uz
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
112 127
Obunachilar
-15124 soatlar
-1 5127 kunlar
-6 81930 kunlar
Postlar arxiv
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Bugun chet tili imtihonlari uchun to’lov qilishning oxirgi kuni Ingliz, nemis, arab va turk tillaridan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro'yxatga olish 30-avgustga qadar davom etdi. 💴 To‘lovlar bugun, 31-avgustgacha(shu kuni ham) amalga oshirilishi lozim. Ingliz, nemis, arab va turk tillaridan test sinovlari 13-14-sentabr kunlari bo'lib o'tadi. 🗒Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. ▶️Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
00:42
Video unavailableShow in Telegram
Qarshi xalqaro universiteti — kelajak bizdan boshlanadi! 💼Agarda siz eng kuchli jamoaning a'zosi boʻlishni xohlasangiz va bu orqali doimiy rivojlanish istagida boʻlsangiz biz sizni ishga taklif qilamiz! KIU jamoasiga ijtimoiy va aniq fanlardan dars beruvchi ustozlarni kutib qolamiz. Murojaat uchun
Hammasini ko'rsatish...
IMG_4473.MP415.38 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Bugun 30-avgust, chet tili imtihonlariga ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni Ingliz, nemis, arab va turk tillaridan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro'yxatga olish bugun, 30-avgustga qadar davom etadi. 💴 To‘lovlar ertaga, 31-avgustgacha amalga oshirilishi lozim. Ingliz, nemis, arab va turk tillaridan test sinovlari 13-14-sentabr kunlari bo'lib o'tadi. 🗒Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. ▶️Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi https://license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli, ko‘rib chiqish muddati tugamagan arizalar bo‘yicha ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi so‘rovlariga tizim tomonidan belgilangan talab buzilgan holda ijobiy xulosalar shakllantirilganligi haqida bayonot berdi. Qonunchlikka asosan mazkur tizimning operatori hisoblangan Adliya vazirligi ushbu holatga munosabat bildirib, “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz)da texnik nosozliklar hamda ruxsat etilmagan harakatlar kuzatilmagani va tizim shtat rejimida ishlab turganini ma'lum qildi. Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qisman yoki butunlay bekor qilish sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Professional ta'lim muassasalari (tibbiyot texnikumlari) uchun yakuniy natijalar e’lon qilindi Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazildi. 📝 Abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballaridan kelib chiqib, o‘z tanloviga ko‘ra dastlab oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tanlovida ishtirok etdilar. 📆 Oxirgi bosqichda abituriyentlar 2025-yil 28-avgustga qadar tibbiyot texnikumlarini tanladilar. 📊 Tibbiyot texnikumlariga talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganlik bo‘yicha yakuniy natijalar my.uzbmb.uz saytidagi abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida joylashtirildi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Ayni paytda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtmoqda. Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Sifatli taʼlim-tarbiya, aholi salomatligi kelgusi taraqqiyotimizni hal qiladigan eng muhim masala ekani taʼkidlandi. Soʻnggi sakkiz yilda xususiy sektor bilan birga bogʻchalardagi oʻrinlar ikki yarim millionga, qamrov 78 foizga yetkazildi. Yangi maktablar qurilgani, borlari kengaytirilgani hisobiga qoʻshimcha 1 millionta oʻquvchi oʻrni yaratildi. Zamonaviy darsliklar, ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida maktab taʼlimiga yangi mazmun, yangi sifat kirib kelmoqda. Shu davrda oliy taʼlimda ham keskin burilish yasalib, qamrov 9 foizdan 42 foizga yetkazildi. Ayniqsa, talabalarning 53 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etayotgani alohida eʼtiborga sazovor. Hozirgi vaqtda dunyodagi top oliygohlarda 2 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Ulardan 750 nafari “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali davlat hisobidan oʻqimoqda.
“Oʻtgan yili yurtimiz yoshlari TOP-500 talik oliygohlarga kirish boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egallagani barchamizni albatta quvontiradi. Ayniqsa, farzandlari dunyodagi eng nufuzli universitetlarda taʼlim olayotgan ota-onalarning xursandchiligini soʻz bilan ifoda qilib boʻlmaydi”, – dedi Prezident.
Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Texnikumlarda yangi o‘quv yili 3-sentabrdan boshlanadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi. Unga koʻra, 9-sinf negizida shakllantirilgan guruhlarda hamda oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha 2- va 3-kurs oʻquvchilari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentabrdan boshlanadi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
⚡️“Birinchi qoʻngʻiroq” va “Mustaqillik dars”larini tashkil etish boʻyicha xat Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 28-avgustdagi 04-37-3683-son xatiga asosan maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida joriy yilning 2-sentabr kuni “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan bayram tadbirlarini tashkil etiladi. Taʼlim tashkilotlarida “Mustaqillik” (“Kelajak soati”) darslarini oʻtkazish, bunda targ‘ibot materiallari uchun “milliytarbiya.uz” platformasidan foydalanish so‘raladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
6.9-11 sinf Kelajak soati.pdf0.93 KB
5.5-8 sinf Kelajak soati.pdf0.88 KB
4.1-4 sinf Kelajak soat.pdf0.99 KB
2.Maktab birinchi qo'ng'rioq.pdf0.66 KB
Xat.pdf2.92 KB
3.Bog‘cha sinf Kelajak soati.pdf6.99 KB
1.MTT mustaqillik bayrami 34 yilligi tavsiya.pdf1.07 KB
Photo unavailableShow in Telegram
🎓 Kontrakt kutib turadimi? Afsuski, yo‘q. Ammo kredit — ha! 📚 Yoz deyarli ortda qoldi, tez orada yana — darslar, konspektlar, vazifalar uchun soʻngi muddatlar boshlanadi. Lekin rostini aytaylik: o‘qish — bu faqat bilim olish emas, balki koʻpincha oson bo‘lmaydigan kontrakt to‘lovini toʻlashhamdir. 💚 Hamkorbank siz uchun muhim paytda yoningizda va orzularingizni tanaffusga qo‘ymasligingiz uchun qulay ta’lim kreditini taklif etadi. 🔹 Kredit miqdori — OTM bilan tuzilgan shartnomangiz asosida; 🔹 Muddat — 7 yilgacha; 🔹 Foiz stavkasi: 👨🏻‍🎓yigitlar uchun yillik — 14%; 👩🏻‍🎓 qizlar uchun — 0% (Garov va kafilsiz). ♥️ Kelajagingizni qurish arafasida Sizni qo‘llab-quvvatlaymiz. 🌍 Batafsil — hamkorbank.uz saytida. 🏦Hamkorbankning istalgan ofisida ariza qoldiring. 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube | 📱Telegram
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit berishi mumkin va uni foizi yuqori bo'ladi. Biroq super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o'qiydiganlarga beriladi. Super-kontraktni 4 ga bo’lib to’lash mumkin. Eslatib o'tamiz, “Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Qarshi xalqaro universiteti mutaxassislarni jamoasiga taklif qiladi!
🔝Biz jamoamiz safini kengaytirmoqdamiz.
Agarda siz: 🇬🇧 Ingliz tili; 🇷🇺 Rus tili; 🇺🇿 Oʻzbek tili; 🇩🇪 Nemis tilidan biri boʻyicha oʻqituvchi boʻlsangiz va oʻz ishingizni yaxshi koʻrib bajarsangiz unda KIU ga marhamat! Doimiy oʻsib boruvchi jamoa, timbildinglar sizni kutmoqda. Quyidagi havolaga resume yuboring🔣
Hammasini ko'rsatish...
rolik QAYTA 00001(iPad).mp414.71 MB
Talabalikka qabul qilinganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak? 📑Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalaridan ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi talab qilinadi.
1. Rektor nomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa) 5. 3,5×4,5 foto 12 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 7. Konvert A5 formatida; 8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar) uchun ariza (kerak bo‘lsa); 9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar bo‘lsa).
🎓Birinchi kurs talabalari uchun yangi o’quv yili 3-sentyabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edik. Ayni shu kundan kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga o'qishga qabul qilingan talabalar OTM ga borib, tegishli hujjatlarni topshirishlari mumkin. 📌Ma'lumot uchun, nodavlat oliygohlarning tartibi davlat oliygohlaridan biroz farq qilishi mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
⚖️Yuridik sohada o‘qishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat 🏛Andijon Yuridik texnikumi Sizni 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida 3 ta yo‘nalishlar bo‘yicha (kunduzgi ta’lim shaklida) o‘qishga taklif qiladi. Yo‘nalishlarimiz: 🔵Davlat-huquqiy faoliyat 🔵Yuridik xizmat 🔵Sud-huquqiy faoliyat 📌Taʼlim: davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 🎓 O‘qish muddati - 2-yil. 🏆 Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar yo‘llanma asosida "Yurisprudensiya" yoʻnalishi mavjud Oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida 2-bosqichdan o'qishga qabul qilinishlari mumkin. Qo‘shimcha ma`lumot uchun telefon raqamlari: ☎️ +998-88-975-74-77. ☎️ +998-94-979-07-74.
✅Ma'lumot uchun, 2025/2026-o'quv yili uchun Yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish my.edu.uz elektron platformasi orqali 10-avgustdan - 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzating: |•Telegram|•Instagram|•Facebook|•Veb-sayt|•You tube
Hammasini ko'rsatish...
Qo‘shimcha davlat granti va oliy ta’lim tashkiloti granti natijalari qachon e’lon qilinadi? ⚡️Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat granti taqdim etiladi. Belgilangan nizomga ko'ra, talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Maxsus komissiya tomonidan talabgorlarning ma’lumotlari ko‘rib chiqilgach, qo‘shimcha davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5-sentabrga qadar oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi. ✅Shuningdek, hukumat qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilishi belgilangan. Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi. 📌Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:
3.3- 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi; 3.4- 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi; 3.5- 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi; 3.6- 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi; 3.7- 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi; 3.8- 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi; 3.9- 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar e’lon qilinadi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Imtihon natijasidan qat'iy nazar 100% talaba bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! ➖DTM balingiz bilan talabalik va 100% gacha - grant ➖Til sertifikati bilan 100% gacha- chegirma ➖Oila a'zolaringiz bilan 10%dan - chegirma ➖Fan olimpiadasi bilan 100% gacha - grant ➖Sport musobaqasi g'oliblariga 100% gacha - grant ➖Yuz foiz to'lov uchun 10% - chegirma ➖Milliy sertifikat uchun - chegirmalar ➖Har oy beriladigan "rektor" - stipendiyasi ➖Ichki imtihon natijalari ko'ra 100% gacha - grant ➖O'qishni ko'chirayotganlar uchun 10% - chegirma ➖Maktab bitiruvchilari uchun kutilmagan - chegirmalar ➖Yil davomida IT va til kurslari - bepul ➖Ishga joylashtirish dasturlari - kafolatli Barchasi aynan siz uchun Buxoro Innovatsiyalar Universiteti tomonidan taqdim etiladi. Hoziroq qo'ng'iroq qiling! Call center telefonlari: Buxoro: +99855-307-50-00 Sirdaryo: +99878-221-00-01
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Web sahifa
Hammasini ko'rsatish...
📌Ertaga abituriyentlarni tibbiyot texnikumlariga qabul qilish jarayoni yakunlanadi 🎓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 28-avgustga (shu kuni ham) qadar my.uzbmb.uz saytida kasbiy ta’lim muassasasi (tibbiyot texnikumlar)ini tanlashlari mumkin. Abituriyentlarni tibbiyot texnikumlariga qabul qilish tartibi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin. 📕Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin. ➡️Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
👨‍🎓 3️⃣3️⃣3️⃣ SIUT’da qabul jarayoni davom etmoqda ℹ️ Samarqand xalqaro texnologiya universiteti yangi o‘quv yili arafasida qabul jarayonlari davom etayotganini e’lon qiladi. Bu — UZBMB (sobiq DTM) imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, oliygoh tanlash qarorini hali qabul qilmagan abituriyentlar uchun noyob imkoniyatdir. Nega aynan SIUT? ⚫️ Xalqaro darajada tan olingan diplom; ⚫️ 13 mamlakatdan jalb qilingan 40 dan ortiq professor va ekspertlardan bevosita chuqur bilim va tajriba olish imkoniyati; ⚫️ Samarqandning markazida joylashgan zamonaviy kampus — ilmiy izlanish, ijodkorlik va shaxsiy rivojlanish uchun qulay muhit; ⚫️ Talabalarga barcha sharoitlarga ega, kampus hududida joylashgan zamonaviy yotoqxona; ⚫️ Yuqori natijali talabalarga grant imkoniyatlari: kontrakt asosida o‘qishga kirib, bir yil davomida 95+ ball o‘zlashtirish ko‘rsatkichini saqlab qolsangiz, keyingi yildan boshlab grant asosida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritasiz! Bakalavriat yo‘nalishlari 👇
School of Engineering: - Geomuhandislik; - Konchilik ishi; - Neft va gaz muhandisligi; - Kimyo muhandisligi. French Higher School of Engineering and Commerce: - Tadbirkorlik va menejment (3 yillik o‘quv dasturi). Chinese Institute of Electric Power (CIEP): - Issiqlik energetikasi. Talabalarga Xitoyda qo‘shma diplom asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyati taqdim etiladi. Korean Institute of Technology and Culture (KITC): - Qayta tiklanuvchi energiya; - Dizayn; - Raqamli iqtisodiyot. Talabalarga Koreya Respublikasida qo‘shma diplom asosida tahsilni davom ettirish imkoniyati beriladi. School of Computing: - Sun’iy intellekt; - Kiberxavfsizlik. Business School: - Tadbirkorlik va menejment; - Xalqaro logistika. ℹ️ SIUT’da barcha ta’lim yo‘nalishlarida dual tizim joriy etilgan. Talabalar birinchi kursdanoq O‘zbekistonning yirik korxonalari hamda Koreya Respublikasi, Xitoy, Fransiya kabi davlatlardagi xorijiy hamkor kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Batafsil 📄 Ro‘yxatdan o‘tish ➡️ Abituriyent qo‘llanmasi ☎️ Qabul komissiyasi: +998557055005 🤖 Telegram bot: @siut_admission_bot 🛫 Telegram 📅 Facebook 📷 Instagram 🎞 YouTube
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Maktablarda har haftaning dushanba kuni birinchi soati “Kelajak soati” darslari sifatida oʻqitiladi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (28.08.2025 №308) qabul qilindi. Ushbu buyruq bilan: 1-ilova — Bog‘chalarda 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi ; 2-ilova —Maktablarda 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi ; 3-ilova —Maktab psixologining 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy ish rejasi; 4-ilova — Maktablar uchun “Kelajak soati” darslarining namunaviy mavzular roʻyxati. ❗️Maktablarda har haftaning juma kuni oʻtkazib kelinayotgan “Sinf soatlari” 2025-2026-oʻquv yili davomida har haftaning dushanba kuni birinchi soatida “Kelajak soati” darslari sifatida oʻqitilishi belgilandi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
1. 308-Buyruq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar.pdf0.57 KB
1-ilova MTT namunaviy rejasi.pdf3.30 KB
2-ilova maktab namunaviy reja.pdf3.13 KB
3-ilova Psixologning yillik ish rejasi.pdf2.21 KB
4-ilova “Kelajak soati” darslarining namunaviy mavzular.pdf1.49 KB
Photo unavailableShow in Telegram
#Admission2025 🏗 O‘zbekistonda qurilish sohasi jadal rivojlanayotgani bois, lift muhandislariga talab juda katta. 🔧 Lift muhandisligi — mashinasozlikning ixtisoslashgan sohasi bo‘lib, liftlarni loyihalash, ishlab chiqish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘rgatadi. 💡 Bu sohaga tajribali kadrlar yetishmaydi, shu sababli bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyati keng va maoshi yuqori! 🎓 O‘qish shakllari va to‘lov miqdori: 📗 Kunduzgi ta’lim: 17 950 000 so‘m 🌙 Kechki ta’lim: 15 900 000 so‘m 💻 Masofaviy ta’lim: 9 900 000 so‘m Qabul imtihoni: suhbat (intervyu) shaklida. 👉 Agar siz kelajakda xavfsiz va ishonchli lift tizimlarini yaratadigan, yuqori daromadli kasb egasi bo‘lishni istasangiz — Lift muhandisligi yo‘nalishi aynan siz uchun. 🔗 Batafsil ma’lumot: www.kiut.uz Hujjat topshirish: admission.kiut.uz
Hammasini ko'rsatish...