#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
Kanalga Telegram’da o‘tish
⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

14 750
Obunachilar
-5724 soatlar
-377 kunlar
+14130 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
🍏 iPhone 16 dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi
📊 Counterpoint Research tahliliy agentligi 2025-yilning birinchi choragida dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi.
ℹ️ Birinchi o‘rinni iPhone 16 egallagan, undan keyingi o‘rinlarda esa Pro Max va Pro modellar joylashgan.
📱 Ro‘yxatdagi yagona Android flagman — Galaxy S25 Ultra bo‘ldi.
🤷♂️ Qolgan barcha Android-smartfonlar asosan $100 atrofidagi byudjet modellari bo‘lib, ular umumiy bozorning 20% qismini egallagan.
➡️ #smartfon | Birinchi raqamli IT-Blog
00:28
Video unavailableShow in Telegram
🇫🇷 Fransuz yigiti Super Mario o‘yinini Big Mac va naggets yordamida boshqardi
🍔 U yeguliklarga maxsus sensorli platani ulagan — bosilganda ularni oddiy tugmadek signal uzatadigan qurilmaga aylantirgan.
🎮 Bu qurilmalar ochiq savdoda mavjud bo‘lib, odamlar ular orqali hatto bananlar yoki sosiska bilan ham o‘yin o‘ynashi mumkin!
👀 Siz nima yordamida o'yin o'ynagan bo'lardingiz?
➡️ #game | Birinchi raqamli IT-Blog
IMG_1693.MP49.85 MB
👍 16🤣 11😱 6❤ 2🗿 2
00:08
Video unavailableShow in Telegram
😅 Aka hayotni GTA deb o'yladi shekilli...
➡️ #kayfiyat | Birinchi raqamli IT-Blog
IMG_3885.MP46.77 KB
📱 TCL Flip 4 5G: tosh davriga qaytishni istaganlar uchun
ℹ️ TCL kompaniyasi yangi Flip 4 5G telefonini taqdim etdi — klassik bukiluvchi dizayn va zamonaviy 5G texnologiyasi uyg‘unlashgan model.
⚙️ Asosiy xususiyatlar:
- Displeylar: 1.77" tashqi va 3.2" ichki ekranlar.
- Protsessor: Qualcomm Snapdragon 4s Gen 2.
- Xotira: 2 GB RAM, 32 GB ichki xotira (microSD orqali kengaytiriladi).
- Kamera: 5 MP orqa kamera, 720p video yozuvi.
- Batareya: 3000 mAh, 40 soatgacha suhbat va 2 kundan ortiq foydalanish.
- Operatsion tizim: KaiOS 4.0 — YouTube, Google Maps, WhatsApp kabi ilovalar bilan.
- Aloqa: 5G, 4G LTE, Wi-Fi, Bluetooth 5.0, USB-C, 3.5 mm audio jack.
✅ Bu model soddalikni qadrlovchilar, katta yoshdagilar uchun qulay tanlov bo‘lishi mumkin.
💵 Narxi AQShda $79.99 bilan sotuvga chiqarilgan.
➡️ #tcl | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 42❤ 2👎 1😁 1
Repost from TgId: 1530367598
02:35
Video unavailableShow in Telegram
💻 Bukiluvchan displeyli dunyodagi birinchi noutbukni birinchi bo'lib ko'rsataman.
🇨🇳 Huawei MateBook Fold Ultimate Design narxi ~48 million so'm atrofida.
👀 Olarmidingiz yoki Matiz yaxshimi?
✈️ @sayohatv
IMG_6344.MP430.80 MB
👍 40🔥 10🤯 4👾 3❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
🚨 Katta miqdordagi Apple, Google, Instagram va boshqa kompaniyalarning login va parollari internetga sizib chiqdi
🧑💻 Kiberxavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchi Jeremiah Fowler bir veb-xostingda 184 162 718 ta noyob hisob ma’lumotlarini (login va parollar shifrlanishsiz holda) topdi – jami 47,42 GB hajmli ma’lumotlar bazasi.
🔐 Quyidagi kompaniya va servislardagi foydalanuvchi hisoblari ma’lumotlari topildi:
• Apple
• Amazon
• Discord
• Facebook*
• Google
• Instagram*
• Microsoft
• PayPal
• Snapchat
• X (Twitter)
• WordPress
• Yahoo
⚠️ Bu faqat bazadagi servislarning bir qismi – qolganlarini Fowler aniqlay olmadi, lekin ular ancha ko‘p.
🔎 Tadqiqotchi ba’zi hisob egasi foydalanuvchilar bilan bog‘lanib, ularni ogohlantirdi va ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqladi.
💾 Shuningdek, Fowler ma’lumotlar sizib chiqqan xosting administratorlariga shikoyat qildi. Bazani joylashtirgan hisob bloklandi, lekin uning egasi aniqlanmadi.
👩💻 Tadqiqotchining fikricha, bu bazadagi login va parollar asosan firibgarlik xatlari (phishing) va qaroqchilik dasturlari orqali yig‘ilgan.
⚠️ Eslatma: Agar siz ushbu servislardan birida hisobingiz bo‘lsa, parolingizni tezda o‘zgartirish va ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish tavsiya etiladi!
00:46
Video unavailableShow in Telegram
🔥 Mustahkamlik, uslub va samaradorlik — Infinix Note 50 Pro sotuvda!
⚡️ Ultra mustahkam metal ArmorAlloy™ hoshiyalar
⚡️ 90W tez zaryadlash + 30W simsiz MagCharge qurilmasi SOVG‘A sifatida.
⚡️ 6.78" AMOLED-displey, 144Hz yangilanish tezligi.
⚡️ Barmoq izi skaneri va aqlli AI-funksiyalar bilan jihozlangan
🔗 Batafsil bilib oling va bugunoq o‘z Infinix Note 50 Pro smartfoningizga ega boling!
📈 TABIATDAN YUQORI SAMARADORLIK
#InfinixUz #InfinixNote50SeriesUz #InfinixNote50Uz #InfinixNote50ProUz #Note50SeriesUz #Note50Uz #Note50ProUz
KOL unboxing 46.mp49.07 MB
👍 12👎 4🤡 2❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
👀 Nimoʻlyapti? Bormi ogʻriq?!
➡️ #bitcoin | Birinchi raqamli IT-Blog
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 10 Gbit/s va sun'iy yo'ldoshlar bilan bevosita aloqa: Xitoyda yangi avlod 5G-A tarmogi ishga tushirildi
📡 Xitoy mobil texnologiyalarning yangi davrini boshladi. 17-may, Telekommunikatsiyalar kuni China Telecom operatori 5G-A (Advanced) tarmog'ini ishga tushirdi - bu oddiy 5G tarmoqlariga qaraganda 10 barobar tezlikni ta'minlaydi.
🌐 Ma'lumot yuklash tezligi 10 Gbit/s, yuborish tezligi esa 1 Gbit/s gacha oshadi. Bu og'ir raqamli xizmatlar uchun yo'l ochadi: 16K striming, keng hajmli AR-dasturlar va AI-ni mobil qurilmalarda darhol ishlatish imkoniyati.
🌍 Lekin eng muhimi - sun'iy yo'ldoshlar bilan bevosita aloqa. 5G-A tarmogi foydalanuvchilarga yer infratuzilmasi bo'lmagan joylarda ham barqaror internet ta'minlaydi. Bundan tashqari, yangi AI-xizmatlaridan foydalanish mumkin: aqlli bulutli saqlash, spam filtrlash va shaxsiylashtirilgan videokoriklar.
🏙 Ishga tushirilgan paytda tarmoq 31 viloyatda 50 million kishini qamrab oldi. Bu dunyodagi eng yirik 5G-A joriy etilishi - va ehtimol, Xitoy modeli boshqa mamlakatlar uchun namuna bo'ladi.
👉 #5g #5ga | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 37🆒 4⚡ 3❤ 2🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Servercore bulut provayderi O‘zbekistondagi ma’lumotlar markazi asosida S3-xotirani ishga tushirdi
Endilikda S3 obyektli xotirasi Toshkent mintaqasida @ServercoreNews boshqaruv paneli orqali foydalanishga tayyor. S3 yordamida mediakontentlar, zaxira nusxalar (backup), ma’lumot to‘plamlari (dataset), sun’iy intellekt modellari kabi ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ularga tezkor kirishni tashkil qilish mumkin.
Servercore tomonidan taqdim etilgan xotira asosiy afzalliklari:
— Toshkentda joylashgan foydalanish zonasi.
— Yuqori xizmat darajasi kafolati (SLA) — 99,99%.
— Ikki xil saqlash turi — standart va sovuq (kam foydalaniladigan ma’lumotlar uchun).
— Masshtablanish imkoniyati — S3da cheksiz miqdordagi obyektlarni saqlash mumkin.
Uch karra ma’lumot nusxalash (replikatsiya) — har bir blok uchta alohida serverda saqlanadi, bu esa hatto bitta server ishdan chiqqanda ham ma’lumotlarga kirishni kafolatlaydi.
Obyektli xotirani ijaraga olish uchun quyidagi havola orqali o‘ting
Photo unavailableShow in Telegram
🍏 Apple WWDC25 konferensiyaga taklifnomalarni yubora boshladi
ℹ️ Apple ishlab chiquvchilar va jurnalistlarga WWDC25 (Worldwide Developers Conference) konferensiyasiga taklifnomalarni yubordi. Tadbir 9-13 iyun kunlari boʻlib oʻtadi.
🆕 Birinchi kuni, 9-iyun soat 22:00 da kompaniya yangi operatsion tizimlarini taqdim etishi kutilmoqda: iOS 19, iPadOS 19, WatchOS 12, macOS 16 va visionOS 3.
💥 Agar insayderlarning maʼlumotlariga ishonsak, iOS'ning yangi dizayni 2013-yilda chiqqan iOS 7 dan beri eng katta oʻzgarish boʻladi.
📺 Tadbir translyatsiyasi Apple veb-saytida, YouTubeʼda va Apple Developer ilovasida koʻrsatiladi.
👉 #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
😱 18👍 6🤡 4⚡ 1👾 1
✋ Huawei buklanadigan ekranli noutbukni taqdim etdi — MateBook Fold Ultimate Design
ℹ️ Kompaniya bu — dunyo bo‘yicha eng katta ikki qatlamli OLED panel ekanligini ta’kidlamoqda.
📱 Qurilma ochilgan holatda 18 dyuymli 4:3 formatdagi ekran, buklangan holatda esa 13 dyuymli 3:2 formatdagi noutbuk sifatida ishlaydi.
⚖️ Og‘irligi — 1,16 kg, korpusda buklangan holatda foydalanish uchun maxsus stend mavjud.
⚙️ Texnik tavsifi:
• Ekran: Noutbuk rejimida: 13", 2472×1648 Tandem OLED, yorqinlik 1600 nitgacha, to‘liq ekran rejimida: 18", 3296×2472
• Protsessor: Kirin X90
• Tizim: Harmony OS 5
• Xotira: 32+1024 GB yoki 32+2048 GB
• Batareya: 6400 mA·soat, 74,69 W·soat
• Aloqa: Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2
• Portlar: 2× USB-C 3.2
• O‘lchamlar:
– Noutbuk holatida: 193,7×288,5×14,9 mm
– Ekran holatida: 288,5×382,5×7,3 mm
💸 Narxi: 43 000 000 so'm ekan.
📦 To‘plamda tashqi klaviatura, zaryadlovchi va g'ilof mavjud.
👉 #huawei | Birinchi raqamli IT-Blog
IMG_1073.MP413.32 MB
👍 25🔥 11⚡ 5👾 2👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟦 Bluetooth 6.1: Xakerlarga xayr! Salom, maxfiylik va quvvat tejamkorlik!
📡 Yangi Bluetooth Core 6.1 standarti taqdim etildi — u nafaqat xavfsizlikni oshiradi, balki batareyani ham avvalgidan yaxshiroq tejaydi.
🛡 Avval Bluetooth manzillari har 15 daqiqada yangilanardi — bu esa kuzatuvchilar uchun oson nishon edi. Endilikda esa manzillar tasodifiy 8–15 daqiqa oralig‘ida o‘zgaradi, istasa — 1 soniyadan 1 soatgacha sozlash mumkin.
⚙️ Endi barcha maxfiy manzillarni chipning o‘zi generatsiya qiladi — markaziy protsessor aralashmaydi, bu esa batareyani tejaydi va gadjetlarning avtonomligini oshiradi.
🧬 Yangi algoritm NIST tomonidan tasdiqlangan — bu uni deyarli kuzatib bo‘lmas holga keltiradi. Ma’lumotlar havoda maksimal xavfsizlikda uzatiladi.
📅 Yangi chiplar va moslashgan dasturlar bozoriga 2026-yildan boshlab chiqishi kutilmoqda. Ammo bu texnologiya allaqachon maxfiy aloqa kelajagi sifatida e’tirof etilmoqda.
👉 #bluetooth | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 55⚡ 9😎 6👾 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
✋ Huawei MateBook Fold Ultimate Design: Birinchi bukiluvchi ekranli noutbuk
📅 Ushbu noutbuk 2025-yil 19-may kuni taqdim etilishi rejalashtirilgan.
⚙️ Asosiy xususiyatlar:
- Displey: Bukiluvchi ekran, to‘liq ochilganda planshetga o‘xshash ko‘rinish hosil qiladi.
- Protsessor: Huawei’ning o‘zida ishlab chiqilgan Kirin X90 chipi.
- Operativ xotira: 32 GB RAM.
- Doimiy xotira: 2 TB SSD.
- Operatsion tizim: Huawei’ning yangi HarmonyOS 5 tizimi.
- Dizayn: “Forged Shadow Black” nomli qora rangda, charmga o‘xshash tekstura bilan.
💻 Bu noutbuk Huawei’ning bukiluvchi qurilmalar bozoriga kirishidagi ilk qadami bo‘lib, Lenovo ThinkPad X1 Fold va ASUS ZenBook 17 Fold OLED kabi modellarga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda.
👉 #huawei | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 26⚡ 2👎 1🤮 1🤡 1
🔥 Tadbirda ishtirok etish BEPUL ekan!
🤩 Hamma kelishi mumkin deyishdi.
🎮 GameFest 2025 — bu shunchaki festival emas, bu GLOBAL SAHNA!
🌎Bu yil dunyoning 30+ davlatidan vakillar Toshkentga tashrif buyurmoqda!
Ular orasida:
🇺🇸 AQSH
🇩🇪 Germaniya
🇯🇵 Yaponiya
🇮🇳 Hindiston
🇰🇷 Janubiy Koreya
🇨🇳 Xitoy
🇹🇷 Turkiya
…va yana ko‘plab davlatlar!
O‘zbekiston bunday miqyosdagi sahnada MEZBON bo‘lmoqda!
📆 16–17 may.
📍 IT Park Complex
📱 Batafsil ma'lumot shu yerda - Telegram
👍 23🤝 1👾 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔑 Parolni almashtirish vaqti keldi!
🕸 Internetga 89 millionta Steam foydalanuvchisining ma’lumotlari sizib chiqqani aniqlandi. Ma’lumotlar bazasida login ma’lumotlari va SMS orqali yuboriladigan kodlar ham bor.
🎮 Parolingizni darhol almashtiring va ikki bosqichli himoyani (Steam Guard) yoqing!
💸 Foydalanuvchilarni shaxsiy ma'lumotlarini xakerlar $5,000 sotishayotganmish.
👉 #steam | Birinchi raqamli IT-Blog
😱 27👍 8❤ 1👾 1
🔊 Edifier Huazai New Play: RGB yoritgichli shaffof mini-kalonka
ℹ️ 96 kHz/24-bit Hi-Res Audio qo‘llab-quvvatlaydigan portativ Bluetooth karnay RGB yoritgichi 7 ta rejim, 16.8 mln rangda yorishadi.
- Kuchli ovoz: 30W chiqish quvvati, TWS-stereo ulanish
- 4 rejim: Musiqa, O‘yin, Kino, Tabiiy muhit
- DIY ekvalayzer va USB audio rejimi
🔋 15 soat batareya, 1 kg vazn
🎮 Gamerlar, musiqasevarlar va estetlar uchun zo‘r variant!
💵 Narxi — 519 yuan (~$72).
👉 #texnologiya | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 19👾 3
🚘 Rossiyada 1990-yilgi “Zaporojets” 100 km yurilgan holatda sotuvda!
🇷🇺 Rossiyada noyob ZAZ-968M modeli sotuvga qo‘yildi: u 35 yil davomida garajda saqlanib, atigi 100 km yurgan. Avtomobilning zavod bo‘yoqlari, rezina qismlari va tormoz kolodkalari asl holatda saqlangan.
🔧 Texnik xususiyatlar:
Dvigatel: 1.2 litrli, 41 ot kuchiga ega, havo bilan sovutiladigan V4
Transmissiya: 4 pog‘onali mexanik uzatma
💸 Narxi: 280 000 rubl (taxminan $3,450)
Bu modelning havo bilan sovutiladigan dvigateli Porsche 911 bilan o‘xshashlikka ega, ammo “Zaporojets” ancha ixcham.
👍 44🔥 10👾 1
