Surxondaryo viloyati hokimligi
Відкрити в Telegram
Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat
Показати більше2025 рік у цифрах

23 698
Підписники
+1124 години
+577 днів
+31130 день
Архів дописів
Prezident Surxondaryoning salohiyatini yanada toʻliq ishga solish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlar hisobiga soʻnggi sakkiz yilda viloyatga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan, 4 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilgan. Sanoat hajmi ikki barobarga oshib, joriy yilda 17,2 trillion soʻmga yetishi kutilmoqda. Charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari va farmatsevtika kabi yangi tarmoqlar shakllangan.
Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ham yaxshi natijalarga erishildi. Joriy yilda 126 ming oila kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasi 9,3 foizdan 5,6 foizgacha pasayishi kutilmoqda. “Toʻpalang” suv omboridan quvur tortish orqali Sherobod, Boysun, Bandixon, Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Jarqoʻrgʻon va Denov tumanlarida yashovchi 2 million aholining ichimlik suv muammosi toʻliq hal etilgan.
Yigʻilishda Surxondaryo viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish boʻyicha rejalarini taqdimot qildi.
Davlatimiz rahbari hududda yoʻllarni taʼmirlash, uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash boʻyicha ham koʻrsatmalar berdi.
Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8830
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 31❤ 9👎 4🔥 1🙏 1
👧 "Yil ayoli – 2025" milliy tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlar natijasida turli sohalarda fidoyi, bilimli va tashabbuskor ayollar saflari kengayib bormoqda. Ana shunday e’tirof namunasi sifatida "Yil ayoli – 2025" milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Quvonarlisi, mazkur tanlovda Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Begmatova Umida Urunovna faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Prokuratura organlarida 11-yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan Umida Begmatovaning qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati yuqori baholandi.
Shuningdek, 2025-yil 10–13-dekabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V Paraosiyo o‘yinlarida 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi Husniya Olimjonovaning onasi — Sidiqova Nigora Voxidovna "Matonatli ayol" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Ushbu e’tirof ayollarning oila, jamiyat va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 12❤ 8👏 2🔥 1🙏 1
Показати все...
👍 8❤ 5👎 2🔥 2🙏 1🤝 1
01:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Prezident sovg‘asi" Surxondaryo viloyatiga yetib keldi
Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga alohida e’tibor qaratish, bolajonlarni quvonchga to‘ldirish maqsadida har yili an’anaviy ravishda "Prezident sovg‘asi" topshirib kelinmoqda.
Bolalarning eng sevimli bayrami — Yangi yil munosabati bilan mo‘ljallangan mazkur bayram sovg‘alari Surxondaryo viloyatiga ham yetib keldi. Ushbu sovg‘alar muruvvat va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, chin yetimlar hamda yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlariga "Prezident archasi" bayram tadbirlari doirasida tantanali ravishda topshiriladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda viloyat bo‘yicha jami 894 dona "Prezident sovg‘asi" bolajonlarga yetkaziladi. Bayram sovg‘alari 24 turdagi o‘quv qurollari hamda 34 xil shirinlikdan iborat bo‘lib, ular bolalar uchun chin ma’noda yangi yil quvonchi va e’tibor ifodasi hisoblanadi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
IMG_6886.MOV35.53 MB
👍 17🔥 5❤ 4👏 3🙏 3
Показати все...
👍 13❤ 3👏 1🎉 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
AQSh prezidenti Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazganini ma’lum qildi. Suhbat chog‘ida global mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Donald Tramp kelasi yili Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarini faxriy mehmon sifatida taklif etishini bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev esa AQSh yetakchisini o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 14❤ 5🔥 1👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Sarhisob2025
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi natijalar
👨🦯 1 048 ta protez-ortopediya moslamalari hamda 7 760 ta reabilitatsiya texnik vositalari, jumladan 486 nafar fuqaro elektron yuritmali nogironlar aravachalari bilan ta’minlandi.
👮♂️ 15 413 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta’minlandi.
🔮 Reabilitatsiya markazlarida 2 882 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar davolandi.
👍 O‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida 994 nafar fuqaroning nogironlik guruhi yengillashtirildi, 349 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs to‘liq sog‘lomlashtirildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 9❤ 2🔥 1👏 1🙏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
UzA | “Texno Park”da ilk loyiha ishga tushdi
Termiz tumanida qad rostlayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududidagi “Texno Park”ning birinchi bosqichida qiymati 65 milliard so‘mlik dastlabki loyiha – yengil konstruksiyali, zamonaviy qurilish materiallaridan barpo etilgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokchilarni Yangi yil bilan tabrikladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirib, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun katta imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/799089
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 5👍 5👎 1👏 1🙏 1
"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasidagi loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda ilk bor kambag‘allik darajasini baholash tizimi joriy etilib, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlarini manzilli va samarali tashkil etish maqsadida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi tasdiqlangan.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Yangi Diyor mahallasida joylashgan "Agroservis" MCHJ hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Ushbu mahallada "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" konsepsiyasi asosida infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shundan so‘ng, Angor tumanida joylashgan "Angor karvonsaroy" savdo kompleksida Surxondaryo viloyati "Kambag‘allikdan chiqarish markazi"ni tashkil etish loyihasi ko‘rib chiqildi. Mazkur markazga jalb etiladigan kambag‘al oilalar a’zolari yetakchi tadbirkorlarga biriktirilib, "soha bilimlari – infratuzilma – ishlab chiqarish – daromad" tamoyili asosida o‘qitiladi. Shuningdek, markaz faoliyati doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan ham tanishildi.
Viloyat rahbari taqdim etilgan loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib, yil yakuniga qadar "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida belgilangan rejalarning to‘liq ijrosini ta’minlash, belgilangan maqsadlarga erishish vazifalarini topshirdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 9👍 9🔥 3👏 3
Qo‘ng‘irot mahallasida "Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasidagi vazifalar belgilandi
Prezidentimizning qarori bilan tasdiqlangan "Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturiga muvofiq Surxondaryo viloyatida jami 30 ta, jumladan, Termiz tumanidagi Qahramon va Qo‘ng‘irot mahallalarida infratuzilmani rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumani Qo‘ng‘irot mahallasida bo‘lib, dastur doirasida rejalashtirilgan loyihalar va tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Muhokama jarayonida mahallaning mavjud imkoniyatlari va infratuzilmaviy holatini inobatga olgan holda loyihalarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Loyihalarni ishlab chiqishda hududning real imkoniyatlari va mavjud salohiyati yetarlicha hisobga olinmagani tanqid qilindi.
Mas’ullarga mahalla hududidan o‘tayotgan yangi avtomagistral yo‘li atrofidagi imkoniyatlar hamda boshqa omillarni hisobga olgan holda tadbirkorlik loyihalarini qayta ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, parrandachilik kooperatsiyasini, xususan, kurka parvarishlash loyihasini amalga oshirish uchun maqbul joy tanlash hamda bu orqali yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 7👍 7🔥 3👏 3
Показати все...
👍 4❤ 3🙏 3👎 2🔥 2
02:04
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida Yangi yil shukuhi
🎞Rus tilida: https://youtu.be/UR2XbWFlpgY
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
40.63 MB
👍 4❤ 3🔥 2🎉 2🕊 2
Viloyat hokimi vohadoshlarimizni bayram bilan qutladi
Joriy yilda Surxondaryo viloyatining asosiy bosh archasi Termiz tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivi amfiteatr maydonida o‘rnatilib, taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari, ko‘ngilochar tomoshalar hamda turli madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu orqali aholiga bayramona kayfiyat ulashilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bayram tadbirlari o‘tkazilayotgan ushbu maydonga tashrif buyurib, aholining xordiq chiqarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, konsert va ko‘ngilochar dasturlarning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdi.
Viloyat rahbari tadbirga tashrif buyurgan aholi bilan massivda yaratilgan sharoitlar xususida fikr almashdi. Mas’ullarga hududni yanada bayramona bezash, aholining mazmunli va maroqli dam olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 12❤ 7👏 4🔥 3🕊 1
"Texno Park" loyihasining birinchi bosqichidagi loyihalar foydalanishga topshirildi
Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida "Texno Park" loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun umumiy qiymati 234 mlrd so‘mni tashkil etuvchi mazkur loyihaning birinchi bosqichi doirasida yengil konstruksiyali, zamonaviy qurilish materiallaridan barpo etilgan qiymati 65 mlrd so‘m bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi. Loyiha 50 kun mobaynida qurib bitkazildi. Ushbu nuqtalarda aholi ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar, shuningdek, "Texno Park" hududida ishlab chiqariladigan mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yiladi.
Tadbirkorlik obyektlarining ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi hamda qisqa muddatda zamonaviy va chidamli qurilish materiallaridan barpo etilgan mazkur obyektlarda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilishini ta’kidladi.
Keyingi bosqichlarda qurilish ishlari izchil davom ettirilib, "Texno Park" hududida Xitoy texnologiyalari va innovatsiyalari asosida ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 9❤ 4👏 3🔥 2🫡 1
