uk
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

Відкрити в Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
130 837
Підписники
-13524 години
-1 1407 днів
-3 41530 день
Архів дописів
Repost from N/a
Фото недоступнеДивитись в Telegram
TAʼZIYA Mashinasozlik sohasining taniqli va zahmatkash olimi, Toshkent davlat texnika universiteti professori Sadriddinov Azmiddin Sadriddinovichning vafoti haqidagi xabar yurtimiz keng jamoatchiligi va ilmiy hamjamiyati uchun katta yoʻqotish boʻldi. Azmiddin Sadriddinovich butun umrini ilmiy izlanishlar va pedagogik faoliyatga bagʻishladi. U Toshkent davlat texnika universitetida turli masʼul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib, yurtimizda yuqori malakali muhandis-kadrlar tayyorlash, qishloq xoʻjaligi tarmogʻini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash borasida beqiyos hissa qoʻshdi. Marhum olim paxta terish mashinalarini takomillashtirish boʻyicha yuzlab ilmiy ishlar muallifi sifatida agrar sohaning texnik rivojiga ulkan hissa qoʻshdi, 40 dan ziyod ilmiy loyihalarga rahbarlik qildi, ilmiy maktab yaratdi. Uning rahbarligida oʻnlab nomzodlik va doktorlik ishlarining himoya qilingani, yuzlab shogirdlar yetishib chiqqanini alohida qayd etish joiz. Azmiddin Sadriddinovichning mamlakatimiz ilm-fani va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi rivojiga qoʻshgan xizmati davlat tomonidan yuqori baholanib, u “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi mexanizatori”, “Doʻstlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi marhumning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etadi. Azmiddin Sadriddinovichning hayotdan koʻz yumishi yurtimiz ilm-fani, ayniqsa mashinasozlik va agrar texnika taraqqiyoti uchun katta yoʻqotishdir. Azmiddin Sadriddinovning xotirasi, ilmiy merosi va sadoqat bilan qilgan xizmati doimo barchamizning qalbimizda yashaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
26😱 6🤔 2👍 1
Vazirlik xodimlari yugurish marafonida faol ishtirok etdilar 2025-yil 7-dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida respublikaning barcha vazirlik va idora xodimlari ishtirokida 3 kilometr masofaga mo‘ljallangan yengil atletika yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport tadbirida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va ommaviy sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish borasida munosib namuna ko‘rsatdilar. #YugurishMarafon #DavlatXizmatchilari #OTFIV_xodimlari
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
10👍 10😁 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigiПраздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
12🔥 3👍 2
#Dayjest #BoshQomus #Konstitutsiya33 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.
➖O‘zbekiston Milliy universiteti; ➖ Namangan davlat universiteti; ➖ Andijon davlat pedagogika instituti; ➖ Termiz davlat universiteti; ➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti; ➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ➖ Urganch davlat universiteti; ➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti; ➖ Qoraqalpoq davlat universiteti; ➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; ➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali; ➖ Alfraganus universiteti; ➖ Termiz davlat pedagogika instituti; ➖ Andijon davlat tibbiyot instituti; ➖ Milliy rassomlik va dizayn instituti; ➖ Qarshi davlat universiteti; ➖ Jizzax politexnika instituti; ➖ Buxoro davlat universiteti; ➖ Guliston davlat pedagogika instituti; ➖ Andijon davlat texnika instituti; ➖ Andijon davlat chet tillari instituti; ➖ Namangan davlat pedagogika instituti; ➖ Namangan davlat chet tillari instituti; ➖ Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti; ➖ Namangan davlat texnika universiteti; ➖ Qo‘qon davlat universiteti; ➖ Farg‘ona davlat texnika universiteti; ➖ Nukus davlat pedagogika instituti; ➖ Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi; ➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti; ➖ Buxoro davlat pedagogika instituti; ➖ Urganch davlat pedagogika instituti; ➖ Qarshi davlat texnika universiteti; ➖ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; ➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; ➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti; ➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti; ➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti; ➖ SamDVMCHBU Nukus filiali.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
KONSTITUTSIYA BAYRAMI NAMDU—2025.mp454.22 MB
zmu.mp431.99 MB
Arkestr mob.mp417.83 MB
IMG_6802.MP453.93 MB
8-Декабрь 2025-жыл.mp450.40 MB
Ellikqala_fakultetinde_Ózbekstan_Respublikası_Konstituciyası_qabıl.mp438.66 MB
IMG_4066.MP473.14 MB
Konstitutsiyaning 33 yilligi San’at va sport faku.mp413.22 MB
16👏 4🔥 3👍 2
01:54
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#so‘ragan_edingiz Science ID tizimida xorijlik olimlar qanday tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak? ❗️Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish agentligiga o‘z murojaatlaringizni gov.uz/innovation rasmiy veb-sayti, info@ilmiy.uz elektron pochta manzili orqali yozma shaklda, (+99871) 203-32-31 ishonch telefoni orqali esa og‘zaki tarzda yo‘llashingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
Firdavs full_2.mp415.68 MB
10👍 4
++
Показати все...
00:52
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Konstitutsiya_33 Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 9-bob 50-modda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
1 tel.mp45.71 MB
👍 10 3
UI GreenMetric 2025: O‘zbekiston oliygohlari dunyoning TOP-1000 taligida 5-dekabr kuni Tayvanda 2025-yilgi UI GreenMetric reytingining rasmiy natijalari eʼlon qilindi. Dunyoning eng nufuzli “yashil" universitetlar reytingidan oʻrin olgan taʼlim maskanlari orasida Oʻzbekiston oliygohlari ham munosib natijalar bilan qayd etildi. Joriy yilda 105 davlatdan 1 745 ta universitet baholangan ushbu reytingda Oʻzbekistonning 79 ta oliy taʼlim muassasasi ishtirok etdi. Ulardan 38 tasi dunyoning TOP-1000 taligidan joy olgani soʻnggi yillarda yurtimizda barqaror rivojlanish va “yashil kampus” tamoyillarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorini koʻrsatadi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108655 #reyting #GreenMetric
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
👍 14 8👏 4🔥 2😱 1
Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi 5-dekabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan zamonaviy va qulay 400 o‘rinli talabalar turar joyi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ushbu inshootning ishga tushirilishi oliy ta’lim muassasasida yaratilayotgan ijtimoiy-infratuzilmaviy sharoitlarning navbatdagi muhim bosqichi bo‘lib, yoshlar uchun yanada xavfsiz, qulay va zamonaviy yashash muhiti ta’minlanishiga xizmat qiladi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108608 #talabaga_qulaylik #TTJ_ochilishi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
12-СТЖ 2+.mp410.78 MB
👍 19 7🤩 2🔥 1
#TaʼlimniTargʻibEtuvchi Nukus va Samarqand UNESCOning Ta’limni targʻib etuvchi shaharlar global tarmog‘iga (GNLC) kiritildi. 4-dekabr kuni UNESCO O‘zbekistonning Nukus va Samarqand shaharlarini Ta’limni targʻib etuvchi shaharlar global tarmog‘iga qo‘shilganini e’lon qildi. Mazkur tarmoq maktablarda, ish joylarida, madaniyat muassasalarida, kutubxonalarda hamda jamoat joylarida hayot davomidagi ta’limni targʻib etayotgan shaharlarni birlashtiradi. Joriy yilda 46 davlatdan 72 ta shahar tarmoqqa qo‘shildi va shu tariqa GNLC a’zolarining umumiy soni 91 davlatdan 425 ta shaharga yetdi. Nukus va Samarqandning tarmoqqa qo‘shilishi O‘zbekistonning barcha yosh toifalari uchun sifatli ta’limni rivojlantirish, inklyuziv yondashuvlarni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining e’tirofi bo‘ldi. Nukus shahrida, ayniqsa, yoshlar va ayollarning ehtiyojlariga mos keladigan qulay ta’lim ekotizimini shakllantirish borasida sezilarli yutuqlar qayd etilgan. Samarqand shahrida esa hayot davomidagi ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, “Bilim Samarkand” raqamli platformasining joriy etilishi, shuningdek, professional va kasb-hunar ta’limi imkoniyatlarining kengaytirilgani alohida ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
23👍 4🔥 4
01:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#kasbiy_taʼlim #xalqaro_musobaqa #natija 🏆 Oʻzbekiston texnikumlarining o’quvchilari xalqaro onlayn musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritdi ⌨️ “China-Uzbekistan Telecommunications Skills Competition 5G” texnologiyalari bo‘yicha xalqaro onlayn musobaqa tashkil etildi. 🎓 Unda Toshkent transport texnikumining “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Avtomatika” mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan 2-kurs o’quvchilari qatnashdi. 🏅Yakunda baholash komissiyasi qarori bilan texnikum o’quvchilari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi. 🌐 Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro onlayn musobaqada O‘zbekistondan jami 35 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
Sequence 01 (1).mp415.55 MB
star reaction 2👍 12 6👏 2😁 2🎉 1
Xitoy bilan atrof muhit muhofazasi bo‘yicha qo‘shma laboratoriya ochildi 2025-yil 20–24-noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Sian neft universitetiga rasmiy tashrif amalga oshirdi. Tashrif doirasida “Resurslardan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Bir makon, bir yo‘l qo‘shma laboratoriyasi”ni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzoladilar va Sian neft universitetida ushbu qo‘shma laboratoriyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shma laboratoriya doirasida magistrantlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy stajirovkalar tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Loyiha natijalari asosida O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma ilmiy loyihalar tanloviga hujjatlar taqdim etilishi belgilandi.
Shuningdek, 2026-yildan boshlab har yili 2 nafar talaba, 1 nafar doktorant va 2 nafar professor-o‘qituvchi Sian neft universitetiga xorijiy stajirovkaga yuborilishi rejalashtirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
12🔥 2
01:33
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Zoʻravonlikka_qarshi_16kun Qizlarning ta’lim olish huquqi — daxlsiz! Ularning orzulari, kelajagi, ilmga bo‘lgan ishtiyoqini birgalikda himoya qilaylik. Zo‘ravonlikka qarshi ovozingizni ko‘taring, o‘zgarishga hissa qo‘shing! Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
Xurshidaxon-Zo'ravonlikka qarshi kurash.mp49.39 MB
👍 46 10👏 4🥰 3🔥 1
Vazir “Talabalar shaharchasi”dagi yotoqxonalar va umumiy ovqatlanish joylari holati bilan tanishdi 2025-yil 5-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent shahridagi “Talabalar shaharchasi”da joylashgan talabalar yotoqxonalari va umumiy ovqatlanish joylarida amalga oshirilayotgan sharoitlar bilan tanishdi. Tashrif doirasida vazir yotoqxonalardagi qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, xususan, isitish tizimlarining barqarorligi, elektr va suv taʼminoti, issiq suv bilan taʼminlash holatini oʻrgandi. Shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi, evakuatsiya yoʻlaklarining ochiqligi, yongʻin oʻchirish vositalarining tayyor holda boʻlishi ham tekshirib chiqildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108417 #vazir_oʻrganish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
25👍 6😁 3🔥 2👏 2
Sankt-Peterburgda “Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionatida Oʻzbekiston vakili 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi 2025-yil 27-noyabr – 4-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Hukumati tashabbusi bilan Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida “Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionati oʻtkazildi. Nufuzli musobaqada jami 41 davlat vakillari 27 ta kompetensiya boʻyicha bellashdilar. Chempionatda Oʻzbekiston kasbiy taʼlim tizimi vakillari ham munosib ishtirok etdilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy Agrotexnologiyalar texnikumi oʻquvchisi Nursulton Rustambayev (ustozi — Atham Tangirbergenov) “Metallarga ishlov berish” kompetensiyasi boʻyicha final bosqichida berilgan uchta amaliy topshiriqni mukammal bajardi. Natijada Nursulton Rustambayev nufuzli xalqaro chempionatning finalida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ushbu yutuq mamlakatimiz kasbiy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy oʻquv dasturlari va amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻqitish tizimi samaradorligining yorqin ifodasi boʻldi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
24👍 4🔥 1👏 1🎉 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#rasmiy #qishki_taʼtil ⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi. Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
😱 154👍 57 50😁 9🎉 5
00:46
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Konstitutsiya_33 O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar. Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8-bob 37-modda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
1.1_tel.mp44.91 MB
8👍 4
Repost from TgId: 1297184524
#Xorazm Bugun Xorazmdamiz. Viloyatdagi bir qancha ta’lim muassasalarida bo‘ldik. Dastlab davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Urganch shahrida yaqinda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdik. Keyingi manzillarimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali, Urganch davlat universiteti, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi, Xiva shahridagi Prezident maktabi, viloyatdagi professional ta’lim muassasalari, maktablar, talabalar turar joylari bo‘ldi. O‘rganishlarimiz davomida ta’lim sifati, muassasalardagi infratuzilma, talaba va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik. Mas’ullar, pedagog va talabalar jamoasi bilan muloqot qilib, mavjud muammolar, kelgusi rejalar bo‘yicha gaplashib oldik. Viloyatlar bo‘ylab o‘rganishlarimiz davom etadi. @hilola_umarova
Показати все...
18👍 2😁 2
#dayjest #qalqon_faoliyati Oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati davom etmoqda
🔵Toshkent davlat transport universiteti; 🔵Nukus davlat texnika universiteti; 🔵Namangan davlat pedagogika instituti; 🔵Toshkent kimyo-texnologiya instituti; 🔵Termiz iqtisodiyot va servis universiteti; 🔵Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti; 🔵Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti; 🔵Namangan davlat pedagogika instituti; 🔵Guliston davlat universiteti; 🔵Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti; 🔵Farg‘ona davlat universiteti; 🔵Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali; 🔵Qarshi davlat universiteti; 🔵Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti; 🔵Termiz davlat pedagogika instituti; 🔵Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti; 🔵Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti; 🔵Toshkent xalqaro universiteti; 🔵Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; 🔵Guliston davlat pedagogika instituti; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; 🔵Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti; 🔵Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti; 🔵Buxoro davlat texnika universiteti; 🔵Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
IMG_1900.MP443.30 MB
IMG_1902.MP464.66 MB
IMG_1906.MP431.72 MB
IMG_1903.MP452.34 MB
😱 4👍 3 1
Seulda O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi 2025-yil 4-dekabr kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi tashkil etildi. Mazkur anjumanda ikki davlat taʼlim vazirliklari mutasaddilari, oliy taʼlim muassasalari assotsiatsiyalari vakillari, shuningdek, 25 dan ortiq yetakchi universitet rektorlari va delegatsiyalari ishtirok etdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108417 👉 На русском 👉 In English #xalqaro_forum #Koreya
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
10👍 5🔥 1