uz
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

Kanalga Telegram’da o‘tish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
130 837
Obunachilar
-13524 soatlar
-1 1407 kunlar
-3 41530 kunlar
Postlar arxiv
#tanlov #natija 🇺🇿 “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar. ☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi. Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi. ✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3518.MOV22.94 MB
IMG_3627.MOV23.37 MB
11👍 9🔥 1
#JamoatchilikKengashi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi 1-dekabr kuni Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Jamoatchilik kengashlari forumi boʻlib oʻtdi. Tadbir "Yuksalish" harakati tomonidan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbеkistonda davlat хizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi ko‘magida tashkil etildi. Forumda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faoliyati, ularning samaradorligini oshirish, ilgʻor tajribalarni joriy etish, shaffof boshqaruv va jamoatchilik nazoratini institutsional asosda mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan bir qator yoʻnalishlarda faol faoliyat olib borayotgan kengashlar “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ham ushbu nufuzli mukofotga munosib deb topildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
9👍 5
Namangan davlat texnika universitetida iqtidorli talabalarga 440 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari topshirildi Joriy yilda o‘tkazilgan “Menda g‘oya bor!” innovatsion g‘oyalar tanlovida 256 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra 146 nafar talaba g‘olib deb topilib, ular umumiy qiymati 440 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbir doirasida jamoat ishlari, ilmiy izlanishlar va tashabbuskorlikda faol bo‘lgan 19 nafar talaba jami 50 million so‘mlik rag‘batlantirish bilan taqdirlandi. Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
15👍 4🔥 1
#kasbiy_taʼlim Kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi 1-dekabr kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha “O‘zbekistonning kasbiy ta’lim tizimida islohotlar va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash, TexVET-II” loyihasini amalga oshirish yuzasidan shartnoma imzolandi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107055 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 17 4👏 2🔥 1🤔 1
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish kengaytiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport va kosmos sohalarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Kelgusi oʻquv yilidan maktab, texnikum va oliygohlarda oʻquvchi va talabalarga sunʼiy intellektni oʻqitish boshlanadi. Buning uchun informatika oʻqituvchilari tayyorlanmoqda. #Mirziyoyev #taqdimot #suniyintellekt #loyihalar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
14👍 8🔥 1😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Endi siz sun’iy intellektni aileaders.uz orqali o’zbek tilida o‘rganishingiz mumkin 🏷Bugungi kunda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari jadal taraqqiy etib, dunyo iqtisodiyoti, sanoat, ta’lim, tibbiyot, axborot texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarning ajralmas qismiga aylanmoqda. ⚜️ O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim resurslarining aksariyati chet tillarida bo‘lib, bu ko‘plab yoshlar, AT sohasi vakillari va keng jamoatchilik uchun o‘rganish jarayonini qiyinlashtirib kelayotgan edi. ✅Shundan kelib chiqib, aileaders.uz ta’lim platformasi aholiga sun’iy intellekt asoslarini nafaqat chet tillarida, balki o‘zbek tilida, qulay va tushunarli shaklda o‘rganish imkoniyatini taqdim etishni boshladi. Endilikda sun’iy intellekt asoslarini to‘liq o‘zbek tilida o‘rganib ham, sertifikatga ega bo‘lish mumkin. ➡️Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
8👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
#muhim_yangilik Oliy ta’lim sohasida maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bo‘yicha muhim yangilik! Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining “Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan oʻtkazildi (ro‘yxat raqami – 3716, 01.12.2025-yil). Unga ko‘ra, 6 ta yo‘nalish doirasida 31 ta mezon bo‘yicha indikatorlar belgilandi. Barcha indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi. Bunda: 🔹 50% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”; 🔹 50% dan 70% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”; 🔹 70% va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi. ❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
3👍 3
01:06
Video unavailableShow in Telegram
#BoshQomus_33 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni! Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. U 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat. Unda 7 ming 550 so‘z qo‘llanilgan. Qomusimizda ta’lim olish huquqiga oid 9 ta eng asosiy kafolat, shuningdek, davlat 5 ta taʼlim olish bo‘yicha doir muhim ijtimoiy majburiyatni o‘z zimmasiga olishi belgilangan. Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
10. Конституция ҳақида.mp466.18 MB
11👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Bugun — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni! Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda hozirda qariyb 40 million kishi OIV bilan yashayapti, yil sayin yangi holatlar soni 1,5 millionga yetib, yilda 600 mingdan ortiq odam hayotiga zomin bo‘lyapti. O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishda sezilarli yutuqlar kuzatilmoqda: ➖O‘z statusidan xabardor bo‘lgan OIV bilan yashovchilar 87 foizga, bemorlarni retrovirusga qarshi muolajalar bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 89 foizga yetgan; ➖Ushbu infeksiya bilan yashovchi onalardan tug‘ilgan bolalarga OIV yuqishining oldini olish maqsadida homilador ayollarni infeksiyaga tekshirish qamrovi 100 foizga yetkazildi; ➖Bemorlarga, respublikaning qaysi manzilida yashashidan qat’i nazar, chegarasiz tibbiy xizmat ko‘rsatish va muolaja o‘tkazish imkoniyati yaratildi; ➖Tuman laboratoriyalari faoliyati raqamlashtirilgan, skrining natijalari elektron tizimda saqlanadi; ➖Joriy yilda OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z statusini bilishlari uchun 5 million nafardan ortiq aholi orasida tegishli tekshiruvlar o‘tkazildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
12👍 4
02:41
Video unavailableShow in Telegram
#QaraqalpaqTili #36Jasta 🇺🇿🇺🇿 1-dekabr – Qaraqalpaq tili kúni Búgin Qaraqalpaq tili mámleketlik statusına iye bolǵanına 36 jıl boldı. 1989-jıl 1-dekabr qaraqalpaq tiliniń táǵdirinde jańasha dáwirdi ashqan kún sıpatında tariyxqa mórlengen. Sáne múnásibeti menen Samarqand mámleketlik veterinariya medicinası, sharwashılıq hám biotexnologiyalar universiteti Nókis filialınıń "Qarekenshe online" komandasınan arnawlı videorolik tayarlandı. ——— 🇺🇿🇺🇿1-dekabr – Qoraqalpoq tili kuni Bugun Qoraqalpoq tili davlat maqomiga ega bo‘lganiga 36 yil to‘ldi. 1989-yil 1-dekabr Qoraqalpoq tilining taqdirida yangicha davrni ochgan kun sifatida tarixga muhrlangan. Sana munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining "Qarekenshe online" jamoasi tomonidan maxsus videorolik tayyorlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
Text.tel.mp462.68 MB
star reaction 2 49🔥 15👍 12😁 3🥰 2
#Kasbiy_taʼlim #Xalqaro_uchrashuv O‘zbekiston delegatsiyasi WorldSkills International bilan strategik uchrashuv o‘tkazdi 29-noyabr kuni Tayvanning Taypey shahrida O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirliklari, texnikum rahbarlari va WorldSkills International tashkiloti rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro standartlar asosida ish beruvchilar talabiga mos malakali kadrlar tayyorlash, ishchi kasblar nufuzini oshirish, 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TuronSkills – 2026 chempionatini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ishlab chiqarish ustalarining malakasini oshirish va ularni xalqaro ekspertlikka tayyorlash borasida hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi. Mazkur uchrashuv kasbiy ta’lim sifatini yanada oshirish va yosh mutaxassislarni global mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_0809.MP412.96 MB
👍 7 6
Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston–Malayziya Yoshlar Festivali” hamda “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ilham Tuah bin Illias ishtirok etdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
27👍 6🔥 2
#MalakaOshirish “Axborot-kutubxona faoliyati” yo‘nalishidagi navbatdagi malaka oshirish kurslari yakunlandi Oliy ta’lim tashkilotlari Axborot-resurs markazi xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari 17–28-noyabr kunlari onlayn va an’anaviy shakllarda o‘tkazildi. Unda respublikaning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan 109 nafar rahbar va xodim qatnashdi. Mashg‘ulotlar tajribali trenerlar tomonidan amaliy yondashuv asosida olib borildi. Darslar Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ko‘chma mashg‘ulotlar shaklida tashkil etildi. Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
14👍 3
OTMlar xalqaro turizm yarmarkasida ilmiy ishlanmalari va turpaketlarini namoyish etdi 27–29-noyabr kunlari “Central Asian Expo Uzbekistan” (CAEx) koʻrgazmalar saroyida “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbirda 10 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari o‘z stendlari bilan qatnashib, turizm ta’limi, ilmiy ishlanmalar va yangi turpaketlarini keng jamoatchilikka taqdim etdi. 29-noyabr kuni yarmarka doirasidagi “Turizm, fan va ta’lim: kelajakka nazar” xalqaro turizm forumi o‘z ishini yakunladi. Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov, turizm sohasi ekspertlari, ilmiy tashkilotlar vakillari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Forumda “Students Cup 2025” Respublika tanlovi va “HSE Creative Open: O‘zbekiston madaniyati zamonaviy dizaynda” xalqaro onlayn tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi. Ularga diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/106548 #xalqaro_anjuman #turizm #taqdirlash
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
24🔥 2👍 1
01:47
Video unavailableShow in Telegram
#Kibermadaniyat_oyligi 🔒Raqamli xavfsizligingiz — o‘z qo‘lingizda! 🔐Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va internetdan foydalanish madaniyatini targ‘ib qiluvchi ushbu videorolikni tomosha qiling va xulosa chiqaring.
Video muallifi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Dilyorbek Hamraliyev.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_2678.MP437.55 MB
👍 12 9👏 5🎉 1
Saida Mirziyoyeva giyohvand moddalar savdosiga qarshi jiddiy kurash e’lon qilinganini ma’lum qildi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Unda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi. Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash davlatning bevosita burchidir. Bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi shart.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
12👍 10🔥 3😁 3🤔 3
#YashilHudud #UzDSMi Prezidentimizning Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan farmonida belgilangan vazifalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hududida keng qamrovli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🌿 Hududda yig‘ilib qolgan xazonlar tartibga keltirildi, chang ko‘tarilmasligi uchun maydonlar namlantirildi. 💧 Yashil maydonlarni sug‘orish tizimlari tekshirilib, to‘liq ishchi holatga keltirildi. 🌱 Institut atrofida yashil makonni kengaytirish bo‘yicha yangi tashabbuslar va istiqboldagi loyihalar ishlab chiqildi. ✅ Institut jamoasi ekologik muhitni yaxshilash borasida Prezidentimiz farmonida belgilangan vazifalarni bajarishga o‘zining amaliy hissasini qo‘shishda davom etadi.
🌍 Atrof-muhitni asrash — barchamizning burchimiz. Birgalikda institutimizni yanada toza, obod va yashil maskanga aylantiramiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3359.MOV29.44 MB
👍 12 8🤔 1
Vazir OpenAI va Silkroad Innovation Hub vakillari bilan uchrashdi 28-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov “OpenAI”ning taʼlim bozoriga chiqish va davlat tuzilmalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha masʼul boʻlim rahbari Valeri Foke hamda Silkroad Innovation Hub asoschisi va rahbari Asset Abdualiyevni qabul qildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari uchun sunʼiy intellekt texnologiyalariga oid taʼlim dasturlari, treninglar, onlayn platformalar va akseleratsiya imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/106402 #xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #sunʼiy_intellekt
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 16 5😁 4👏 1
🎓 Kompyuteringiz bor va qisqa muddat ichida yuqori daromadli kasblar egasi bo'lishni xohlaysizmi? 🚀 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” grant dasturi siz uchun katta imkoniyatni taqdim etmoqda! 📌 Dastur quyidagi yo‘nalishlarda bepul, masofadan ta’lim beradi:
🔹 3D Modellashtirish 🔹 VFX Compositing 🔹 Animatsiya 🔹 O‘yin dizayni va GameDev asoslari 🔹 Digital Art 🔹 FX Simulation 🔹 Cinema 4D 🔹 Unreal Engine
✨ Sizni nimalar kutmoqda? ✅ Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlar ✅ Yetakchi mutaxassislar bilan amaliy mashg‘ulotlar ✅ Netvorking va daromadli kasb egasi bo‘lish imkoniyati 📍Ta’lim shakli: oflayn + onlayn (Toshkent shahrida) ⏳ Davomiyligi: 6 oy 💡O‘z orzuyingizdagi kasbni tanlang va yangi imkoniyatlar eshigini oching! ❗️Shoshiling joylar cheklangan 👉 Ariza topshirish: CreativeTech.uz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
12👍 9🔥 2
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
🔱O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi, 2-modda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
1.mp479.96 MB
👍 9 3