uz
Feedback
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ambassador of @profiuniversity www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali. Savol yuborish vaqtincha cheklangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo Reklama: @XalqinfoREK Guvohnoma: №146004

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
106 398
Obunachilar
-7224 soatlar
-6347 kunlar
-3 08430 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
#Eslatma Ertadan maktab o'quvchilari uchun kuzgi ta’til boshlanadi Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi. II chorak dars mashg‘ulotlari 2025-yil 10-noyabrdan boshlanadi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
O'tgan haftada ta’limga oid qanday xabarlar e'lon qilindi? B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida ➡️ BATAFSIL Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi ➡️ BATAFSIL Besh kunlik ta’lim tizimiga qachon o‘tamiz? ➡️ BATAFSIL Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish vazirlik qo‘lida edi, ammo... ➡️ BATAFSIL Vazirlik 70 foizlik ustama borasida o‘z pozitsiyasini tezroq bildirishi kerak ➡️ BATAFSIL "70 foizlik ustama bo'yicha muammo bo'lmaydi" — vazirlik ➡️ BATAFSIL Ayrim talabalarga tog’ridan-to’g’ri malaka toifasi beriladi ➡️ BATAFSIL O‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi ➡️ BATAFSIL “Attestatsiyani to’xtatgan bo’lardim” — Ulug’bek Po’latov ➡️ BATAFSIL Bu safar ham attestatsiya bo‘yicha sud ishida vazirlik yutib chiqdi ➡️ BATAFSIL Maktabdagi rahbar xodimlar o'z oylik maoshini yana oshirishi mumkin ➡️ BATAFSIL 30-oktyabrdan maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladimi? ➡️ BATAFSIL Maktab maslahatchisi lavozimi qay tartibda joriy qilinadi? ➡️ BATAFSIL O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda ➡️ BATAFSIL O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi ➡️ BATAFSIL 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi ➡️ BATAFSIL Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan deb hisoblanadi ➡️ BATAFSIL O'qituvchilar attestatsiyasi jarayonini qanday baholaysiz? (so'rovnoma) ➡️ BATAFSIL Bu safargi attestatsiya o‘qituvchilar orasida yanada katta norozilikka sabab bo‘ldi ➡️ BATAFSIL
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bu safargi attestatsiya o‘qituvchilar orasida yanada katta norozilikka sabab bo‘ldi Kuzgi attestatsiya jarayonlarida turli fanlardan dars beradigan 180 mingga yaqin pedagoglarning ishtirok etishi reja qilingandi. Ammo, test sinovlarida ishtirok etgan ingliz tili, jismoniy tarbiya, texnologiya hamda biologiya fani o‘qituvchilari attestatsiya natijalaridan norozi ekanligini aytmoqda. Bu safar norozilik ko'lami ancha keng. Birgina ingliz tili fani o'qituvchilari tomonidan tashkil etilgan Telegram guruhida attestatsiyadan norozi bo'lgan 16 mingdan ortiq o'qituvchilar jamlanganini ko'rish mumkin. Agar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi sukut saqlashda davom etadigan bo'lsa, holat yanada jiddiy tus olishi mumkin. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1395
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
O'qituvchilar attestatsiyasi jarayonini qanday baholaysiz? Sizningcha, u adolatli o‘tyaptimi?Anonymous voting
  • Ha, adolatli o‘tyapti
  • Yo‘q, adolatsiz deb hisoblayman
  • Hali ishtirok etmadim
0 votes
Photo unavailableShow in Telegram
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan deb hisoblanadi Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibi belgilandi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1392
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi 2025-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori imzolandi. Qisqacha tafsilotlar bilan saytimizda tanishing. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1393
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilarini kitob bilan kaltaklagan. Shu sababli, o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, mas’ullarga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1391
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
00:42
Video unavailableShow in Telegram
Xalqaro konferensiya | 2025 👥 Oila institutining ijtimoiy-psixologik muammolari. Bugun PROFI UNIVERSITY Bektemir kampusida oila institutiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. 🌍 Tadbirda turli davlatlardan kelgan olimlar, psixologlar va mutaxassislar ishtirok etib, oilaning jamiyatdagi o‘rni, psixologik barqarorlik hamda zamonaviy qadriyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda. Bu uchrashuv — tajriba almashish, yangi g‘oyalar va ilmiy hamkorliklar uchun muhim maydon bo’lib xizmat qilishiga ishonamiz. ➡️ Universitet haqida batafsil Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l. Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
AQMurg_CGRjMDinMKDaqdwSZz_tzjJOoGbJKQEzCvXK6Z4V2gX9IG_foqVvbbEHc.mp46.01 MB
Photo unavailableShow in Telegram
O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 166,9 ming so‘mni tashkil etdi. Eng yuqori maosh bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasiga to‘g‘ri kelib, ularning ish haqi miqdori 16 mln 828 ming so‘mga yetdi. Bunda ta’lim sohasi vakillari sohalar orasida so‘nggi o‘rinlarni qayd etib, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 188 ming so‘mni tashkil etdi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1390
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
02:03
Video unavailableShow in Telegram
Maktab maslahatchisi lavozimi qay tartibda joriy qilinadi? “Tanaffus” podkastining 25-sonida maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish tartibi, direktor o’rinbosarlari shtati qisqarishi mavzusiga batafsil to’xtalib o’tildi. Shu va shunga o’xshash muhim yangiliklar sizni qiziqtirsa, podkastining 25-sonini hoziroq tomosha qiling. Xo‘sh, bu yangilikka sizning munosabatingiz qanday? 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/McOjnvV-kV8 Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7325.MP410.75 MB
Izoh yozish
Photo unavailableShow in Telegram
30-oktyabrdan maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladimi? Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktyabrdan boshlab Toshkent shahridagi maktablarda tibbiy niqob taqish tartibi joriy etilishi bilan bog‘liq asossiz xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rasmiy bayonot berdi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1389
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
01:15
Video unavailableShow in Telegram
Maktabdagi rahbar xodimlar o'z oylik maoshini yana oshirishi mumkin Endilikda, maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyati davomidagi erishgan natijalariga qarab, 10 foizdan 20 foizgacha ustama olishi mumkin bo‘ladi. Bu ustamani olish rahbar xodimlar uchun unchalik ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Nega deysizmi? Unda videoni tomosha qiling. 📝 Izoh yozish Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
AQOjqjQgedEdE7CfmDYiE6OPiAVsJKUkegGbngtSqCfMuwfkY2H86dFKhwWhO1R.mp49.32 MB
Izoh yozish
Photo unavailableShow in Telegram
Bu safar ham attestatsiya bo‘yicha sud ishida vazirlik yutib chiqdi To‘rt nafar tarix fani o‘qituvchilari attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga bergandi. Kecha, 29-oktyabr kuni bo'lib o'tgan sud majlisida tarix fani o‘qituvchilarining da’vo arizasi asossiz deb topilib, vazirlik foydasiga qaror chiqarildi. Sud jarayoniga oid batafsil tafsilotlar bilan saytimizda to'liq tanishib chiqishingiz mumkin. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1388
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
01:33
Video unavailableShow in Telegram
“Attestatsiyani to’xtatgan bo’lardim” — Ulug’bek Po’latov Siz-chi, ta’lim sizyosatini belgilovchi shaxslardan biri bo’lib qolganingizda eng birinchi bo’lib nima ish qilgan bo’lardingiz? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. 📝 Izoh yozish Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
AQMiLjkMwbtl_TcODpjPdesmEG6OoT7P07QPd1LCHDW1RR1NjZYmUK1OrTEN_o5hUGx.mp46.10 MB
Izoh yozish
Photo unavailableShow in Telegram
O‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi Nihoyat, dars soatlarini taqsimlashda qo‘llanadigan ustuvor ketma-ketliklarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolandi. Xo'sh, yangi tartib qanday bo'ladi? Bu haqda saytimizda o'qing. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1387
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
00:31
Video unavailableShow in Telegram
Ayrim talabalarga tog’ridan-to’g’ri malaka toifasi beriladi Endilikda bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi. Shu va shunga o’xshash muhim yangiliklar sizni qiziqtirsa, “Tanaffus” podkastining 25-sonini hoziroq tomosha qiling. Xo‘sh, bu yangilikka sizning munosabatingiz qanday? 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/McOjnvV-kV8 Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7294.MP45.41 MB
Izoh yozish
"70 foizlik ustama bo'yicha muammo bo'lmaydi" — vazirlik Avvalroq, bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkinligi haqida xabar bergandik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqtaliminfo.uz'ga ma'lum qilishicha, har qanday holatda ham 70 foizlik ustamaga ega bo'lgan pedagoglarga mazkur ustamalar ikki yil davomida to'lab berilishi ta'minlanadi va bu qat'iy nazoratga olinadi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
01:57
Video unavailableShow in Telegram
Vazirlik 70 foizlik ustama borasida o‘z pozitsiyasini tezroq bildirishi kerak Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin. Chunki, amaldagi normativ hujjatlarda kichik bir kamchilik mavjud bo‘lib, unga ko'ra 70 foizlik ustama pedagoglar tarif stavkasining amaldagi miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni, o‘qituvchi 70 foizlik ustamaga birinchi malaka toifasi bilan erishgan bo‘lsa va u kuzgi attestatsiyada qatnashib, aytaylik, 80-84 ball bilan oliy toifaga o‘tsa, unga 70 foizlik ustamani to‘lab berish imkonsiz bo‘lib qoladi. To‘g‘ri, hozir bu muammo ko‘zga tashlanmasligi, ko‘pchilik buni boshqacha talqin qilayotgan bo'lishi mumkin. Ammo, haqiqiy muammo o'qituvchilarga toifalar bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lash boshlanganda kelib chiqa boshlaydi. Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 70 foizlik ustama borasida o‘z pozitsiyasini tezroq bildirishi kerak va o‘qituvchilar ham shunga qarab ish ko‘rishlari lozim, deb hisoblaymiz. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1378
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
AQNJ_ZOUNzS0yGTg5gaUV7jYRs_pwcTnCz4t_FPm2zPRnruB5iZS1JPzxcC4c6c.mp412.01 MB
Repost from N/a
01:57
Video unavailableShow in Telegram
Vazirlik 70 foizlik ustama borasida o‘z pozitsiyasini tezroq bildirishi kerak Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin. Chunki, amaldagi normativ hujjatlarda kichik bir kamchilik mavjud bo‘lib, unga ko'ra 70 foizlik ustama pedagoglar tarif stavkasining amaldagi miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni, o‘qituvchi 70 foizlik ustamaga birinchi malaka toifasi bilan erishgan bo‘lsa va u kuzgi attestatsiyada qatnashib, aytaylik, 80-84 ball bilan oliy toifaga o‘tsa, unga 70 foizlik ustamani to‘lab berish imkonsiz bo‘lib qoladi. To‘g‘ri, hozir bu muammo ko‘zga tashlanmasligi, ko‘pchilik buni boshqacha talqin qilayotgan bo'lishi mumkin. Ammo, haqiqiy muammo o'qituvchilarga toifalar bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lash boshlanganda kelib chiqa boshlaydi. Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 70 foizlik ustama borasida o‘z pozitsiyasini tezroq bildirishi kerak va o‘qituvchilar ham shunga qarab ish ko‘rishlari lozim, deb hisoblaymiz. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1378
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...
AQNJ_ZOUNzS0yGTg5gaUV7jYRs_pwcTnCz4t_FPm2zPRnruB5iZS1JPzxcC4c6c.mp412.01 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish vazirlik qo‘lida edi, ammo... Pedagog xodimlar uchun metodik kunlar rasman bekor qilingani sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga haftaning shanba kunini dam olish kuni sifatida belgilash imkoniyati paydo bo‘lgandi. Ammo Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug‘i imzolangandan so'ng, oxirgi umidlar ham yo‘qqa chiqdi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1166
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Hammasini ko'rsatish...