uz
Feedback
Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
23 688
Obunachilar
-624 soatlar
+307 kunlar
+31930 kunlar
Postlar arxiv
🔥 6👍 4 2🙏 2
Sherobodda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi Aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Surxondaryo viloyatida ham amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumani Uchyog‘och mahallasida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida avval yagona ijtimoiy reestrda bo‘lgan, hozirda esa tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ishsiz xotin-qizlarni tikuvchilikka o‘rgatish kursini tashkil etgan Nargiza Tursoatovaning o‘quv markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, uy sharoitida konserva mahsulotlari ishlab chiqarish orqali xotin-qizlarni daromadli qilishga qaratilgan loyiha bilan tanishildi. Bandlik sohasi mutasaddilariga tadbirkor ayol bilan hamkorlikda to‘lov asosida 100 nafarga yaqin ishsiz xotin-qizlarni kasbga o‘qitish hamda shu orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, yagona ijtimoiy reestrga kiritilgan oilani kambag‘allikdan chiqarish, mahallani ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar ijrosi ham o‘rganildi. Tashrif davomida viloyat rahbari Yangi yil bayrami munosabati bilan bolalarga sovg‘alar topshirdi. Bundan tashqari, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan "Uchyog‘och poshxurt" MCHJning polietilen quvurlar ishlab chiqarish korxonasi hamda "Toshpo‘latov Jo‘raniyoz" fermer xo‘jaligining chorvachilik kompleksi faoliyati bilan tanishildi. O‘rganishlar yakunida mahallada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
🔥 11 7👍 5 2👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
UzA | Termizda "Yangi O‘zbekiston" massiviga press-tur uyushtirildi Surxondaryo viloyati hokimiyati axborot xizmati jurnalist va blogerlar uchun Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga press-tur tashkil etdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan aholini arzon va sifatli uy-joy bilan ta’minlash uchun mamlakatimizda barchaga zamonaviy infratuzilmaga ega "Yangi O‘zbekiston" massivlari bunyod etilmoqda. Press-tur ishtirokchilariga viloyat hokimining matbuot kotibi­ - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Murodbek Davlatov va qurilish kompaniyalari rahbarlari bu yerda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, aholining hayotidan rozi bo‘lib yashashi uchun yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bosh reja loyihasi asosida foydalanishga topshirilgan turar-joy binolari bilan tanishdi. Ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari haqida yetarli tasavvurga ega bo‘ldi. Batafsil: https://uza.uz/posts/796158 Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
7👍 7👏 1🙏 1
Termiz tumanida mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi Xabar berilganidek, o‘tgan hafta Surxondaryo viloyati hokimi Termiz tumani Qahramon mahallasiga tashrif buyurib, "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishib, mutasaddilarga bosh reja asosida aniq vazifalar belgilab bergan edi. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mutasaddilar ishtirokida mahalla hududi bo‘ylab belgilangan vazifalar ijrosini o‘rgandi. Unda aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiluvchi infratuzilma ishlarini sifatli amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. O‘rganishlar davomida yo‘llarni ta’mirlash, kommunal tarmoqlarni yangilash, yo‘laklar barpo etish hamda aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi kelgusi haftada yana bir bor qayta ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
9👍 5🕊 2🔥 1
Termiz shahrida obodonlashtirish vazifalari belgilanib, loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi Yangi yil bayramiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida mahalla va hududlarni obodonlashtirish, tozalikni saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "Tinchlik" yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida "mahalla yettiligi"ning viloyat boshqarmalari hamda shahar bo‘linmalari rahbarlari bilan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini muhokama qildi. Yig‘ilishda mahallalarda ishlarni manzilli va sifatli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, kompleks obodonlashtirish va sanitar tozalik tadbirlarini amalga oshirish, ko‘cha va xiyobonlarni bayramona bezash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shundan so‘ng, Tinchlik mahallasi hududidagi kollektorning 1,2 kilometr qismini zamonaviy drenaj usulida yopish orqali hosil qilingan maydonda tadbirkorlik loyihalari qurilishi jarayoni o‘rganildi. Amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Bundan tashqari, shu joyning o‘zida Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari tomonidan bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanishga doir takliflar taqdim etildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 4🔥 1👏 1
17:44
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | Prezidentimizning tashabbusi bilan Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti tubdan yaxshilandi 📺 Rus tilidagi reportaj: https://youtu.be/4UIaKIWfm-k Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
4.mp4229.98 MB
👍 4 1👏 1
01:52
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyati hokimining bir kunlik ish faoliyati 15.12.2025-yil: ➖Qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha kommunal tarmoqlarning moddiy-texnika bazasi taqdimot qilindi; ➖Bog‘cha va turar joylar qurilishi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha taqdimot o‘rganildi; ➖Termiz tumanida "Texno Park" qurilishi va Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi; ➖Press-tur: jurnalist va blogerlar Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi bilan tanishdilar; ➖Angorda infratuzilmani yaxshilash va "yashil belbog‘" yaratish loyihalari ijrosi o‘rganildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
Sequence 01_1_1.mp4281.97 MB
👍 7 4 2👏 1
Angorda infratuzilmani yaxshilash va "yashil belbog‘" yaratish loyihalari ijrosi o‘rganildi Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Angor tumanida davom ettirib, Kattaqum mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Mahalla nuroniylari va faollari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Nuroniylar olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan aholi mamnun ekanini ta’kidlab, qishloq aholisi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirishdi. Ayni paytda mahallada yo‘llar va kommunal tarmoqlar holatini yaxshilash, aholiga zarur xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, yo‘llar yangidan asfaltlanib, ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi, shuningdek, salomatlik va veloyo‘laklar barpo etildi. Shundan so‘ng viloyat rahbari Qoraqir mahallasi hududida, avtomobil yo‘li bo‘ylab tanlab olingan 100 gektar adirlik maydonda "yashil belbog‘" yaratish loyihasi ijrosi bilan tanishdi. Mas’ullar bilan birgalikda daraxt ko‘chatlari ekilib, loyihani sifatli amalga oshirish, ko‘chatlarni parvarishlash va sug‘orilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 11🙏 2🔥 1
Press-tur: jurnalist va blogerlar Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi bilan tanishdilar Prezidentimizning tegishli qarorlariga muvofiq, aholini arzon va sifatli uy-joy bilan ta’minlash maqsadida yurtimizning barcha hududlarida to‘liq infratuzilmaga ega "Yangi O‘zbekiston" massivlari barpo etilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo, Jarqo‘rg‘on, Angor hamda Termiz tumanlarida foydalanishga topshirilgan "Yangi O‘zbekiston" massivlaridagi zamonaviy uy-joylarda aholi to‘kin va osuda hayot kechirmoqda. Bugun Termiz tumani Yangiobod mahallasida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massividagi qurilish loyihalari bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida ishtirokchilarga 6 ming 280 xonadondan iborat 74 ta ko‘p qavatli uy, 2 ming 640 o‘rinli ikkita maktab, 420 o‘rinli ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi, 200 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika hamda mahalla markazini o‘z ichiga olgan bosh reja loyihasi, shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va "Yangi O‘zbekiston" bog‘idagi loyihalar batafsil tanishtirildi. Tadbir yakunida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazib, vohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va islohotlar xususida fikr almashdi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
11👍 9👏 2🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎄Yangi yil bayrami konsert tomoshalariga marhamat! Yangi yil bayramiga sanoqli kunlar qolmoqda. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatida aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish, bayram shukuhini yanada oshirish maqsadida yuqori saviyada konsert dasturlari tashkil etilmoqda. Joriy yilda viloyatning asosiy Yangi yil bayrami archasi Termiz tumanida barpo etilgan "Yangi O‘zbekiston" massivi amfiteatr maydoniga o‘rnatilib, 20–31-dekabr kunlari taniqli san’atkorlar ishtirokida bayram konsertlari namoyish etiladi. 📅 Konsert dasturlari jadvali: ⚫️20-dekabr — O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova; ⚫️21-dekabr — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda; ⚫️22-dekabrOsman Navro‘zov; ⚫️23-dekabrGulinur; ⚫️25-dekabrHamdam Sobirov; ⚫️26-dekabrJasur Mavlonov; ⚫️27-dekabrJanob Rasul; ⚫️28-dekabrSardor Mamadaliyev; ⚫️29-dekabrUlug‘bek Yo‘lchiyev; ⚫️30-dekabrSevinch Ismoilova; ⚫️31-dekabr — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jahongir Poziljonov ("Bojalar" guruhi). 📍 Manzil: Termiz tumani, Yangiobod mahallasi (sobiq ippodrom), "Yangi O‘zbekiston" massivi amfiteatri. Barcha vohadoshlarimizni Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan bayramona konsert dasturlariga taklif etamiz! Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 17 12👏 5🎉 3🕊 1
Termiz tumanida "Texno Park" qurilishi va Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi Ma’lum qilinganidek, Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda tadbirkorlik va ishlab chiqarish loyihalarini rivojlantirish maqsadida "Texno Park" qurilishi amalga oshirilmoqda. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur loyiha qurilishi bilan tanishib, mas’ullarning hisobotlarini tingladi. Qurilish ishlarini jadallashtirish, loyihaga innovatsion texnologiya va ishlanmalarni joriy etish, shuningdek, Xitoy tajribasini o‘rganib kelgan tadbirkorlarning tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Shundan so‘ng, "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida barpo etilgan 3 050 o‘rinli amfiteatr maydonida viloyatning asosiy Yangi yil bayram archasini o‘rnatish ishlari ko‘zdan kechirildi. Hududni bayramona bezash, turli ko‘ngilochar tadbirlar, bayram savdo yarmarkalari va ko‘rgazmalarini tashkil etish, taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, shu joyning o‘zida "Zoom" platformasi orqali Termiz shahri va tumanlarda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, bayram archalarini o‘rnatish ishlarining borishi muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
11👍 7🕊 2🔥 1
Bog‘cha va turar joylar qurilishi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha taqdimot o‘rganildi Qish mavsumida aholini favqulodda vaziyatlar, xususan, yong‘in va is gazidan himoya qilish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida kuch tuzilmalari va kommunal xizmatlar ixtiyoridagi maxsus texnikalarning shayligiga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishuvdan so‘ng, ko‘p qavatli turar joylarda favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda maxsus texnikalar hamda aholini evakuatsiya qilish uchun erkin harakatni ta’minlash holatini o‘rgandi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan mavjud to‘siqlar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda favqulodda vaziyatlarda quyi tizim tashkilotlarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, turar joylarda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi. Liftlar va boshqa umumfoydalanuvdagi jihozlarning holati, shuningdek, hudud atrofining obodonlashtirilishi o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar mas’ullarga ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shundan so‘ng, 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 280 o‘rinli binosini rekonstruksiya qilish, "Amu sohillari" mahallasida 31 ta ko‘p qavatli turar joy barpo etish, ular atrofida zarur infratuzilmani yaratish hamda Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi viloyat filiali uchun qo‘shimcha binolar qurish ishlari o‘rganildi. Ushbu loyihalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
9👍 9🔥 1🙏 1🕊 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
🗺 Termizda “Surxon yarim marafoni” o‘tkazildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5301.MOV22.48 MB
5👍 3🕊 1
Qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha kommunal tarmoqlarning moddiy-texnika bazasi taqdimot qilindi Qish mavsumida kommunal xizmatlarni sifatli va barqaror ko‘rsatilishi, yo‘llar hamda ko‘p qavatli turar joylarni muzlamalardan o‘z vaqtida tozalash aholi xavfsizligini ta’minlash bilan birga, tarmoqlarning uzluksiz faoliyatini kafolatlaydi. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov favqulodda vaziyatlar tuzilmalari va kommunal soha tarmoqlarining qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazishga tayyorgarligi doirasida qorli kunlarda yo‘llar hamda aholi turar joylarini tozalash ishlarida foydalaniladigan maxsus texnika va jihozlar bilan tanishdi. Tadbir davomida mas’ullar tomonidan ob-havoning keskin o‘zgarishlariga shaylik holati, moddiy-texnika bazasining ta’minlanishi hamda tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda hamkorlikda harakat qilish mexanizmlari bo‘yicha axborot berildi. Viloyat rahbari kuch tuzilmalari va sohalar mas’ullariga ob-havoning har qanday sharoitiga tayyor turish, aholi xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yish, shuningdek, energiya resurslarining barqaror ta’minotini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
10👍 5 1🙏 1🕊 1
00:20
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Har bir ma’lumot — taraqqiyot uchun xizmat qiladi! Dilorom Abdualimova - aktrisa Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
snapsave-app_1423614469392358_hd.mp42.34 MB
👍 5 1🕊 1
02:04
Video unavailableShow in Telegram
Termizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 34 yilligi munosabati bilan “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchlik posboni” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
rolik vatanparvarlik oyiga start finalni.mp492.88 MB
👍 8 3🔥 2🕊 1🫡 1
08:57
Video unavailableShow in Telegram
Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning aholiga murojaati Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
m.mp4106.94 MB
👍 11 6👏 1🕊 1
01:32
Video unavailableShow in Telegram
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari Surxondaryo viloyatida yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash hamda tartibni saqlash masalalarida o‘rganish o‘tkazdi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
Посл.вариант.mp411.68 MB
👍 8 3🕊 1
00:56
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryoda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan katta kurash musobaqasi o‘tkazildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
Sequence 01_19.mp4113.73 MB
👍 14 3🔥 2🕊 1
Mutlaq vazn toifasi g‘olibiga bosh sovrin – "Damas" avtomobili topshirildi Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan katta kurash musobaqasida mutlaq vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi. Murosasiz bahslar yakunida: 🥇-o‘rin – Jahongir Mamatraximov, Oltinsoy tumani ("Damas" avtomobili); 🥈-o‘rin – Shermuhammad Jandriyev, Jarqo‘rg‘on tumani (Tuya); 🥉-o‘rin – Muhsin Hisomiddinov, Sariosiyo tumani (Ot); 🥉-o‘rin – Shohrux Baxtiyorov, Qashqadaryo viloyati (Ot). G‘oliblarga bosh sovrin – "Damas" avtomobili kaliti va boshqa sovrinlar sertifikatlarini Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Farxodjon Ismoilov hamda Kurash faxriysi Abdulla Tangriyevlar tantanali topshirdi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
14👍 8👏 8 3🎉 2🙏 1