt umidi” jamg‘armasi: ochiq stipendiya tanlovlari yangi talablar hamda shaffoflik, ochiqlik va tenglik tamoyillari asosida oʻtkaziladi” mavzusida matbuot anjumani boshlandi.
👉Onlayn translyatsiya
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 9🔥 6👏 6⚡ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Davlat xizmatlari SI asosida ishlaydi! Aholiga yiliga 23 mlrd so‘m tejaladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi “Byurokratiyani bartaraf etish” forumida davlat boshqaruvini zamon talablariga moslashtirish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari eko-tizimini yaratish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi:
✔️ Davlat xizmatlari soni 444 tadan 1 040 tagacha oshirildi, 2030-yilgacha bu ko‘rsatkich 1,5 mingtaga yetkaziladi.
✔️110 dan ortiq hujjat va ma’lumot talab qilish to‘liq bekor qilinadi.
✔️100 dan ortiq xizmatlar muddatlari 50 foizgacha qisqartiriladi.
✔️Davlat xizmatlari portali, “Litsenziya” tizimi va koll-markazlar sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘tkaziladi.
✔️Elektron hujjat aylanmasi hisobiga aholining yiliga 23 milliard so‘m mablag‘i tejaladi.
✔️Litsenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish sohasida 300 dan ortiq xizmat soddalashtiriladi.
✔️4 ta kommunal tarmoqqa (elektr, gaz, suv, kanalizatsiya) yagona ariza orqali ulanish imkoniyati yaratiladi.
✔️“Qog‘ozsiz hukumat” tizimiga to‘liq o‘tish maqsadida mavjud 40 million hujjatdan 25 millioni raqamlashtiriladi.
✔️Proaktiv va kompozit xizmatlar soni 400 taga yetkaziladi.
✔️Byurokratiyani bartaraf etishga oid eng ilg‘or taklif kiritgan faol fuqarolar va idoralar 3 million dollarlik mukofot jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantiriladi.
❗️2023–2030-yillarda O‘zbekiston qog‘ozbozlikdan xoli, tezkor, qulay, inson manfaatlariga asoslangan raqamli davlatga aylanadi. Fuqaro, tadbirkor va davlat o‘rtasidagi barcha jarayonlar minimal vaqt, minimal hujjat va maksimal shaffoflik bilan amalga oshadi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 20🔥 10👍 5⚡ 1🥰 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan maqsadli stajirovka tashkil etish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori (743-son, 26.11.2025-y.) bilan “Istiqbolli mutaxassislarning “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, maqsadli stajirovkaga yuborish boʻyicha nomzodlarni saralab olish Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtmachi tashkilotlar har yili 10-noyabrgacha kadrlar tayyorlashga boʻlgan ehtiyojlar toʻgʻrisida lavozim va yoʻnalishlar kesimida Agentlikka maʼlumotlar taqdim etadi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashi 15-yanvargacha stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalarini tasdiqlaydi.
Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan nomzodlar roʻyxatini shakllantirishda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
➖stajirovka dasturiga mos mutaxassisligi boʻyicha kamida 3-yillik ish tajribasi, shu jumladan oxirgi 12 oy davomida ushbu sohada ishlagan boʻlishi;
➖davlat tilini bilishi;
➖stajirovka oʻtash rejalashtirilgan xorijiy tashkilotning shartsiz taklifnomasi mavjudligi.
⚠️ Saralash tartibi quyidagicha:
▫️ test sinovlari;
▫️nomzodlar bilan suhbat.
❗️Test sinovlaridan 71 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlar suhbat jarayoniga jalb etiladi.
Gʻolib deb topilgan mutaxassislar, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Agentlik, buyurtmachi tashkilot va moliyaviy (qoʻshimcha) kafil oʻrtasida shartnoma tuziladi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 12🔥 9👍 4⚡ 2🤩 1
00:48
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Bugun Toshkent davlat transport universiteti, Fransiyaning milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi va “Airbus” aerokosmik kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlik bitimini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Fransiya transport vaziri Filipp Tabaro, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova, xorijiy va mahalliy ekspertlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Hamkorlik doirasida aviatsiya yo‘nalishida tahsil olayotgan 3–4-kurs talabalari uchun 2026-yildan boshlab Fransiyaning Tuluza shahrida joylashgan “Airbus” kompaniyasida besh oylik amaliyot dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili besh nafar talabaning oʻqishini moliyalashtirish rejalashtirilgan boʻlib, asosiy eʼtibor aviatsiya sohasiga kadrlar tayyorlashga qaratiladi. Tomonlar hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini — professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish hamda aviatsiya ta’limida qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga kelishib oldilar. Shuningdek, Oʻzbekiston – Fransiya universitetining akademik poydevorini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilar Fransuz – Oʻzbek 3DEXPERIENCE professional kampusiga tashrif buyurib, u yerda xalqaro standartlar asosida muhandislarni tayyorlash uchun yaratilgan texnik imkoniyatlar bilan tanishdilar.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
IMG_4310.MOV17.16 MB
❤ 9🔥 9🤩 5⚡ 2
#Xalqaro_hamkorlik
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi QS bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
Toshkentdagi Markaziy Osiyo universitetida QS Eurasia Forum 2025 boʻlib oʻtdi. Bu xalqaro tadbir jahon akademik hamjamiyati, davlat hokimiyati organlari va sanoat hamkorlarining 300 dan ortiq vakilini birlashtirdi.
Tadbirda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova ham ishtirok etdi. Forum doirasida oliy taʼlim muassasalari rektorlari, xalqaro ekspertlar va stipendiatlar bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazildi. Jamgʻarma faoliyati xorijda taʼlim olishni qoʻllab-quvvatlash doirasidan ancha keng ekanligini va u milliy kadrlar salohiyatini rivojlantirish, xalqaro professorlarni jalb etish, ilmiy-tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalariga global akademik standartlarni joriy etishga koʻmaklashadigan yaxlit mexanizmiga aylanayotganligi taʼkidlandi. QS prezidenti va kengashi raisi Nunzio Kuakuarelli bilan uchrashuvda QSning yangi loyihasi — tez oʻzgaruvchan iqtisodiyotga ega mamlakatlar uchun ishlab chiqilgan sunʼiy intellektga asoslangan mehnat bozori ehtiyojlarini bashorat qilish tizimining tafsilotlari muhokama qilindi. Platforma yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar yetishmovchiligi yoki ortiqchaligini aniqlash, mehnat bozori signallarini tahlil qilish, ularni xalqaro statistika bilan taqqoslash va Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanish dinamikasini hisobga olish imkonini beradi. Taʼkidlaganidek, Jamgʻarma izchil islohotlarni amalga oshirmoqda — raqamlashtirish orqali shaffoflik kuchaytirilmoqda, kvotalar taqsimoti takomillashtirilmoqda va xalqaro ekspertizaga tayanib tanlovlar tashkil etilmoqda. QS tomonidan taklif etilayotgan tizim ushbu jarayonlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga yordam beradi. Tomonlar tahliliy hamkorlikni kengaytirish — maʼlumotlar almashish, algoritmlarni milliy sharoitga moslashtirish va ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda rivojlantirishga kelishib oldilar. Inson kapitalini rivojlantirishga eʼtibor qaratayotgan va yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga intilayotgan Oʻzbekiston uchun QS bilan hamkorlik taʼlim va mehnat bozorini boshqarishning toʻliq maʼlumotlarga asoslangan modelini yaratish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 14👏 3😍 3🔥 2
03:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Islohotlarga_daxldorman
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Murodbek Ahrorov Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan oʻtkazgan uchrashuvida soʻzga chiqib, oʻz takliflarini ilgari surdi.
Murodbek Ahrorov “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati sifatida dunyoning top-100 taligiga kiradigan Kanadada joylashgan Alberta universitetida jarrohlik va jarrohlik taʼlimi yoʻnalishida magistraturani tamomlagan. Hozirgi kunda u Central Asian Universityʼda tibbiyot fakulteti dekani hamda lor-jarroh, amaliyotchi shifokor boʻlib ishlab kelmoqda.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
IMG_4013.MOV40.01 MB
❤ 19🔥 13👍 6🥰 2✍ 1⚡ 1
01:19
Видео недоступноПоказать в Telegram
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi rahbariyati Farmagentlikda uchrashuv oʻtkazdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov bilan iqtidorli kadrlarni tayyorlash, ularning stajirovkasini tashkil etish va ishga joylashtirish sohasida hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida kadrlarni professional tayyorlash, akademik aloqalarni kengaytirish, sohalardagi dolzarb vazifalarni hal etishga xalqaro tajribaga ega yosh mutaxassislarni jalb etish boʻyicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan yaratilayotgan yagona axborot portali imkoniyatlari taqdimot qilindi. Shuningdek, farmatsevtika sohasi xodimlari uchun nufuzli xorijiy universitetlari, ilmiy markazlari va kompaniyalarda qisqa muddatli tayyorlov kurslari va maqsadli stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_4027.MOV28.79 MB
❤ 14🔥 7👏 6💯 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Muhim
⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi uchun hujjatlar qabuli yakunlandi
"El-yurt umidi" jamg‘armasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) nomzodlarning hujjatlari 24/7 rejimida onlayn platforma orqali yagona tartib va teng imkoniyatlar asosida qabul qilindi. Jami platformada 6 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatdan o‘tgan.
Texnik guruhi tomonidan birinchi bosqich — saralash jarayonida nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning Tanlov nizomi talablariga muvofiqligi hamda hujjatlarni to‘liq taqdim etilganligi tegishli tartibda o’rganiladi va umumlashtirilgan holda Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.
❗️Tez kunlarda saralash bosqichi natijalari va 2-bosqich (test)ga tavsiya etilgan nomzodlar ro‘yxati e’lon qilinadi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 40👏 16🔥 7💯 3⚡ 1🎉 1
#Xalqaro_hamkorlik
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Qozogʻiston fan va oliy taʼlim vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Qozogʻiston Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Sayasat Nurbek bilan uchrashdi.
Tomonlar xalqaro taʼlim dasturlarini rivojlantirish, akademik mobillikni kengaytirish va ikki mamlakat iqtisodiyotining kelajagini belgilovchi yangi sohalar uchun kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildilar. Gulnoza Ismailova jamgʻarma faoliyatidagi soʻnggi oʻzgarishlar haqida soʻz yuritdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi farmoni jamgʻarma vazifalarini kengaytirgani, uning institutsional rolini kuchaytirganini va yuqori malakali milliy kadrlar tayyorlash tizimida chuqur islohotlarga yoʻl ochganini taʼkidladi. Ushbu kontekstda Qozogʻistonning tajribasi, xususan, mintaqada chet elda taʼlim olishni qoʻllab-quvvatlashning eng barqaror va samarali modellaridan biri sifatida oʻzini koʻrsatgan “Bolashak” dasturi alohida ahamiyat kasb etadi. Toshkentdagi muloqot davomida tomonlar hamkorlikning yangi istiqbollari va imkoniyatlarini belgilab oldilar. Ular qatorida — global standartlarga yoʻnaltirilgan qoʻshma xalqaro taʼlim yoʻnalishlarini yaratish, iqtisodiyotning uzoq muddatli ehtiyojlariga asoslangan inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama dasturlarni ishlab chiqish, Oʻzbekiston va Qozogʻiston universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalaridir. Uchrashuv ishtirokchilari aloqalarni kengaytirish va tajriba almashish taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga muhim turtki boʻlishiga ishonch bildirdilar. Ushbu muloqot Markaziy Osiyoda bilimlar, gʻoyalar va isteʼdodli mutaxassislar mintaqaviy taraqqiyotning asosiy resursiga aylanadigan yagona intellektual makonni shakllantirish sari harakat qilayotganini yana bir bor tasdiqladi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 12🔥 11⚡ 5👍 3😍 2
02:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
📍 Yuta shtatidan siz bilan yana aloqadamiz. Har bir yangi lokatsiya — yangi texnologiyalar, gʻoyalar va taʼlim olish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bugun biz Solt Leyk Siti shahrida joylashgan Yuta universitetidamiz.
AQSHning yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri hisoblangan Yuta universiteti 17 ta kollej va oliy maktablari doirasida muhandislikdan tortib tibbiyot, ijtimoiy fanlar va innovatsiyalargacha boʻlgan sohalarni qamrab oluvchi 150 ta akademik dasturni birlashtiradi. Bu yerda 22 nafar Rods stipendiyasi sohibi, 4 nafar Nobel mukofoti, 3 nafar Tyuring mukofoti va bir nechta Pulitser mukofoti sovrindorlari, shuningdek, 2 nafar astronavt taʼlim olgan va faoliyat yuritgan. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xodimlari universitet vakillari bilan muhandislik, STEM yoʻnalishlari, aniq fanlar, shuningdek, texnologik tadbirkorlik sohasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. Bu haqida batafsil — videolavhada. Ushbu xizmat safari The Stirling Foundation global xayriya jamgʻarmasi taklifi bilan amalga oshirilmoqda.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_4009.MOV52.55 MB
❤ 18🔥 9🤩 4👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Muhim
⚡️ 2025-YIL 2-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN NOMZODLAR DIQQATIGA!
Platformaga yuklangan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan nomzodlarga bu haqda platforma orqali bildirishnoma yuboriladi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni tahrirlash imkoniyati 2025-yil 26-noyabr 23:59 ga qadar taqdim etiladi.
❗️Eslatma: nomzodlarga platformadagi shaxsiy profillari orqali yuborilayotgan bildirishnomalarni muntazam ravishda tekshirib borish tavsiya etiladi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
👍 24🔥 10❤ 9👨💻 4⚡ 2
⚡️ Toshkent havosi nazoratga olinadi: kechiktirib boʻlmas choralar tasdiqlandi
Havo tozaligini taʼminlash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor vazifasiga aylandi. Prezidentning yangi Farmoni bilan bu borada keskin chora-tadbirlar belgilab berildi. Bu havo sifati ustidan nazoratni kuchaytirish va ifloslanish manbalarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy harakatlar rejasidir.
❗️Zamonaviy monitoring: Toshkentda havo sifatini oʻlchaydigan 300 dan ortiq yangi stansiyalar oʻrnatiladi va maxsus laboratoriya ishga tushadi. Havo sifati indeksi (yashil, sariq, qizil, jigarrang) joriy etilib, aholini erta ogohlantirish tizimi yaratiladi. ❗️Qatʼiy choralar: “Toza havo uchun sanoatni modernizatsiya qilish” shiori ostida, issiqxona va zavodlarda zararli tutun chiqarishga chek qoʻyiladi. Filtr oʻrnatmagan yoki taqiqlangan yoqilgʻi (shina, mazut) yoqqan korxonalar qattiq jarimaga tortiladi, kerak boʻlsa, qozonxonalari musodara qilinadi.Ushbu chora-tadbirlar natijasida havodagi zararli tashlanmalar nazoratga olinib, ekologik barqarorlik taʼminlanadi. Bu esa, oʻz navbatida, turli kasalliklarning oldini olishga va jamiyatning umumiy hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 23👍 11🔥 6👏 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Sogʻlom kelajak sari: Toshkent havosini yaxshilash boʻyicha Prezident farmoni imzolandi
Shaharni koʻkalamzorlashtirish, ekologik toza transportni rivojlantirish — ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻladi. Davlatimiz rahbarining yangi farmoni bilan Toshkentda havo tozaligini taʼminlash uchun quyidagi muhim oʻzgarishlar joriy etilmoqda:
✔️Transport islohoti:
Havoga zararli tashlanmalarni kamaytirish maqsadida avtomobillarning davlat raqamiga qarab (toq va juft kunlarda) harakatlanishini cheklash amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi mumkin (elektromobillar bundan mustasno). Shuningdek, eski (2010-yilgacha) avtomobillarni “trade-in” asosida yangilash dasturi ishlab chiqiladi.✔️Yashil belbogʻlar:
“Kichik halqa yoʻli” boʻylab “Yashil koridor”, tumanlarda esa “Soyali sayr koʻcha”lari barpo etiladi. Poytaxtning 4 tomonida sunʼiy koʻllar va yanada koʻproq favvoralar paydo boʻladi.✔️Qurilishdagi tartib:
Endi qurilish maydonlarida changni bostiruvchi suv purkagichlar va gʻildirak yuvish tizimlari boʻlishi shart. Qurilish obyektining 25 foizi koʻkalamzorlashtirilishi kerak.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👍 17❤ 14🔥 6👏 4✍ 2
01:56
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Xabar qilganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xodimlari Yuta shtatidagi (AQSh) xizmat safarini davom ettirmoqda.
Jamoaning sermazmun dasturidagi yana bir manzil — Weber State University.
Bu haqida batafsil — videolavhada.
Ushbu xizmat safari The Stirling Foundation global xayriya jamgʻarmasi taklifi bilan amalga oshirilmoqda.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_3224.MOV41.75 MB
❤ 20🔥 10👍 7🤩 4⚡ 1👌 1
#Xalqaro_hamkorlik
Onkologiya va transplantologiya yoʻnalishlarda oʻzbekistonlik mutaxassislarning Turkiyada stajirovkalarni oʻtash masalalari muhokama qilindi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari Shuxrat Daminov Xadjiteppe universiteti prorektori Armagʻan Tarim bilan uchrashdi. Tomonlar taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashdilar.
Xususan, jamgʻarma tomonidan Toshkent shahrida Yaqin Sharq texnika universiteti, Xadjiteppe universiteti va Istanbul texnika universitetlari hamkorligida tashkil etilgan Turkiy davlatlar universitetiga Turkiyaning yuqori malakali professorlarini jalb etish taklifi ilgari surildi. Uchrashuv davomida universitet tasarrufidagi Onkologiya kasalliklari shifoxonasi, Teknokent va jigar transplantatsiyasi laboratoriyalarida oʻzbekistonlik mutaxassislarning stajirovka oʻtash va ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatlarini yaratish borasida muzokaralar olib borildi. Universitetning Stomatologiya maktabi va Oʻzbekiston OTMlari oʻrtasida akademik almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, universitetda amalda boʻlgan oʻzbek tilini oʻrganish dasturlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Moddiy-texnik baza bilan tanishish maqsadida jamgʻarma va universitet delegatsiyasi Beytepe kampusida joylashgan Teknokentga tashrif buyurdi. Teknokent yirik innovatsion texnopark boʻlib, universitetning ilmiy salohiyatini sanoat bilan bogʻlashga ixtisoslashgan. 2024-yilda Teknokentda 342 ta R&D kompaniya faoliyat yuritgan va 700 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilgan. Shuningdek, jamgʻarma vakillari tomonidan dasturiy taʼminot yoʻnalishida faoliyat yurituvchi “Loop Games” va “JotForm” kompaniyalari bilan jonli muloqotlar oʻtkazildi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 22🔥 11👌 3
