uz
Feedback
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
14 735
Obunachilar
-5724 soatlar
-377 kunlar
+14130 kunlar
Postlar arxiv
🚘 Rossiyada 1990-yilgi “Zaporojets” 100 km yurilgan holatda sotuvda! 🇷🇺 Rossiyada noyob ZAZ-968M modeli sotuvga qo‘yildi: u 35 yil davomida garajda saqlanib, atigi 100 km yurgan. Avtomobilning zavod bo‘yoqlari, rezina qismlari va tormoz kolodkalari asl holatda saqlangan. 🔧 Texnik xususiyatlar: Dvigatel: 1.2 litrli, 41 ot kuchiga ega, havo bilan sovutiladigan V4 Transmissiya: 4 pog‘onali mexanik uzatma 💸 Narxi: 280 000 rubl (taxminan $3,450)
Bu modelning havo bilan sovutiladigan dvigateli Porsche 911 bilan o‘xshashlikka ega, ammo “Zaporojets” ancha ixcham.
Hammasini ko'rsatish...
👍 44🔥 10👾 1
Repost from TgId: 1690325111
03:48
Video unavailableShow in Telegram
Sun’iy intellekt tayyor dastyor, lekin uning xavfli tomonlari ham bor Efir: 13.05.2025 | 19:00 #Toshkent Muxbir: Dovudxon G'ulomjonov 🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM 🌐FACEBOOK | 📹YOUTUBE
Hammasini ko'rsatish...
sfsdfsdf.mp425.92 MB
👍 11🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔎 Google logotipini yangiladi ℹ️ Aniq-tiniq ajratilgan ranglardan voz kechib, hammasini bir-biriga qo'shdi va silliq gradient hosil qildi. 🙃 Fikringizni bir tiyinlik ta'siri bo'lmasa ham, ayting, qaysi biri ma'qul? 👉 #google | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
🤣 139🔥 16🤡 10 4 3
Photo unavailableShow in Telegram
🖥 Samsung dunyodagi birinchi 500 Hz OLED monitorini taqdim etdi! ℹ️ Yangi Odyssey OLED G6 (G60SF) modeli — bu 27 dyuymli QHD (2560×1440) o‘yin monitori bo‘lib, 500 Hz yangilanish tezligi bilan dunyoda birinchi bo‘ldi. ✅ Asosiy xususiyatlar: * 0.03ms javob vaqti * QD-OLED panel – yorqin va kontrastli tasvir * AMD FreeSync Premium Pro va NVIDIA G-Sync bilan moslik * HDMI 2.1 va DisplayPort kirishlari * Yaltirashga qarshi "matoviy" ekran 🛡 OLED Safeguard+ texnologiyasi bilan ekran kuyishidan himoya qilingan. 💵 Narxi hali aniqlanmagan, biroq model allaqachon ba’zi bozorlarda namoyish etildi. Bu monitor ayniqsa e-sport ixlosmandlari uchun haqiqiy topilma. 👉 #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
👍 45🤩 9❤‍🔥 3🆒 1👾 1
Photo unavailableShow in Telegram
📱 Xiaomi 16: Katta batareya, yangi chip va periskop kamera bilan ℹ️ Xiaomi 16 flagman smartfoni 2025-yil sentabrida taqdim etilishi kutilmoqda. U quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin: 🔋 Batareya: 6800 mA·soat, 100 W tez zaryadlash bilan ⚙️ Protsessor: Snapdragon 8 Elite 2 yoki MediaTek Dimensity 9500 📸 Kamera: 50 MP asosiy, periskop teleob'yektivli triyalik kamera 📱 Ekran: 6.3" OLED, ingichka ramkalar bilan 💽 Xotira: 8/12/16 GB RAM, 256/512 GB yoki 1 TB ROM 🧠 OS: Android 16 asosida HyperOS 3.0 👉 #xiaomi | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
👍 47🤯 10 6 3👾 1
00:45
Video unavailableShow in Telegram
Huawei o‘z operatsion tizimiga ega noutbuklarini sotmoqda ℹ️ Bu ehtimol xuddi smartfonlaridagi Android kabi Linux asosidagi operatsion tizim. Tizimning ko‘rinishi, animatsiyalari, sensorli boshqaruv, neyrotexnologiyalar bilan integratsiya — bularning barchasi juda chiroyli tarzda qilingan. Windows'dan unisini, Mac OS'dan bunisini olib mukammalroq bir tizimni ishlab chiqishibdi. 📦 Faqat bitta narsa xavotirli — ilovalar soni juda kam bo'lsa kerak. Ammo bu vaqt o‘tishi bilan hal bo‘ladi, eng muhimi — boshlash va to‘xtamasdan rivojlantirish kerak. Fikringizni izohlarda kutaman. 👉 #huawei | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
IMG_1487.MP48.90 MB
👍 55🔥 7 4👎 2🤣 2
Photo unavailableShow in Telegram
🛰 Kosmos-482: 53 yillik orbitadan so‘ng Yerga qaytdi ℹ️ 1972-yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Venera sayyorasini o‘rganish maqsadida uchirilgan Kosmos-482 kosmik apparati 2025-yil 10-may kuni Yer atmosferasiga nazoratsiz tarzda kirib, Hind okeaniga tushdi. Diametri ~1 metr bo'lgan apparat titan qobiqdan iborat bo'lib, yuqori harorat va bosimga chidamli. 🌎 Apparatning asosiy qismlari 1970-yillarda Yerga qaytgan bo‘lsa-da, qo‘nish moduli orbitada qolgan edi. Bu modul 53 yil davomida Yer atrofida aylanishda davom etdi. 🌊 2025-yil 10-may kuni Toshkent vaqti bilan 11:24 Indoneziya yaqinidagi Hind okeani, Jakarta shahridan g‘arbda, taxminan 560 km masofaga quladi. Apparatning mustahkam tuzilishi sababli, uning ba'zi qismlari atmosferadan o‘tishda butunligicha saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. ⚠️ Mutaxassislar ushbu hodisa odamlar yoki infratuzilmalarga jiddiy tahdid solmaganini ta'kidladilar. Kosmos-482'ning tushishi kosmik chiqindilar muammosiga yana bir bor e'tibor qaratdi. 👉 #koinot | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
👍 34😁 3👾 3
📱📱 Xperia 1 VII: yangi flagman, kuchli kamera va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash ℹ️ Sony kompaniyasi 2025-yil 15-may kuni Xperia 1 VII smartfonini taqdim etadi. Rasmiy taqdimotdan oldin, marketing materiallari va rasmiy renderlar internetga sizib chiqdi. Ushbu yangi model avvalgi Xperia 1 VI dizaynini saqlab qolgan bo‘lsa-da, texnik jihatdan sezilarli yangilanishlarga ega. 📸 Kamera tizimi - Asosiy kamera: 48 MP, optik tasvir barqarorlashtirish (OIS) bilan. - Ultra keng burchakli kamera: 12 MP, avvalgi modelga nisbatan 2,1 baravar katta sensor bilan. - Periskop telefoto kamera: 12 MP, 70–200 mm optik zum bilan. 🔓 Sony Alpha kameralaridan ilhomlangan ushbu tizim, "Lock Focus" va "Autoframing" kabi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, makro rejimda yuqori sifatli suratga olish imkoniyati mavjud. 🔧 Texnik xususiyatlar - Protsessor: Snapdragon 8 Elite. - Operativ xotira: 12 yoki 16 GB. - Ichki xotira: 256 yoki 512 GB. - Displey: 6,5 dyuymli OLED, 4K pikselli, 120 Hz yangilanish tezligi bilan. - Batareya: 5 000 mAh, 30 W tez zaryadlash va simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. - Audio: Hi-Res Audio, LDAC, DSEE Ultimate, old tomonlama stereo dinamiklar. - Boshqa: 3,5 mm audio jack, microSD slot, yon tomonda barmoq izi skaneri va kamera tugmasi. 💰 Xperia 1 VII'ning boshlang‘ich narxi taxminan $1,399 bo‘lishi kutilmoqda. Avval Yevropada iyul oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. 👉 #sony | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
👍 26 7👎 6 1👾 1
📱 Galaxy S25 Edge: Titan ramka, keramika oynali dizayn suratlari tarqaldi 📣 Yangi Galaxy S25 Edge nafaqat dizayni, balki ishlatilgan materiallari bilan ham e’tibor qozonmoqda. ℹ️ Nima yangilik? - Ramkasi endi titan qotishmasidan — yengil va mustahkam - Old panelda Gorilla Glass Ceramic 2 — yuqori shaffoflik va chizilishga chidamli - Orqa panel — Gorilla Glass Victus 2 - Eng yupqa Galaxy S: atigi 5.84 mm, og‘irligi esa 163 g ⚙️ Texnik jihatlar: Ekran: 6.7", AMOLED, 120 Hz Protsessor: Snapdragon 8 Elite Kamera: 200 MP asosiy, 12 MP old kamera Batareya: 3900 mAh, 25W tez zaryad Xotira: 12 GB RAM, 256/512 GB ROM Himoya: IP68 👉 #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
50👎 18 4😁 2👾 2
📱 Xiaomi yangi Mi Box 5 va Mi Box 5 Max'ni taqdim etdi! 📺 Mi Box 5 — bu Google TV bilan ishlovchi multimedia qurilmasi. U 2K video qo‘llab-quvvatlaydi, 2/16 GB xotira va HDMI 2.1 portga ega. 🧠 Mi Box 5 Max esa kuchliroq: 4K video, 4/64 GB xotira va kuchli havo sovutish tizimi bilan jihozlangan. 🔉 Har ikkisi ham Dolby Audio va DTS-HD’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Wi-Fi 5 va Bluetooth 5.2 bilan ishlaydi. Ovozli Google Assistant pulti bilan keladi. 📦 Narxlar Xitoyda 229 yuan (~35$) va 399 yuan (~61$) dan boshlanadi. Yaqin orada global versiyasi ham taqdim etilishi mumkin. 👉 #xiaomi | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
👍 27 2🔥 1🆒 1👾 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo'lsin! 🤲 O'tganlarni ruhi shod, tiriklar esa salomat bo'lsin. Shu tinchligimizga, shu postni xotirjam o'qib o'tirishingizga sababchi bo'lgan doda, buvilarimizni har zamonda eslab, ularni haqqiga duo qilib turing... Aytgancha, rasmni AI'ni o'zi tayyorlab berdi. Bor bo'lsin... 👉 #xotira #9may | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
star reaction 1👍 32🤝 4😢 2🙏 1👾 1
Photo unavailableShow in Telegram
🍏 Apple: 10 yildan keyin siz iPhone’ni unutib yuborasiz... 🍏 Hozirda iPhone kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangandek tuyulsa-da, hatto Apple ham tan olmoqda: uning davri tugash arafasida. 🇺🇸 Google va AQSh Adliya vazirligi o‘rtasidagi monopoliya ishi doirasida Apple’ning servislar bo‘yicha rahbari Eddi Kyu hayratlantiruvchi bayonot berdi: kompaniya yaqin kelajakda smartfonlar, jumladan iPhone ham, dolzarbligini yo‘qotadi degan ssenariyni jiddiy ko‘rib chiqmoqda (MacRumors xabariga ko‘ra). 💬 “10 yildan keyin sizga iPhone kerak bo‘lmasligi mumkin — bu qanchalik g‘alati eshitilmasin,” — dedi Kyu sudda. ℹ️ Uning so‘zlariga ko‘ra, texnologiyalar shu darajada tez rivojlanmoqda-ki, yaqin o‘n yillikda smartfonlar aqlli va ixcham AI gadjetlar bilan almashib ketadi. Bunday urinishlar allaqachon bo‘lgan — masalan, Humane AI Pin va Rabbit R1 kabi qurilmalar. Ammo birinchisi bir yildan ham ko‘p yashamadi, ikkinchisi esa kuchsiz va xom holatda chiqqan. 🍎 Shunga qaramay, Apple ishonch bilan aytmoqda: muammo g‘oyada emas, texnologiyalar hali ambitsiyalarga yetib bormaganida. Sun’iy intellekt va taqiladigan gadjetlar kerakli bosqichga yetganda, smartfonlar o‘tmishga aylanadi — va iPhone ham xuddi tugmachali telefonlar singari hayotdan chiqib ketadi. 👀 Siz iPhone’siz hayotga tayyormisiz?
Hammasini ko'rsatish...
👍 57🤣 27😐 20💯 5 4
🎮 GTA VI o‘yinning narxi Burj-Xalifani qurishdan ham qimmatga tushdi! 🎮 O‘yin ustida ish taxminan 7 yil davom etdi va xarajatlar $2 milliardni tashkil etdi — bu esa dunyoning eng baland binosi Burj-Xalifaning qurilishidan ($1,5 mlrd) ham qimmatroq! 🎮 Ha, osmono‘par bino 6 yilda qurilgan, bu o‘yin esa 7 yilda tayyorlanyapti. Endi Vice City’da nimalar bo'lishini sabrsizlik bilan kutyapmiz! 📆 Rasmiy reliz — 2026-yil 26-may, o‘yin PS5 va Xbox uchun chiqadi. 👉 #game #gta | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
👍 40 32🤣 11👾 4🗿 1
02:47
Video unavailableShow in Telegram
🎮 GTA VI - 2-treylerini qarshi oling! 📅 O'yinnig 2026-yilning 26-mayida kuting. 🎥 #game #gta | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
! Двач @dvachannel @rand2ch @ru2ch_ban.mp460.20 MB
star reaction 1❤‍🔥 30👍 17👎 3👾 2 1
🔐 Android 16’da “Super himoya rejimi” 📱 Google yangi Android 16’da xavfsizlikni maksimal darajaga olib chiqadigan Advanced Protection Mode funksiyasini taqdim etadi. 🛡 Asosiy imkoniyatlar: - Ilovalarni faqat Google Play orqali o‘rnatish - 2G tarmoqlarini avtomatik bloklash - USB ma’lumot almashinuvini qulflangan holatda o‘chirib qo‘yish - Xavfli saytlarga kirishni avtomatik cheklash - Qurilmani masofadan qulflash yoki o‘chirish. 💡 Ushbu rejim Android 16 sozlamalari orqali yoqiladi va xavfsizlikni sezilarli darajada oshiradi. 👉 #android | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
👍 19 16 7🤣 5👾 3
00:09
Video unavailableShow in Telegram
📱 Yangi Redmi A5 allaqachon O'zbekistonda!🇺🇿 Hamyonbop narxda zamonaviy va ishonchli smartfon izlayotganlar uchun mukammal tanlov: 👜Yupqa va yengil korpus — qo'lingizda ushlab, o'zingiz bilan olib yurish qulay. 🎞120 Gts yangilanish tezligiga ega 6,88 dyuymli katta ekran — video tomosha qilish va o‘yin o‘ynashda silliq tasvirlardan bahramand bo‘ling. 📸AI va tungi rejimga ega 32 megapikselli asosiy kamera — past yorug'lik sharoitida ham yorqin va tiniq suratga oling. 🔋5200 mA/soat batareya — bir zaryadda 20 soatgacha video yoki 9 soat o'yin. ☝️Tez blokdan chiqarish — yuz yoki barmoq izi orqali. 💥Narxi 1 185 000 so'mdan boshlab 📍Xiaomi Store, CA Store, Idea, Texnomart, Joybox, Uzum Market va boshqa do‘konlarda xarid qiling. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTubeр
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3239.MOV1.22 MB
🗿 7👍 4🤮 3👏 1👾 1
🚗 Rossiyada GAZ va Bugatti aralashmasi – Volgatti! 🛠 Ustalar guruhi klassik GAZ-21 "Volga" va zamonaviy Bugatti Chiron dizaynlarini birlashtirib, yangi superkar yaratdi. Modelning nomi ham ijodiy: Volgatti! ℹ️ Texnik jihatlar: Platforma: BMW 6 Series (E63) asosida Dvigatel: 4.4L V8, 333 HP G‘ildiraklar: oldi — 20", orqa — 21" Spoiler: 100 km/soatda avtomatik ko‘tariladi 🪄 Tashqi ko‘rinish: Old oynasi tor, hot-rod uslubida Eshiklar: alyuminiy, bezramkali Kapotda GAZ-21 dan qolgan olmaxon haykali 💵 Unga $120,000 va 3 yil mehnat ketgan. Hozircha rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Ammo cheklangan seriyali ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. 👉 #avto | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
🤣 68🔥 26👎 6🗿 5👾 1
l4ae68uvyaxichhn7cdj.m4a1.02 MB
😢 28🆒 6🗿 5🤣 4👾 2
Photo unavailableShow in Telegram
📱 Rasman bugundan boshlab Skype ishlamaydi — butun bir davr yakunlandi ℹ️ 2011-yilda Microsoft ushbu messenjerni 8,5 milliard dollarga xarid qilgandi. Shu paytgacha Skype foydaga chiqa olmadi — 15 yil davomida zarar bilan ishlaganidan so‘ng, u nihoyat yopilmoqda. 💻 Barcha akkauntlar Microsoft Teams tizimiga ko‘chiriladi.
Hammasini ko'rsatish...
🫡 57🤩 10👍 6👾 3👻 2
📱 Android 16 yangi ish stoli rejimi bilan smartfoningizni kompyuterga aylantiring! ℹ️ Bu funksiya yordamida smartfoningizni USB-C orqali monitorga ulab, kompyuterga o'xshash interfeysda ishlashingiz mumkin. 🔧 Asosiy xususiyatlar: - Vazifalar paneli. Pinned va so'nggi ilovalar uchun qulay kirish. - Ilovalar oynalari. Ilovalarni erkin o'lchamda ochish va joylashtirish imkoniyati. - "Start" menyusiga o'xshash ilovalar tortmasi: Barcha ilovalarga tezkor kirish. - Ko'p oynali ishlash. Bir nechta ilovani bir vaqtning o'zida ishlatish. - Kursorni boshqarish. Tashqi klaviatura va sichqoncha bilan to'liq boshqaruv. - Tashqi displeylarni qo'llab-quvvatlash. Bir nechta monitor bilan ishlash imkoniyati. 📅 Bu funksiya Android 16 ning asosiy chiqarilishida mavjud bo'lmasligi mumkin, ammo keyingi yangilanishlarda yoki Android 17 versiyasida to'liq joriy etilishi kutilmoqda. 👉 #android | Birinchi raqamli IT-Blog
Hammasini ko'rsatish...
👍 31🗿 11 6🎄 2👾 1