JizPI online | rasmiy kanal
Kanalga Telegram’da o‘tish
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uz • telegram.me/jizpi_online • instagram.com/jizpiuz • facebook.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

8 177
Obunachilar
-324 soatlar
-437 kunlar
-4330 kunlar
Postlar arxiv
#Talabalar_ligasi #sport
🏓 “Talabalar ligasi” doirasidagi stol tennisi bahslari yakunlandi
Talabalar o‘rtasidagi qizg‘in va murosasiz kurashlar yakuniga yetib, eng iqtidorli sportchilar aniqladi. Tezkorlik, epchillik va aniq zarbalar bilan ajralib turgan ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyon qildi.
🏆 O‘g‘il bolalar o'rtasida: 🥇1-o‘rin — Egamberdiyev Sunnat, Transport muhandisligi fakulteti talabasi; 🥈2-o‘rin — Axmadov Jaloliddin, Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi; 🥉3-o‘rin — Amandullayev Xusniddin, Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi.
🏆 Qiz bolalar o'rtasida: 🥇1-o‘rin — Turg‘unova Feruza, Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi; 🥈2-o‘rin — Xamzayeva Malika, Sanoat texnologiyalari fakulteti talabasi; 🥉3-o‘rin — Umirzoqova Malika, Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi.✨ Musobaqa talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi. G‘oliblarni tabriklaymiz! @jizpiuz | @jizpi_online
👍 5❤ 3🔥 3😁 1🎉 1
✨ Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida bayram paradi bo‘lib o‘tdi (2-qism)
Bugun Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Bayram paradi doirasida kitoblar ko‘rgazmasi, rassomlar ijod namunalaridan iborat rasm namoyishlari, sahna chiqishlari va madaniy-ma’rifiy kompozitsiyalar tomoshabinlarga taqdim etildi. Tadbir jamoatchilikka bayramona ruh, yurtga mehr va Konstitutsiyaga hurmat tuyg‘usini ulug‘lash imkonini berdi. Jizzax politexnika instituti xodimlar jamoasi hamda talaba-yoshlari mazkur bayram paradida faol ishtirok etdi. Konstitutsiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu bayram tadbiri jamiyatda huquqiy madaniyatni yanada oshirish, yoshlarning fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash hamda Konstitutsiyaning hayotimizdagi beqiyos o‘rnini keng yoritishga xizmat qildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4🔥 2❤ 1
Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida bayram paradi bo‘lib o‘tdi (1-qism)
👍 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ DIQQAT EʼLON!!!
📱 Jizzax politexnika instituti rektor maslahatchisi telegram kanali oʻz faoliyatini boshladi.
❓ Siz oʻzingizni qiynayotgan savollarga javob topa olmayotgan boʻlsangiz, unda siz ushbu telegram kanaliga aʼzo boʻlishingiz yoki murojaat qilishingiz mumkin.
✅ Mazkur kanal faoliyati taʼlim dargohimizdagi talabalar bilan muloqot samaradorligini oshirish maqsadida tashkil qilindi. Kanal shaxsan rektor maslahatchisi tomonidan yuritiladi.
👉 https://t.me/JizPIrektorimaslahatchisi
📲 Murojaat uchun: 93-820-12-01, 88-128-27-70
📌 Barcha murojaatlar anonimligi taʼminlanadi.
❤ 5👍 2🔥 2⚡ 1👎 1🤝 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 6-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
ALLAYEVA RAXIMA AXMEDOVNA (Texnik foydalanish va xo'jalik bo'limi xodimasi)
USMANOVA SOXIBA SOKIBAYEVNA (Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o‘qituvchisi)
UZOQBAYEV AZIZBEK HUSAN O‘G‘LI (Oliy matematika kafedrasi o‘qituvchisi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
🎉 7❤ 3👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Oʻzbekiston FIFA Jahon chempionatining “K” guruhidan o‘rin oldi
Guruhimizdagi o'yin taqvimi 1-tur / 17-iyun 🇵🇹Portugaliya — 🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR) 🇺🇿O‘ZBEKISTON — 🇨🇴Kolumbiya 2-tur / 23-iyun 🇵🇹Portugaliya — 🇺🇿O‘ZBEKISTON 🇨🇴Kolumbiya — 🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR) 3-tur / 27-iyun 🇨🇴Kolumbiya — 🇵🇹Portugaliya 🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR) — 🇺🇿O‘ZBEKISTON@jizpiuz | @jizpi_online
👍 8❤ 4🔥 3
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 6-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
ALLAYEVA RAXIMA AXMEDOVNA (Texnik foydalanish va xo'jalik bo'limi xodimasi)
USMANOVA SOXIBA SOKIBAYEVNA (Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o‘qituvchisi)
UZOQBAYEV AZIZBEK HUSAN O‘G‘LI (Oliy matematika kafedrasi o‘qituvchisi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
“SQB Ventures” MCHJ kompaniyasi bilan memorandum imzolandi
2025-yil 4-dekabr kuni Jizzax politexnika institutining tashqi aloqalarini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim voqea ro‘y berdi. Oʻzsanoatqurilishbankning sho‘ba korxonasi bo‘lgan “SQB Ventures” MCHJ direktori T.Bekmullin Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi va strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlikdan koʻzlangan asosiy maqsad Jizzax politexnika instituti hamda “SQB Ventures” MCHJ o’rtasida sherikchilik aloqalarini o‘rnatish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Mazkur hamkorlik institutimiz talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun yangi amaliyot, tadqiqot hamda innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yishda katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 8❤ 1
#sport #Talabalar_ligasi
🏀 Talabalar ligasi: Basketbol bo‘yicha institut bosqichi yakunlandi
Jizzax politexnika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining basketbol yo‘nalishi bo‘yicha institut bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Bahslar yuqori saviyada, kuchli raqobat va jamoaviy ruh bilan o‘tdi. Yigitlar va qizlar jamoalari o‘z mahoratlarini namoyon etib, munosib natijalarni qo‘lga kiritishdi. Yigitlar o‘rtasida natijalar: 1️⃣I o‘rin — Transport muhandisligi (5-jamoa); 2️⃣II o‘rin — Transport muhandisligi (1-jamoa); 3️⃣III o‘rin — Qurilish muhandisligi (3-jamoa). Qizlar o‘rtasida natijalar: 1️⃣I o‘rin — Qurilish muhandisligi fakulteti; 2️⃣ II o‘rin — Sanoat texnologiyalari fakulteti; 3️⃣ III o‘rin — Energetika muhandisligi fakulteti. Basketbol bahslari talabalarga nafaqat sport mahoratini, balki jamoaviy ishlash, liderlik va mas’uliyat kabi muhim fazilatlarni ham mustahkamlashga xizmat qildi. G‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklaymiz!@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 3👍 2🎉 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy #qishki_taʼtil
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥 3
Repost from TgId: 2439917232
07:35
Video unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
MUNOSABAT1.mp446.63 MB
👍 3
🌿 “Ekosavodxonlik bilan tanishamiz” interaktiv darsi o‘tkazildi
Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi D. Berdiyeva tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “Ekosavodxonlik bilan tanishamiz” mavzusida interaktiv dars mashg‘ulotlario'tkazildi. 🌍 Mashg‘ulot davomida talabalar ekologik madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilishning zamonaviy usullari va ekologik xavfsizlik qoidalari bilan tanishdilar. Videoroliklar, amaliy topshiriqlar, guruhli muhokamalar va savol-javoblar orqali ekologik bilimlar yanada mustahkamlandi. 🍃 Interaktiv darsning asosiy maqsadi — yoshlar ongida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, ekologik muammolarni chuqur anglashga ko‘maklashish va ularni atrof-muhitni asrash bo‘yicha faol tashabbuskor bo‘lishga undashdan iborat bo‘ldi. ♻️ Ishtirokchilar chiqindilarni saralash, energiya va suvdan tejamkor foydalanish, ekologik tozalikni saqlash, yashil hududlarni ko‘paytirish kabi kundalik hayotda qo‘llaniladigan muhim amaliy ko‘nikmalarni ham egalladilar. 🌱 Yakunda interaktiv dars talabalar ekologik savodxonligini oshirishga, tabiatga e’tiborli munosabatni shakllantirishga va ekologik madaniyatni targ‘ib etishga ijobiy turtki berdi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4
🎬 Adabiy merosga bag‘ishlangan kino namoyishlari o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlar ma’naviy dunyoqarashini boyitish, milliy adabiyotimizning yirik namoyandalari hayoti va ijodini chuqurroq o‘rganish maqsadida Komil Xorazmiy hamda Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayotiga bag‘ishlangan kinofilmlar namoyish etildi. 🎞 Komil Xorazmiy hayoti va ijodi Filmda Komil Xorazmiyning Xivadagi bolalik yillari, madrasada tahsili, shoir va musiqashunos sifatida shakllanishi, saroydagi faoliyati hamda Gandimiyon shartnomasidagi ishtiroki yoritilgan. Talabalar uning Sharq musiqasiga qo‘shgan beqiyos hissasi, “Tanbur chizig‘i” nota tizimini yaratgani, “Rost” maqomi bo‘yicha olib borgan ilmiy ishlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek, uning ijodiy merosini davom ettirgan o‘g‘li Mirzo Muhammadrasulning “Shashmaqom”ni to‘liq notaga tushirishdagi xizmati ham atroflicha ochib berilgan. 📚 Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodiga bag‘ishlangan film Ikkinchi namoyishda buyuk adib Oybekning sermazmun hayoti, adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, ma’rifatparvarlik faoliyati va jamiyatga bo‘lgan chuqur mas’uliyat ruhiyati yoritib berilgan. O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri O‘. Norboyev tomonidan Oybek ijodining ma’naviy-estetik yo‘nalishlari, inson qalbiga murojaat qiluvchi badiiy talqini, tarixiy va falsafiy mushohadalari, tarjima faoliyatidagi mahorati haqida batafsil ma’ruza taqdim etildi. 🎓 Ushbu kino namoyishlar talabalarda adabiyotga qiziqish uyg‘otdi, milliy merosni qadrlash, ma’naviy barkamollikka intilish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Yoshlar buyuk ijodkorlarning hayotiy tajribasi va merosi orqali o‘ziga xos ruhiy motivatsiya, vatanparvarlik tuyg‘usi hamda ma’naviy qadriyatlarni chuqur anglash imkoniga ega bo‘ldilar.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 3👍 1
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasida Konstitutsiya kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari M. Mahmudov o‘z tabrigida Konstitutsiyaning inson qadri, erkinligi va huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida belgilab berganini ta’kidlab, yangi tahrirdagi Bosh qomus Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy poydevori ekanini alohida e’tirof etdi. U umumxalq referendumi orqali qabul qilingan Konstitutsiya mamlakatning hozirgi islohotlar sur’ati va kelajak rivoji uchun beqiyos ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Jizzax politexnika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Muxiddin Tojiboev Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, undagi yangi normalarning mazmun-mohiyati, fuqarolik jamiyatini mustahkamlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi. U yangilangan Konstitutsiya tinch, adolatli va farovon hayotni ta’minlashda asosiy huquqiy kafolat ekanini ta’kidladi. Ishtirokchilar o‘zlari uchun Konstitutsiyada belgilangan demokratik tamoyillar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan qonunchilik islohotlari bo‘yicha zarur, aniq va amaliy bilimlarni oldilar. Tadbir yakunida Konstitutsiyaga hurmat, qonunga sadoqat va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 2
🌍 Jizzax politexnika institutida “Ekologik muammolar: Bugun va ertaga” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutida Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Ekologik muammolar: Bugun va ertaga” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar global ekologik muammolarning bugungi holati, ularning kelajakdagi oqibatlari hamda jamiyat hayotiga ta’siri haqida atroflicha ma’lumot berishdi. Iqlim o‘zgarishi, atmosferaning ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar ko‘payishi va biologik xilma-xillikning qisqarishi insoniyat oldida turgan dolzarb muammolar ekani ta’kidlandi. Uchrashuvda ekologik barqarorlikni ta’minlash, ekologik madaniyatni oshirish va tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchi ekaniga urg‘u berildi. Shuningdek, ekologik xavfsizlikni mustahkamlashda davlat, jamiyat va shaxsning o‘zaro hamkorligi muhim o‘rin tutishi qayd etildi. Davra suhbati yakunida ekologik savodxonlikni oshirish, atrof-muhitga e’tiborli munosabatni shakllantirish hamda bunday ochiq muloqotlarni davom ettirib borish zarurligi ta’kidlandi. Zero, tabiatni asrash — kelajak avlod farovonligi uchun eng muhim investitsiya hisoblanadi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 2🔥 2
🤖 Jizzax politexnika institutida sun’iy intellekt texnologiyalari bo'yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Jizzax politexnika institutida talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, raqamli savodxonligini oshirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish maqsadida "Sun’iy intellekt texnologiyalari orqali yuksak marralar sari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Institut konferensiyalar zalida o‘tkazilgan tadbirda Sun’iy intellekt departamenti direktori o‘rinbosari S. Ro‘zimov, AT departamenti Loyiha ofisi rahbari M. Nuritdinov, shuningdek, Osnova edtech va Alpha Business School asoschisi A. Chekhov, XCDM va BAL kompaniyalari katta dasturchisi A. Nematov, institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori J.Abdunazarov ishtirok etdi. 🔍 Seminar davomida: 🔹 AI texnologiyalarining mohiyati va turlari; 🔹 ularning sanoat, ta’lim va biznesdagi qo‘llanilishi; 🔹 ChatGPT, KotibAI, NotebookLM kabi zamonaviy AI vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi. Tadbir yakunida o‘tkazilgan savol-javoblar talabalarga o‘z sohalarida AI imkoniyatlarini qo‘llashga doir aniq yo‘nalishlar berdi hamda innovatsion fikrlashni kuchaytirishga xizmat qildi.@jizpi_online | @jizpiuz
👍 5❤ 2
“Konstitutsiya bilimdonlari” tadbiri o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Konstitutsiya bilimdonlari” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi J. Ahmedov ochib berib, Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqaro huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Ma’ruza davomida Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, uning asosiy bo‘limlari va amaldagi normativ o‘zgarishlar talabalarga batafsil tushuntirildi. Amaliy qismda talabalarga 3 tadan savollar berilib, ular yozma ravishda javob topshirdilar. Bu jarayon yoshlarning huquqiy bilimini baholash, tahliliy fikrlash va Konstitutsiyaviy tamoyillarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamladi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 5
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Jizzax politexnika instituti 4-sonli talabalar turar joyida institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi E. Shavqiyev hamda “Yosh targ‘ibotchilar guruhi” a’zolari tomonidan “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 🗣 Tadbir davomida talabalar o‘rtasida uchraydigan huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlikning zararli oqibatlari, narkojinoyatlarga aldanib qolmaslik va bunday illatlardan o‘zini asrash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. 🔎 Ushbu targ‘ibot tadbirining bosh maqsadi — talabalarda hushyorlik, huquqiy ong va mas’uliyatni kuchaytirish, giyohvandlikka qarshi kurashishda faol hayotiy pozitsiya shakllantirishdir.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 3👍 3🔥 2⚡ 1
“Ekologik qonunchilik — mening huquq va burchlarim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutida Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida ekologik qonunchilikka bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehmonlar va professor-oʻqituvchilar ekologik huquqlar, burchlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb jihatlari haqida ma’ruza qildilar. Uchrashuv davomida “Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonun, tabiatni asrash qoidalari va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid huquqiy hujjatlar mazmuni tushuntirildi. Atrof-muhitni asrash har bir fuqaroning burchi ekani, ekologik madaniyatni oshirish esa jamiyat barqarorligida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. Yakunida ishtirokchilar ekologik ongni kuchaytirish va bunday ma’rifiy uchrashuvlarni muntazam davom ettirish zarurligini qayd etdilar.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 4👍 3
Repost from Edu.uz
02:04
Video unavailableShow in Telegram
Qiziqarli g‘oya yoki tashabbusingiz bormi?
Unda “Kelajak uchun” forumida ishtirok eting!
Eng ilg‘or tashabbuslar rag‘batlantiriladi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
➡️ Batafsil: kelajakuchun.gov.uz
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Kelajak.mp424.71 MB
👍 2
