uz
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

Kanalga Telegram’da o‘tish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
130 783
Obunachilar
-13524 soatlar
-1 1407 kunlar
-3 41530 kunlar
Postlar arxiv
Vazirlikda kiberxavfsizlik bo‘yicha malaka oshirish kursi boshlandi 2025-yil 24-noyabrdan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida “Cyber University” davlat universiteti bilan hamkorlikda “Cyber Academy” mutaxassislari ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha malaka oshirish kursi boshlandi. Malaka oshirish kursida vazirlik va tizimga kiruvchi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar 36 soatlik (haftalik) o‘quv dasturi asosida o‘qitilmoqda. Darslar davomida tinglovchilar axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi zarur nazariy bilimlarni egallab, real ish jarayonida qo‘llaniladigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirmoqdalar. Malaka oshirish kursi 2025-yil 1-dekabrga qadar davom etadi. #malaka_oshirish #kiberxavfsizlik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
11🔥 4👍 3🥰 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zida ko‘p ming yillik tarix va qadriyatlarni mujassam etgan, zamonaviy me’morchilik an’analari asosida kundan-kunga chiroy ochib borayotgan bu ulug‘ zamin dunyo sivilizatsiyasida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda”,
- dedi Prezidentimiz. Xususan, “Boqiy shahar” majmuasi barpo etilgani, 40 dan ziyod muqaddas ziyoratgohlar obod bo‘lgani, “Samarqand” xalqaro aeroporti yangidan qurilgani, o‘nlab xalqaro brend mehmonxonalar ish boshlagani viloyat turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Samarqand so‘nggi yillarda siyosiy, iqtisodiy, turizm va biznes markaziga, ko‘plab yirik xalqaro tadbirlar, forum va anjumanlar uchun muloqot maydoniga aylandi. Shu yilni o‘zida bu yerda 40 dan ortiq nufuzli xalqaro anjuman tashkil etilgani, ayniqsa, yaqinda UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi o‘tkazilgani chindan ham ulkan voqea bo‘ldi. Umuman, turizm va unga turdosh sohalarga 1 milliard dollar investitsiya kiritilgani uchun viloyatga sayyohlar oqimi 2016-yilgidan 7 karra o‘sdi, turizm xizmatlari eksporti 600 million dollarga yetdi. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 4
Repost from TgId: 3350574759
Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiyaning rasmiy Telegram kanali faoliyat boshladi. Ushbu kanalda havo sifatini yaxshilash yuzasidan qabul qilingan qarorlar va amalga oshirilayotgan amaliy choralar haqida rasmiy xabarlar hamda ma’lumotlar berib boriladi. Kuzatib boring: 👉 @ecoinfouz
Hammasini ko'rsatish...
4
#QSEurasiaForum2025 QS Eurasia Forum 2025 doirasida “Chorrahalar: Yevroosiyo oliy ta’limining Sharq va G‘arbni bog‘lashdagi roli” mavzusidagi birinchi panel sessiya bo‘lib o‘tdi. Panel sessiyada Ozarbayjon Fan va oliy ta’lim agentligi direktori Ulkar Sattarova, Ajman Universiteti kansleri Karim Seghir, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti rektori Janset Tuymebayev, O‘sh davlat universiteti rektori Kudayberdi Kojobekov hamda QS Quacquarelli Symonds mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov ishtirok etdi. Sessiya davomida Yevroosiyoning geostrategik o‘rni, uning Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi ahamiyati hamda oliy ta’lim muassasalari uchun bu imkoniyatlarni samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Spikerlar Sharq va G‘arb bilan hamkorlikni strategik yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish, ta’sirchan natijalar beradigan hamkorlik modellarini yaratish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur sessiya Yevroosiyoda oliy ta’limning global integratsiyadagi roli, xalqaro hamkorlikning yangi mexanizmlari hamda ta’lim tizimining global raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha dolzarb fikrlarni taqdim etdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
13🔥 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi
“Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–229-son, 24.11.2025-y.) qabul qilindi. 🔰 Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-martga qadar: 🔹 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi; 🔹 Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha maxsus komissiya tuziladi. ✳️ Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi, jumladan: ▪️ tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta'minoti va boshqa sohalarda cheklovlarni joriy qilish; ▪️ transportlar harakatini cheklash; ▪️ atmosfera havosi sifatiga salbiy ta'sir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxona va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki to'liq to'xtatish; ▪️ Toshkent shahridan boshqa hududlarga ko'chirilishi majburiy bo'lgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilash; ▪️ qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilish, shu jumladan qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni o'rnatish.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
4👏 1
#QSEurasia_2025 Toshkentda “QS Eurasia Forum – 2025” boshlandi 25–26-noyabr kunlari Toshkent shahrida birinchi bor “QS Eurasia Forum – 2025” o‘z ishini boshladi. Oliy ta’lim sohasining eng nufuzli mintaqaviy tadbirlaridan biri hisoblangan forum QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida hamda Central Asian University mezbonligida tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Vengriya, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharq mamlakatlari oliy ta’lim va ilmiy muassasalari, hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. Forumning ochilish marosimida QS prezidenti va Boshqaruv Kengashi raisi Nuntsio Kvakvarelli, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Timoti Smart, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Central Asian University vasiylik kengashi raisi Abdujabbor Abduvohidov, Qozog‘iston fan va oliy ta’lim vaziri Nurbek Sayasat, Ozarbayjon ta’lim va fan vaziri Emin Amrullayevlar so‘zga chiqib, Yevroosiyo mintaqasida oliy ta’limning yangi strategik istiqbollari, xalqaro integratsiya va ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldilar. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105120
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
14👍 2
07:47
Video unavailableShow in Telegram
Oliy ta’lim tizimida sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo’yicha ko’rilayotgan choralar Termiz davlat universiteti misolida #oliy_taʼlim #sunʼiy_intellekt #registrator_ofisi #raqamlashtirish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
15.00.Мах. Таълим СИ.mp483.85 MB
👍 6 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. Shuningdek, viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat va ijtimoiy soha rivoji bilan tanishish rejalashtirilgan. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Самаркандскую область. Глава нашего государства примет участие в сессии областного кенгаша народных депутатов и проведет совещание по вопросам социально-экономического развития региона. Планируется также ознакомление с проводимой в области созидательной работой, развитием промышленности и социальной сферы. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
9👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha MAXSUS KOMISSIYA tuzildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 4🔥 1😁 1
SamDPI tashabbusi bilan Ordu universitetida “O‘zbek tili va madaniyati” markazi ochildi 2025-yil 17–22-noyabr kunlari Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Turkiyaning Ordu va Giresun universitetlariga tashrif buyurdi. Safar davomida ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi. Tashrif doirasida Ordu universitetida Samarqand DPI tashabbusi bilan “O‘zbek tili va madaniyati” markazi ochildi. Markaz talaba va tadqiqotchilar uchun o‘zbek tili, tarixi hamda milliy merosni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, Giresun viloyati rahbariyati va universiteti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, talabalarning o‘quv kvotalarini oshirish hamda ERASMUS+ dasturi asosida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashuvini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. #xalqaro_hamkorlik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
22👍 4🔥 1🤔 1
Andijon davlat texnika instituti Ozarbayjon OTMlari bilan hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi 2025-yil 17–24-noyabr kunlari Andijon davlat texnika instituti professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya Ozarbayjon texnika universiteti, Boku muhandislik universiteti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalar, akademik mobillik, startaplar va malaka oshirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Safar yakunida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalar, nashrlar va konferensiyalarni birgalikda amalga oshirish hamda hamkorlikning keyingi bosqichlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Mazkur tashrif ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 17 11🔥 2👏 2
Ozarbayjon bilan ta’lim va ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda 24-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar natijasida oliy ta’lim va ilm-fan sohalarida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv va startap hamkorligini kuchaytirish, talabalarga grant ajratish hamda 2026-yilda rektorlar forumini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tadbir yakunida O‘zbekiston tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Ozarbayjon tomonidan Fan va oliy ta’lim bo‘yicha davlat agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. #xalqaro_hamkorlik #Ozarbayjon #memorandum #innovatsiya
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 4🔥 1😁 1
12:32
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekcha kuylagan yapon yigit Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Toya Kobayashi o‘zbek tilida bemalol suhbatlashishi, hattoki qo‘shiq kuylashi bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozongan yoshlarimizdan biri. U “Birdamlik elchilari” loyihasida ishtirok etib, do‘stlik, bag‘rikenglik va xalqlar o‘rtasidagi madaniy yaqinlikni qadrlashini ta’kidladi. “Birdamlik elchilari” – O‘zbekistonda tahsil olayotgan chet ellik talabalar va xorijdagi vatandoshlarimiz hayotiga nazar soluvchi yangi loyiha. 🎞 Yuqori sifatda tomosha qilish #medialoyiha #talaba_minbari #bagʻrikenglik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
Birlik_elchisi.mp489.89 MB
👍 13🔥 4🤩 2 1🥰 1
#Olimlar_minbari #17.11-22.11.2025 📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda Ko‘p qirrali integratsiya – Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor maqsadi” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, professor; O‘zbekiston-AQSh: hamkorlikning yangi davriga dadil qadam” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor; «Флаг – символ, в котором бьется сердце народа» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета; Maslahat uchrashuvlari – o‘zgarishlarning yorqin timsoli” — Dilshod RUSTAMOV, Andijon davlat chet tillar instituti rektori, professor; O‘zbekiston ta’lim tizimining global maydondagi dadil qadami” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor; Yangi Markaziy Osiyo fenomeni – tinchlik, barqaror taraqqiyot asosi” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari; Uch ming yillik tarixning bugungi haqiqati” — Xurshid QURBONOV, Navoiy davlat universiteti huzuridagi muzey direktori; Kasbiy ta’limning uzoq muddatli strategiyasi” — Sobir TURSUNOV, pedagogika fanlari doktori, professor; «Человек прежде всего: принципы гуманизма в уголовно-правовой реформе» — Рустам ЗУФАРОВ, профессор кафедры Ташкентского государственного юридического университета; O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi: strategik sheriklikning muhim davri” — Akmal ABDUVOHIDOV, Guliston davlat universiteti dotsenti; «Современный подход к подготовке кадров: качественно и инновационно» — Замира НУРЖАНОВА, и.о. доцента кафедры Ташкентского архитектурно-строительного университета; Moziy va kelajak tutashgan manzil” — Bekdavlat ALIYEV, falsafa fanlari doktori, professor; Islombek RAHMONBERDIYEV, falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori; «Путь инклюзии как зеркало гуманизма и прогресса общества» — Гузалхон АХМЕДОВА, доцент кафедры Ташкентский государственный юридический университет; «Защита детей – ключевая обязанность государства и общества» — Зиёда ПУЛАТОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета; «Образовательный Альянс Узбекистана и Туркменистана: формируя устойчивое будущее для народов» — Муниса РАЙИМОВА, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета; «На пороге новой эпохи: взгляд из академического сообщества» — Александра ЕКАБСОНС, доцент Чирчикского государственного педагогического университета; 38 million nufus dunyo nigohida yangilanayotgan O‘zbekiston” — Aziz MIXLIYEV, mustaqil tadqiqotchi; Franshizing – zamonaviy tadbirkorlik. yurtimizda mamlakatimizda uning imtiyoz va imkoniyatlari qanday tartibga solinadi?” — Nurbek TOSHKANOV, Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchisi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
6👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilik_yangiliklari
Adliya vazirligi Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 2431-5, 21.11.2025-y.).
Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 🔹to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha; 🔸to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi. Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi to‘lov muddatlarini uzaytirishi mumkin. Kontraktdan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin. Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
12👍 4
Repost from TgId: 1445427429
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊 Hurmatli talabalar, abituriyentlar va o‘qituvchilar! 📚 Sizni umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlariga taklif qilamiz! 😎 Imtihonlarda yuqori natijalarga erishish uchun ayni imkoniyat — bilimlaringizni Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida sinab ko‘ring va puxta tayyorgarlik qiling! 🏢 2025-yil 3-dekabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha navbatdagi repetitsion test sinovlari o‘tkaziladi: Umumta’lim fanlari: ➕ matematika 🧑‍🔬 kimyo 🌎 geografiya Chet tillari: 🇺🇸 ingliz tili 🇸🇦 arab tili 🇹🇷 turk tili 🇩🇪 nemis tili 🔸 Ingliz tili (Test sinovi kompyuterda), umumta’lim fanlari ва boshqa chet tillari bo‘yicha repetitsion test sinovlari qog‘oz variantda tashkil etiladi. 📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 🗓 Ro‘yxatga olish muddati - 25-noyabr soat 18:00 ga qadar ❗️ Joylar soni cheklangan! Shuning uchun imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 🤖 NATIJA BOT ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
6
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-treninglar davom etmoqda
🔵Toshkent davlat transport universiteti; 🔵Nukus davlat pedagogika instituti; 🔵Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; 🔵Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali; 🔵Jizzax davlat pedagogika universiteti; 🔵Qarshi davlat texnika universiteti; 🔵Samarqand davlat universiteti; 🔵Samarqand iqtisodiyot va servis instituti; 🔵Olmaliq davlat texnika instituti; 🔵Namangan davlat universiteti; 🔵Buxoro davlat universiteti; 🔵Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti; 🔵Axborot texnologiyalari va menejment universiteti; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; 🔵Guliston davlat pedagogika instituti; 🔵Toshkent davlat texnika universiteti; 🔵Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti; 🔵Qoraqalpoq davlat universiteti; 🔵Guliston davlat universiteti; 🔵Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti; 🔵Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti; 🔵O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; 🔵O‘zbekiston Milliy universiteti; 🔵O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali; 🔵Buxoro innovatsion taʼlim va tibbiyot universiteti; 🔵Navoiy davlat universiteti; 🔵Urganch davlat pedagogika instituti; 🔵Shahrisabz davlat pedagogika instituti; 🔵Xalqaro innovatsion universitet;   🔵Toshkent gumanitar fanlar universiteti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
Transport.mp412.30 MB
TDIU.mp411.60 MB
kelajakka_qadam.mp441.85 MB
IMG_1088.MP414.16 MB
7👍 4
RASMIY AXBOROT Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya (Parij, 2019-yil 25-noyabr) haqida: ⚡️Oʻzbekiston “Oliy taʼlim sohasida malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu xabardan keyin mazkur konvensiyaning ahamiyati, mazkur Konvensiya asosida Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qirgʻizistondagi oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekiston hududida nostrfikatsiyadan oʻtkazilmasdan amal qilishi haqida savollar kelib tushmoqda. 📍 Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlar tomonidan berilgan ta’lim olganlik to’g’risidagi diplomlarni tan olish Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan xorijiy davlatlarda olingan hujjatlar toifalari belgilangan. Jumladan, Nizomning 7-bandi oʻninchi xatboshida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinishi belgilangan. 📌 Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya YUNESKO shafeligida ishlab chiqilgan global ahamiyatga ega boʻlgan birinchi shartnoma hisoblanadi. Konvensiyaning 4-moddasida Konvensiyaning aʼzosi boʻlgan ishtirokchi davlat Konvensiyaning aʼzosi boʻlgan boshqa ishtirokchi davlatlarda egallangan va hujjatlar orqali tasdiqlangan malakalarni tan olish majburiyati ko’rsatilgan. 📌 Tan olish jarayoni har bir davlatning oʻz milliy qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshirilib, bunda ishtirokchi davlatlar boshqa davlatlarda egallangan oliy taʼlimga oid malaka (diplom)ni adolatli tarzda tan olishi lozim. Davlatlar taʼlim tizimi (standart) o‘rtasida muhim farqlar mavjud boʻlgandagina tan olish rad etilishi mumkin. 📊 Hozirgi kunda 38 ta davlat Global konvensiyaga a'zo hisoblanadi va 10 ga yaqin davlatlar Konvensiyaga aʼzo boʻlish jarayonini olib bormoqda. ⚡️Global konvensiyaga aʼzo (ishtirokchi) davlatlar ro’yxati: ✅ Yevropa mintaqasida (20 ta subyekt) - Fransiya, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Islandiya, Vengriya, Andorra, Armaniston, Xorvatiya, Estoniya, Litva, Moldova, Ruminiya, Slovakiya, Gruziya, Bosniya va Gersogovina, Muqaddas Prestol, San-Marino, Lyuksemburg; ✅ Amerika mintaqasida (4 ta subyekt) - Kuba, Nikaragua, Ekvador, Urugvay; ✅ Afrika mintaqasida (7 ta subyekt) - Janubiy Afrika Respublikasi, Tunis, Kabo Verde, Jibuti, Kotdivuar, Gvineya, Senegal; ✅ Osiyo mintaqasida (5 ta subyekt) - Yaponiya, Janubiy Koreya, Mugʻuliston, Yaman, Falastin; ✅ Avstraliya va Okeaniya mintaqasida (2 ta subyekt) - Avstraliya, Yangi Zelandiya. 📰 Konvensiyaning 18-moddasiga asosan unga aʼzo boʻlish har bir davlat YUNESKO kotibiyatiga mazkur Konvensiyaga aʼzo boʻlish haqida oʻz hujjatini taqdim etganidan keyin 3 oy oʻtgach amalga oshiriladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunning tasdiqlangani haqidagi yorliqni YUNESKO kotibiyatiga taqdim etgan vaqtdan boshlab 3 oy oʻtgach, Konvensiyaning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi. 🇺🇿 Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida Global konvensiyaga aʼzo boʻlgan ilk davlat boʻladi. 📍Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda qayd etish kerakki, Global konvensiya doirasida faqatgina unga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida oliy taʼlimga oid malaka (diplom)larni oʻzaro tan olish mexanizmlari qoʻllaniladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
11👍 9🎉 1
00:34
Video unavailableShow in Telegram
O’zbekiston gidrometallurgiya bo‘yicha dunyoning 1-o‘rindagi universiteti bilan hamkorlikni boshladi O’zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) va gidrometallurgiya bo‘yicha dunyoda birinchi o’rinda turuvchi, Yevropaning eng qadim oliygohlaridan biri — KU Leuven universiteti o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqda TMK matbuot xizmati xabar qildi. Bryusselning markazida imzolangan bu shartnoma O‘zbekiston sanoati tarixidagi muhim voqea bo’lib, hamkorlik TMKda reniy metall tuzlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish hamda qo’shimcha nodir va kritik minerallarni ajratib olish bo‘yicha eng zamonaviy gidrometallurgiya yechimlari joriy etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6177.MP426.45 MB
👍 17 8
Photo unavailableShow in Telegram
Geosiyosiy hamkorlikning yangi arxitekturasi: Toshkent va Vashington munosabatlari strategik yuksalish pallasida Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yangi bosqichga chiqmoqda. Yaqinda tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga ikki tomondan kimlar rahbarlik qilishi ma’lum bo‘ldi: 🇺🇸 AQSH tomonidan: Prezident Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili — Serjio Gor. 🇺🇿 O‘zbekiston tomonidan: Prezident Administratsiyasi rahbari — Saida Mirziyoyeva.
AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik endi shunchaki qog‘ozdagi kelishuv emas, balki ikki tomonlama yuqori boshqaruv ostidagi aniq mexanizmga aylanmoqda.
Prezidentimizning noyabrdagi AQSH safari o‘z mevasini bermoqda: maqsad — Amerika texnologiyalari va investitsiyalarini O‘zbekistonga olib kirish.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
14